Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” hamda “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-171-son)
18.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Navoiy viloyatining Karmana tumanida hamda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarining oqova suv xizmati bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Fransiya taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga jami 105,0 million yevro qarz hamda Agentlik orqali Yevropa komissiyasi tomonidan 9,0 million yevro miqdorida grant ajratilishi, shu jumladan:
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Karmana loyihasi) amalga oshirish uchun 6 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yilda qaytarish sharti bilan 24,7 million yevro miqdoridagi qarz;
“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Shahrisabz va Kitob loyihasi) amalga oshirish uchun 6 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yilda qaytarish sharti bilan 80,3 million yevro miqdoridagi qarz berilishi maʼqullanganligi;
b) Karmana loyihasining umumiy qiymati 28 million yevroni, shu jumladan:
Agentlik qarzi — 24,7 million yevroni;
Karmana loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish tarzida 3,3 million yevroni tashkil etishi;
v) Karmana loyihasini amalga oshirish davri 6 yilni (2022 — 2027-yillar) tashkil etishi;
g) Shahrisabz va Kitob loyihasining umumiy qiymati 91,0 million yevroni, shu jumladan:
Agentlik qarzi — 80,3 million yevroni;
Shahrisabz va Kitob loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish tarzida 10,7 million yevroni tashkil etishi;
d) Shahrisabz va Kitob loyihasini amalga oshirish davri 6 yilni (2022 — 2027-yillar) tashkil etishi;
e) Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasini amalga oshirish davrida moliyaviy va boshqa xarajatlarni qoplash Agentlik qarz mablagʻlari hamda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi, baholash uchun vositachilik haqi dastlab “Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi hamda Agentlik qarz mablagʻlari hisobidan “Oʻzsuvtaʼminot” AJga qoplab berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, Agentlikning qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ;
Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasining sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va Agentlik qarzlarining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
3. Quyidagilar:
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligi qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligi qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq;
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 5-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 6-ilovaga muvofiq;
“Navoiy suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Moliya vaziriga:
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Agentlik bilan Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasi boʻyicha qarz va grant bitimlarini imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Navoiy viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ va “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ bilan Agentlik qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash;
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Navoiy viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ va “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ bilan grantlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasini amalga oshirish doirasida:
hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hamda moliyaviy xarajatlarni respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasini amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Agentlik oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi (S. Saifnazarov) zimmasiga “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ va “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq Agentlik qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlab borilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. “Oʻzsuvtaʼminot” AJga faoliyati Agentlikning qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlik ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhini tashkil etgan holda loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
9. Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari:
oqova suv quvurlari hamda oqova suv inshootlari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;
