Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (127-son)
24.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini jadal joriy etish hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq:
Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va uning tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil qilinganligi;
Institut yuridik shaxs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilishi;
Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etadi;
Institut direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, Institut direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining buyrugʻiga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Institutni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Energetika vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
4. Mazkur qarorining bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-mart,
127-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 127-son qaroriga 1-ILOVA
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Ilmiy kengash Direktor Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Direktor oʻ�inbosari — Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ilmiy kotib Yuriskonsult Kadrlar boʻlimi inspektori Fotoelektrik tizimlar laboratoriyasi 8 Vodorod energetikasi texnologiyalari laboratoriyasi 5 Loyihalash va tajriba-ishlab chiqarish boʻlimi 2 Buxgalteriya 2 Maxsus qism Quyosh yordamida isitish va sovitish taʼminoti tizimlari laboratoriyasi 6 “Yashil” vodorodni olish va saqlash texnologiyalari laboratoriyasi 5 Tajriba-sinov va koʻrgazma poligoni* Yetakchi iqtisodchi Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis Yordamchi xodimlar* Shamol, suv, biomassa energiyasi va tabiiy issiqlik manbalari laboratoriyasi 6 Yoqilgʻi elementlari texnologiyalari laboratoriyasi 5 Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni patentlash, tijoratlashtirish va litsenziyalash boʻlimi 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqqa integratsiyalash laboratoriyasi 7 Energetik obyektlarning texnogen va ekologik xavfsizligi laboratoriyasi 3 Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi 4 Yangi materiallar va energiyani akkumulatsiyalash laboratoriyasi 4 Iqlim oʻzgaruvchanligi monitoringi va barqaror rivojlanish laboratoriyasi 4
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 74 nafar, shundan: ilmiy xodimlar — 57 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 127-son qaroriga 2-ILOVA
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/r Laboratoriya nomi Ilmiy xodimlarning shtat birligidagi soni 2022-2023-yy. 2024-2025-yy. 2026-yildan boshlab 1. Fotoelektrik tizimlar laboratoriyasi 8 5 4 2. Quyosh yordamida isitish va sovitish taʼminoti tizimlari laboratoriyasi 6 3 2 3. Shamol, suv, biomassa energiyasi va tabiiy issiqlik manbalari laboratoriyasi 6 3 2 4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqqa integratsiyalash laboratoriyasi 7 4 3 5. Yangi materiallar va energiyani akkumulatsiyalash laboratoriyasi 4 3 2 6. Iqlim oʻzgaruvchanligi monitoringi va barqaror rivojlanish laboratoriyasi 4 2 1 7. Energetik obyektlarning texnogen va ekologik xavfsizligi laboratoriyasi 3 1 1 8. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi 4 3 2 9. Vodorod energetikasi texnologiyalari laboratoriyasi 5 3 2 10. “Yashil” vodorodni olish va saqlash texnologiyalari laboratoriyasi 5 3 2 11. Yoqilgʻi elementlari texnologiyalari laboratoriyasi 5 3 2 Jami 57 33 23
