Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (1945-IV-son)
15.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi QL-846-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-875-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-890-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
4. QL-875 va QL-890-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
5. “Oʻsimliklar karantini va himoyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-877-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
7. “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi QL-880-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. QL-860, QL-868 va QL-876-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
9. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida.
11. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-774-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
12. QL-774 va QL-828-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
13. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
14. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021-yilgi hisoboti toʻgʻrisida.
16. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
17. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
18. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
19. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
20. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-mart,
1945-IV-son