2026-yildan boshlab mahalliy budjet parametrlarida Agentlik qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun tegishincha “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ va “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJga ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlari bilan bir qatorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
11. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasi doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
13. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga oqova suv tizimi bilan taʼminlanadigan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
14. Quyidagilar:
moliya vaziri T. Ishmetov — Agentlik bilan Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihalari boʻyicha qarz va grant bitimlarini imzolashga va mazkur bitimlarga asosan qarz va grantlarni oʻz vaqtida jalb qilishga;
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. Hidoyatov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov — Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasi boʻyicha mablagʻlarning samarali yoʻnaltirilishiga, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishini taʼminlashga, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosarlari A. Voitov va Sh. Vafayev — Karmana loyihasi hamda Shahrisabz va Kitob loyihasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga, natijadorligini taʼminlashga, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini tizimli muhokama qilib borishga, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borishga;
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi N. Tursunov, Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi M. Azimov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov — “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ va “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida bajarishni taʼminlashga, tuzilgan bitim shartlariga muvofiq qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-mart,
PQ-171-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 1-ILOVA
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Xarajatlar kategoriyasining nomi Oʻlchov birligi Jami* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: Fransiya taraqqiyot agentligi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming yevro ekv. 27 998,70 24 715,57 3 283,13 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming yevro ekv. 23 750,74 23 750,74 0,00 shu jumladan: 2.1. Qurilish-taʼmirlash ishlari ming yevro ekv. 15 278,60 15 278,60 2.2. Mashina va uskunalar ming yevro ekv. 4 064,30 4 064,30 2.3. Boshqa xarajatlar ming yevro ekv. 2 507,84 2 507,84 2.4. Taqsimlanmagan xarajatlar ming yevro ekv. 1 900,00 1 900,00 3. Investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar ming yevro ekv. 964,83 964,83 0,00 4. Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish ming yevro ekv. 3 283,13 3 283,13
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 2-ILOVA
“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Xarajatlar kategoriyasining nomi Oʻlchov birligi Jami* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: Fransiya taraqqiyot agentligi qarzi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming yevro ekv. 91 000,09 80 284,43 10 715,66 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming yevro ekv. 77 541,04 77 541,04 0,00 shu jumladan: 2.1. Qurilish-taʼmirlash ishlari ming yevro ekv. 46 079,48 46 079,48 2.2. Mashina va uskunalar ming yevro ekv. 19 425,88 19 425,88 2.3. Boshqa xarajatlar ming yevro ekv. 5 966,74 5 966,74 2.4. Taqsimlanmagan xarajatlar ming yevro ekv. 6 068,94 6 068,94 3. Investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar ming yevro ekv. 2 743,39 2 743,39 4. Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish ming yevro ekv. 10 715,66 10 715,66
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 3-ILOVA
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligi qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 24,7 mln yevro Qarz muddati — 20 yil Imtiyozli davr — 6 yil Foiz stavkasi — Oʻzgaruvchan foiz stavkasi (LIBOR EUR 6m + 0,90 % hisobida) Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi — 0,5% — oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan Baholash uchun vositachilik haqi — 0,5% — umumiy qarz miqdoridan Toʻlov davri Toʻlanadigan foizlar Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi (ming yevro) Baholash uchun vositachilik haqi (ming yevro) Asosiy qarzni qaytarish (ming yevro) Jami qaytariladigan mablagʻ (ming yevro) 15.04.2022 0,0 61,8 123,6 15.10.2022 1,3 61,4 15.04.2023 3,9 60,5 15.10.2023 19,7 55,3 15.04.2024 35,5 50,1 15.10.2024 