Transfert narxini belgilashda soliq nazoratini va norezidentlarning soliq solish maʼmuriyatchiligini tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (111-son)
10.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga ushbu daromadlar (ularning bir qismi) toʻlanganda, agar mazkur daromadlarga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsning toʻlov manbai maʼlum boʻlsa, soliq organini xabardor qilish tartibini nazarda tutuvchi Chet ellik shaxsga daromadlar toʻlanganligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlariga taqdim etiladigan va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomaning shaklini hamda uni toʻldirish tartibini nazarda tutuvchi Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi soliq toʻlovchilar oʻrtasida xorijiy davlat vakolatli organi ishtirokida ushbu davlat bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilgan boʻlsa, tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash toʻgʻrisida taraflardan hech boʻlmaganda biri xorijiy davlatning soliq rezidenti hisoblansa, bir yoki bir nechta tashqi savdo bitimlariga (bir turdagi bitimlar guruhi) nisbatan soliq solish maqsadida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibini nazarda tutuvchi Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliqlarni hisoblash va toʻlashning toʻliqligini tekshirish muddatini, ushbu muddatni uzaytirish tartibi va asoslarini, bu haqida qaror qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirilgan faoliyatidan olingan daromadlarini soliqqa tortish maqsadida norezident boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirmalarga kiritish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi chegirmalariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-mart,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 111-son qaroriga 1-ILOVA
Chet ellik shaxsga daromadlar toʻlanganligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) 6-moddasiga muvofiq soliq agenti — toʻlov manbai (keyingi oʻrinlarda — toʻlov manbai) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga mazkur daromadlar (ularning bir qismi) toʻlanganligi hamda mazkur daromadlarga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsning toʻlov manbai maʼlum boʻlganda, ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti ekanligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs — yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoxud uning manfaatlarini koʻzlab bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli boʻlgan hamda ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs;
daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxs — daromadlarni tasarruf etishga nisbatan cheklangan vakolatlarga ega boʻlgan, daromadlarga nisbatan hech qanday boshqa vazifalarni bajarmaydigan va tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olmagan, bunday daromadlarni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxsga toʻlagan (toʻliq yoki qisman), ushbu boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab mazkur daromadlarga nisbatan vositachilik vazifalarini amalga oshiradigan shaxs;
toʻlov manbai — Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti boʻlgan, yuridik va jismoniy shaxslarga daromadlarni (ularning bir qismini) toʻlab beruvchi yuridik shaxs;
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar — Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari, shuningdek, boshqa subyektlar bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bogʻliq boʻlgan daromadlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlarni bunday daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga toʻlash vaqtida, agar toʻlov manbaiga bunday daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti ekanligi maʼlum boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga (uning bir qismiga) soliq solish Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga nisbatan Soliq kodeksi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) taalluqli soliq, agar toʻlov manbai oʻzi hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organini xabardor qilgan boʻlsa, toʻlov manbai tomonidan ushlab qolinmaydi.
4. Daromadlarni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga daromad toʻlanganligi toʻgʻrisida soliq organini xabardor etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan shakldagi xabarnomani (keyingi oʻrinlarda — xabarnoma) joʻnatish orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Xabarnomani taqdim etish tartibi va muddati
5. Xabarnoma toʻlov manbai tomonidan haqiqatda daromadlar toʻlangandan soʻng shakllantiriladi.
6. Xabarnoma toʻlov manbai tomonidan oʻzi hisobda qoʻyilgan joydagi soliq organiga daromad toʻlangan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
7. Xabarnoma telekommunikatsiya kanallari orqali hisobga qoʻyilgan joyidagi soliq organiga elektron shaklda taqdim etiladi.
8. Xabarnoma bilan birgalikda quyidagi hujjatlar ham elektron shaklda yuboriladi:
toʻlov manbai vakili vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar yoki ularning nusxalari (xabarnoma toʻlov manbai vakili tomonidan taqdim etilgan holatda);
daromadlarni toʻlash uchun asos boʻladigan hujjatlar (shartnomalar, hisob-kitoblar, aksiyadorlar (ishtirokchilar)ning yigʻilish bayonnomalari, arizalar va boshqalar);
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb tan olinuvchi shaxs xabarnomada aks ettirilgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
xabarnomada aks ettirilgan daromadlarning (ularning bir qismining) toʻlovini amalga oshirayotgan chet ellik shaxsda bunday daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquq mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov manbaida mazkur hujjatlar mavjud boʻlgan hollarda);
xabarnomada aks ettirilgan daromadlarning (ularning bir qismining) chet ellik shaxsga toʻlab berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari;
toʻlov manbaining fikriga koʻra zarur deb hisoblangan axborotlar aks ettirilgan boshqa hujjatlar (maʼlumotlar, tushuntirishlar).
