Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (KQ-325-IV-son)
29.03.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-yanvardagi KQ-298-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“ 61. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijro etilishi holatini oʻrganish. 2022-yil aprel ”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 7. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ijro etilishi holatini oʻrganish. 2022-yil may ”;
3) quyidagi mazmundagi 71 va72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“ 71. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning “Nududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ijro etilishi holatini oʻrganish. 2022-yil may 72. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ijro etilishi holatini oʻrganish. 2022-yil may ”;
4) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“ 81. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ijro etilishi holatini oʻrganish. 2022-yil iyun ”.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 29-mart,
KQ-325-IV-son