104,3 27,6 15.04.2025 172,1 5,0 15.10.2025 179,9 2,8 15.04.2026 186,0 186,0 15.10.2026 188,5 188,5 15.04.2027 187,4 187,4 15.10.2027 188,5 188,5 15.04.2028 188,5 882,7 1 071,2 15.10.2028 181,7 882,7 1 064,4 15.04.2029 174,0 882,7 1 056,7 15.10.2029 168,3 882,7 1 051,0 15.04.2030 160,7 882,7 1 043,4 15.10.2030 154,8 882,7 1 037,5 15.04.2031 147,3 882,7 1 030,0 15.10.2031 141,3 882,7 1 024,0 15.04.2032 134,6 882,7 1 017,3 15.10.2032 127,9 882,7 1 010,6 15.04.2033 120,5 882,7 1 003,2 15.10.2033 114,4 882,7 997,1 15.04.2034 107,1 882,7 989,8 15.10.2034 101,0 882,7 983,7 15.04.2035 93,7 882,7 976,4 15.10.2035 87,5 882,7 970,2 15.04.2036 80,8 882,7 963,5 15.10.2036 74,0 882,7 956,7 15.04.2037 66,9 882,7 949,6 15.10.2037 60,6 882,7 943,3 15.04.2038 53,6 882,7 936,2 15.10.2038 47,1 882,7 929,8 15.04.2039 40,2 882,7 922,9 15.10.2039 33,7 882,7 916,4 15.04.2040 26,9 882,7 909,6 15.10.2040 20,2 882,7 902,9 15.04.2041 13,4 882,7 896,1 15.10.2041 6,7 882,7 889,4 Jami: 3 994,3 324,6 123,6 24 715,6 28 193,2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 4-ILOVA
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligi qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 80,3 mln yevro Qarz muddati — 20 yil Imtiyozli davr — 6 yil Foiz stavkasi — Oʻzgaruvchan foiz stavkasi (LIBOR EUR 6m + 0,90 % hisobida) Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi — 0,5% — oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan Baholash uchun vositachilik haqi — 0,5% — umumiy qarz miqdoridan Toʻlov davri Toʻlanadigan foizlar Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi (ming yevro) Baholash uchun vositachilik haqi (ming yevro) Asosiy qarzni qaytarish (ming yevro) Jami qaytariladigan mablagʻ (ming yevro) 15.04.2022 0,0 200,7 401,4 15.10.2022 4,8 199,1 15.04.2023 14,2 196,0 15.10.2023 59,7 181,1 15.04.2024 105,2 166,2 15.10.2024 191,8 137,8 15.04.2025 277,2 109,3 15.10.2025 443,3 55,4 15.04.2026 605,0 605,0 15.10.2026 608,4 608,4 15.04.2027 605,0 605,0 15.10.2027 608,4 608,4 15.04.2028 608,4 2 867,3 3 475,7 15.10.2028 586,5 2 867,3 3 453,8 15.04.2029 561,6 2 867,3 3 428,9 15.10.2029 542,8 2 867,3 3 410,1 15.04.2030 518,1 2 867,3 3 385,4 15.10.2030 499,1 2 867,3 3 366,4 15.04.2031 474,6 2 867,3 3 341,9 15.10.2031 455,3 2 867,3 3 322,6 15.04.2032 433,5 2 867,3 3 300,8 15.10.2032 411,6 2 867,3 3 278,9 15.04.2033 387,6 2 867,3 3 254,9 15.10.2033 367,9 2 867,3 3 235,2 15.04.2034 344,1 2 867,3 3 211,4 15.10.2034 324,1 2 867,3 3 191,4 15.04.2035 300,6 2 867,3 3 167,9 15.10.2035 280,4 2 867,3 3 147,7 15.04.2036 258,6 2 867,3 3 125,9 15.10.2036 236,7 2 867,3 3 104,0 15.04.2037 213,7 2 867,3 3 081,0 15.10.2037 193,0 2 867,3 3 060,3 15.04.2038 170,2 2 867,3 3 037,5 15.10.2038 149,2 2 867,3 3 016,5 15.04.2039 126,7 2 867,3 2 994,0 15.10.2039 105,5 2 867,3 2 972,8 15.04.2040 83,7 2 867,3 2 951,0 15.10.2040 61,8 2 867,3 2 929,1 15.04.2041 39,7 2 867,3 2 907,0 15.10.2041 18,1 2 867,3 2 885,4 Jami: 12 275,8 1 245,7 401,4 80 284,4 91 464,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 5-ILOVA
“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ ulushi Navoiy viloyati mahalliy budjetining ulushi 2026-yil 0,0% 100,0% 2027-yil 0,0% 100,0% 2028-yil 85,6% 14,4% 2029-yil 82,9% 17,1% 2030-yil 79,7% 20,3% 2031-yil 77,3% 22,7% 2032-yil 74,5% 25,5% 2033-yil 68,8% 31,2% 2034-yil 65,0% 35,0% 2035-yil 61,3% 38,7% 2036-yil 56,8% 43,2% 2037-yil 51,8% 48,2% 2038-yil 45,8% 54,2% 2039-yil 38,1% 61,9% 2040-yil 29,5% 70,5% 2041-yil 19,9% 80,1% Jami: 59,2% 40,8%
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 6-ILOVA
“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ ulushi Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining ulushi 2026-yil 0 % 100 % 2027-yil 0 % 100 % 2028-yil 17 % 83 % 2029-yil 23 % 77 % 2030-yil 28 % 72 % 2031-yil 36 % 64 % 2032-yil 44 % 56 % 2033-yil 53 % 47 % 2034-yil 65 % 35 % 2035-yil 71 % 29 % 2036-yil 78 % 22 % 2037-yil 86 % 14 % 2038-yil 95 % 5 % 2039-yil 100 % 0 % 2040-yil 100 % 0 % 2041-yil 100 % 0 % Jami: 60,7 % 39,3 %
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 7-ILOVA