9. Toʻlov manbai qayta tashkil etilib, uning huquqiy vorisi boʻlgan soliq toʻlovchi tomonidan xabarnoma hamda qayta tashkil etilgan toʻlov manbai uchun aniqlashtiruvchi xabarnoma taqdim etilganda, bunday xabarnoma soliq toʻlovchi — huquqiy voris hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi. Bunda xabarnomaning titul varagʻida soliq toʻlovchi — qayta tashkil etilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Soliq toʻlovchi (toʻlov manbai) qonunchilik hujjatlariga asosan xabarnomani toʻldirishda maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgardir.
11. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Chet ellik shaxsga daromadlar toʻlanganligi yuzasidan soliq organini xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan dunyo mamlakatlarining tasniflagichiga muvofiq toʻldiriladi.
** Toʻlangan daromadning soʻmdagi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan toʻlov amalga oshirilgan sanada xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan oʻrnatilgan kurslariga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 111-son qaroriga 2-ILOVA
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi — oʻrinlarda Soliq kodeksi) 21-bobiga muvofiq soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlariga taqdim etiladigan va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shaklini, uni toʻldirish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Xabarnoma Soliq kodeksining 180 — 182-moddalariga asosan kalendar yilda oʻzlari tuzgan va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻldiriladi.
2-bob. Soliq toʻlovchilar tomonidan xabarnomani taqdim etish tartibi
3. Xabarnoma ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq soliq toʻlovchi shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat yoki qogʻoz shaklida yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladi.
4. Xabarnoma mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan tartibda toʻldiriladi.
5. Agar xabarnoma belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu Nizomning 7-bandiga asosan soliq organidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga xabar berilganligi toʻgʻrisida xat olingan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etilishi shart.
3-bob. Soliq organlari tomonidan xabarnomani taqdim etish tartibi
6. Soliq organlari soliq toʻlovchilarda oʻtkazilayotgan soliq tekshiruvi (kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi) yoxud soliq monitoringi davomida soliq toʻlovchilar tomonidan belgilangan muddatda xabarnoma taqdim etilmaganligini aniqlasa, ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga uch ish kunidan kechiktirmay xabar beradi.
7. Soliq organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay bu toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga xat orqali maʼlum qilishi shart.
4-bob. Yakunlovchi qoida
8. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Eslatma:
Ushbu xabarnoma roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga qogʻoz yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani toʻldirish
tartibi
I. Xabarnomaning titul varagʻini toʻldirish tartibi
1. “STIR” satrini toʻldirishda — xabarnoma taqdim etgan soliq toʻlovchining STIRi koʻrsatiladi.
2. “Hujjat turi” koʻrsatkichi satrini toʻldirishda:
xabarnoma soliq toʻlovchi tomonidan hisobot davri uchun birinchi marta taqdim etilayotgan hollarda “1” raqami yoziladi. Bunda ikkinchi katakchaga chiziqcha qoʻyiladi.
tegishli hisobot davri uchun aniqlashtirilgan xabarnoma taqdim etilayotgan boʻlsa, “2” raqamidan boshlab tartib raqami boʻyicha yoziladi.
3. “Hisobot davri” koʻrsatkichi satrini toʻldirishda xabarnoma taqdim etilgan kalendar yil koʻrsatiladi.
4. “Soliq toʻlovchining toʻliq nomi” satrini toʻldirishda taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan nomga asosan soliq toʻlovchining toʻliq nomi aks ettiriladi.
Xabarnoma yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etilgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirilmagan holda toʻliq koʻrsatiladi.
5. “Soliq toʻlovchi turi” ustunida xabarnoma taqdim etayotgan shaxs maʼlumotlari koʻrsatiladi.
