Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3356-son)
28.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3356]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son “Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglament hamda Obyektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 30-iyuldagi 405-son “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-mart,
38-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi birinchi oʻrinbosari I. DJASIMOV
2022-yil 2-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 10-martdagi 38-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Instrumental texnik tekshiruv buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.
2. Mazkur Nizomga muvofiq bino va inshootlarda instrumental texnik tekshiruvni oʻtkazishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
bino va inshootlarning loyiha-smeta va texnik hujjatlarga mosligini tekshiruvdan oʻtkazish;
bino va inshootlarning konstruktiv yechimi, rejadagi shakli, gabarit oʻlchamlari, qavatlar balandligi, antiseysmik chok orqali boʻlmalarga (otseklarga) ajratilganligini aniqlash;
poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlash;
bino va inshootlarda yoriqlar, boshqa shikastlanishlar va deformatsiyalanish joylarini aniq belgilash;
oʻlchov ishlarini olib borish;
olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan oʻtkazish;
instrumental-texnik tekshiruvlar, oʻlchov ishlari, laboratoriya hamda modelli tadqiqotlarga muvofiq bino va inshootlarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida).
3. Bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash formulasi asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Bino va inshootlarning loyiha-smeta va texnik hujjatlarga mosligini tekshirish hamda bino va inshootlarda yoriqlar, boshqa shikastlanishlar va deformatsiyalanish joylarini aniq belgilash
4. Bino va inshootlarning loyiha-smeta va texnik hujjatlarga mosligini tekshirish hamda bino va inshootlarda yoriqlar, boshqa shikastlanishlar va deformatsiyalanish joylarini aniq belgilash texnik tekshiruv oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
5. Texnik tekshiruv ishlarini baholash bino va inshootning murakkablik toifasi va bajariladigan texnik tekshiruv ishlarining murakkablik toifasini inobatga olgan holda bajariladigan ishlarni murakkablashtiruvchi omillar koeffitsiyenti, bino va inshoot ekspluatatsiyasining vaqt omili koeffitsiyenti, bino va inshootning hajmi koeffitsiyentini hamda bino va inshootning konstruksiyasida mavjud boʻlmagan qismlar boʻyicha bino va inshootning konstruksiyasining umumiy hajmi yigʻindisidan ayirib tashlanadigan foizlar, shuningdek tegishliligi boʻyicha bir qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida texnik tekshiruv ishlarini bajarish narxlari yoki ikki va undan ortiq qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida texnik tekshiruv ishlarini bajarish narxlarini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Bunda:
bino va inshootning murakkablik toifasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga;
bajariladigan texnik tekshiruv ishlarining murakkablik toifasi mazkur Nizomning 3-ilovasiga;
bajariladigan ishlarni murakkablashtiruvchi omillar va qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga;
bino va inshoot ekspluatatsiyasining vaqt omili va qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga;
bino va inshootning hajmini hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar mazkur Nizomning 6-ilovasiga;
bino va inshootning konstruksiyasida mavjud boʻlmagan qismlar boʻyicha bino va inshootning konstruksiyasining umumiy hajmi yigʻindisidan ayirib tashlanadigan foizlar miqdori mazkur Nizomning 7-ilovasiga;
bir qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida texnik tekshiruv ishlarini bajarish narxlari mazkur Nizomning 8-ilovasiga;
ikki va undan ortiq qavatli bino inshootning qurilish konstruksiyasida texnik tekshiruv ishlarini bajarish narxlari mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
3-bob. Bino va inshootlarning konstruktiv yechimi, rejadagi shakli, gabarit oʻlchamlari, qavatlar balandligi, antiseysmik chok orqali boʻlmalarga (otseklarga) ajratilganligini aniqlash va oʻlchov ishlarini olib borish
6. Bino va inshootlarning konstruktiv yechimi, rejadagi shakli, gabarit oʻlchamlari, qavatlar balandligi, antiseysmik chok orqali boʻlmalarga (otseklarga) ajratilganligini aniqlash va oʻlchov ishlarini olib borish oʻlchov ishlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
7. Oʻlchov ishlarini baholash bino va inshootning murakkablik toifasi va bajariladigan oʻlchov ishlarning murakkablik toifasini inobatga olgan holda bino va inshootning vertikal va gorizontal konstruksiyalari elementlarining joylashish oraligʻidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladigan koeffitsiyentini hamda bino va inshootning konstruksiyasi loyihasida oʻlchamlari mavjud boʻlgan konstruksiya qismlari boʻyicha bino va inshoot konstruksiyasining umumiy hajmi yigʻindisidan ayirib tashlanadigan foizlar, shuningdek tegishliligi boʻyicha bir qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida oʻlchov ishlarini bajarish narxlari yoki ikki va undan ortiq qavatli bino inshootning qurilish konstruksiyasida oʻlchov ishlarini bajarish narxlarini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Bunda:
bino va inshootning murakkablik toifasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga;
bajariladigan oʻlchov ishlarning murakkablik toifasi mazkur Nizomning 10-ilovasiga;
bino va inshootning vertikal va gorizontal konstruksiyalari elementlarining joylashish oraligʻidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar mazkur Nizomning 11-ilovasiga;
bino va inshootning konstruksiyasi loyihasida oʻlchamlari mavjud boʻlgan konstruksiya qismlari boʻyicha bino va inshoot konstruksiyasining umumiy hajmi yigʻindisidan ayrib tashlanadigan foizlar miqdori mazkur Nizomning 12-ilovasiga;
bir qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida oʻlchov ishlarini bajarish narxlari mazkur Nizomning 13-ilovasiga;
ikki va undan ortiq qavatli bino inshootning qurilish konstruksiyasida oʻlchov ishlarini bajarish narxlari mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
4-bob. Poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlash
8. Poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlashni baholash mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlashda qoʻllaniladigan foizlarni inobatga olgan holda aniqlanadi.
