Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3357-son)
31.03.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3357]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Bosh direktori I. ERGASHEV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-mart,
3-son
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-mart,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 12-martdagi 3 va 5-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar
ROʻYXATI
T/r Lotin tilidagi nomi Davlat tilidagi nomi Oʻzbekiston Respublika hududida uchramaydigan karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar I. Zararkunandalar 1. Aceria sheldoni (Ewing) Sitrus kurtak kanasi 2. Acrobasis pyrivorella (Matsumura) Nok parvonasi 3. Agrilus mali Matsumura Olma tilla qoʻngʻizi 4. Aleurocanthus woglumi Ashby Qora sitrus oqqanoti 5. Aleurothrixus floccosus Maskell Yungli oqqanot 6. Aleurocanthus spiniferus (Quaintance) Tikanli togʻ oqqanoti 7. Anisandrus dispar (Fabricius) Gʻarb poʻstloqxoʻri 8. Anthonomus signatus Say Qulupnay kurtakxoʻri 9. Aonidiella aurantii (Maskell) Qizil pomeranets qalqondori 10. Aonidiella citrina Coquilett Sariq pomeranets qalqondori 11. Bactrocera dorsalis (Nendel) Sharq meva pashshasi 12. Bactrocera minax (Enderlein) Katta mandarin pashshasi 13. Blissus leucopterus (Say) Bugʻdoy qandalasi 14. Bruchidius incarnatus (Boheman) Misr noʻxot donxoʻri 15. Callosobruchus phaseoli (Gyllenhal) Hind loviya donxoʻri 16. Callosobruchus chinensis (Linnaeus) Xitoy donxoʻri 17. Carposina sasakii Matsumura Shaftoli meva kuyasi 18. Caryedon serratus (Olivier) Yeryongʻoq donxoʻri 19. Caulophilus latinasus (Say) Keng xartumli ombor uzunburuni 20. Ceratitis capitata (Wiedemann) Oʻrta yer dengizi meva pashshasi 21. Ceratitis rosa Karsch Nataliya meva pashshasi 22. Ceroplastes ceriferus (Fabricius) Hind mumsimon soxta qalqondori 23. Ceroplastes rusci (Linnaeus) Anjir mumsimon soxta qalqondori 24. Ceroplastes japonicus Green Yaponiya mumsimon soxta qalqondori 25. Chionaspis furfura (Fitch) Tangasimon qalqondori 26. Coccus perlatus (Cockerell) Uchburchaksimon soxta qalqondori 27. Conotrachelus nenuphar (Nerbst) Meva uzunburuni 28. Choristoneura occidentalis Freeman Gʻarbiy archa barg buramachisi 29. Delia antiqua (Meigen) Piyoz pashshasi 30. Diabrotica virgifera virg. Lesonte Gʻarbiy makkajoʻxori qoʻngʻizi 31. Diaphorina citri Kuwayana Sharq yoki Osiyo barg burgasi 32. Dinoderus bifoveolatus Wollaston Soxta poʻstloq hammaxoʻri 33. Drosophila suzukii (Matsumura) Osiyo meva drozofilasi 34. Dysmicoccus wistariae (Green) Yaponiya qurti 35. Epitrix tuberis Gentner Kartoshka tuganagi kana qoʻngʻizi 36. Frankliniella williamsi Nood Makkajoʻxori tripsi 37. Frankliniella schultzei Trybom Pomidor tripsi 38. Nalyomorpha halys Stal Jigarrang marmar qandala 39. Nelicoverpa zea (Boddie) Amerika makkajoʻxori tunlami 40. Nyphantria cunea Drury Amerika oq kapalagi 41. Icerya purchasi Maskell Avstraliya tarnovsimon qurti 42. Ips plastographus (Leconte) Kaliforniya poʻstloqxoʻri 43. Keiferia lycopersicella (Walsingham) Amerika pomidor kuyasi 44. Lindingaspis rossi (Maskell) Qora araukariy qalqondori 45. Liriomyza nietzkei Spencer Piyoz minyori 46. Liriomyza huidobrensis (Blanchard) Janubiy Amerika barg minyori 47. Liriomyza trifolii (Burgess) Amerika yoʻngʻichqa minyori 48. Lopholeucaspis japonica (Cockerell) Yaponiya choʻpsimon qalqondori 49. Margarodes