6. “Iqtisodiy faoliyat kodi (IFUT)” satrida iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga muvofiq korxonaning faoliyat turi kodi koʻrsatiladi.
7. “Soliq toʻlovchining manzili” satrini toʻldirishda soliq toʻlovchining (soliq toʻlovchi vakilining) manzili aks ettiriladi.
8. “Telefon raqami” satrini toʻldirishda soliq toʻlovchining (soliq toʻlovchi vakilining) telefon raqami aks ettiriladi. Telefon raqamlari operator kodi bilan koʻrsatiladi.
9. “Ilova qilinadigan hujjatlar nusxalari varaqda” satrini toʻldirishda hujjatlar yoki ularning nusxalari varaqlari soni toʻliq aks ettiriladi, shu jumladan, soliq toʻlovchi vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar yoki ularning nusxalari (xabarnomani soliq toʻlovchi vakili taqdim etgan taqdirda) ilova qilinadi.
10. Titul varagʻining “Ushbu xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman” boʻlimida quyidagilar koʻrsatiladi:
xabarnoma soliq toʻlovchi yuridik shaxs tomonidan taqdim etilayotganda — “familiyasi, ismi, otasining ismi” satrida tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq koʻrsatiladi. Rahbarning shaxsiy imzosi va imzolagan sana koʻrsatiladi;
xabarnoma soliq toʻlovchi jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilayotganda — “familiyasi, ismi, otasining ismi” satrida jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq koʻrsatiladi, shaxsiy imzo va imzolangan sana koʻrsatiladi.
11. “Soliq organi xodimi tomonidan toʻldiriladi” satri xabarnomani taqdim etish (taqdim etish usuli), xabarnoma varaqlari soni, xabarnomaga biriktirilgan va tasdiqlangan hujjatlar yoki ularning nusxalari varaqlari miqdori, taqdim etish muddati, xabarnoma roʻyxatga olingan raqam, xabarnomani qabul qilib olgan soliq organi xodimining familiyasi hamda qisqartirilgan ismi va otasining ismi (mavjud boʻlsa), uning imzosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
II. Xabarnomaning “Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot” varaqlarini toʻldirish
12. Xabarnomaning “Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot” varagʻi yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan taqdirda toʻldiriladi;
13. Maʼlumotlar jismoniy shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatga asosan koʻrsatiladi:
“familiyasi, ismi, otasining ismi” satrida xabarnomani taqdim etayotgan jismoniy shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi;
“Tugʻilgan sanasi” satrida — tugʻilgan sana (sana, oy, yil);
“Tugʻilgan joyi” satrida — jismoniy shaxs tugʻilgan joy;
“Fuqaroligi” satrida — tegishli raqam:
“1” — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
“2” — chet el fuqarosi;
“3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs koʻrsatiladi;
“Fuqaroligi boʻlgan davlat” satrida — xabarnoma taqdim etayotgan jismoniy shaxs fuqarosi boʻlgan davlatlar koʻrsatiladi.
14. “Shaxsni tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlar” satrida quyidagilar koʻrsatiladi:
“Hujjat turi” satrida jismoniy shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjat nomi koʻrsatiladi;
“Seriya va raqam” satrida jismoniy shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami koʻrsatiladi;
“Berilgan sanasi” satrida jismoniy shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatning berilgan sanasi koʻrsatiladi;
“Kim tomonidan berilgan” satrida jismoniy shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatni bergan organ nomi koʻrsatiladi.
15. “Soliq toʻlovchi maqomi” satriga, agar Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti maqomi mavjud boʻlsa — 1 raqami, bunday maqom mavjud boʻlmaganda — 2 raqami qoʻyiladi.
16. “Yashash joyi” satriga tegishli raqam qoʻyiladi:
“1” — Yashash joyi manzili Oʻzbekiston Respublikasida;
“2” — Yashash joyi manzili Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida.
17. “Yashash joyi (joylashgan joyi) manzili Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida” satrida, chet el fuqarolari uchun ular doimiy yashaydigan davlat manzili, jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va chet davlatlar rezidentlari hisoblangan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun ular rezident hisoblanib yashaydigan davlat manzili (joylashgan joyi) koʻrsatiladi.
III. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida maʼlumot” (bir turdagi bitimlar guruhiga) 03-varagʻini toʻldirish tartibi
18. 3-varaqda har bir nazorat qilinadigan bitim toʻgʻrisida (bir xil bitimlar guruhiga) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agar xabarnoma bir nechta bitimlar boʻyicha taqdim etilayotgan boʻlsa, 3-varaq har bir shunday bitim boʻyicha toʻldiriladi.
Bunda agar nazorat qilinadigan bitim vositachilik shartnomasi asosida komitent sifatida vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan vositachilik shartnomasi asosida tuzilgan boʻlsa ham, nazorat qilinadigan bitimda maʼlumotlar koʻrsatiladi.
19. 010 — “Xabarnoma boʻyicha bitim tartib raqami” satrida xabarnomaga muvofiq bitim tartib raqami koʻrsatiladi.
20. 020 — “Vositachi (agent) tomonidan amalga oshirilgan bitim” satriga tegishli raqam qoʻyiladi:
“0” koʻrsatiladi, agarda 3-varaq toʻgʻridan toʻgʻri soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimga nisbatan soliq toʻlovchi tomonidan toʻldirilgan boʻlsa;
“1” koʻrsatiladi, agarda 3-varaq vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin mazkur soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida tuzilgan bitimga nisbatan soliq toʻlovchi tomonidan toʻldirilgan boʻlsa;
21. 110 — “Oʻzaro aloqadorlik” satrida quyidagi raqamlardan biri koʻrsatiladi:
“0” koʻrsatiladi, agar nazorat qilinadigan bitim Soliq kodeksining 37-moddasi maqsadlarida oʻzaro aloqador boʻlmagan shaxslar ishtirokida (vositachiligida) tuzilgan boʻlsa;
“1” koʻrsatiladi, agar nazorat qilinadigan bitim Soliq kodeksining 37-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan bir yoki bir necha asoslar bilan oʻzaro aloqadorlik shartlariga tushuvchi shaxslar ishtirokida tuzilgan boʻlsa;
“2” koʻrsatiladi, agar nazorat qilinadigan bitim mustaqil ravishda oʻzlarini oʻzaro aloqador deb tan olgan shaxslar ishtirokida tuzilgan boʻlsa;
“3” koʻrsatiladi, agar nazorat qilinadigan bitim (Soliq kodeksi 37-moddasi yettinchi qismi) sud hukmiga asosan oʻzaro aloqador deb tan olingan shaxslar ishtirokida tuzilgan boʻlsa.
22. 120 — “Bitimni nazorat qilinadigan deb tasniflash asoslari” satrida Soliq kodeksining 180-181-moddalariga muvofiq bitimlarni (shu jumladan, vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin mazkur soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida tuzilgan bitimlarni) nazorat qilinadigan deb tasniflashning har bir asosi boʻyicha tegishli satr koʻrsatiladi.
23. 210 — “Bir turdagi bitim nomi (bir turdagi bitimlar guruhlari)” satrida bitimlar nomi koʻrsatiladi (oldi-sotdi, ijara, pudrat, qarz, hadya va boshqalar).
Agar 3-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin mazkur soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida tuzilgan bitim boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatilsa, 210 — satrda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻiga va uning hisobidan tuzilgan bitim nomi koʻrsatiladi.
24. 220 — “Soliq toʻlovchi hisoblangan bitim tarafi nomi” satrida soliq toʻlovchi hisoblangan bitim tarafining nomi koʻrsatiladi (sotuvchi, xaridor, ijaraga beruvchi, pudratchi, buyurtmachi, hadya beruvchi va boshqalar).
Agar 3-varaqda vositachilik shartnomasi asosida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan vositachilik shartnomasi asosida tuzilgan holdagi bitim maʼlumotlari koʻrsatilsa, 220-satrda vositachi (agentlik shartnomasi) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻiga va uning hisobidan tuzilgan bitim tarafi boʻlib qatnashayotgan nom koʻrsatiladi.
25. 230 — “Narxlarni tartibga solishda bitim narxini bozor narxi sifatida tan olish uchun asos” satrida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) 178-moddasi birinchi qismi 2 — 4-bandlariga muvofiq bitimlarni bozor sifatida tan olish uchun asos koʻrsatiladi.
Agar bitimlar narxi Soliq kodeksining 178-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha soliq solish maqsadida bozor narxi sifatida tan olinmasa, 230 — satr toʻldirilmaydi.