5-bob. Olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan oʻtkazish
9. Olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan oʻtkazish laboratoriya sinovini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
10. Olingan namunalarni instrumental-texnik tekshiruvdan va laboratoriya tadqiqotidan oʻtkazishni baholash bino va inshoot konstruksiyasidagi beton, gʻishtdan terilgan devor hamda metall elementlarining mustahkamligini aniqlashda bajariladigan ishlar narxlari hamda bino va inshoot konstruksiyasida foydalanilgan qurilish materiallaridan namunalar tanlab olgan holda laboratoriya sinovidan oʻtkazish ishlarining narxlari inobatga olgan holda hisoblanadi.
Bunda:
bino va inshoot konstruksiyasidagi beton, gʻishtdan terilgan devor hamda metall elementlarining mustahkamligini aniqlashda bajariladigan ishlar narxlari mazkur Nizomning 16-ilovasiga;
bino va inshoot konstruksiyasida foydalanilgan qurilish materiallaridan namunalar tanlab olgan holda laboratoriya sinovidan oʻtkazish ishlarining narxlari mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
6-bob. Instrumental-texnik tekshiruvlar, oʻlchov ishlari, laboratoriya hamda modelli tadqiqotlarga muvofiq bino va inshootlarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida)
11. Instrumental-texnik tekshiruvlar, oʻlchov ishlari, laboratoriya hamda modelli tadqiqotlarga muvofiq bino va inshootlarning zararlanishi va konstruksiyalaridagi deformatsiyalar asosida uning texnik holatini baholash (I-seysmik mustahkamligi meʼyorda, II-seysmik mustahkamligi qoniqarli, III-seysmik mustahkamligi qoniqarsiz, IV-mustahkamlash talab etiladi, avariya holatiga moyil, avariya holatida) bino va inshootning murakkablik toifasi va loyiha ishlarining murakkablik toifasini inobatga olgan holda bino va inshootni kuchaytirish boʻyicha bajariladigan loyiha ishlari ayrim turlariga qoʻllaniladigan foizlar, poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlashda qoʻllaniladigan foizlar hamda bino va inshoot konstruksiyasidagi beton, gʻishtdan terilgan devor hamda metal elementlarining mustahkamligini aniqlashda bajariladigan ishlar narxlari, bino va inshoot konstruksiyasida foydalanilgan qurilish materiallaridan namunalar tanlab olgan holda laboratoriya sinovidan oʻtkazish ishlarining narxlari, shuningdek bir qavatli binolardagi qurilish konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun narxlar yoki ikki va undan ortiq qavatli binolardagi qurilish konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun narxlarni inobatga olgan holda hisoblanadi.
