2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (134-son)
26.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning sanoat salohiyatini yanada oshirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, shuningdek, 2022-yilda oʻtkaziladigan hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar oʻrtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
2022-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali:
haftalik, oylik va yillik asosda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari kesimida oʻrtacha shakllangan narxlar boʻyicha maʼlumotlarni doimiy ravishda joylashtirsin;
kelgusida respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning alohida turlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirsin va doimiy ravishda yangilab borsin;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga sotish boʻyicha shartnomalar tuzishni yoʻlga qoʻysin.
3. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning hududiy hamda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida faol ishtirok etishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qarori asosida ishlab chiqarish tashkil etilgan ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni (xizmatlarni) iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan reklama qilishda chegirmalar berish;
hududiy va respublika sanoat yarmarkalari hamda Portal faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-mart,
134-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 134-son qaroriga1-ILOVA
2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali
T/r Hudud nomi Sanoat yarmarkasining ixtisoslashuvi Oʻtkazish muddati I. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari 1. Samarqand viloyati Turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish 2022-yil 14-15-aprel 2. Surxondaryo viloyati Qishloq xoʻjaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, transport va logistika sohalari 2022-yil 5-6-may 3. Namangan viloyati Toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati 2022-yil 26-27-may 4. Fargʻona viloyati Toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish 2022-yil 9-10-iyun 5. Andijon viloyati Qurilish materiallari, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati 2022-yil 23-24-iyun 6. Toshkent viloyati Metallurgiya, kimyo sanoati, elektrenergiyasi, elektrotexnika, qurilish mat�riallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi texnikasi 2022-yil 4-5-avgust 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, elektrenergiyasi va elektrotexnika mahsulotlari sanoati 2022-yil 25-26-avgust 8. Xorazm viloyati Turizm, turizm sohasi uchun toʻqimachilik mahsulotlari, transport va logistika, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi texnikasi, mebelsozlik sanoati 2022-yil 8-9-sentabr 9. Buxoro viloyati Qurilish materiallari, toʻqimachilik, neft va gaz sanoati, qishloq va suv xoʻjaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik sohasi 2022-yil 22-23-sentabr 10. Qashqadaryo viloyati Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati 2022-yil 6-7-oktabr 11. Navoiy viloyati Togʻ-kon metallurgiyasi, elektrotexnika, kimyo sanoati va qurilish materiallari 2022-yil 20-21-oktabr II. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi 12. Toshkent shahri Respublikaning barcha tarmoqlari tomonidan 2023-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish 2022-yil 14 — 18-noyabr
Izoh. Ishchi guruhga sanoat yarmarkalarining iqtisodiy ixtisoslashuviga va ularni oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 134-son qaroriga2-ILOVA
2022-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
1. S.U. Umurzakov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, ishchi guruh rahbari 2. A.B. Voitov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. F.K. Ruziyev — Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 4. A.R. Jumanazarov — Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻrinbosari 5. D.S. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil 6. B.K. Abdinazarov — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari 7. A.Y. Xaydarov — moliya vaziri oʻrinbosari 8. J.T. Maxsudov — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari 9. D.A.Vahobov — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi 10. D.N. Sattarov — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori 11. S.Z. Mirzayev — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti 12. O.M. Saidxonov — “Oʻzekspomarkaz” AJ boshqaruvi raisi 13. F.B. Xoʻjamqulov — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 134-son qaroriga3-ILOVA
2022-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi
1. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari 2. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 4. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi 5. Lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi 6. Lavozimiga koʻra — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimi tashkilotining hududiy filiali boshligʻi 7. Kelishuv asosida — hududlardagi iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari
Izoh. Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 134-son qaroriga4-ILOVA
2022-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi
T/r Chora-tadbir nomi Bajarish muddati Masʼullar Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari 1. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida (keyingi oʻrinlarda — sanoat yarmarkalari) ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni xabardor qilish va jalb etish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2. Sanoat yarmarkalarida ishtirok etadigan iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududiy kor�onalar roʻyxatini shakllantirish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan namoyish etiladigan yangi turdagi mahsulotlar, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan import qilinadigan mahsulotlar (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) roʻyxatini shakllantirish hamda Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 4. Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sanoat yarmarkalarida namoyish etish maqsadida ular toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni Portalga joylashtirish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5. Koʻrgazma stendlarining maketlarini hamda sanoat yarmarkalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. Dasturda sanoat yarmarkalarining ochilish va yopilish marosimlari ssenariysini, hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining taqdimotlarini nazarda tutish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan oʻn kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari 6. “Oʻzekspomarkaz” AJ bilan hamkorlikda sanoat yarmarkalari ishtirokchilarining koʻrgazma stendlarini joylashtirish hamda dizaynini ishlab chiqish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. Bunda koʻrgazma stendlarida joylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarilayotgan, ishlab chiqarilishi oʻzlashtiriladigan hamda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan mahsulotlarga ajratilgan holda joylashtirilishini taʼminlash. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari 7. Iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish faoliyatida talab etiladigan mahsulotlarga (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) boʻlgan ehtiyojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilishini hamda ularning Portal orqali yoritib borilishini taʼminlash. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xoʻjalik birlashmalari 8. Sanoat yarmarkalari oʻtkaziladigan hududni, shu jumladan, taqdimotlar, muzokaralar hamda hamkorlik shartnomalari imzolanadigan joylarni tayyorlash va bezash. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari 9. Koʻrgazma stendlarini loyihalash va oʻrnatish ishlarini yakunlash. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 10. Sanoat yarmarkalari davomida Portal orqali mahsulotlarni sotish va xarid qilish boʻyicha hamkorlik shartnomalari hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnik jihatdan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash va mahsulotni oʻzlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tuzish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 11. Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha tuzilgan shartnomalar miqdori, ishlab chiqarish moʻljallangan mahsulot turlari, shuningdek, yangi yuqori texnologik mahsulotlar, innovatsion ishlanmalar va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan sanoat yarmarkalari ishtirokchilarini ragʻbatlantirish. Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 12. Sanoat yarmarkalari yakunlari boʻyicha bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar, shu jumladan, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va ishchi guruhga taqdim etish. Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari 13. Sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhning yigʻilishini tashkil etish. Yigʻilishda sanoat yarmarkalari natijalarini muhokama qilish, shuningdek, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda belgilangan samaradorlikka erishish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Sanoat yarmarkalari yakunlanganidan soʻng uch kun muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari Iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududiy korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va kengaytirib borish, shuningdek, ushbu jarayonda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini faollashtirish takliflarini ishlab chiqish 14. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan maʼlumotlarni Portalda joylashtirish hamda doimiy ravishda yangilanib borishini taʼminlash, xususan: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, oʻzlashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar, barqaror talabga ega hamda rivojlanishi istiqbolli boʻlgan korxonalar import tovarlari toʻgʻrisida; hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda masʼul boʻlgan rahbarlar toʻgʻrisida. Doimo Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari 15. Sanoat yarmarkalari natijalariga koʻra ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi boʻyicha takliflarni xatlovdan oʻtkazish, sanoat kooperatsiyasi doirasida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar reyestrini, import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish memorandumlarini shakllantirish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari Tayyorlangan maʼlumotlarni ishchi guruhga kiritish. Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida 16. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxon�lar tomonidan import qilinadigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish jarayoniga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik birlashmalari Tayyorlangan maʼlumotlarni ishchi guruhga kiritish. Sanoat yarmarkalarini yakunlash vaqtida 17. Import tarkibi va ichki bozor ehtiyojlari tahlili asosida ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish uchun tavsiya etilayotgan mahsulotlar boʻyicha kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga buyurtma berish. Sanoat yarmarkalarini oʻtkazish vaqtida Xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 18. Hududiy korxonalar�a, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kuyidagi masalalarda yordam koʻrsatish: ularga boʻsh bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan texnologik uskunalarni va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni ijaraga berish; oʻzlashtirilayotgan mahsulotlar uchun texnik parametrlar va sifat talablarini muvofiqlashtirib borish. Doimiy Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi 19. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi (keyingi oʻrinlarda — respublika sanoat yarmarkasi) doirasidagi takliflar asosida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni oʻrganish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda mahalliy korxonalar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 2022-yil mart — noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazir�iklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari 20. Ixtisoslashgan tashkilotlarning respublika sanoat yarmarkasida yangi aloqalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish loyihalarini, shuningdek, talab etiladigan mahsulotlar boʻyicha takliflarni taqdim etish. 2022-yil mart — noyabr Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi 21. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish tadbirlari doirasida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotning texnik parametrlari va sifat koʻrsatkichlarini takomillashtirish yechimini ishlab chiqish. