Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Yangi Oʻzbekiston” hamda “Navroʻz” umumxalq bayrami mavzulariga bagʻishlangan esdalik tangalarining chiqarilishi toʻgʻrisida (KQ-322-IV-son)
16.03.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Yangi Oʻzbekiston” hamda “Navroʻz” umumxalq bayrami mavzulariga bagʻishlangan esdalik tangalarini chiqarish boʻyicha taklifini koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. “Yangi Oʻzbekiston” hamda “Navroʻz” umumxalq bayrami mavzulariga bagʻishlangan esdalik tangalarining namunalari va dizaynlari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Yangi Oʻzbekiston” hamda “Navroʻz” umumxalq bayrami mavzulariga bagʻishlangan esdalik tangalarining muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabarni hamda ularning tavsiflarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsin.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 16-mart,
KQ-322-IV-son
