432-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-762-son) · Sana: 11.04.2022 · Amalda
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qoʻllaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish;
2) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin emas”;
14) 44-modda “bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qoʻzgʻatilgan ijro ishi boʻyicha” degan soʻzlar “mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan ijro ishi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
