“175-modda. Soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek toʻlov intizomini buzish
Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-758-son) · Sana: 11.03.2022 · Amalda
Foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish obyektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarning yoki yigʻimlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Toʻlov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korxonalardan toʻlovlarni undirish boʻyicha soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablagʻlar mavjud boʻlgan holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatini buzadigan harakatlarni amalga oshirish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob hisobvaraqlarini yoki boshqa hisobvaraqlarni ochish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish —
