Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (PF-95-son)
01.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoni, 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-62-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-aprel,
PF-95-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni 11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoni 4-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmonida:
a) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Belgilab qoʻyilsinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) respublika davlat boshqaruvi organi boʻlib, oʻz faoliyatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga boʻysunadi”;
v) 18-bandda:
uchinchi xatboshi “shakllantirilishini” soʻzidan keyin “taʼminlasin” soʻzi bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 21-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 23-banddan “va Agentlik tarkibiga oʻtkazilsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasining 2-bobi “III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish” qismining oʻninchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son Farmoni 1-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidan “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PF-6059-son Farmoni 1-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlariga almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilova “Vazirliklar” boʻlimining 27-pozitsiyasi “Idoraviy mansub tashkilotlar” bobi “Tizimlashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar*” ustunining birinchi xatboshisidagi hamda “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoni 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandidan “, shuningdek soliq organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;”;
b) 1a, 2, 2a — 2g-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3a — 3g-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3a-ILOVA
Viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/r Shaharlar nomi Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Shundan Hokimlik Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi I toifa 1. Andijon 36 30 6 2. Buxoro 36 31 5 3. Qarshi 35 30 5 4. Navoiy 34 30 4 5. Namangan 38 33 5 6. Nukus 35 30 5 7. Samarqand 38 32 6 8. Fargʻona 38 33 5 II toifa 1. Guliston 31 27 4 2. Jizzax 31 27 4 3. Termiz 31 27 4 4. Urganch 33 29 4 5. Nurafshon 31 27 4 Jami 445 386 61
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3b-ILOVA
Viloyatga boʻysunuvchi shahar hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
T/r Shaharlar nomi Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Shundan Hokimlik Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi I toifa 1. Olmaliq 29 24 5 2. Angren* 31 26 5 3. Bekobod 29 25 4 4. Zarafshon 27 24 3 5. Kattaqoʻrgʻon 28 24 4 6. Qoʻqon 29 24 5 7. Margʻilon 29 24 5 8. Chirchiq 29 24 5 II toifa 9. Kogon 26 22 4 10. Quvasoy 29 25 4 11. Shirin 26 23 3 12. Yangiyer 25 22 3 13. Xonobod 26 23 3 14. Ohangaron 25 21 4 15. Yangiyoʻl 25 21 4 16. Shahrisabz 25 21 4 17. Xiva 25 21 4 18. Gʻozgʻon 22 19 3 Jami 485 413 72
* Yangiobod shahrini hisobga olgan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3v-ILOVA
Qishloq tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/r Tumanlar nomi Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Shundan Hokimlik Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi I toifa 1. Qoʻngʻirot 36 32 4 2. Xoʻjayli 33 29 4 3. Beruniy 32 28 4 4. Toʻrtkoʻl 34 30 4 5. Chimboy 32 28 4 6. Ellikqalʼa 32 28 4 7. Amudaryo 35 30 5 8. Taxiatosh 31 28 3 II toifa 1. Shumanay 27 24 3 2. Qonlikoʻl 26 23 3 3. Kegeyli 29 26 3 4. Moʻynoq 30 27 3 5. Qoraoʻzak 29 26 3 6. Taxtakoʻpir 30 27 3 7. Nukus 27 24 3 8. Boʻzatov 27 24 3 Jami 490 434 56 Andijon viloyati I toifa 1. Qoʻrgʻontepa 38 32 6 2. Shahrixon 34 28 6 3. Andijon 34 28 6 4. Jalaquduq 34 29 5 5. Izboskan 34 29 5 6. Marhamat 34 29 5 II toifa 1. Asaka 33 27 6 