Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida”gi 660-IV-sonli Qaroriga oʻzgartish kiritish haqida (1944-IV-son)
14.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi KENGASHINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida”gi 660–IV-sonli Qarorining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 22-dekabrdagi 660–IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha KOMISSIYA TARKIBI
Xodjayeva Mavludaxon Islamovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, Komissiya raisi Ganiyev Doniyor Avazovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Raxmonova Umida Erkinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Polvanov Shuxrat Tagaymuratovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Agzamova Gulrux Anvarovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Vafayev Ulugbek Nazarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Xojanazarov Turganbay Jumamuratovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzosi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-mart,
1944-IV-son
