“2271-modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish
Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-758-son) · Sana: 11.03.2022 · Amalda
Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish —
realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
18) 248-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 257-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 261-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 274-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq summalarining oʻrnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
22) 426-modda ikkinchi qismining 12-bandi “koʻp kvartirali uylar” degan soʻzlardan keyin “va yotoqxonalar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