2. Baliqchi 28 23 5 3. Boʻston 27 23 4 4. Buloqboshi 28 24 4 5. Paxtaobod 29 24 5 6. Oltinkoʻl 28 23 5 7. Xoʻjaobod 28 24 4 8. Ulugʻnor 27 23 4 Jami 436 366 70 Buxoro viloyati I toifa 1. Gʻijduvon 34 28 6 2. Romitan 37 32 5 3. Qorakoʻl 34 29 5 4. Shofirkon 33 28 5 II toifa 1. Jondor 28 23 5 2. Peshku 27 23 4 3. Olot 28 24 4 4. Buxoro 27 23 4 5. Vobkent 28 23 5 6. Kogon 27 23 4 7. Qorovulbozor 26 23 3 Jami 329 279 50 Jizzax viloyati I toifa 1. Zomin 36 32 4 2. Doʻstlik 31 28 3 3. Gʻallaorol 32 28 4 4. Forish 33 29 4 II toifa 1. Baxmal 28 24 4 2. Sh.Rashidov 28 23 5 3. Paxtakor 26 23 3 4. Mirzachoʻl 27 24 3 5. Arnasoy 26 23 3 6. Zarbdor 27 23 4 7. Zafarobod 26 23 3 8. Yangiobod 27 24 3 Jami 347 304 43 Qashqadaryo viloyati I toifa 1. Shahrisabz 34 29 5 2. Nishon 36 32 4 3. Muborak 32 28 4 4. Mirishkor 34 30 4 5. Chiroqchi 35 29 6 6. Gʻuzor 34 29 5 7. Yakkabogʻ 33 28 5 8. Koson 34 28 6 9. Qamashi 33 28 5 II toifa 1. Qarshi 28 23 5 2. Kitob 29 24 5 3. Dehqonobod 29 24 5 4. Kasbi 28 23 5 Jami 419 355 64 Navoiy viloyati I toifa 1. Uchquduq 32 29 3 2. Qiziltepa 33 28 5 3. Xatirchi 33 28 5 4. Karmana 33 28 5 II toifa 1. Konimex 26 23 3 2. Navbahor 28 23 5 3. Nurota 27 23 4 4. Tomdi 27 24 3 Jami 239 206 33 Namangan viloyati I toifa 1. Kosonsoy 34 29 5 2. Norin 33 28 5 3. Uchqoʻrgʻon 34 29 5 4. Chust 35 29 6 5. Pop 34 28 6 6. Toʻraqoʻrgʻon 32 27 5 II toifa 1. Chortoq 31 26 5 2. Mingbuloq 27 23 4 3. Namangan 28 23 5 4. Uychi 29 24 5 5. Yangiqoʻrgʻon 30 24 6 6. Davlatobod 24 20 4 7. Yangi Namangan 24 20 4 Jami 395 330 65 Samarqand viloyati I toifa 1. Urgut 37 31 6 2. Narpay 35 30 5 3. Jomboy 35 30 5 4. Samarqand 36 30 6 5. Ishtixon 35 30 5 6. Payariq 36 31 5 7. Pastdargʻom 37 31 6 8. Kattaqoʻrgʻon 35 30 5 II toifa 1. Bulungʻur 36 31 5 2. Nurobod 34 30 4 3. Paxtachi 35 30 5 4. Oqdaryo 34 30 4 5. Qoʻshrabot 35 30 5 6. Toyloq 34 30 4 Jami 494 424 70 Sirdaryo viloyati I toifa 1. Sirdaryo 36 32 4 2. Boyovut 32 28 4 3. Sayxunobod 31 28 3 4. Xovos 34 30 4 II toifa 1. Sardoba 26 23 3 2. Oqoltin 27 24 3 3. Guliston 27 23 4 4. Mirzaobod 27 24 3 Jami 240 212 28 Surxondaryo viloyati I toifa 1. Denov 42 36 6 2. Shoʻrchi 35 30 5 3. Sherobod 38 33 5 4. Jarqoʻrgʻon 36 31 5 5. Sariosiyo 38 33 5 6. Muzrabot 35 31 4 II toifa 1. Qumqoʻrgʻon 36 31 5 2. Uzun 38 33 5 3. Angor 34 30 4 4. Boysun 34 30 4 5. Qiziriq 34 30 4 6. Bandixon 34 30 4 7. Oltinsoy 35 30 5 8. Termiz 35 31 4 Jami 504 439 65 Toshkent viloyati I toifa 1. Boʻstonliq 38 33 5 2. Qibray 34 29 5 3. Zangiota 35 29 6 4. Oʻrtachirchiq 33 28 5 5. Yangiyoʻl 34 29 5 II toifa 1. Ohangaron 28 24 4 2. Oqqoʻrgʻon 27 23 4 3. Bekobod 29 24 5 4. Boʻka 29 24 5 5. Quyichirchiq 27 23 4 6. Parkent 28 23 5 7. Piskent 28 24 4 8. Chinoz 29 24 5 9. Yuqorichirchiq 28 23 5 10. Toshkent 29 24 5 Jami 456 384 72 Fargʻona viloyati I toifa 1. Quva 33 28 5 2. Bagʻdod 32 27 5 3. Beshariq 32 27 5 4. Oʻzbekiston 33 27 6 5. Toshloq 31 26 5 6. Uchkoʻprik 32 27 5 II toifa 1. Buvayda 29 24 5 2. Dangʻara 30 25 5 3. Oltiariq 31 25 6 4. Qoʻshtepa 29 24 5 5. Rishton 31 25 6 6. Fargʻona 31 25 6 7. Yozyovon 28 24 4 8. Soʻx 29 25 4 9. Furqat 29 25 4 Jami 460 384 76 Xorazm viloyati I toifa 1. Xazorasp 33 29 4 2. Tuproqqalʼa 33 30 3 3. Xiva 30 26 4 4. Xonqa 30 26 4 5. Bogʻot 32 27 5 6. Shovot 31 27 4 II toifa 1. Urganch 30 25 5 2. Qoʻshkoʻpir 30 26 4 3. Gurlan 30 26 4 4. Yangiariq 30 26 4 5. Yangibozor 29 25 4 Jami 338 293 45 164 Respublika boʻyicha jami 5 147 4 410 737
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3g-ILOVA
Toshkent shahar tumanlari hokimlari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/r Tumanlar nomi Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Shundan Hokimlik Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi 1. Olmazor * 55 50 5 2. Bektemir 44 41 3 3. Mirobod 46 42 4 4. Mirzo Ulugʻbek 49 44 5 5. Sirgʻali 49 44 5 6. Uchtepa 46 41 5 7. Chilonzor 48 43 5 8. Shayxontohur 48 43 5 9. Yunusobod 49 44 5 10. Yakkasaroy 45 41 4 11. Yashnobod 47 42 5 12. Yangi hayot 42 38 4 Jami 568 513 55