Bunda:
loyiha ishlarining murakkablik toifasi mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq;
bino va inshootni kuchaytirish boʻyicha bajariladigan loyiha ishlari ayrim turlariga qoʻllaniladigan foizlar mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq;
poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlashda qoʻllaniladigan foizlar mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq;
bino va inshoot konstruksiyasidagi beton, gʻishtdan terilgan devor hamda metall elementlarining mustahkamligini aniqlashda bajariladigan ishlar narxlari mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq;
bino va inshoot konstruksiyasida foydalanilgan qurilish materiallaridan namunalar tanlab olgan holda laboratoriya sinovidan oʻtkazish ishlarining narxlari mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq;
bir qavatli binolardagi qurilish konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun narxlar mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq;
ikki va undan ortiq qavatli binolardagi qurilish konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun narxlar mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
13. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash
FORMULASI
C = (V * Kt * (C1 * K1 + C2 * K2+C4)+C3 * K3) * Ki * Ky
V — binoning eni, boʻyi va balandligining oʻzaro koʻpaytmasining yigʻindisi;
Kt — 5-ilovaga muvofiq bino va inshoot ekspluatatsiyasining vaqt omili uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyent;
C1 — 7-ilovaga muvofiq qoʻllaniladigan foizning 2 va 3-ilovalarda koʻrsatilgan murakkablik toifalaridan kelib chiqib tegishliligi boʻyicha 8-yoki 9-ilovadagi narxga koʻpaytmasining yigʻindisi;
K1 — 4-ilovaga muvofiq bajariladigan ishlarni murakkablashtiruvchi omillar uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentning 6-ilovaga muvofiq bino va inshootning hajmini hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentga koʻpaytmasining yigʻindisi;
C2 — 12-ilovaga muvofiq koʻrsatilgan foizning 2 va 10-ilovalarda koʻrsatilgan murakkablik toifalaridan kelib chiqib tegishliligi boʻyicha 13 yoki 14-ilovadagi narxga koʻpaytmasining yigʻindisi;
K2 — 11-ilovaga muvofiq bino va inshootning vertikal va gorizontal konstruksiyalari elementlarining joylashish oraligʻidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladigan koeffitsiyent;
S3 — 16-ilovaga muvofiq bino va inshoot konstruksiyasidagi beton, gʻishtdan terilgan devor hamda metal elementlarining mustahkamligini aniqlashda bajariladigan ishlar narxining 17-ilovaga muvofiq bino va inshoot konstruksiyasida foydalanilgan qurilish materiallaridan namunalar tanlab olgan holda laboratoriya sinovidan oʻtkazish ishlarining narxiga qoʻshilgan yigʻindisi;
K3 — 4-ilovaga muvofiq bajariladigan ishlarni murakkablashtiruvchi omillar uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyent;
C4 — 19-ilovaga muvofiq koʻrsatilgan foizning 2 va 18-ilovalarda koʻrsatilgan murakkablik toifalaridan kelib chiqib tegishliligi boʻyicha 20 yoki 21-ilovadagi narxga koʻpaytmasining yigʻindisi;
Ki — bazaviy hisoblash miqdorining 0,0004 foizi;
Ky — 15-ilovaga muvofiq poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlashda qoʻllaniladigan foiz;
C — umumiy yigʻindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Bino va inshootning murakkablik toifasi
T/r Bino va inshootlarning tavsifi Murakkablik toifasi 1. Oddiy konstruksiyali bino va inshoot (bir qavatli, bir prolyotli) I 2. Ikki va undan ortiq seksiyali bino v inshoot (koʻp prolyotli) Boʻrtib chiqqan qismlari boʻlgan bino va inshoot II 3. Murakkab konstruksiyali bino va inshoot (turli hajmli boʻrtib chiqqan qismlari, ushbu qismlarga yondosh qurilgan estakada va galereyasi mavjud boʻlgan) III
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Bajariladigan texnik tekshiruv ishlarining murakkablik toifasi
