Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-204-son)
12.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar (keyingi oʻrinlarda — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari) uchun yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini kompleks huquqiy tartibga solish maqsadida:
1. Quyidagi yoʻnalishlardagi vazifalarni oʻz ichiga olgan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) institutini yanada rivojlantirish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining hisobi va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish;
doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da belgilangan har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan qonunchilik hujjatlari kuchga kirguniga qadar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
temir yoʻl liniyalari va avtomobil yoʻllari, ularning ajratilgan mintaqalari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalari ajratiladi;
agar qonunchilikda va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda yer uchastkalari ajratish shartligi haqidagi qatʼiy talab mavjud boʻlmasa, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi yerlari tarkibidagi ichki yoʻllar va kichik suv havzalari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalarini ajratish talab etilmaydi. Bunda, ushbu turdagi obyektlarni joylashtirish, ularni qurish vaqtida yondosh yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanadi;
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi Yer kodeksining 30-moddasiga muvofiq, servitut toʻgʻrisidagi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
servitut toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi, uning birinchi tarafi sifatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini balansda saqlovchi tashkilot, ikkinchi tarafi sifatida yer uchastkasi mulkdori (zaxiradagi yerlarda tuman (shahar) hokimi), egalik qiluvchisi va foydalanuvchisi, ijara huquqi bilan ajratilgan yerda esa ijarachi va ijaraga beruvchi ishtirok etadi;
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanganda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari egallaydigan yer maydoni, ushbu obyektlarni qurish, ulardan foydalanish, koʻzdan kechirish, taʼmirlash shartlari, yer fondi toifasidan qatʼi nazar yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisiga yetkazilgan zararni qoplash, yer uchastkasini uning avvalgi holatiga keltirish, servitut uchun haq toʻlash tartibi hamda servitut belgilangan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlar koʻrsatilishi shart;
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi taraflarning murojaati asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, bu haqda taraflarga Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi, ushbu koʻchirma arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlaridan foydalanishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi;
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilangan yer uchastkasi qismi uchun yer soligʻi (ijara toʻlovi) yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki har yilgi) haq miqdori servitut amal qiladigan muddatdagi yer soligʻi (ijara toʻlovi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas;
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanishi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisining shartnoma majburiyatlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan boʻlsa, servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yer ijarasi shartnomasiga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Hukumat komissiyasi raisi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Hukumat komissiyasi koʻrib chiqishi uchun masalalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan ishchi organga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona talablar asosida kiritiladi;
Hukumat komissiyasi yigʻilishi, qoida tariqasida, har oyda bir marotaba uning raisi yoki ishchi organi tashabbusi bilan oʻtkaziladi;
Hukumat komissiyasining qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi, bayonga Yer kodeksining 9 va 441-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ilova qilinadi, bayon va farmoyish loyihasi uni yoqlab ovoz berganlar tomonidan imzolanadi;
ishchi organ Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi tizimi xodimlari bilan birga joyiga chiqqan holda har bir taklif Yer kodeksining 441 va 45-moddalarida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha oʻz xulosasini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi;
Hukumat komissiyasi har bir taklif va u yuzasidan Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Suv xoʻjaligi vazirligining hamda Kadastr agentligining xulosalarini koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi.
Bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar boʻyicha takliflar va xulosalar Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi hamda koʻrib chiqish uchun har yili birinchi yarim yil yakuni boʻyicha 10-iyulga, ikkinchi yarim yil yakuni boʻyicha 10-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi bilan birga Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi;
Hukumat komissiyasi aʼzolari tomonidan kelishilgan (viza qoʻyilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ishchi organ tomonidan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda kiritiladi, bunda mazkur loyihalarni boshqa idoralar bilan kelishish talab etilmaydi, loyihalarga yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirishdan boshqa masalalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Belgilansinki:
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar orqali oʻtkazishda ularni yer konturlari chegarasi, ichki yoʻllar va suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab, sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsir koʻrsatishni inobatga olib joylashtirish nazarda tutilishi kerak;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha loyiha hujjatlarida sugʻoriladigan yerlarning qisqarishi, tuproq unumdorligining pasayishi, sugʻorish va melioratsiya tizimining buzilishi bilan bogʻliq zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiligini, yer mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlarni qoplash bilan bogʻliq boshqa xarajatlar (undirilishi yoki ozod qilinishidan qatʼi nazar) majburiy ravishda koʻrsatilishi kerak;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining yakuniy trayektoriyasini (yoʻnalishini) tanlash mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni oʻzaro solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Hukumat komissiyasi (Sh.Gʻaniyev) barcha turdagi loyiha-qidiruv tashkilotlari va buyurtmachilar tomonidan mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishning quyidagi tartibi belgilansin:
foydalanishdagi yer uchastkalari amaldagi foydalanuvchilarga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;
foydalanishdagi yer uchastkasini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi;
agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bir oy muddatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan foydalanishdagi yer uchastkalarining, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qarorlarda nazarda tutilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashadigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Hukumat komissiyasining ishchi organiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil yakuniga qadar axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-aprel,
PQ-204-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga 1-ILOVA
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha “YOʻL XARITASI”
Izoh: zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarning turlariga oʻzgartirish kiritilishi, ular birlashtirilishi va ajratilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi
TARKIBI
1.Sh.M. Gʻaniyev—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Hukumat komissiyasi raisi2.I.Yu. Abdurahmonov—qishloq xoʻjaligi vaziri, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari3.Sh.R. Xamrayev—suv xoʻjaligi vaziri4.Lavozimiga koʻra—Kadastr agentligi direktori5.Sh.J. Toʻxtaboyev—Bosh prokuror oʻrinbosari6.N.M. Rustambekov—Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari7.M.Sh. Istamov—adliya vazirining birinchi oʻrinbosari8.I.I. Norqulov—iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari9.Lavozimiga koʻra—investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari10.O.A. Pekos—raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari11.J.S. Arashov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari12.R.P. Yusupov—togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari13.S.A. Nishanbayev—ichki ishlar vaziri oʻrinbosari14.E.M. Muxitdinov—Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktori15.T.Yu. Rapikov—Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri16.Lavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari17.Lavozimiga koʻra—Vazirlar Mahkamasi kotibiyati masʼul xodimi, Hukumat komissiyasi kotibi
Izoh: Hukumat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatiga olish tartibi va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Nastoyasheye Polojeniye opredelyayet poryadok i sroki gosudarstvennoy registratsii tovarishestv chastnix sobstvennikov jilya (daleye — tovarishestva) s odnovremennoy postanovkoy ix na uchet v gosudarstvennix nalogovix i statisticheskix organax po prinsipu “odno okno”.
