Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-195-son)
06.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimi tugatilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-aprel,
PQ-195-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
a) “b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “g” kichik bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati” soʻzlari “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “269” raqami “278” raqami bilan almashtirilsin.
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki:
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan amalga oshiriladi”.
4. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi
Bosh vazir Bosh vazirning kotibiyati 6 Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Bosh vazirning oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 4 Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi 3 Xalqaro konsultantlar — maslahatchilar Bosh vazirning protokol xizmati 2 Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati 13 Kotibiyat 1 Bosh vazirning matbuot xizmati 2 Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 21 Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi 9 Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Bosh vazirning oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Kotibiyat 1 Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi 3 Boshqaruvchining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari Boshqaruvchining ijro intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati 5 Kotibiyat 1 Kotibiyat 1 Ekologik nazorat boʻlimi 3 Yuridik taʼminlash boshqarmasi 9 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi 5 Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 18 Bosh vazirning maslahatchisi — departament boshligʻi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti 10 Tartibga solish taʼsirini baholash boʻlimi 4 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi 2 Nazorat va ijro intizomi boʻlimi 7 Bosh vazirning maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi Kadrlar boʻlimi 3 Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati 12 Umumiy boʻlim 8 Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 8 Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 14 Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati 18 Birinchi boʻlim 3 Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investits�yalar va tashqi savdo vaziri Bosh vazirning maslahatchisi — departament boshligʻi Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi 11 Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti 12 Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati 16 Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati 15 Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati 6 Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti 7
Boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni — 278 nafar.
Texnik xodimlar soni — 52 nafar”.