* “Yoshlik” shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2724-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidan “sanitariya qoidalarining buzilishlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarori 15-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3782-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarorining 7-bandidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4417-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4525-son qarorida:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 38-pozitsiyasi “Masʼul organ” ustunidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Mamatkulov)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4653-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
“Elektron kooperatsiya portali markazi” bloki chiqarib tashlansin;
“Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Vazirlik hayʼati Vazir Vazir yordamchisi Vazirning birinchi oʻrinbosari Vazirning birinchi oʻrinbosari Vazir oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Vazir oʻrinbosari Vazir oʻrinbosari Vazir oʻrinbosari Vazir kotibiyati 4 Makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlashlashtirish departamenti 31 Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti 21 Davlat investitsiya siyosatini yuritish va muvofiqlashtirish departamenti 24 Sanoat siyosatini yuritish departamenti 11 Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti 9 Vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Kambagʻallikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti 12 Xalqaro reytinglar va tadbirkorlik muhitini yaxshilash departamenti 13 Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish departamenti 16 Raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti 8 Xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha hududlarning master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish departamenti 12 Urbanizatsiya va uy-joy qurilishini rivojlantirish departamenti 17 Vazirning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Qishloq xoʻjaligi islohotlari, ichki oziq-ovqat bozori barqarorligini muvofiqlashtirish departamenti 10 Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni va sanoatning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish departamenti 13 Inson kapitalini rivojlantirish va demografiya jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti 13 Axborot texnologiyalari va xavfsizligi boshqarmasi 9 Xizmatlar sohasini rivojlantirish departamenti 10 Yer islohotlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi 9 Yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish departamenti 9 Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi 2 Davlat funksiyalarini va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish boshqarmasi 5 Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti 17 Ishlar boshqarmasi 12 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi* Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadq�qotlari markazi* Pudrat ishlari bozorini rivojlantirish va qurilishda narxlar shakllanishini tahlil qilish boshqarmasi 4 Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti 8 Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi* Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi* Safarbarlik tayyorgarligi va resurslar boʻlimi 3 Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi 5 Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi* “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi 4 Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti* Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi * Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi 2 Yuridik departament 6 Axborot xizmati 3 Birinchi boʻlim 3 Ichki audit xizmati 2 Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi 2 “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 339 nafar.
*Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birliklariga kiritilmaydi.”
g) 3-ilovada:
8-bandda:
beshinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-banddagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish”;
12-bandda:
“4” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni “xonadonbay” oʻrganishlarni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilishning boshqa shakllarini ragʻbatlantirish va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambagʻal aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi;
aholida tadbirkorlik sohasida zarur koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qiladi;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiyalar berish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
respublika hududlarining xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish choralarini koʻradi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, “yetakchi” tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini koʻradi;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik koʻmagini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi;
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda ishtirok etadi;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyadi”;
“8” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “zonalarni infratuzilma mavjud boʻlgan hududlarga joylashtirish” soʻzlari “zonalarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori oʻrinbosarlari, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori va oʻrinbosarlari, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning direktori va oʻrinbosarlari hamda Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan;”;
38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4 va 4a-ilovalardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 4b-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining shahar boʻlimi” bloki chiqarib tashlansin;
j) 4v-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) boʻlimi” bloki chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4671-son qaroriga 2-ilovada:
a) 21-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) “Jami” pozitsiyasining “Shtat birliklari soni” ustunidagi “191” raqami “189” raqami bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4716-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar keyingi yil uchun gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni shakllantirsin va Moliya vazirligiga kiritsin”.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-son qarorining 17-bandida:
a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“a1) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan vaqtdan boshlab birinchi uch oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini toʻlash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya toʻlanadi”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi xatboshisi, 4-bandning birinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi resurs bazasini oshirishga” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-band hamda qarorga 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4889-son qarori 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarori 5-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son qarorida:
a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Vazirlar Mahkamasi:
a) ikki hafta muddatda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni;
hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-mayga qadar:
“business.gov.uz” yagona interaktiv portalini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil) tasarrufiga begʻaraz ravishda oʻtkazib bersin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:
“Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning oʻzida koʻrib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish;
vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun taʼsir choralarini qoʻllash;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha har chorakda aniq takliflar kiritish;
Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutish”;
b) 3-ilovada:
2-pozitsiya “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga (keyingi oʻrinlarda — ABKMga)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 — 5, 8 — 10 va 12-pozitsiyalari “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” soʻzi “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyada:
“Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” soʻzi “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyada:
“Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Qorakoʻlchilik” uyushmasi” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” soʻzi “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
11-pozitsiya “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “ABKMda” soʻzi “Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida (keyingi oʻrinlarda — ABKM)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova izoh qismining uchinchi xatboshisidagi “29” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin;
g) 5-ilova izoh qismining beshinchi xatboshisidagi “21” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin;
d) 6-ilova izoh qismining yettinchi xatboshisidagi “22” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
e) 7-ilova izoh qismining birinchi xatboshisidagi “40” raqami “38” raqami bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarori quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilansin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5718-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6188-son Farmoniga 1-ilovaning 24-bandi “v” — “z” kichik bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PQ-3374-son qaroriga 1-ilova.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4461-son qaroriga ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi, “b” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda “v” kichik bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarorining 8 va 9-bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4888-son qaroriga 1-ilovaning 20-pozitsiyasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5105-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5228-son qarorining 6 — 8-bandlari hamda 1 va 2-ilovalari.