26. 240 — “Narxlarni tartibga solishda bitim narxini bozor narxi deb tan olish manbai” satrida Soliq kodeksi 178-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlariga muvofiq bitim narxini bozor narxi deb topish uchun taqdim etiladigan tegishli hujjat (shu jumladan, vositachilik shartnomasi asosida komitent sifatida harakat qilayotgan vositachi (agentlik shartnomasi) tomonidan (prinsipal) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan vositachilik shartnomasi asosida tuzilgan holdagi bitim) koʻrsatiladi.
Bunda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
monopoliyaga qarshi kurashish organining koʻrsatma raqami va sanasi,
bitim tuzilgan birja nomi,
soliq solish maqsadida narxni belgilash haqida bitim tuzilganligi toʻgʻrisida qaror raqami va sanasi.
Agar bitimlar narxi Soliq kodeksining 178-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha soliq solish maqsadida bozor narxi sifatida tan olinmasa, 240 — satr toʻldirilmaydi.
27. 250 — “Narxni belgilash uslubi nomi” satrida soliq toʻlovchi qoʻllagan, shu jumladan, mustaqil tuzatish kiritish orqali amalga oshirilgan tegishli narxni belgilash usuli koʻrsatiladi. Satrni toʻldirish majburiy emas.
28. 260 — “Soliq toʻlovchi tomonidan foydalanadigan axborot manbai nomi” satrida oʻzaro aloqador boʻlgan shaxslar oʻrtasidagi bitim shartlari bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitim shartlari solishtirilganda, soliq toʻlovchi tomonidan foydalanadigan maʼlumotlar manbai koʻrsatiladi. Satrni toʻldirish majburiy emas.
29. 270 — “Bitim qatnashchilari soni” satrida nazorat qilinadigan bitim qatnashchilarining umumiy soni koʻrsatiladi. Agar 3-varaqda vositachilik shartnomasi asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan bitim boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatilsa, nazorat qilinadigan bitim qatnashchilari umumiy soni ushbu vositachini (agentlik shartnomasi) hisobga olmagan holda koʻrsatiladi.
30. 310 — “Nazorat qilinadigan bitim boʻyicha soliq toʻlovchi daromadlari” satrida kalendar yilda buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq aniqlanadigan va nazorat qilinadigan bitim boʻyicha soliq toʻlovchining daromadlari soʻmda aks ettiriladi.
Agar 3-varaqda vositachilik shartnomasi asosida komitent sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan bitim boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatilsa, 310 — satrda koʻrsatilgan va nazorat qilinadigan bitim boʻyicha komitent (prinsipal) olgan daromad miqdori koʻrsatiladi.
Agar nazorat qilinadigan bitimda soliq toʻlovchi (shu jumladan, vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi)) asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan va nazorat qilinadigan bitim boʻyicha tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar natijasi va fuqarolik huquqining boshqa obyektlari) xarid qilinganda, 310 — satrga “0” yoziladi.
31. 311 — “shuningdek, narxlari tartibga solinishi kerak boʻlgan bitim boʻyicha daromadlar miqdori” satrida kalendar yilda narxlari tartibga solinishi kerak boʻlgan va nazorat qilinadigan bitim boʻyicha daromadlar miqdori (shuningdek, vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi)) asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan narxlari tartibga solinishi kerak boʻlgan nazorat qilinadigan bitim boʻyicha) soʻmda koʻrsatiladi.
32. 320 — “Nazorat qilinadigan bitim boʻyicha soliq toʻlovchi xarajatlari (zarari) miqdori” satrida kalendar yil davomida nazorat qilinadigan bitimda soliq toʻlovchi tomonidan xarid qilingan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar natijasi) narxi soʻmda koʻrsatiladi.
Agar 3-varaqda vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan va nazorat qilinadigan bitim boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatilsa, 320 — satrda koʻrsatilgan nazorat qilinadigan bitim boʻyicha komitentga (prinsipalga) tushgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, boshqa obyektlar) narxi koʻrsatiladi.
Agar nazorat qilinadigan bitimda soliq toʻlovchi (shuningdek, vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan narxlari tartibga solinishi kerak boʻlgan nazorat qilinadigan bitim boʻyicha) tovarlarni realizatsiya qilsa yoki xizmatlar koʻrsatsa 320 — satrga “0” yoziladi.
