“Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-843-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1788-IV-son)
01.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-843-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-fevral,
1788-IV-son