T/r Bajariladigan texnik tekshiruv ishlari Ishlarning murakkablik toifasi 1. Kapital taʼmirlashga smeta ishlab chiqish uchun mavjud roʻyxatini tuzish I 2. Bino va inshootning ekspluatatsiya qilinishi maqsadi oʻrganish Bino va inshootning konstruksiyasining haqiqiy (amaldagi) holatini aniqlash uchun ishlar dasturini tuzish Bino va inshoot konstruksiyalarini batafsil koʻrikdan oʻtkazish, nuqsonlar va shikastlanishlar rasmini chizish va oʻlchash Bino va inshoot konstruksiyalari va poydevor asoslari tuproqlaridan materiallar namunalarini tanlab olish joylarini buyurtmachiga koʻrsatish Bino va inshoot konstruksiyasidagi nuqsonlar va shikastlanishlarni fotosuratga olish Materiallarni grafik rasmiylashtirish Bino va inshoot konstruksiyasini texnik tekshiruvdan oʻtkazish natijalari boʻyicha va uni ekspluatatsiya qilish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa tuzish hamda ularni taqdim etish Bino va inshoot konstruksiyasini taʼmirlash, kuchaytirish yoki almashtirish zarurati haqida tavsiyalar tuzish va taqdim etish II 3. Bino va inshootning ekspluatatsiya qilinishi maqsadi oʻrganish Bino va inshootning konstruksiyasining haqiqiy (amaldagi) holatini aniqlash uchun ishlar dasturini tuzish Bino va inshoot konstruksiyalarini batafsil koʻrikdan oʻtkazish, nuqsonlar va shikastlanishlar chizmasini chizish va oʻlchash Bino va inshoot konstruksiyalari va poydevor asoslari tuproqlaridan materiallar namunalarini tanlab olish joylarini buyurtmachiga koʻrsatish Bino va inshoot konstruksiyasidagi nuqsonlar va shikastlanishlarni fotosuratga olish Materiallarni grafik rasmiylashtirish Bino va inshoot konstruksiyasini texnik tekshiruvdan oʻtkazish natijalari boʻyicha va uni ekspluatatsiya qilish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa tuzish hamda ularni taqdim etish Bino va inshoot konstruksiyasini taʼmirlash, kuchaytirish yoki almashtirish zarurati haqida tavsiyalar tuzish va taqdim etish Bino va inshootning koʻtarib-turuvchi konstruksiyalarning koʻtarib-turish qobiliyati boʻyicha tekshiruv hisob-kitoblarini tuzish III
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Bajariladigan ishlarni murakkablashtiruvchi omillar va qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
T/r Ishlarni murakkablashtiruvchi omillar Qoʻllaniladigan koeffitsiyent 1. Bino va inshoot joylashgan maydon tuprogʻining choʻkuvchanligi Bino va inshoot karst va koʻchki hodisalari sodir boʻlgan joyda joylashganligi Bino va inshootning kon uchun qazilgan yerlarda joylashganligi Bino va inshootning suv bosadigan hududlarda joylashganligi 1,3 2. Bino va inshootning konstruksiya mavjud boʻlmaganda choʻkuvchan tuproqda joylashganligi (ikkinchi choʻkuvchanlik toifasi) 1,45 3. Tekshiruv ishlarini oʻtkazish vaqtida bino va inshoot xonalari maydonining 50 foizidan ortiq qismi uskuna va quvurlar bilan band qilinganligi 1,35 4. Amaldagi ishlayotgan sexlarda tekshiruv ishlarini bajarishda xonaning issiqlik darajasi 40℃ dan baland boʻlganda 1,2 5. Tekshiruv ishlarini arxitektura obidalari hisoblangan binolarda bajarish 1,3 6. Bino va inshoot konstruksiyasining kuchaytirilganidan keyin texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi 1,1 7. Bino va inshoot joylashgan hududning seysmikligi 7 ball boʻlganda 1,2 8. Bino va inshoot joylashgan hududning seysmikligi 8 ball boʻlganda 1,3 9. Bino va inshoot joylashgan hududning seysmikligi 9 ball boʻlganda 1,4
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Bino va inshoot ekspluatatsiyasining vaqt omili va qoʻllaniladigan koeffitsiyent
T/r Bino va inoshootlarning ekspluatatsiya vaqti Qoʻllaniladigan koeffitsiyent 1. 1 yildan — 10 yilgacha boʻlganda 1,1 2. 11 yildan — 20 yilgacha boʻlganda 1,2 3. 21 yildan — 30 yilgacha boʻlganda 1,3 4. 31 yildan — 40 yilgacha boʻlganda 1,4 5. 41 yildan — 50 yilgacha boʻlganda 1,5 6. 51 yildan — 60 yilgacha boʻlganda 1,6 7. 61 yildan — 70 yilgacha boʻlganda 1,7 8. 71 yildan — 80 yilgacha boʻlganda 1,8 9. 81 yildan — 90 yilgacha boʻlganda 1,9 10. 91 yildan — 100 yilgacha boʻlganda 2 11. 100 yil va undan ortiq boʻlganda 2,2
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Bino va inshootning hajmini hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
T/r Bino va inshootning hajmi Qoʻllaniladigan koeffitsiyent 1. 1 m3dan — 1000 m3 gacha 5,1 2. 1001 m3dan — 2000 m3 gacha 4,3 3. 2001 m3dan — 3000 m3 gacha 3,5 4. 3001 m3dan — 4000 m3 gacha 2,2 5. 4001 m3dan — 5000 m3 gacha 1,8 6. 5001 m3 va undan ortiq 1,0
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Bino va inshootning konstruksiyasida mavjud boʻlmagan qismlar boʻyicha bino va inshoot konstruksiyasining umumiy hajmi yigʻindisidan ayirib tashlanadigan foizlar
MIQDORI