“Navoiy suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1. Isteʼmolchilar soni va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish1.Isteʼmolchilar sonini amaldagi 87 ming nafardan 111 ming nafarga yetkazish (qoʻshimcha 24 ming nafar isteʼmolchini qamrab olish) va 7 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad olish.1. Isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha har bir tuman (shahar)da ishchi guruhlar tashkil qilish.2022-yil 1-mayNavoiy viloyati hokimligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash.2022-yil 15-may3. Suv taʼminotiga noqonuniy ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.2022-yil 1-iyul4. Suv taʼminotiga ulanmagan isteʼmolchilarni suv taʼminotiga ulash va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.2022-yil 15-iyul2.Onlayn toʻlovlarning tushumdagi ulushini 70 foizdan 90 foizga yetkazish orqali daromadni 5 foizga yoki 1,5 mlrd soʻmga koʻpaytirish.1. Amaldagi billing tizimida mavjud barcha nosozliklar va kamchiliklarni aniqlash.2022-yil 1-mayAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Aniqlangan kamchiliklar asosida billing tizimini takomillashtirish va barcha vazirlik, idoralarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish.2022-yil 1-iyun3. Aholiga toʻlovlarni onlayn amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, isteʼmolchilarga oid maʼlumotlar toʻgʻrisida SMS-xabarnomalar joʻnatish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-iyun3.15 ming xonadonga ichimlik suv tarmoqlarini ularning uy hoʻjaligigacha olib kirish orqali qoʻshimcha 2,0 mlrd soʻm daromad olish.1. Har bir tuman (shahar)da ichimlik suv tarmoqlari koʻcha boshigacha yetkazib berilgan isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.2022-yil 1-may“Navoiy suv taʼminoti” MCHJ, Navoiy viloyati hokimligi2. “Navoiy suv taʼminoti” MCHJning 4,3 mlrd soʻm oʻz mablagʻlari hisobidan har bir mahallada uy egalari bilan birgalikda ularning xonadonini suv taʼminotiga ulash va aholi hisobidan suv hisoblagichni oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr2. Ichki imkoniyatlardan foydalanish4.Isteʼmolchilarning koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha mavjud 17,7 mlrd soʻm debitor qarzdorliklarini 3,5 mlrd soʻmga yoki 20 foizga qisqartirish.1. Tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.2022-yil 1-mayNavoiy viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, Majburiy ijro byurosi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Qarzdor isteʼmolchilarga ogohlantirish xatlarini yuborgan holda talablarni bajarmagan qarzdorlarni tarmoq��an uzish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyungacha3. Qarzdorlik boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga topshirish.2022-yil 1-iyungacha4. Sud qarori chiqqan 102 ta ijro varaqalari boʻyicha 63 mln soʻm qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyul5. Ijro varaqalari boʻyicha isteʼmolchilar bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish.2022-yil 1-iyungacha3. Suv yoʻqotishlarini qisqartirish5.Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar — 16 ming aholi, 46 ta budjet tashkiloti va 16 ta boshqa yuridik shaxslarga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish orqali isteʼmolchilarning suv hisoblagich bilan taʼminlanganlik darajasini 71 foizdan 90 foizga yetkazish.1. Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar — budjet tashkilotlari va yuridik shaxslarga ogohlantirish xatlarini yuborish.2022-yil 15-aprel“Navoiy suv taʼminoti” MCHJ, Navoiy viloyati hokimligi, Moliya vazirligi2. Budjet tashkilotlariga suv hisoblagichlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini tashkilotlar smeta xarajatlariga kiritish.2022-yil 1-may3. Aholi oʻrtasida hisoblagich oʻrnatishning qulayliklari toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.2022-yil 1-may4. Suv hisoblagichini oʻrnatish boʻyicha isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish.2022-yil 1-oktabr6.Suv inshootlariga 110 ta suv hisoblagichlarini oʻrnatish orqali suv yoʻqotishlar darajasini 4 foizga qisqartirish.1. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 15-aprel“Navoiy suv taʼminoti” MCHJ, Navoiy viloyati hokimligi2. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 1-dekabr3. Inshootlardagi suv hisoblagichlari va billing tizimida hisoblangan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovutni aniqlash va ularni bartaraf etish ustidan monitoring olib borish.2022-yil 1-may4. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash hamda ular bilan shartnomalar rasmiylashtirish.2022-yil 1-iyul7.Dispetcherlik va avariya xizmati faoliyatini takomillashtirish orqali “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ daromadini 5 foizga oshirish.1. