29-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar
Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-764-son) · Sana: 15.04.2022 · Amalda
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari oʻziga tegishli boʻlgan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash yuzasidan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan talablarni bajarishi shart.
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari ishining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻshimcha talablarni belgilashi mumkin.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtadi.
Muhim axborot infratuzilmasi subyekti tomonidan yaratilgan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash tizimi vakolatli davlat organining muhim axborot infratuzilmasi obyektlaridagi monitoring va kiberxavfsizlik hodisalarini boshqarish tizimiga vakolatli davlat organining qaroriga asosan ulanadi.