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi 22. Sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot yetkazib berish boʻyicha Portal orqali tuzilgan shartnomalarning reyestrini shakllantirib borish. 2022-yil mart — noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 23. Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalarga respublika sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborish. 2022-yil 1-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 24. Respublika sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza berish, yarmarkada ishtirok etadiganlar roʻyxatini shakllantirish, stend eskizlari bilan tanishish, shuningdek, yarmarka ishtirokchisining yangi va namoyish etadigan mahsuloti turlarini joylashtirishni Portal orqali onlayn tarzda amalga oshirish tizimini ishga tushirish. 2022-yil 1-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 25. Stendlarni loyihalash va joylashtirishni respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilari bilan kelishish. 2022-yil 5-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” AJ, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 26. Respublika sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida mahsulotlarni yetkazib berishning prognoz parametrlarini aniqlash va Respublika sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhga tasdiqlash uchun taqdim etish. 2022-yil 10-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, xoʻjalik birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 27. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish dasturini tayyorlash. 2022-yil 10-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 28. Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilari koʻrgazma stendlarini oʻrnatish va loyihalash ishlarini yakunlash. 2022-yil 10-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” AJ, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 29. Respublika sanoat yarmarkasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi tavsiya etilgan mahsulotlar roʻyxati va ilgʻor xorijiy texnologiyalar taqdimoti asosida koʻrgazma stendlarini bezatish. 2022-yil 12-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” AJ, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 30. Koʻrgazma stendlariga bezak berish va yarmarka ishtirokchilariga standartlashtirish, sertifikatlash, moliyaviy xizmatlar boʻyicha maslahatlar berish. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida “Oʻzekspomarkaz” AJ, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tijorat banklari, sugʻurta va lizing kompaniyalari 31. Portalda yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar hajmi va sohalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash. 2022-yil 15 — 20-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Asosiy tadbirlar uchun joylarni tayyorlash 32. Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlarini oʻtkazish uchun yarmarka hududini, pavilonlarni tayyorlash va bezash. 2022-yil 10-noyabr “Oʻzekspomarkaz” AJ 33. Elektr taʼminoti, zaxiradagi yoritish uskunalari, konditsioner, aloqa va telekommunikatsiya tizimlari hamda koʻrgazma majmuasi va konferensiyalar zalini tayyorlash. 2022-yil 10-noyabr “Oʻzekspomarkaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 34. Koʻrgazma majmuasi tashqi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish. 2022-yil 10-noyabr “Oʻzekspomarkaz” AJ 35. “Oʻzekspomarkaz” AJ hududida respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash. 2022-yil 10 — 20-noyabr “Oʻzekspomarkaz” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 36. Respublika sanoat yarmarkasining ochilish va yopilish marosimlari uchun zarur asbob-uskunalar (ovoz kuchaytirgich apparaturasi, keng formatli monitorlar va proyektorlar) bilan taʼminlash hamda tadbir davomida taqdimotlar oʻtkazish. 2022-yil 10 — 20-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzekspomarkaz” AJ 37. “Oʻzekspomarkaz” AJ barcha pavilonlarida taqdimotlarni namoyish etish va jonli efirga uzatishni taʼminlash. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va komm�nikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” AJ, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 38. Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash. Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish vaqtida “Oʻzekspomarkaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Toshkent shahar IIBB Reklama kampaniyasi, ommaviy axborot vositalarida respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish 39. Iqtisodiyot tarmoqlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, Portalda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi haqidagi reklamalarni joylashtirish. 2022-yil 10-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 40. Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida audio va video formatda reklama lavhasini ishlab chiqish hamda ularni markaziy televideniye va radio kanallar orqali yoritib borish. 2022-yil oktyabr — noyabr oylarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 41. Respublika va hududiy sanoat yarmarkasi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar haqida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, markaziy va hududiy bosmaxonalar, shuningdek, radio va teleradiokanallarda reklamalarni joylashtirish. 2022-yil iyun — oktyabr 2022-yil 10 — 20-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 42. Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlari, ularni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha korxonalar tajribasi haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. Yarmarkalarni oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 43. Respublika sanoat yarmarkasi tadbirini reklama qiluvchi bannerlarni ishlab chiqish. 2022-yil 1-noyabr “Oʻzekspomarkaz” AJ 44. Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida reklama bannerlarini chop etish va joylashtirish. 2022-yil 5 — 10-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Oʻzekspomarkaz” AJ 45. Qoraqalpogʻiston R�spublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining markaziy koʻchalardagi elektron monitorlarda respublika sanoat yarmarkasi haqida tayyorlangan reklama roliklarini koʻrsatib borish. 2022-yil 5 — 20-noyabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