vitis (Philippi) Janubiy Amerika tok qurti 50. Meromyza nigriventris Macquart Don meromizasi 51. Naupactus xanthographus (Germar) Janubiy Amerika meva uzunburuni 52. Naupactus leucoloma Bohemann Oq hoshiyali qoʻngʻiz 53. Nemorimyza maculosa (Malloch) Xrizantema barg minyori 54. Nipaecoccus nipae (Maskell) Palma qurti 55. Paralipsa gularis (Zeller) Yeryongʻoq parvonasi 56. Pectinophora gossypiella (Saunders) Gʻoʻza kuyasi 57. Pinnaspis strachani (Cooley) Kichik qorsimon qalqondor 58. Popillia japonicaNewman Yapon qoʻngʻizi 59. Pseudaulacaspis pentagona (Targioni-Tozzetti) Tut qalqondori 60. Pseudococcus cryptus Nempel Sharq unsimon qurti 61. Pseudococcus calceolariae (Maskell) Sitrus unsimon qurti 62. Pseudoparlatoria parlatorioides (Comstock) Orxideya qalqondori 63. Rhagoletis cingulata (Loew) Shimoliy Amerika gilos pashshasi 64. Rhagoletis completa Cresson Yongʻoq pashshasi 65. Rhagoletis mendax Curran Toʻq yaltiroq qanotli pashsha 66. Rhagoletis pomonella (Walsh) Olma pashshasi 67. Ripersiella kondonis (Kuwana) Ildiz unsimon qurti 68. Scirtothrips dorsalis Nood Hindixitoy gul tripsi 69. Sinoxylon unidentatum (Fabricius) Arrasimon poʻstloq kemiruvchi qoʻngʻiz 70. Spodoptera eridania (Cramer) Janubiy tunlam 71. Spodoptera frugiperda (Smith) Makkajoʻxori barglarining tunlami 72. Spodoptera littoralis (Boisduval) Misr gʻoʻza tunlami 73. Spodoptera litura (Fabricius) Osiyo gʻoʻza tunlami 74. Tecia solanivora (Povolny) Gvatemala kartoshka kuyasi 75. Trogoderma angustum (Solier) Trogoderma angustum qoʻngʻizi 76. Trogoderma ballfinchae Beal Trogoderma balfinchaye qoʻngʻizi 77. Trogoderma granarium Everts Kapr qoʻngʻizi 78. Trogoderma grassmani Beal Trogoderma grassmani qoʻngʻizi 79. Trogoderma longisetosum Chao & Lee Trogoderma longisetozum qoʻngʻizi 80. Trogoderma ornatum (Say) Trogoderma ornatum qoʻngʻizi 81. Trogoderma simplex Jayne Trogoderma simpleks qoʻngʻizi 82. Trogoderma sternale Jayne Trogoderma sternale qoʻngʻizi 83. Unaspis citri (Comstock) Apelsin qalqondori 84. Unaspis yanonensis (Kuwana) Sharq sitrus qalqondori 85. Viteus vitifoliae (Fitch) Filloksera 86. Zabrotes subfasciatus (Boheman) Braziliya donxoʻri 87. Zeugodacus cucurbitae (Coquilett) Afrika qovun pashshasi 88. Zygogramma exclamationis (Fabricius) Kungaboqar barg qoʻngʻizi II. Oʻsimlik kasalliklari a) zamburugʻ kasalliklari 1. Cercospora kikuchii Mats & Tom Gard Soya qizil-pushti serkosporiozi 2. Diaporthe helianthi Munt Kungaboqar poyasining kulrang dogʻli kasalligi 3. Diaporthe phaseolorum Cke & Ell Soya poyasi raki 4. Didymella ligulicola (K.F.Baker) Xrizantema askoxitozi 5. Drechslera maydis (Nisikado) Subran Makkajoʻxori janubiy gelmintosporiozi 6. Glomerella gossypii Edgerton Gʻoʻza antraknozi 7. Mycosphaerella linicolaNaumov Zigʻir pasmosi 8. Phialophora cinerescens (Wr) van Bryma Chinnigul fialoforoz kasalligi 9. Phoma andina Turkensteen And fomoz kasalligi 10. Phomopsis viticola Sacc. Uzumning soʻlish kasalligi 11. Phymatotrichopsis omnivora (Duggar) Nennebert Texas ildiz chirish kasalligi 12. Puccinia horiana P. Nennengs Xrizantema oq rang kasalligi 13. Stenocarpella macrospora (Earle) Sutton Makkajoʻxori diplodiozi 14. Synchytrium endobioticum (Schilb) Percival Kartoshkaning rak kasalligi 15. Thecaphora solani (Thirumulachar et O.Brien) Mordue Kartoshka qorakuyasi 16. Tilletia indica Mitra Hind bugʻdoy qorakuyasi b) nematodalar 1. Globodera pallida (Stone) Behrens