Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-178-son)
24.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan soliq islohotlarini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Jahon banki Direktorlar kengashi 2021-yil 16-iyunda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan 60 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishini maʼqullaganligi;
Loyihani amalga oshirish davri besh yil (2022 — 2027-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyihani amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
soliqlarni hisoblash va toʻlashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizgacha yetkazish;
soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirkorlik subyektlarini elektron xizmatlar bilan toʻliq qamrab olish;
qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish orqali ushbu soliqning undiruv darajasini 75 foizgacha yetkazish;
soliq toʻlovchilarning soliq hisobotlarini tayyorlash, taqdim etish va soliqlarni toʻlash uchun vaqt sarfini 2 baravargacha kamaytirish.
3. Belgilansinki:
Davlat soliq qoʻmitasi Loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foiz, xizmat koʻrsatish va majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bojxona toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlar (bundan ish haqi bilan bogʻliq boʻlgan soliqlar mustasno) boʻyicha xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Davlat soliq qoʻmitasiga Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirishga ruxsat beriladi;
Davlat soliq qoʻmitasi huzurida alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega boʻlgan, faoliyati Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;
Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi har yili Moliya vazirligi bilan kelishiladi;
Davlat soliq qoʻmitasi raisiga Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari va xodimlariga Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan soliq organlari xodimlari uchun koʻzda tutilgan tartibda ish haqiga qoʻshimcha haq va ustamalar belgilash huquqi beriladi.
4. Quyidagilar:
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi Loyihani moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
6. Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 4-ilovaga muvofiq grafik boʻyicha soliq solish sohasida yangi axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlari yuzasidan soliq organlari xodimlariga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazsin.
7. Davlat soliq qoʻmitasi:
Loyiha doirasida tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shu jumladan xarid qilinadigan texnika hamda asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun maxsus xonalar tayyorlanishini;
Loyiha oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uning muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishini taʼminlasin.
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Loyiha Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
9. Tashqi ishlar vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-mart,
PQ-178-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga 1-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
ming AQSH dollari T/r Komponent nomi Jami* Moliyalashtirishning taxminiy hisobi Kredit Davlat budjeti mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati 72 000 60 000 12 000 2. Investitsiyalar miqdori, jami 60 000 60 000 1-komponent. Soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish 48 700 48 700 2.1. 1.1-subkomponent — soliq organlarining yangi integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish 300 300 2.2. 1.2-subkomponent — texnik infratuzilmani yangilash (Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi) 43 500 43 500 2.3. 1.3-subkomponent — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarish va rejalashtirish sohasida salohiyatni oshirish 100 100 2.4. 1.4-subkomponent — tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va faoliyatning uzluksizligini taʼminlash 4 800 4 800 2-komponent. Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish 6 000 6 000 2.5. 2.1-subkomponent — soliq talablarini taʼminlash sohasida Davlat soliq qoʻmitasining salohiyatini oshirish 2 000 2 000 2.6. 2.2-subkomponent — talablarga ixtiyoriy rioya qilishni ragʻbatlantirish 3 000 3 000 2.7. 2.3-subkomponent — xususiy sektor bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish 1 000 1 000 3-komponent. Kadrlar va institutsional salohiyatni oshirish 3 300 3 300 2.8. 3.1-subkomponent — xodimlarni yanada samarali boshqarish uchun Davlat soliq qoʻmitasining institutsional salohiyatini oshirish 1 700 1 700 2.9. 3.2-subkomponent — davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsadlarga erishishini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkiliy funksiyalar yaratish 800 800 2.10. 3.3-subkomponent — davlat soliq xizmati organlari xodimlarini kasbiy rivojlantirish 800 800 4-komponent. Notexnik komponent — loyiha boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash 2 000 2 000 3. Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona toʻlovlariga qoʻshgan hissasi 12 000 12 000 4. Loyihani amalga oshirish davri 2022 — 2027-yillar 5. Kreditni qaytarish muddati 30 yil shu jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri 5 yil