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 5 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyulNavoiy viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 2 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyul3. Taʼmirtalab holatdagi 18 ta texnikalarni taʼmirlash.2022-yil 31-oktabr4. Informatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda maxsus texnikalarni GPS tizimiga ulash choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr5. “1255” qisqa raqamini 24 soat davomida sifatli ishlashini taʼminlash.2022-yil 1-may8.“Navoiy suv taʼminoti” MCHJ tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hajmlarining aniq hisobini yuritish orqali elektr energiyasi isteʼmolini 90 ming kVtga qisqartirish va 40 mln soʻm mablagʻni iqtisod qilish.1. Inshootlarga 86 ta elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 15-aprelNavoiy viloyati hokimligi, “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Inshootlarga elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish ishlarini yakunlash.2022-yil 1-iyun3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan har bir elektr energiyasini hisobga olish uskunalari boʻyicha elektr energiyasi sarfi maʼlumotlarini onlayn tarzda monitoring qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-iyul4. Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash9.2022-yil investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 41 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali isteʼmolchilar sonini 8 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 2,2 mlrd soʻm daromad olish.1. Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 29 ta obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2022-yil 1-mayNavoiy viloyati hokimligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Barcha obyektlar boʻyicha ekspertiza xulosalarini olish ishlarini yakunlash.2022-yil 15-iyun3. Tender savdolari asosida qurilish pudrat tashkilotlarini aniqlash.2022-yil 15-iyul4. 301 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda 18 ta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2022-yil 1-oktabr5. Isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 1-noyabr10.Viloyat mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga 21 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali korxona isteʼmolchilari sonini 5,2 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 1,8 mlrd soʻm daromad olish.1. 6,3 mlrd soʻmlik mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 15-aprelNavoiy viloyati hokimligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. 124 km ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish.2022-yil 1-noyabr3. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 1-dekabr11.Korxona mablagʻlari hisobiga 10 ming aholining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash orqali qoʻshimcha 530 mln soʻm daromad olish.1. Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlari dasturini (reja-grafigini) ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 15-aprel“Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Mavjud 1,9 km ichimlik suv tarmoqlarini va 7 ta suv minorasini rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr3. Inshootlarda mavjud taʼmirtalab 15 ta nasos uskunalarini taʼmirlash va 3 ta nasos uskunalarini yangilash ishlarini yakunlash.2022-yil 1-noyabr4. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr5. Jamoatchilik nazoratini oʻrnatish12.Suv taʼminoti sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.1. Tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har chorakdaNavoiy viloyati hokimligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ2. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har yarim yilda13.Ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda korxona majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning moliyaviy manbalarini shakllantirish.1. Koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini toʻliq qoplashni nazarda tutuvchi, shuningdek, korxonani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olib ichimlik va oqova suv tariflarini ishlab chiqish.Har yili 1-mayNavoiy viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi2. Narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlaridan ishlab chiqilgan tariflar boʻyicha tegishli xulosalar olish.Har yili 15-may3. Ichimlik va oqova suv tariflarini xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.Har yili 1-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-171-son qaroriga 8-ILOVA