T/r Konstruksiyaning alohida qismlari nomi Bir qavatli binolar uchun foizlar Ikki va undan ortiq qavatli binolar uchun foizlar 1. Poydevor 4,34 3,84 2. Devorlar va pardevorlar 10,13 14,2 3. Pol 2,29 4,45 4. Ustun Tayanch Toʻsin 12,51 11,69 5. Zinapoya maydonchalari Zinapoyalar 2,71 2,32 6. Kran osti konstruksiyalari 16,65 5,2 7. Bostirma 32,6 8. Qoplamaning koʻtarib turuvchi konstruksiyalari 37,7 15,3 9. Qoplama konstruksiyasining toʻsigʻi 9,57 7,0 10. Tom yopma 4,1 3,4
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Bir qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida texnik tekshiruv ishlarini bajarish
NARXLARI
T/r Bino va inshootning murakkablik toifasi Bino va inshootning balandligi (metrda) va undagi umumiy hajmning 1 m3 uchun qoʻllaniladigan narx (soʻmda) 4 gacha 5-6 7 — 9 10 — 12 13 — 15 16 — 18 19 va undan ortiq Bajariladigan ishlar murakkabligining I toifasi 1. I 167 136 110 93 82 74 67 2. II 200 163 132 113 98 88 81 3. III 208 169 150 132 111 99 91 Bajariladigan ishlar murakkabligining II toifasi 4. I 1674 1359 1103 936 820 734 671 5. II 2008 1630 1324 1123 983 882 806 6. III 2498 1691 1497 1269 1111 996 910 Bajariladigan ishlar murakkabligining III toifasi 7. I 2012 1633 1325 1124 984 883 807 8. II 2396 1944 1577 1338 1172 1050 960 9. III 2731 2216 1797 1525 1335 1198 1094
Izoh: Mazkur jadvalda qoʻllanilgan narxlar 1991-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqidan (570 soʻm) 2020-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqining (2.845.361 soʻm) oʻtish koeffitsiyentini 4992.72 ga (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 1999-yil 21-mayda tasdiqlangan Bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda va texnik jihozlashda bajariladigan oʻlchov-tekshiruv va loyiha ishlari boʻyicha narxlar toʻplamidagi oʻlchov birliklari 100m3 uchun hisoblangan. Mazkur nizomdagi oʻlchov birliklari esa 1m3 uchun belgilab oʻtilganligi sababli, koeffitsiyent 100 ga boʻlingan) nisbati hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Ikki va undan ortiq qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida texnik tekshiruv ishlarini bajarish
NARXLARI
T/r Bino va inshootning murakkablik toifasi Bino va inshootning balandligi (metrda) va undagi umumiy hajmning 1 m3 uchun qoʻllaniladigan narx (soʻmda) 4 gacha 5-6 7 — 9 10 — 12 13 — 15 16 — 18 19 va undan ortiq Bajariladigan ishlar murakkabligining I toifasi 1. I 284 245 211 185 167 149 140 2. II 310 271 236 213 197 182 168 3. III 321 284 251 223 211 198 188 Bajariladigan ishlar murakkabligining II toifasi 4. I 2211 2079 1955 1847 1668 1512 1396 5. II 2519 2377 2243 2136 1970 1818 1681 6. III 2664 2511 2367 2228 2110 1985 1875 Bajariladigan ishlar murakkabligining III toifasi 7. I 2499 2376 2259 2136 1970 1818 1690 8. II 2701 2560 2427 2304 2198 2088 1983 9. III 2971 2836 2707 2582 2466 2398 2307
Izoh: Mazkur jadvalda qoʻllanilgan narxlar 1991-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqidan (570 soʻm) 2020-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqining (2.845.361 soʻm) oʻtish koeffitsiyentini 4992.72 ga (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 1999-yil 21-mayda tasdiqlangan Bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda va texnik jihozlashda bajariladigan oʻlchov-tekshiruv va loyiha ishlari boʻyicha narxlar toʻplamidagi oʻlchov birliklari 100m3 uchun hisoblangan. Mazkur nizomdagi oʻlchov birliklari esa 1m3 uchun belgilab oʻtilganligi sababli, koeffitsiyent 100 ga boʻlingan) nisbati hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Bajariladigan oʻlchov ishlarning murakkablik toifasi
T/r Qurilish konstruksiyalarining texnik holati Texnik holatning tavsifi Ishlarning murakkablik toifasi 1. Qoniqarli birikmalar tugunlarida buzilishlar yoʻqligi konstruksiya elementlarida deformatsiyalar yoʻqligi yoriqlar va boshqa nuqsonlar qurilish normalari va qoidalari talablari darajasida boʻlganda I 2. Qoniqarsiz yoki xavfli birikmalar tugunlarida buzilishlar mavjud boʻlsa konstruksiya umumiy hajmining 5 foizidan yoriqlarning mavjudligi yuk koʻtaruvchi konstruksiyalardan alohida boʻlgan konstruksiyaning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan elementlarda chirish yoki zanglashning mavjudligi II 3. Avariya holatidagi konstruktiv sxema oʻzgarishidan kelib chiqadigan birikmalar elementlari va tugunlaridagi mustahkamlik va barqarorlikning yoʻqotilganligi materialning egiluvchanlik bosqichiga oʻtish bilan roʻy beradigan oʻta jiddiy deformatsiyalarning mavjudligi qurilish konstruksiyasida avariya sodir boʻlishiga hamda qurilish meʼyorlari va qoidalari minimal talablari darajasida boʻlmagan nuqsonlarning mavjudligi III