Izoh. Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Davlat soliq qoʻmitasiga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga 2-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi: 60 million AQSH dollari Qarz muddati: 30 yil Imtiyozli davr: 5 yil Foiz stavkasi: 1,25% + toʻgʻrilash stavkasi* Majburiyatlar uchun vositachilik haqi: 0,50% Xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov 0,75% + toʻgʻrilash stavkasi** AQSH dollari Toʻlov davri Qarz oʻzlashtirilishi Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy mablagʻ**** asosiy qarz foizlar* xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov** majburiyatlar uchun vositachilik haqi*** 15.04.2022 6 000 000 6 000 000 15.10.2022 6 000 000 12 000 000 41 480 45 140 137 250 223 870 15.04.2023 6 000 000 18 000 000 82 507 89 787 121 333 293 627 15.10.2023 6 000 000 24 000 000 124 440 135 420 106 750 366 610 15.04.2024 6 000 000 30 000 000 165 920 180 560 91 500 437 980 15.10.2024 6 000 000 36 000 000 207 400 225 700 76 250 509 350 15.04.2025 6 000 000 42 000 000 247 520 269 360 60 667 577 547 15.10.2025 6 000 000 48 000 000 290 360 315 980 45 750 652 090 15.04.2026 6 000 000 54 000 000 330 027 359 147 30 333 719 507 15.10.2026 6 000 000 60 000 000 373 320 406 260 15 250 794 830 15.04.2027 60 000 000 412 533 448 933 0 861 467 15.10.2027 59 010 000 990 000 414 800 451 400 1 856 200 15.04.2028 58 020 000 990 000 407 956 443 952 1 841 908 15.10.2028 57 030 000 990 000 401 112 436 504 1 827 615 15.04.2029 56 040 000 990 000 392 113 426 711 1 808 824 15.10.2029 55 050 000 990 000 387 423 421 608 1 799 031 15.04.2030 54 060 000 990 000 378 499 411 896 1 780 396 15.10.2030 53 070 000 990 000 373 735 406 711 1 770 446 15.04.2031 52 080 000 990 000 364 886 397 082 1 751 967 15.10.2031 51 090 000 990 000 360 046 391 815 1 741 862 15.04.2032 50 100 000 990 000 353 202 384 367 1 727 569 15.10.2032 49 110 000 990 000 346 358 376 919 1 713 277 15.04.2033 48 120 000 990 000 337 659 367 452 1 695 110 15.10.2033 47 130 000 990 000 332 670 362 023 1 684 692 15.04.2034 46 140 000 990 000 324 045 352 637 1 666 682 15.10.2034 45 150 000 990 000 318 981 347 127 1 656 108 15.04.2035 44 160 000 990 000 310 431 337 822 1 638 254 15.10.2035 43 170 000 990 000 305 293 332 230 1 627 523 15.04.2036 42 180 000 990 000 298 449 324 782 1 613 231 15.10.2036 41 190 000 990 000 291 604 317 334 1 598 939 15.04.2037 40 200 000 990 000 283 204 308 193 1 581 397 15.10.2037 39 210 000 990 000 277 916 302 438 1 570 354 15.04.2038 38 220 000 990 000 269 591 293 378 1 552 968 15.10.2038 37 230 000 990 000 264 228 287 542 1 541 769 15.04.2039 36 240 000 990 000 255 977 278 563 1 524 540 15.10.2039 35 250 000 990 000 250 539 272 646 1 513 185 15.04.2040 34 260 000 990 000 243 695 265 198 1 498 893 15.10.2040 33 270 000 990 000 236 851 257 749 1 484 600 15.04.2041 32 280 000 990 000 228 750 248 934 1 467 683 15.10.2041 31 290 000 990 000 223 162 242 853 1 456 016 15.04.2042 30 300 000 990 000 215 136 234 119 1 439 255 15.10.2042 29 310 000 990 000 209 474 227 957 1 427 431 15.04.2043 28 320 000 990 000 201 523 219 304 1 410 826 15.10.2043 27 330 000 990 000 195 786 213 061 1 398 846 15.04.2044 26 340 000 990 000 188 941 205 613 1 384 554 15.10.2044 25 350 000 990 000 182 097 198 165 1 370 262 15.04.2045 24 360 000 990 000 174 295 189 674 1 353 970 15.10.2045 23 370 000 990 000 168 409 183 268 1 341 677 15.04.2046 22 380 000 990 000 160 682 174 860 1 325 541 15.10.2046 21 390 000 990 000 154 720 168 372 1 313 093 15.04.2047 20 400 000 990 000 147 068 160 045 1 297 113 15.10.2047 18 360 000 2 040 000 141 032 153 476 2 334 508 15.04.2048 16 320 000 2 040 000 126 929 138 128 2 305 057 15.10.2048 14 280 000 2 040 000 112 826 122 781 2 275 606 15.04.2049 12 240 000 2 040 000 98 183 106 846 2 245 029 15.10.2049 10 200 000 2 040 000 84 619 92 086 2 216 705 15.04.2050 8 160 000 2 040 000 70 131 76 319 2 186 449 15.10.2050 6 120 000 2 040 000 56 413 61 390 2 157 803 15.04.2051 4 080 000 2 040 000 42 078 45 791 2 127 870 15.10.2051 2 040 000 2 040 000 28 206 30 695 2 098 902 15.04.2052 0 2 040 000 14 103 15 348 2 069 451 60 000 000 14 281 332 15 541 449 685 083 90 507 864
* 2021-yil 1-oktabr holatiga foiz toʻlovi uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,11 foizni tashkil etadi.
