Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati yordamchisining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida (1884-IV-son)
25.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2022-yil 17-yanvarda qabul qilingan 1747-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati yordamchisining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
*Ilova berilmaydi.
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-fevral,
1884-IV-son
