Manama shahrida (Baxrayn) Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligini ochish toʻgʻrisida (497-son)
01.11.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bahrayn Davlati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 29-maydagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bahrayn Davlatining Manama shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligi taʼsis etilsin.
2. Konsullikning shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1997-yil uchun Konsullik xodimlari soni 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi - diplomatik tarkib xodimlari, 1 kishi - maʼmuriy-texnik xodim.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shtatning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Konsullikning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 1-noyabr,
497-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-noyabrdagi 497-son qaroriga 1-ILOVA
Manama shahridagi (Bahrayn) Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligining shtat
JADVALI
