“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2778-5-son)
08.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2778-5]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2022-yil 3-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-mart,
12/05-22-00567-son
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi oʻrinbosari I. DJASIMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 16-martdagi 12/05-22-00567-son qaroriga ILOVA
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “1 — 25-ilovalarga” degan soʻzlar “1 — 29-ilovalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 26 — 29-ilovalar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 26-ILOVA
Izoh: Qayta ishlash uchun olib chiqiladigan tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari soni 3 va undan ortiq boʻlgan taqdirda, ular alohida roʻyxatda koʻrsatilishi mumkin”.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 27-ILOVA
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 28-ILOVA
Izoh: Qayta ishlash uchun olib kiriladigan tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari soni 3 va undan ortiq boʻlgan taqdirda, ular alohida roʻyxatda koʻrsatilishi mumkin”.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 29-ILOVA
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 10/22/2778-5/0294-son)
