26-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish
Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-764-son) · Sana: 15.04.2022 · Amalda
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan toifalarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek toifalashtirish natijalariga doir maʼlumotlarni tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
yuqori darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
oʻrta darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
past darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish mezonlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