33. 321 — “shuningdek narxi tartibga solinishi kerak boʻlgan bitim boʻyicha xarajatlar miqdori” satrida kalendar yilda narxi tartibga solinishi kerak boʻlgan bitim boʻyicha (shuningdek, vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan narxlari tartibga solinishi kerak boʻlgan bitim boʻyicha) soliq toʻlovchi xarid qilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar va fuqarolik huquqining boshqa obyektlari) narxi soʻmda koʻrsatiladi.
IV. Xabarnomaning “Bitim predmeti (bir turdagi bitimlar guruhlari) toʻgʻrisida maʼlumotlar” 4-varagʻini toʻldirilishi
34. 4-varaqda bitim predmeti boʻlgan (shuningdek, vositachilik shartnomasi asosida komitent (prinsipal) sifatida harakat qilayotgan vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi va uning hisobidan tuzilgan bitim boʻyicha) majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. 4-varaqda maʼlumotlari 3-varaqda koʻrsatib oʻtilgan nazorat qilinadigan bitim tuzilishi natijasida majburiyatlarni bajarish vaqtida bitim predmetini (tovarlarni yuklash, xizmatlar koʻrsatish) bajarish jarayonlari toʻgʻrisidagi axborotlar ochib beriladi. Agar nazorat qilinadigan bitim predmetiga tegishli maʼlumotlarni bir varaqda toʻldirib taqdim etish imkoni boʻlmasa, kerakli miqdordagi varaqlar toʻldiriladi.
35. 110 — “Bitim tartib raqami” satrida soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan va nazorat qilinadigan bitimning tartib raqami koʻrsatiladi. Ushbu raqam 3-varaqdagi “Xabarnoma boʻyicha bitim tartib raqami” satriga mos boʻlishi kerak.
36. 120 — “Bitim predmeti turi” satrida bitim predmeti turining kodi koʻrsatiladi:
“1” — tovar;
“2” — xizmatlar koʻrsatish;
“3” — boshqa.
4-varaqning 120 — satrida bitim bajarilishi predmeti Soliq kodeksiga muvofiq tovarlarga yoki xizmatlar koʻrsatishga tegishli boʻlmagan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 81-moddasiga muvofiq fuqarolik huquqi obyektlariga tegishli moddiy yoki nomoddiy aktivlar boʻlib hisoblansa, “3” kodi koʻrsatiladi.
Agarda 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 120 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirgan bitim predmeti koʻrsatiladi.
37. 210 — “Bitim predmeti nomi” satrida birlamchi hujjatlarga muvofiq bitim bajarilishi predmeti nomi (tovar nomi, koʻrsatilgan xizmatlar va boshqa) koʻrsatiladi.
Agar bitim bajarilishi predmeti har birini alohida xizmat deb topish mumkin boʻlgan bir necha operatsiyalarni amalga oshirishni talab etuvchi kompleks xizmat koʻrsatish hisoblansa, 210-satrda bevosita bitim bajarilishi predmeti sifatida belgilangan xizmatlar koʻrsatish natijasi aks ettiriladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 210 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirgan bitim predmeti nomi koʻrsatiladi.
38. 220 — “Bitim predmeti kodi (TIF TN kodi boʻyicha)” satrida tashqi savdo bitimlari tuzilganda, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga asosan tovar turining kodi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 220-satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirgan bitim predmeti kodi koʻrsatiladi.
39. 220 — “Bitim predmeti kodi (MST kodi boʻyicha)” tashqi savdoga oid boʻlmagan bitimlar tuzilganda, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari boʻyicha mahsulot statistik tasniflagichiga asosan tovar turining kodi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 220-satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirgan bitim predmeti kodi (MST kodi boʻyicha) koʻrsatiladi.
40. 220 — “Bitim predmeti kodi (IFUT boʻyicha)” satrida iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga muvofiq faoliyat turining kodi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 220-satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirgan bitim predmeti kodi koʻrsatiladi.
41. 220 — “Bitim predmeti kodi (MXIK boʻyicha)” satrida mahsulotlar va xizmatlar yagona klassifikatoriga muvofiq identifikatsiya kodi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilsa, 220-satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirgan bitim predmeti kodi (MXIK kodi boʻyicha) koʻrsatiladi.