“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1. Isteʼmolchilar soni va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish1.Isteʼmolchilar sonini amaldagi 132 ming nafardan 165 ming nafarga yetkazish (qoʻshimcha 33 ming nafar isteʼmolchini qamrab olish) va 6,9 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad olish.1. Isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha har bir tuman (shahar)da ishchi guruhlar tashkil qilish.2022-yil 1-mayQashqadaryo viloyati hokimligi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash.2022-yil 15-may3. Suv taʼminotiga noqonuniy ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.2022-yil 1-iyul4. Suv taʼminotiga ulanmagan isteʼmolchilarni suv taʼminotiga ulash va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.2022-yil 15-iyul2.Onlayn toʻlovlarning tushumdagi ulushini 35 foizdan 60 foizga yetkazish orqali daromadni 5 foizga yoki 4 mlrd soʻmga koʻpaytirish.1. Amaldagi billing tizimida mavjud barcha nosozliklar va kamchiliklarni aniqlash.2022-yil 1-mayAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Aniqlangan kamchiliklar asosida billing tizimini takomillashtirish va barcha vazirlik, idoralarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish.2022-yil 1-iyun3. Aholiga toʻlovlarni onlayn amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, isteʼmolchilarga oid maʼlumotlar toʻgʻrisida SMS-xabarnomalar joʻnatish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-iyun3.15 ming xonadonga ichimlik suv tarmoqlarini ularning uy hoʻjaligigacha olib kirish orqali qoʻshimcha 2,0 mlrd soʻm daromad olish.1. Har bir tuman (shahar)da ichimlik suv tarmoqlari koʻcha boshigacha yetkazib berilgan isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.2022-yil 1-may“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi2. “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJning 17,4 mlrd soʻm oʻz mablagʻlari hisobidan har bir mahallada uy egalari bilan birgalikda ularning xonadonini suv taʼminotiga ulash va aholi hisobidan suv hisoblagichni oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr2. Ichki imkoniyatlardan foydalanish4.Isteʼmolchilarning koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha mavjud 66,7 mlrd soʻm debitor qarzdorliklarini 13 mlrd soʻmga yoki 20 foizga qisqartirish.1. Tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.2022-yil 1-mayQashqadaryo viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, Majburiy ijro byurosi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Qarzdor isteʼmolchilarga ogohlantirish xatlarini yuborgan holda talablarni bajarmagan qarzdorlarni tarm��qdan uzish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyungacha3. Qarzdorlik boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga topshirish.2022-yil 1-iyungacha4. Sud qarori chiqqan 595 ta ijro varaqalari boʻyicha 2,3 mlrd soʻm qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyul5. Ijro varaqalari boʻyicha isteʼmolchilar bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish.2022-yil 1-iyungacha3. Suv yoʻqotishlarini qisqartirish5.Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar — 18 ming aholi, 92 ta budjet tashkiloti va 547 ta boshqa yuridik shaxslarga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish orqali isteʼmolchilarning suv hisoblagich bilan taʼminlanganlik darajasini 37 foizdan 50 foizga yetkazish.1. Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar — budjet tashkilotlari va yuridik shaxslarga ogohlantirish xatlarini yuborish.2022-yil 15-aprel“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi2. Budjet tashkilotlariga suv hisoblagichlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini tashkilotlar smeta xarajatlariga kiritish.2022-yil 1-may3. Aholi oʻrtasida hisoblagich oʻrnatishning qulayliklari toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.2022-yil 1-may4. Suv hisoblagichini oʻrnatish boʻyicha isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish.2022-yil 1-oktabr6.Suv inshootlariga 320 ta suv hisoblagichlarini oʻrnatish orqali suv yoʻqotishlar darajasini 4 foizga qisqartirish.1. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 15-aprel“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi2. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.2022-yil 1-dekabr3. Inshootlardagi suv hisoblagichlari va billing tizimida hisoblangan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovutni aniqlash va ularni bartaraf etish ustidan monitoring olib borish.2022-yil 1-may4. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash hamda ular bilan shartnomalar rasmiylashtirish.2022-yil 1-iyul7.Dispetcherlik va avariya xizmati faoliyatini takomillashtirish orqali “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ daromadini 5 foizga oshirish.1. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 5 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyulQashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 3 ta maxsus texnika xarid qilish choralarini koʻrish.2022-yil 1-iyul3. Taʼmirtalab holatdagi 4 ta texnikalarni taʼmirlash.2022-yil 31-oktabr4. Informatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda maxsus texnikalarni GPS tizimiga ulash choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr5. “1255” qisqa raqamini 24 soat davomida sifatli ishlashini taʼminlash.2022-yil 1-may8.“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hajmlarining aniq hisobini yuritish orqali elektr energiyasi isteʼmolini 135 ming kVtga qisqartirish va 60 mln soʻm mablagʻni iqtisod qilish.1. Inshootlarga 223 ta elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2022-yil 15-aprelQashqadaryo viloyati hokimligi, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Inshootlarga elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini oʻrnatish ishlarini yakunlash.2022-yil 1-iyun3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan har bir elektr energiyasini hisobga olish uskunalari boʻyicha elektr energiyasi sarfi maʼlumotlarini onlayn tarzda monitoring qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.2022-yil 1-iyul4. Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash9.2022-yil investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 125,5 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali isteʼmolchilar sonini 23 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 4,6 mlrd soʻm daromad olish.1. Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 68 ta obyekti loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2022-yil 1-mayQashqadaryo viloyati hokimligi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Barcha obyektlar boʻyicha ekspertiza xulosalarini olish ishlarini yakunlash.2022-yil 15-iyun3. Tender savdolari asosida qurilish pudrat tashkilotlarini aniqlash.2022-yil 15-iyul4. 1 052,5 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda 37 ta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2022-yil 1-oktabr5. Isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 1-noyabr10.Viloyat mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga 41,4 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali korxona isteʼmolchilari sonini 10 mingtaga koʻpaytirib, qoʻshimcha 2,1 mlrd soʻm daromad olish.1. 13,9 mlrd soʻmlik mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 15-aprelQashqadaryo viloyati hokimligi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. 104 km ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish.2022-yil 1-oktabr3. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 1-noyabr11.Korxona mablagʻlari hisobiga 1,5 ming aholini ichimlik suv bilan ilk bor taʼminlash orqali korxona isteʼmolchilari koʻpaytirish hisobidan, qoʻshimcha 150 mln soʻm daromad olish.1. Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlari dasturini (reja-grafigini) ishlab chiqish va tasdiqlash.2022-yil 15-aprel“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Mavjud 6 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda 4 ta suv minor�sini rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish.2022-yil 31-dekabr3. Inshootlarda mavjud taʼmirtalab 36 ta nasos uskunalarini taʼmirlash va 23 ta nasos uskunalarini yangilash ishlarini yakunlash.2022-yil 1-noyabr4. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.2022-yil 31-dekabr5. Jamoatchilik nazoratini oʻrnatish12.Suv taʼminoti sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.1. Tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har chorakdaQashqadaryo viloyati hokimligi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ2. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.Har yarim yilda13.Ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda korxona majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning moliyaviy manbalarini shakllantirish.1. Koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini toʻliq qoplashni nazarda tutuvchi, shuningdek, korxonani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olib ichimlik va oqova suv tariflarini ishlab chiqish.Har yili 1-mayQashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi2. Narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlaridan ishlab chiqilgan tariflar boʻyicha tegishli xulosalar olish.Har yili 15-may3. Ichimlik va oqova suv tariflarini xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.Har yili 1-iyun
