“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1960-IV-son)
15.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 12-oktabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 1351 va 1352-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-sentabrda kiritilgan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-mart,
1960-IV-son
