Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (KQ-319-IV-son)
11.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, oila institutini qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning devoni faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi negizida Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi tashkil etilsin.
2. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasining (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oliy Majlis Senatining mahalliy vakillik organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashish;
mahalliy vakillik organlarining nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining ishtirokini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish;
Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya ishini tashkil etish, komissiya tarkibidagi kichik komissiyalarning ishini muvofiqlashtirish;
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi ishini tashkil etish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari huzuridagi tegishli hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashish;
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi ishini tashkil etishga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
jamiyatda gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi ishlarning amaldagi holatini oʻrganish, tahlil qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga, odam savdosi va majburiy mehnatga, gender tenglikni taʼminlashga oid Senatga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish;
xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash masalalariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
3. Boshqarma Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari boʻlimidan iborat boʻladi.
4. Senat devoni Axborot xizmati (2 ta shtat birligi) hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi kotibiyati (3 ta shtat birligi)ning qisqarayotgan shtat birliklari hisobidan Boshqarma jami shtat birliklari soni 8 nafar, shu jumladan 7 ta boshqaruv va 1 nafar texnik xodimdan iborat etib belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
a) Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi mudiri lavozimi hisobidan Boshqarma boshligʻi lavozimi;
Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimi hisobidan Boshqarmaning Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi mudiri lavozimi;
Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimi;
Senat devoni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi ish yurituvchi kotibi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi yetakchi maslahatchisi lavozimi;
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari boʻlimi mudiri lavozimi;
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari boʻlimi yetakchi maslahatchisi lavozimi;
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi kotibiyati ish yurituvchi kotibi lavozimi hisobidan Boshqarmaning ish yurituvchi kotibi lavozimi;
Axborot xizmati Tahlil va tezkor munosabat bildirish shuʼbasi bosh mutaxassisi lavozimi hisobidan Boshqarmaning Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimi;
b) Axborot xizmati bosh mutaxassisi lavozimi hisobidan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni rahbari (A. Ziyayev) bir hafta muddatda:
ushbu Qarorga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining shtatlar jadvaliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Senat Raisiga takliflar kiritsin;
mazkur Qarordan kelib chiqib, Senat devoni faoliyatini moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, zarur kompyuter texnika vositalari, xizmat xonalari, xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 11-mart,
KQ-319-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 11-martdagi KQ-319-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
tuzilmasi
Rais Raisning kotibiyati Raisning birinchi oʻrinbosari Rais oʻrinbosari Rais oʻrinbosari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakili) Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Devon rahbari Devon rahbari oʻrinbosari — Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi Referent Referent Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Referent Nazorat-tahlil boshqarmasi Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻm�tasi Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi Tashkiliy ishlar boʻlimi Yuridik boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi Qoʻmita kotibiyati Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi Qoʻmita kotibiyati Qoʻmita kotibiyati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Rejim xizmati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi Qoʻmita kotibiyati Buxgalteriya xizmati Qoʻmita kotibiyati Qoʻmita kotibiyati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi Sud-huquq masalalari va kor�upsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Axborot xizmati Qoʻmita kotibiyati Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi Qoʻmita kotibiyati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi Qoʻmita kotibiyati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 11-martdagi KQ-319-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYaDLARI
Lavozim nomi Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad Devon rahbari 20 Devon rahbarining oʻrinbosari 19 Boshqarma boshligʻi 19 Axborot xizmati rahbari — Matbuot kotibi 19 Boʻlim mudiri 18 Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari 18 Senat Raisi kotibiyati mudiri 18 Rejim xizmati rahbari 18 Buxgalteriya xizmati rahbari — Bosh buxgalter 18 Senat Raisi spichrayteri 17 Axborot xizmati rahbari oʻrinbosari 17 Boshqarma tarkibidagi boʻlim mudiri 17 Boʻlim mudirining oʻrinbosari 17 Bosh maslahatchi 16 Bosh mutaxassis 16 Yetakchi maslahatchi 15 Kanselyariya mudiri 15 Yetakchi mutaxassis 14 Referent 13 Ish yurituvchi kotib 10 Stenografist kotib 10 Ruxsatnomalar byurosi inspektori 10
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 11-martdagi KQ-319-IV-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 11-noyabrdagi KQ-155-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Devon quyidagi tarkibiy boʻlinmalardan iborat:
Nazorat-tahlil boshqarmasi;
Axborot xizmati;
Yuridik boshqarma;
Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi;
Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi;
Senat Raisining kotibiyati;
Senat qoʻmitalarining kotibiyatlari;
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi;
Xalqaro aloqalar boʻlimi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi;
Tashkiliy ishlar boʻlimi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi;
Rejim xizmati;
Buxgalteriya xizmati”;
2) quyidagi mazmundagi 7-bob bilan toʻldirilsin:
“7-bob. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi
23. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oliy Majlis Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishtirokini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish;
Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya ishini tashkil etish, komissiya tarkibidagi kichik komissiyalarning ishini muvofiqlashtirish;
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi ishini tashkil etish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari huzuridagi hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatiga amaliy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashish;
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi ishini tashkil etishga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
jamiyatda gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi ishlarning amaldagi holatini oʻrganish, tahlil qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga, odam savdosi va majburiy mehnatga, gender tenglikni taʼminlashga oid murojaatlarini koʻrib chiqish;
xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash masalalariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
24. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish, gender tenglik, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oliy Majlis Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini kuchaytirish hamda ularni uslubiy jihatdan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
oʻz vazifalari doirasida tegishli konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini nazarda tutuvchi kompleks takliflar tayyorlaydi va Oliy Majlis Senati Raisiga taqdim qiladi;
davlat organlari va mahalliy organlarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlagan holda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishda Milliy komissiyaga koʻmaklashadi;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlarni kasbga yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, tibbiy, ijtimoiy, psixologik yordam koʻrsatishga oid faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishga koʻmaklashish;
xalqaro va xorijiy tajribani oʻrgangan holda qonun hujjatlarini takomillashtirishga, shu jumladan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga doir faoliyatni takomillashtirish, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amaliyotga tatbiq etilishiga koʻmaklashadi;
xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari sohasidagi qonun hujjatlari, dasturlar va rejalarning bajarilishi, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro huquq normalarining milliy qonun hujjatlariga tatbiq etilishi ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash, oila va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilishda ishtirok etadi;
Oliy Majlis Senatining ish rejasi loyihasi ishlab chiqilishida ishtirok etadi va tegishli takliflarni kiritadi, boshqarma vakolatiga kiruvchi qismi bajarilishini tahlil qiladi va tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash, oila va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ishlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro hokimiyati organlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi va tegishli Komissiyalar majlislarida koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi yigʻilishlarini tashkil etadi, bayonlarini yuritadi, komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar, chora-tadbirlar va komissiya raisi topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi va tegishli axborotlarni tayyorlaydi;
Oliy Majlis Senati Raisi uchun boshqarma faoliyatiga oid maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlaydi;
Oliy Majlis Senati Raisi tomonidan oʻtkaziladigan boshqarma faoliyatiga tegishli boʻlgan yigʻilishlar tashkil etilishini taʼminlaydi hamda qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olishga, gender tenglikni taʼminlashga oid masalalari yuzasidan Oliy Majlis Senatiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
Oliy Majlis Senati Raisining topshirigʻiga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Boshqarma oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik qiladi va yozishmalar olib boradi.
Boshqarma davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlardan hamda mansabdor shaxslardan hujjatlarni, hisobotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin”;
3) 25-banddagi “23 va 24-bandlarida” degan soʻzlar “25 va 26-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 10-bob chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tuzilmasini tasdiqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-310-IV-sonli Qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
