QMQ 2.04.17-2019 “Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3.12-bandiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (54-son)
05.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 76]
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. QMQ 2.04.17-2019 “Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3.12-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Yertoʻlalarda joylashtirilishi rejalashtirilgan quruq transformatorlar GOST 11677 talablariga javob berishi lozim.
Quruq transformatorning uzoq muddat ishlashi hamda ishonchli ekspluatatsiya qilinishini taʼminlash uchun harorat, yuklama va kuchlanish rejimlariga rioya etilishi zarur. Quruq transformatorlar joylashtiriladigan xonalardagi harorat -25°S (minimal) va +40°S (maksimal) darajalar oraligʻida boʻlishi lozim.
Quruq transformatorning yuklama va kuchlanish rejimlari amaldagi standartlar bilan belgilanadi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-aprel,
54-son
Kelishildi:
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining raisi B. GULYAMOV
2022-yil 25-mart
Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari A. KULDAShEV
2022-yil 30-mart
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. XIDOYATOV
2022-yil 28-mart
Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A. AXMEDXADJAYEV
2022-yil 1-aprel