2. Gosudarstvennaya registratsiya tovarishestv osushestvlyayetsya Sentrami gosudarstvennix uslug (daleye — registriruyushiy organ) s odnovremennoy postanovkoy ix na uchet v gosudarstvennix nalogovix i statisticheskix organax, polucheniyem razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov (soglasno sxeme, privedennoy v prilojenii № 1 k nastoyashemu Polojeniyu).
3. Za gosudarstvennuyu registratsiyu tovarishestva, vnesennix izmeneniy i dopolneniy v ustav, a takje reyestr plata ne vzimayetsya”;
b) 10-11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Registriruyushiy organ v techeniye odnogo dnya so dnya provedeniya gosudarstvennoy registratsii napravlyayet v statisticheskiye, nalogovie organi i organi vnutrennix del po mestu raspolojeniya tovarishestva i otdeli stroitelstva rayonov (gorodov) svedeniya o nem iz gosudarstvennogo reyestra po forme soglasno prilojeniyu № 5 k nastoyashemu Polojeniyu. V etot je srok v organi vnutrennix del dopolnitelno napravlyayutsya eskizi pechati i shtampov v trex ekzemplyarax.
11. V dvuxdnevniy srok po poluchenii ukazannix v punkte 10 nastoyashego Polojeniya svedeniy:
nalogovie organi — osushestvlyayut postanovku tovarishestva na uchet, prisvaivayut im identifikatsionniy nomer nalogoplatelshika (INN) i ofitsialno soobshayut yego v statisticheskiye i registriruyushiy organi;
statisticheskiye organi — vklyuchayut tovarishestvo v Yediniy gosudarstvenniy registr predpriyatiy i organizatsiy, zapolnyayut registratsionnuyu kartu i ofitsialno soobshayut registriruyushemu i nalogovim organam prisvoyennie tovarishestvu kodi;
organi vnutrennix del — osushestvlyayut oformleniye razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov i napravlyayut v registriruyushiy organ razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov s dvumya ekzemplyarami eskiza”;
v) 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Registriruyushiy organ yejekvartalno osushestvlyayet sverku s gosudarstvennimi nalogovimi i statisticheskimi organami kolichestva zaregistrirovannix i naxodyashixsya na uchete zaregistrirovannix tovarishestv”;
d) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Dlya vneseniya izmeneniy i dopolneniy v gosudarstvenniy reyestr tovarishestv v sluchaye priyema novix chlenov ili vixoda iz tovarishestva chasti chlenov (sobstvennikov kvartir otdelnogo doma ili domov) bez reorganizatsii tovarishestva v nedelniy srok posle oformleniya sootvetstvuyushix resheniy tovarishestvo predostavlyayet v registriruyushiy organ:
zayavleniye, podpisannoye predsedatelem pravleniya tovarishestva, o vnesenii dopolneniy i izmeneniy v gosudarstvenniy reyestr tovarishestv;
vipiski iz protokolov obshix sobraniy sobstvennikov kvartir doma (domov), vstupayushix v tovarishestvo, i tovarishestva o priyeme novix chlenov;
dokumenti (kopii), podtverjdayushiye izvesheniye tovarishestva, v kotorom raneye sostoyali sobstvenniki kvartir, o vixode iz nego (pri neobxodimosti).
Tovarishestvo ne yavlyayetsya pravopreyemnikom po obyazatelstvam svoix novix chlenov pered tovarishestvom, chlenami kotorogo oni raneye sostoyali”;
e) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sxema gosudarstvennoy registratsii tovarishestv chastnix sobstvennikov jilya s odnovremennoy postanovkoy na uchet
Upolnomochennoye litso tovarishestva sobstvennikov jilya ↕ Nalogovie organi: 1) postanovka tovarishestva na uchet; 2) prisvoyeniye identifikatsionnogo nomera nalogoplatelshika (INN) ↔ Registriruyushiy organ — Sentr gosudarstvennix uslug ↕ Statisticheskiye organi: 1) prisvoyeniye statisticheskix kodov; 2) vklyucheniye tovarishestva v Yediniy gosudarstvenniy registr predpriyatiy i organizatsiy ↔ Organi vnutrennix del: oformleniye razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov ↔ ”;
j) Nizomga 2-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
z) Nizomga 5-ilovaning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 7-bandning “a” kichik bandidagi “mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga” soʻzlari “mulkdorlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 11-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidan “yoki boshqaruvchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