** 2021-yil 1-oktabr holatiga xizmat koʻrsatganlik uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,73 foizni tashkil etadi.
*** Majburiyatlar uchun vositachilik haqi qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga 3-ILOVA
Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomlanishi Amalga oshirish mexanizmi Muddati Masʼul ijrochilar I. Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish 1. “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy bitim imzolanishini va yuridik xulosa olinishini taʼminlash. Jahon banki bilan loyihani moliyalashtirish yuzasidan bitim imzolash. Imzolangan qarz bitimiga Adliya vazirligining yuridik xulosasini olish va Jahon bankiga taqdim etish. 2022-yil aprel Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2. Loyiha ijrosini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 1. Loyiha doirasida ajratilgan qarzdan foydalanish tartibini ishlab chiqish, Jahon banki bilan kelishish va tasdiqlash. 2022-yil may Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2. Loyiha doirasida xarid qilinadigan texnika hamda asbob-uskunalarni oʻrnatish uchun maxsus xonalarni tayyorlash. 2023-yil dekabr 3. 1-komponent: Soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish. 1. Loyihani amalga oshirish uchun olinadigan texnika va dasturlar, axborot tizimlarining roʻyxatini tuzish va Jahon banki bilan kelishish. 2022-yil avgust Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2. Axborot texnologiyalarini boshqarishning strategik va texnologik rejasini ishlab chiqish. 2022-yil noyabr 3. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari uchun xavfsizlik strategiyasini, texnologiyasini va usullarini belgilash. 2022-yil dekabr 4. Loyihani amalga oshirish uchun olinadigan texnika va dasturlarni xarid qilish uchun: 2022-yil dekabr tender hujjatlarini ishlab chiqish; tender oʻtkazish va gʻolib bilan shartnomalar tuzish. 2023-yil davomida 4. 2-komponent: Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish. 1. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga aholi va tadbirkorlarni keng jalb qilish maqsadida Maslahat kengashini tashkil etish. 2022-yil iyun Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) 2. Soliq solish sohasidagi biznes jarayonlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, soliq solish tizimini soddalashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni bilan tashkil etilgan Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha maxsus komissiya muhokamasiga kiritib borish. Har chorakda 3. Insofli soliq toʻlovchilarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish davrida 5. 3-komponent: Kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash. 1. Kadrlarni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot yaratish. 2022-yil sentabr Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2. Dasturiy taʼminot yordamida xodimlarning bilim va koʻnikmalarini tahlil qilib kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2022-yil noyabr 3. Xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʻrta muddatli kompleks oʻquv rejasini ishlab chiqish. 2022-yil dekabr 4. Soliq organlariga xos boʻlmagan, takrorlovchi vazifa va funksiyalarni aniqlash hamda maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2023-yil yanvar 5. Rivojlangan xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va oʻrganish maqsadida xalqaro almashinuv va malaka oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2023-yil mart 6. 4-komponent: Loyiha boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash. 1. Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish, loyiha doirasidagi xarajatlar smetasini va loyihani amalga oshirish guruhining shtat jadvalini tasdiqlash. 2022-yil may Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2. Loyihani amalga oshirish guruhining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankida hamda Jahon banki tizimida alohida bank hisob raqamlarini ochish. 2022-yil may 3. Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasini har yili Moliya vazirligi bilan kelishish. Har yili yanvar oyida 4. Loyihani amalga oshirish doirasida, zaruratga qarab, xorijiy malakali konsultantlarni jalb etish. Loyihani amalga oshirish davrida 5. Har yil yakuni bilan loyiha moliyaviy hisobotini tashqi mustaqil auditdan oʻtkazish. Har yili 15-iyunga qadar 7. Jahon banki tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foiz, xizmat koʻrsatish va majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha xarajatlarni toʻlab berish. Qarzni qaytarish davrida Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 8. Jahon banki kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini va undan maqsadli foydalanilishini taʼminlash. Kredit liniyasini boshqarish, Jahon banki kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va undan maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoring yuritish. Doimiy ravishda Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot kiritib borish hamda rasmiy veb-saytda muntazam eʼlon qilib borish. Har chorakda II. Soliq maʼmuriyatchiligiga axborot texnologiyalarini joriy etish darajasini oshirish 9. Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirishda yoʻqotishlarni bartaraf etish. Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish orqali ushbu soliqning undiruv darajasini bosqichma-bosqich 75 foizgacha yetkazish. Bunda: Loyihani amalga oshirish davrida Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjirini dasturiy mahsulot yordamida tahlil qilgan holda asossiz hisobga olingan yoki qoplab berish soʻralgan soliq summalarini aniqlash va ularning undirilishini taʼminlash. Doimiy ravishda 2. Samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2022-yil mart 3. Elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasida mahsulotlarning identifikatsiya kodlari toʻliq va toʻgʻri koʻrsatilishini taʼminlash orqali soliq bazasini kengaytirish. Doimiy ravishda 4. Ayrim tovarlarni markirovkalash tizimini kengaytirish yoʻli bilan tovarlarning yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan harakatlanish zanjirini toʻliq nazoratga olish. 2022-yil may 10. Soliqlarni hisoblash va toʻlashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizga yetkazish. 1. “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar boʻyicha tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni soliq organlarida joriy etilgan axborot tizimlari orqali shakllantirib berish imkoniyatini yaratish. 2022-yil dekabr Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2. Soliq organlari tomonidan soliq hisoboti shakllantiriladigan soliqlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2023-yil mart 11. Soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirkorlik subyektlarini elektron xizmatlar bilan toʻliq qamrab olish. 1. Soliq kodeksi hamda soliq solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini oʻrgangan holda soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida yuzaga keladigan aloqalarni aniqlab, ularni toʻliq elektronlashtirish boʻyicha qoʻshimcha joriy etiladigan elektron xizmatlar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyul Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2. Joriy etiladigan elektron xizmatlar boʻyicha dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish. 2022-yil noyabr 3. Yangi elektron xizmatlar boʻyicha ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish. 2023-yil yanvar 12. Soliq va moliya organlarining tadbirkorlik subyektlari yiriklashishini ragʻbatlantirishda faol koʻmaklashishini taʼminlash. 1. Soliq va moliya organlarining tadbirkorlik subyektlari yiriklashishini ragʻbatlantirishda faol koʻmaklashishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: soliq va moliya idoralari tomonidan hududlarda korxonalarni yiriklashtirishga koʻmaklashish jarayonlarini jadallashtirish va tadbirkorlik subyektlariga koʻmak berish tizimini yaratish; mahsulotlar tannarxini kamaytirish, jumladan asossiz ishlatilayotgan energiya resurslarini qisqartirish, samarasiz foydalanilayotgan yer va mol-mulklarni aniqlash; soliq va moliya idoralari xodimlari ishtirokida hududlardagi korxonalar uchun qoʻshimcha daromad topish imkoniyatlarni koʻrsatib berishga qaratilgan mikrotransformatsiyaga koʻmaklashish dasturi va tahlil qilish uslubiyotlarini ishlab chiqish; jahon bozoridagi keskin tebranishlar natijasida korxonalarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olish (korxonalar iqtisodiy holatini baholash); zamonaviy kadrlarni tayyorlashda soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini oʻrganish va tajriba almashish tizimini kengaytirish nazarda tutiladi. 2022-yil aprel Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 14. Soliq tizimidagi maʼlumotlar asosida makroiqtisodiy oʻzgarishlar, yashirin iqtisodiyot, inflyatsiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadqiqotlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish. 1. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Davlat soliq qoʻmitasi markaz va institutga makroiqtisodiy oʻzgarishlar, yashirin iqtisodiyot, inflyatsiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadqiqotlarni amalga oshirishi uchun soliq tizimidagi maʼlumotlar boʻyicha oʻzaro axborot almashinuvi tizimini joriy etish. 2022-yil aprel Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (O. Xakimov), Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (U. Abidxadjayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2. Soliq sohasidagi muammolarni monitoring qilish va xalqaro tajriba asosida soliq maʼmurchiligi metodologiyasini takomillashtirib borish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Ilmiy-tahliliy markaz tashkil etish. 