42. 230 — “Bitimning boshqa ishtirokchisi raqami” satrida soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan kontragentning tartib raqami koʻrsatiladi.
43. 240 — “Bitim raqami” satrida bitim rasmiylashtirilgan hujjat (shartnoma, kontrakt, kelishuv va boshqa) raqami koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 240 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim rasmiylashtirilgan shartnoma raqami koʻrsatiladi.
44. 250 — “Bitim sanasi” satrida bitim rasmiylashtirilgan hujjat (shartnoma, kontrakt, kelishuv va boshqa) sanasi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 250 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim rasmiylashtirilgan shartnoma sanasi koʻrsatiladi.
45. 260 — “Bitim predmeti yaratilgan davlat” satrida tovarning kelib chiqish davlati nomi yoki boshqa fuqarolik huquqi obyekti kelib chiqish davlati nomi koʻrsatiladi, agarda ushbu fuqarolik huquqi obyekti uchun uni aniqlash imkoni boʻlsa. Agar bitim predmeti xizmat koʻrsatish natijasi hisoblansa, ushbu satr toʻldirilmaydi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 260 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmeti hisoblangan tovar yoki fuqarolik huquqining boshqa obyektiga tegishli maʼlumotlar koʻrsatiladi.
46. 270 — “Yuk tashish hujjatlariga muvofiq yuklarni joʻnatish (yuklash) joyi (faqat tovarlar uchun toʻldiriladi)” satrini toʻldirishda, nazorat qilinadigan bitimni bajarish uchun tovarni tashish boshlanadigan — davlat, hudud, shahar, aholi punkti nomi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 270 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmeti hisoblangan tovarni joʻnatish (yuklash) joyiga tegishli maʼlumotlar koʻrsatiladi.
47. 280 — “Bitim bajarilgan joy (tovarni yetkazib berish (tushirish) joyi, xizmatni koʻrsatish va boshqa bitimlarni bajarish joyi)” satrini toʻldirishda tovarlar uchun tovarning yoʻqotish yoki zarar yetish xavfi hamda INKOTERMS terminlari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar boʻyicha xarajatlari qoplash majburiyati oʻtkazilayotgan, agar ushbu terminlar bitim qatnashchilari tomonidan qoʻllanilsa — davlat, hudud, shahar, aholi yashash punkti nomi koʻrsatiladi. Agar bitim qatnashchilari INKOTERMS terminini qoʻllamasa, tovar uchun mulk huquqi oʻtkazilayotgan aholi punkti nomi koʻrsatiladi.
Agar soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitim predmeti (shuningdek, vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitimlar shular jumlasidan) koʻrsatilgan xizmatlar hisoblansa, bunday hollarda bitim bajarilgan joy ushbu xizmatlar isteʼmol qilingan joy sifatida koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 280 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmeti boʻyicha tovar uchun mulk huquqi oʻtkazilayotgan aholi punkti yoki oʻtish joyi koʻrsatiladi.
48. 290 — “Etkazib berish shartlari kodi (faqat tovarlar uchun toʻldiriladi)” satrida bitimlarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan, predmeti tovar hisoblanuvchi, INKOTERMS terminiga mos keluvchi kod yoziladi. Agar INKOTERMS termini qoʻllanilmasa, ushbu satr toʻldirilmaydi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 290 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmeti boʻyicha yetkazib berish shartlari kodi koʻrsatiladi.
49. 300 — “Oʻlchov birliklari kodi OʻBK boʻyicha” satrida oʻlchov birliklari klassifikatoriga (OʻBK) muvofiq bajarilgan birlamchi hujjatlarda aks ettirilgan, bitim predmetining miqdoriy xususiyatlariga mos keladigan oʻlchov birliklari raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 300 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmetining miqdoriy xususiyatlariga mos keladigan oʻlchov birliklari raqamli kodi koʻrsatiladi.
50. 310 — “Miqdori” satrida bitim predmeti ijrosining miqdoriy xususiyatlari koʻrsatiladi.
Bir hisobot davridan ortiq davr davomida xizmatlar koʻrsatilib, joriy hisobot davrida bajarilgan ishlar uchun daromadlar qisman tan olinganda, “Miqdori” satrida bajarilgan xizmatlar hajmi sifatida joriy hisobot yilida bajarilgan xizmatlar foizi koʻrsatiladi. 4-varaqning 310 — satrida oʻlchov birligi kod raqami sifatida foiz koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 310 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmeti ijrosining miqdoriy xususiyatlari koʻrsatiladi.
