Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (1857-IV-son)
22.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi oʻqish).
2. “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi QL-846-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-871-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-875-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-876-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. A.U. Aslonovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 12-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 90-IV-sonli Qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-fevral,
1857-IV-son