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Bino va inshootning vertikal va gorizontal konstruksiyalari elementlarining joylashish oraligʻidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
T/r Konstruksiya elementlarining nomi Joylashtirish oraliq masofasi Koeffitsiyent 1. Ustun Toʻsin Ferma 5 metrgacha 1,25 2. 6 metrdan — 7 metrgacha 1,0 3. 8 metrdan — 12 metrgacha 1,15 4. 13 metr va undan ortiq 1,1
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Bino va inshootning konstruksiyasi loyihasida oʻlchamlari mavjud boʻlgan konstruksiya qismlari boʻyicha bino va inshoot konstruksiyasining umumiy hajmi yigʻindisidan ayirib tashlanadigan foizlar
T/r Konstruksiyaning alohida qismlari nomi Bir qavatli binolar uchun foizlar Ikki va undan ortiq qavatli binolar uchun foizlar 1. Poydevor 4,34 3,84 2. Devorlar va pardevorlar 10,13 14,2 3. Pol 2,29 4,45 4. Ustun Tayanch Toʻsin 12,51 11,69 5. Zinapoya maydonchalari Zinapoyalar 2,71 2,32 6. Kran osti konstruksiyalari 14,40 5,2 7. Bostirma 2,25 32,6 8. Qoplamaning koʻtarib turuvchi konstruksiyalari 37,7 15,3 9. Qoplama konstruksiyasining toʻsigʻi 9,57 7,0 10. Tom yopma 4,1 3,4
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Bir qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida oʻlchov ishlarini bajarish
NARXLARI
T/r Bino va inshootning murakkablik toifasi Bino va inshootning balandligi (metrda) va undagi umumiy hajmning 1 m3 uchun qoʻllaniladigan narx (soʻmda) 4 gacha 5-6 7 — 9 10 — 12 13 — 15 16 — 18 19 va undan ortiq Bajariladigan oʻlchov ishlari murakkabligining I toifasi 1. I 845 670 531 452 366 354 323 2. II 1047 851 691 588 513 461 419 3. III 1352 1097 891 758 662 594 542 Bajariladigan oʻlchov ishlari murakkabligining II toifasi 4. I 1133 919 745 632 553 497 453 5. II 1474 1195 968 823 719 645 590 6. III 1899 1540 1249 1060 928 833 760 Bajariladigan oʻlchov ishlari murakkabligining III toifasi 7. I 2012 1633 1325 1124 984 883 807 8. II 2396 1944 1577 1338 1172 1050 960 9. III 2731 2216 1797 1525 1335 1198 1094
Izoh: Mazkur jadvalda qoʻllanilgan narxlar 1991-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqidan (570 soʻm) 2020-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqining (2.845.361 soʻm) oʻtish koeffitsiyentini 4992.72 ga (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 1999-yil 21-mayda tasdiqlangan Bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda va texnik jihozlashda bajariladigan oʻlchov-tekshiruv va loyiha ishlari boʻyicha narxlar toʻplamidagi oʻlchov birliklari 100m3 uchun hisoblangan. Mazkur nizomdagi oʻlchov birliklari esa 1m3 uchun belgilab oʻtilganligi sababli, koeffitsiyent 100 ga boʻlingan) nisbati hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Ikki va undan ortiq qavatli bino va inshootning qurilish konstruksiyasida oʻlchov ishlarini bajarish
NARXLARI
T/r Bino va inshootning murakkablik toifasi Bino va inshootning balandligi (metrda) va undagi umumiy hajmning 1 m3 uchun qoʻllaniladigan narx (soʻmda) 4 gacha 5-6 7 — 9 10 — 12 13 — 15 16 — 18 19 va undan ortiq Bajariladigan oʻlchov ishlari murakkabligining I toifasi 1. I 1295 1189 1091 979 860 774 712 2. II 1594 1492 1397 1273 1118 1006 925 3. III 1924 1835 1748 1642 1442 1298 1195 Bajariladigan oʻlchov ishlari murakkabligining II toifasi 4. I 1747 1602 1469 1369 1205 1087 998 5. II 2172 2031 1900 1774 1566 1412 1298 6. III 2489 2379 2273 2189 1989 1822 1675 Bajariladigan oʻlchov ishlari murakkabligining III toifasi 7. I 2499 2376 2259 2136 1970 1818 1690 8. II 2701 2560 2427 2304 2198 2088 1983 9. III 2971 2836 2707 2582 2466 2398 2307
Izoh: Mazkur jadvalda qoʻllanilgan narxlar 1991-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqidan (570 soʻm) 2020-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqining (2.845.361 soʻm) oʻtish koeffitsiyentini 4992.72 ga (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 1999-yil 21-mayda tasdiqlangan Bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda va texnik jihozlashda bajariladigan oʻlchov-tekshiruv va loyiha ishlari boʻyicha narxlar toʻplamidagi oʻlchov birliklari 100m3 uchun hisoblangan. Mazkur nizomdagi oʻlchov birliklari esa 1m3 uchun belgilab oʻtilganligi sababli, koeffitsiyent 100 ga boʻlingan) nisbati hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