2022-yil iyul 15. Soliq tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini tasdiqlash. Soliq tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: soliq organlari xodimlari uchun asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etish; soliq organlarida komplayens nazorat tizimini takomillashtirish va xodimlar uchun mashgʻulotlar tashkil etish; sohadagi korrupsiyaga moyillik bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish, ochiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash yuzasidan “Oʻzini oʻzi baholash” tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashdan oʻtkazish hamda baholash natijalari asosida soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish va kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; 2022-yil 1-iyuldan boshlab soliq organlari xodimlarining daromadlari, aktivlari va majburiyatlarini deklaratsiyalash amaliyotini joriy etish; ochiqlik va shaffoflikni oshirish, xodimlarda jamoatchilik oldida hisobdorlik madaniyatini yanada yuksaltirish tartib-taomillarini nazarda tutish. 2022-yil aprel Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) 16. Erkin bozor munosabatlarining joriy etilganligi hamda teng raqobat sharoitini yaratishni davom ettirish maqsadida undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlar roʻyxatini qisqartirish. Undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlarning qisqartirilgan roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2022-yil aprel Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) III. Soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish 17. Soliq organlari faoliyatida joriy etilayotgan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlarini soliq organlarining barcha xodimlariga oʻrgatish va ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish. Soliq organlari xodimlarining IT-sohasida bilim darajasini yangi bosqichga koʻtarish hamda ularning malakasini oshirish, shuningdek, ularga yangidan joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlarini har tomonlama oʻrgatish. Bunda, soliq organlari xodimlarini oʻqitishda “tax gap”, “Tekshiruvdan oldin nazorat (avtokameral)”, “E-imtiyoz”, “E-ijara” va boshqa dasturiy mahsulotlar imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratish. Grafikka asosan Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 18. Qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjiridagi uzilishlarni bartaraf etish hisobiga tushumlarni oshirish imkoniyatlarini quyi soliq organlari xodimlari va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokida maxsus guruhlar tuzish va ularni hududlarga chiqish grafigini tasdiqlash. Bunda: 1. Maxsus guruhlar tomonidan har bir hudud boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjiridagi uzilishlar koʻrsatkichi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilarning sohalar kesimida segmentlangan roʻyxatini shakllantirish. 2. Zanjir ishtirokchilari tomonidan asossiz chegirilgan va budjetga toʻlanmagan summalarni budjetga toʻlash zarurligini tadbirkorlik subyektlariga tushuntirib berish. 3. Kontragentlarni tanlashda yaratilgan texnik imkoniyatlardan keng foydalanish va tadbirkorlik subyektlariga xatoliklarini toʻgʻrilash imkoniyatini berish kabi yoʻnalishlarda tushuntirishlar olib borish. 2022-yil aprel Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga 4-ILOVA
Yangi axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlarini barcha darajadagi soliq organlari xodimlariga oʻrgatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish
GRAFIGI
T/r Masʼullar* Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish joyi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish muddati I. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislarni tayyorlash 1. Sh. Kudbiyev Sh. Shermatov Davlat soliq qoʻmitasi (hududlardan jami 60 nafar xodimlar jalb qilinib, 2 ta guruhga boʻlingan holda oʻqitiladi) 2022-yil 4 — 8-aprel 2022-yil 11 — 15-aprel II. Hududiy soliq organlari xodimlarini oʻqitishni tashkil etish 2. 1-guruh M. Mirzayev O. Pekos Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi 2022-yil 18 — 20-aprel 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2022-yil 21 — 23-aprel 4. Xorazm viloyati 2022-yil 25 — 27-aprel 5. Navoiy viloyati 2022-yil 28 — 30-aprel 6. Buxoro viloyati 2022-yil 2-3-may 7. 2-guruh S. Eshmatov J. Egamberdiyev Andijon viloyati 2022-yil 18 — 20-aprel 8. Fargʻona viloyati 2022-yil 21 — 23-aprel 9. Namangan viloyati 2022-yil 25 — 27-aprel 10. 3-guruh J. Abdiyev J. Maxsudov Sirdaryo viloyati 2022-yil 18 — 20-aprel 11. Jizzax viloyati 2022-yil 21 — 23-aprel 12. Samarqand viloyati 2022-yil 25 — 27-aprel 13. Qashqadaryo viloyati 2022-yil 28 — 30-aprel 14. Surxondaryo viloyati 2022-yil 2-3-may 15. 4-guruh A. Fayzibayev J. Egamberdiyev Toshkent viloyati 2022-yil 28 — 30-aprel 16. Toshkent shahri 2022-yil 2-3-may 17. Fiskal instituti 2022-yil 10 — 12-may
Izoh: Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masʼul hisoblanadi.