Kartoshka nimrang nematodasi 2. Globodera rostochiensis (Wollenweber) Behrens Kartoshka oltinrang nematodasi 3. Meloidogyne chitwoodi Golden, O'Bannon, Santo & Finley Kolumbiya gall nematodasi 4. Meloidogyne enterolobii Yang & Eisenback Ildiz gall nematodasi 5. Meloidogyne mali Ito, Oshima & Ichinohe Olma gall nematodasi 6. Nacobbus aberrans (Thorne) Thorne & Allen. Soxta gall nematodasi 7. Radopholus similes (Thorne) Teshuvchi nematoda v) bakterial kasalliklar 1. Acidovorax citrulli Schaad et al. Qovoq ekinlarining bakterial dogʻlanishi 2. Corynebacterium tritici (Carlson & Vidaver) Zgurskaya, Evtushenko, Akimov & Kalakoutskii Bugʻdoyning sariq shilliq bakteriozi 3. Candidatus Phytoplasma phoenicium Verdin, Salar, Danet, Choueiri, Jreijiri, El Zammar, Gélie, Bové & Garnier Bodom shoxlarining anomal rivojlanish kasalligi 4. Candidatus Phytoplasma pyri Seemüller & Schneider Nok shoxlarining anomal rivojlanish kasalligi 5. Candidatus Phytoplasma vitis Tok barglarining zarrin sargʻayish kasalligi 6. Erwinia amylovora (Burrill) Winslow, Broadhurst, Buchanan, Krumwiede, Rogers & Smith Mevali daraxtlarning bakterial kuyish kasalligi 7. Pantoea stewartii subsp. stewartii (Smith) Mergaert, Verdonck & Kersters Makkajoʻxori vilti 8. Pseudomonas caryophylli (Burkholder) Starr & Burkholder Chinnigul vilti 9. Xanthomonas campestris pv. citri (Nasse) Dye Sitrus rak kasalligi 10. Xanthomonas campestris pv. hyacinthi (Wakker) Dye Giatsint sariq kasalligi 11. Xanthomonas campestris pv. oryzae (Ishiyama) Dye Sholining bakterial kuyish kasalligi 12 Xanthomonas campestris pv. oryzicola (Fang, Ren, Chen, Chu, Faan & Wu) Dye Sholining bakterial chiziqli kasalligi 13 Xylella fastidiosa Wells et al. Tok bakteriozi (Pirs kasalligi) 14 Xylophilus ampelinus (Panagopoulos) Willems, Gillis, Kersters, van den Broeke & De Ley Uzumning bakterial soʻlish kasalligi g) virus kasalliklari 1. American plum line pattern virus Olxoʻrining chiziqli amerika kasalligi 2. 3. Andean potato mottle virus Andean potato mild mosaic virus Kartoshkaning And virusi Kartoshkaning yengil mozaikali And virusi 4. Andean potato latent virus Kartoshkaning latent And virusi 5. Arabis mosaic virus Arabis mozaika virusi 6. Barley stripe mosaic virus Arpaning chiziqli qurama kasalligi 7. Chrysanthemum stunt viroid Xrizantemaning pakanalik kasalligi 8. Citrus tristeza virus Sitrus tristetsa kasalligi 9. Impatiens necrotic spot virus Xinagul dogʻsimon nekrozi virusi 10. Peach latent mosaic viroid Shaftolining yashirin mozaika viroid kasalligi 11. Peach rosette mosaic virus Shaftolining qurama kasalligi 12. Pepino mosaic virus PepMV Pepino mozaika virusi 13. Plum pox virus Olxoʻrining choʻtir kasalligi 14. Potato T tepovirus Kartoshkaning T tepavirusi 15. Potato yellow dwarf virus Kartoshkaning sariq pakanalik kasalligi 16. Potato yellow vein virus Kartoshka barg tomirlari sargʻayishi 17. Prunus necrotic ringspot virus Danak mevali daraxtlarning nekrotik dogʻlanishi 18. Rose wilt disease Atirgul vilti 19. Strawberry latent C virus Qulupnay S latent virusi 20. Tomato spotted wilt virus TSWV Pomidorning bronzali dogʻlanish kasalligi 21. Grapevine fanleaf virus Tokning qisqa bandli virus kasalligi 22. Grapevine fleck virus (GFKV) Tokning virusli dogʻlanish kasalligi 23. Grapevine leafroll-associated viruses GLRaV-1 Tok barglarining bujmayish kasaligi 1-tur 24. Grapevine leafroll-associated viruses