Poydevor turi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, orayopmalar, tom qismi, antiseysmik tadbirlar, konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari, qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlari, rekonstruksiya davomida mustahkamlanganligi hamda muhandislik-geologik koʻrsatkichlari holatini toʻliq aniqlashda qoʻllaniladigan foizlar
T/r Bajariladigan ishlarning nomi Foizlar 1. Poydevor turini aniqlash 9 2. Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar holatini aniqlash 14 3. Orayopmalar holatini aniqlash 6 4. Tom qismi holatini aniqlash 5 5. Antiseysmik tadbirlar holatini aniqlash 8 6. Konstruksiya materiallarining mustahkamlik koʻrsatkichlari aniqlash 10 7. Qurilish maydonining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash 4 8. Rekonstruksiya davomida mustahkamlanganlik holatini aniqlash 10 9. Muhandislik-geologik koʻrsatkichlar holatini aniqlash 20
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Bino va inshoot konstruksiyasidagi beton, gʻishtdan terilgan devor hamda metall elementlarining mustahkamligini aniqlashda bajariladigan ishlar
NARXLARI
T/r Ish turlari Oʻlchov birligi Narx (soʻmda) 1. Bino va inshootning konstruktiv elementiga uskuna yordamida zarba berish orqali tekshirish Har bir joy uchun 78 374 2. Bino va inshootning konstruksiyasida gʻishtdan terilgan devor mustahkamligini uskuna yordamida aniqlash Har bir gʻisht uchun 70 986 3. Bino va inshootning konstruksiyasidagi metall elementlarning mustahkamligini uskuna yordamida aniqlash Har bir metall element uchun 131789 4. Bino va inshootning konstruksiyasidagi metall elementlarning bukilishga moyilligini uskuna yordamida aniqlash Har bir metall element uchun 389376
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Bino va inshoot konstruksiyasida foydalanilgan qurilish materiallaridan namunalar tanlab olgan holda laboratoriya sinovidan oʻtkazish ishlarining
NARXLARI
T/r Ish turlari Oʻlchov birligi Narx (soʻmda) Betonni fizik-mexanik sinovlardan oʻtkazish 1. Kub shaklidagi namunani siqish orqali sinovdan oʻtkazish bitta namuna 41 533 2. Kub shaklidagi namunani suv yutuvchanligini aniqlash bitta namuna 12 979 3. Kub shaklidagi namunani zichligini aniqlash bitta namuna 12 979 4. Kub shaklidagi namunani sovuqqa bardoshliligini aniqlash 1 sikl 18 540 Sindirib olingan beton boʻlaklarini fizik-mexanik sinovdan oʻtkazish 5. Beton tanasida parmalangan sinov teshiklari joyini aniqlash bitta namuna 108 826 6. Beton tanasini anker orqali teshish yoʻli bilan chuqurligini aniqlash bitta namuna 34 944 Beton boʻlagini uzib olish orqali betonni fizik-mexanik sinovdan oʻtkazish 7. Betonni uzilishini aniqlash bitta namuna 60 000 Boshqa fizik-mexanik sinovlarni oʻtkazish 8. Temirbeton konstruksiyalarda armatura joylashuvi va himoya qatlamining qalinligini aniqlash bitta namuna 34 944 9. Metall konstruksiya elementlari qalinligini aniqlash bitta namuna 49 920 10. Armatura diametrini va guruhini aniqlash bitta namuna 71 386 Gʻishtni fizik-mexanik sinovlardan oʻtkazish 11. Solishtirma ogʻirlik aniqlash bitta namuna 12 480 12. Siqilish sinovidan oʻtkazish bitta namuna 33 946 13. Egilish sinovidan oʻtkazish bitta namuna 25 958 14. Sovuqqa bardoshlilik sinovdan oʻtkazish bitta namuna 23 462 15. Suv yutuvchanligini aniqlash bitta namuna 12 480 Yogʻochni sinovdan oʻtkazish 16. Namunani joyida sinovdan oʻtkazish bitta namuna 110 323 17. Siqish sinovidan oʻtkazish bitta namuna 99 840 18. Egiluvchanlik modulini aniqlash bitta namuna 123 302 19. Namligini aniqlash bitta namuna 25 958 Plastik materiallarni sinovdan oʻtkazish 20. Chirish va deformatsiya holatini aniqlash bitta namuna 343 949 21. Uskuna yordamida plastmassa namunalarini kesib olish bitta namuna 148 762 Poʻlat metallni mexanik sinovdan oʻtkazish 22. Uskuna yordamida konstruksiyaning poʻlat metall elementlaridan namunalarni qirqib olish va kesilgan namunalarni tamgʻalash bitta namuna 173722 23. Past haroratlarda va mexanik eskirishdan keyin masofadan turib qovushqoqlik sinovini oʻtkazish bitta namuna 358226 Tom yopma tarkibini aniqlash 24. Uskuna yordamida izol tom yopma namunalarini olish 103 446
