10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari
Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida (355-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
tovar bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi oʻzlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish va berilgan koʻrsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻzlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qoʻyish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash va ularni buzish bilan bogʻliq ishlarni sudda koʻrib chiqishda qatnashish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
