138-modda. Transport vositalari haydovchilarining mast yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortishi, yoʻl transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolishi
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida (508-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Amalda
Transport vositalari haydovchilarining spirtli ichimlikdan, narkotik modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlganligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortishi, shuningdek yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining voqea sodir etilgan joyga taalluqli qoidalarni buzgan holda ketib qolishi, —
ming soʻm miqdorida jarima solinishiga yoki bir yildan uch yilgacha muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilishiga olib keladi.
Xuddi shu xatti-harakatlar transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilsa, —
ming soʻmdan ikki ming soʻmgacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi.
