“173-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-758-son) · Sana: 11.03.2022 · Amalda
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;
2) 164-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan besh baravarigacha” va “besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar tegishincha “oʻn baravari” hamda “yigirma baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda” va “yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar tegishincha “yigirma besh baravari miqdorida” hamda “qirq baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn baravaridan ellik baravarigacha” va “qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar tegishincha “yetmish baravari” hamda “sakson baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;
3) 166-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