GLRaV-2, Tok barglarining bujmayish kasaligi 2-tur 25. Grapevine leafroll-associated viruses GLRaV-3 Tok barglarining bujmayish kasaligi 3-tur 26. Grapevine virus A (GVA) Tok klosterovirusi (tok A virusi) III. Begona oʻtlar 1. Acanthospermum hispidum de Candolle Kattiq yungli tikanli oʻt 2. Aeschynomene indica Linnaeus Hind eshinomenesi 3. Aeschynomene virginica (Linnaeus) Britton, Sterns & Poggenburg Virjiniya eshinomenesi 4. Ambrosia psilostachya de Candolle. Koʻp yillik ambroziya 5. Ambrosia trifida Linnaeus Uch boʻlakli ambroziya 6. Arceuthobium spp Omelalar 7. Bidens bipinnata Linnaeus It-tikanak 8. Cassia occidentalis Linnaeus Gʻarb kassiyasi 9. Cassia tora Linnaeus Tora kassiyasi 10. Cenchrus pauciflorus Bentham Kamgulli senxrus (langarsimon) 11. Croton capitatus Michaux Toʻpgullik roton 12. Diodia teres Walter Joʻvasimon diodiya 13. Emex australis Steinheil Janubiy emeks 14. Emex spinosa (Linnaeus) Campdera Tikanli emeks 15. Euphorbia dentata Michaux Arrasimon sutlama 16. Euphorbia marginata Pursh. Hoshiyali sutlama 17. Nelianthus californicus de Candolle Kaliforniya kungaboqari 18. Nelianthus ciliaris de Candolle Kiprikli kungaboqar 19. Nelianthus lenticularis Douglas Yovvoyi kungaboqar 20. Nelianthus petiolarisNuttall Barg bandli kungaboqar 21. Nelianthus scaberrimus Britton & A. Brown Tukli kungaboqar 22. Nydrocotyle ranunculoides Linnaeus Ayiqtovonsimon suvyigʻar 23. Ipomoea hederacea (Linnaeus) Jacquin. Pechaksimon ipomeya 24. Iva spp. Sassiq kakra (hamma turlari) 25. Jacquemontia tamnifolia (Linnaeus) Grisebach Yuraksimon bargli jakumont oʻti 26. Polygonum pensilvanicum Linnaeus Pensilvaniya suv murchi 27. Raimania laciniata Nill (Oenotera) Raymaniya 28. Sesbania exaltata (Raf) Cory Mayda dukkakli sesbaniya 29. Sesbania macrocarpa Muhl et rafin Yirik dukkakli sesbaniya 30. Sicyos angulatus Linnaeus Burchak bargli qovoqsimon oʻt 31. Sida spinosa Linnaeus Tikanli sida 32. Solanum carolinense Linnaeus Karolina ituzumi 33. Solanum elaeagnifolium Cavanilles Chiziq bargli ituzum 34. Solanum rostratum Dunal Tikanli ituzum 35. Solanum triflorum Linnaeus Uch gulli ituzum 36. Striga spp. Strigalar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar I. Zararkunandalar 1. Dialeurodes citri (Ashmead) Sitrus oqqanoti 2. Grapholita molesta (Busck) Sharq mevaxoʻri 3. Leptinotarsa decemlineata Say Kolorado qoʻngʻizi 4. Phyllocnistis citrella Stainton Sitrus inli kuyasi 5. Phthorimaea operculella (Zeller) Kartoshka kuyasi 6. Pseudococcus comstocki Kuwana Komstok qurti 7. Quadraspidiotus perniciosus (Comstock) Kaliforniya qalqondori II. Begona oʻtlar 1. Acroptilon repens (Linnaeus) de Candolle Sudraluvchi kakra (pushtirang kakra) 2. Ambrosia artemisiifolia Linnaeus Ermonbargli ambroziya 3. Cuscuta spp. Zarpechaklar III. Virus kasalliklari 1. Tomato brown rugose fruit virus ToBRFV Pomidor mevalarining jigarrang bujmayish kasalligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 12-martdagi 3 va 5-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2013-yil 18-dekabrdagi 9/7 va 29-son “Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2544, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 707-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 17-dekabrdagi 17 va 1-son “Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2544-1, 2020-yil 22-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2020-y., 10/20/2544-1/1653-son).