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Loyiha ishlarining murakkablik toifasi
T/r Ish turlari Murakkablik toifasi 1. Mavjud nuqsonlar boʻyicha dalolatnoma tuzish I 2. Qoniqarli holatda boʻlgan bino va inshoot konstruksiyasini kuchaytirish boʻyicha ishchi hujjatlarni ishlab chiqish va hisob-kitoblarni tuzish II 3. Qoniqarsiz holatda yoki avariya holatida boʻlgan bino va inshoot konstruksiyasi elementlarini qisman almashtirish orqali kuchaytirish va hisob-kitoblarni tuzish III
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA
Bino va inshootni kuchaytirish boʻyicha bajariladigan loyiha ishlari ayrim turlariga qoʻllaniladigan foizlar
T/r Loyiha ishlarining nomi Bir qavatli bino uchun foizlar Ikki va undan ortiq qavatli bino uchun foizlar 1. Poydevor va uning asoslarini kuchaytirish 6,38 5,27 2. Devorlarni kuchaytirish 9,23 12,22 3. Pollarni taʼmirlash 2,85 9,93 4. Ustun va tirgaklarni yoki ular orasidagi bogʻlanishlarni kuchaytirish 28,39 14,94 5. Bostirma elementlarini kuchaytirish - 31,81 6. Zinapoyalarni kuchaytirish 1,52 2,15 7. Tom konstruktiv elementlarini koʻtarib turuvchi konstruksiyalarni kuchaytirish 37,77 14,3 8. Toʻsuvchi konstruksiyalarni kuchaytirish 9,68 6,2 9. Tom yopmani almashtirish 4,18 3,18
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 20-ILOVA
Bir qavatli binolardagi qurilish konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun
NARXLAR
T/r Bino va inshootning murakkablik toifasi Bino va inshootning balandligi (metrda) va undagi umumiy hajmning 1 m3 uchun qoʻllaniladigan narx (soʻmda) 4 gacha 5-6 7 — 9 10 — 12 13 — 15 16 — 18 19 va undan ortiq Loyiha ishlari murakkabligining I toifasi 1. I 110 92 74 63 55 49 44 2. II 136 110 89 74 69 58 53 3. III 154 125 101 85 74 66 60 Loyiha ishlari murakkabligining II toifasi 4. I 1142 922 745 627 547 490 444 5. II 1359 1097 886 748 651 582 528 6. III 1550 1251 1010 852 742 665 603 Loyiha ishlari murakkabligining III toifasi 7. I 1945 1571 1239 1071 934 832 757 8. II 2314 1864 1510 1274 1111 991 901 9. III 2641 2132 1721 1452 1266 1130 1027
Izoh: Mazkur jadvalda qoʻllanilgan narxlar 1991-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqidan (570 soʻm) 2020-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqining (2.845.361 soʻm) oʻtish koeffitsiyentini 4992.72 ga (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 1999-yil 21-mayda tasdiqlangan Bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda va texnik jihozlashda bajariladigan oʻlchov-tekshiruv va loyiha ishlari boʻyicha narxlar toʻplamidagi oʻlchov birliklari 100m3 uchun hisoblangan. Mazkur nizomdagi oʻlchov birliklari esa 1m3 uchun belgilab oʻtilganligi sababli, koeffitsiyent 100 ga boʻlingan) nisbati hisoblangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 21-ILOVA
Ikki va undan ortiq qavatli binolardagi qurilish konstruksiyalarini tiklash va kuchaytirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun
NARXLAR
T/r Bino va inshootning murakkablik toifasi Bino va inshootning balandligi (metrda) va undagi umumiy hajmning 1 m3 uchun qoʻllaniladigan narx (soʻmda) 4 gacha 5-6 7 — 9 10 — 12 13 — 15 16 — 18 19 va undan ortiq Loyiha ishlari murakkabligining I toifasi 1. I 251 214 182 161 141 254 117 2. II 302 261 226 189 167 150 141 3. III 317 274 237 202 186 172 163 Loyiha ishlari murakkabligining II toifasi 4. I 2153 1924 1769 1605 1412 1504 1167 5. II 2412 2225 1053 1886 1675 1504 1413 6. III 2653 2427 2220 2022 1862 1720 1622 Loyiha ishlari murakkabligining III toifasi 7. I 3026 2837 2660 2496 2323 2153 2002 8. II 3387 3210 3043 2869 2681 2503 2334 9. III 3612 3432 3260 3090 2931 2787 2638
Izoh: Mazkur jadvalda qoʻllanilgan narxlar 1991-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqidan (570 soʻm) 2020-yildagi qurilish sohasidagi oʻrtacha ish haqining (2.845.361 soʻm) oʻtish koeffitsiyentini 4992.72 ga (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan 1999-yil 21-mayda tasdiqlangan Bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashda va texnik jihozlashda bajariladigan oʻlchov-tekshiruv va loyiha ishlari boʻyicha narxlar toʻplamidagi oʻlchov birliklari 100m3 uchun hisoblangan. Mazkur nizomdagi oʻlchov birliklari esa 1m3 uchun belgilab oʻtilganligi sababli, koeffitsiyent 100 ga boʻlingan) nisbati hisoblangan.
