Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1930-IV-son)
10.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari vazifasini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Komiljon Yuldashaliyevich Ernazarov zimmasiga yuklatilsin.
2. Belgilansinki, ushbu Qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vazifa haq toʻlanadigan faoliyat hisoblanmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2019-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi va Davlat budjeti boshqarmasi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2516-III-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-mart,
1930-IV-son