51. 320 — “QQS, aksiz va bojlarni hisobga olmagan holdagi bir birlik oʻlchov birligi narxi (tarifi)” satrida birlamchi hujjatlarda milliy valyuta “soʻm”da koʻrsatilgan, birlamchi hujjatlarda narx mavjud boʻlmagan taqdirda — buxgalteriya hisobi maqsadlarida daromadlar, xarajatlar, aktivlar narxi shakllanishi qoidalaridan kelib chiqqan holda, bitim predmeti ijrosi narxi koʻrsatiladi.
Bir hisobot davridan ortiq davr mobaynida xizmatlar koʻrsatilib, joriy hisobot davrida bajarilgan xizmat hajmi uchun daromadlar qisman tan olinganda, 320 — satrida mazkur hisobot davrida bajarilgan xizmatlar narxi koʻrsatiladi.
Agar 4-varaqda vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim predmeti hisoblangan majburiyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilsa, 320 — satrda vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan bitim predmeti ijrosining narxi koʻrsatiladi.
52. 330 — “QQS, aksiz va bojlarni hisobga olmagan holdagi jami qiymati” satrida soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan (shuningdek, vositachi (agent) oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitimlar) birlamchi hujjatlarda koʻrsatilgan, birlamchi hujjatlarda narx mavjud boʻlmagan taqdirda — buxgalteriya hisobi maqsadlarida daromadlar, xarajatlar, aktivlar narxi shakllanish qoidalaridan kelib chiqqan holda, bitim predmeti ijrosi narxi koʻrsatiladi.
Bir hisobot davridan ortiq davr mobaynida xizmatlar koʻrsatilib, joriy hisobot davrida bajarilgan xizmat hajmi uchun daromadlar qisman tan olinganda, xizmat koʻrsatayotgan bitim tarafi 330 — satrda mazkur hisobot davrida bajarilgan xizmatlar hajmining narxini koʻrsatadi.
Bir hisobot davridan ortiq davr mobaynida xizmat koʻrsatilganda, joriy hisobot davrida bajarilgan ishlar hajmini qisman xarajat yoki aktiv sifatida tan olingan hollarda, xizmatdan foydalanuvchi bitim ishtirokchisi 330 — satrda aktiv yoki xarajat sifatida qabul qilgan mazkur hisobot yilida bajarilgan xizmatlar hajmining narxini koʻrsatadi.
Agar iqtisodiy faoliyatning ayrim turlari xususiyatlari oʻzgarmas bitta xaridorning manziliga uzluksiz, uzoq muddatli yetkazib berishlarni nazarda tutuvchi bitimlar mavjudligini taxmin qilsa, 4-varaqda yetkazib berish shartlari va boshqa koʻrsatkichlar oʻzgarmaganda, yetkazib berishda koʻrsatilgan tovar miqdorini umumlashtirishga va 4-varaqning bitta varagʻini toʻldirishga ruxsat beriladi. Bunda “Miqdori” satrida yetkazib berish shartlari oʻzgarmasligini hisobga olgan holda, barcha uzluksiz uzoq muddatli yetkazib berishlar boʻyicha tovarlarning umumiy miqdori koʻrsatiladi. 4-varaqning 330 — “QQS, aksiz va bojlarni hisobga olmagan holdagi jami qiymati” satrida shartlar amal qilishi davomida yetkazib berilgan tovar narxi koʻrsatiladi.
53. 340 — “Bitim amalga oshirilgan sana” satrida bitim boʻyicha daromadlar buxgalteriya hisobida tan olingan sana koʻrsatiladi.
Tovarlarni xarid qilish (koʻrsatilgan xizmatlar, boshqa fuqarolik huquqlari) boʻyicha bitimlar uchun bitim amalga oshirilgan sana sifatida soliq toʻlovchi buxgalteriya hisobida aktivni tan olgan sana koʻrsatiladi. Agar soliq toʻlovchi tomonidan tovar (koʻrsatilgan xizmatlar, boshqa fuqarolik huquqlari) narxi bitimni amalga oshirish vaqtidagi xarajatlar sifatida tan olinsa, bitim amalga oshirilgan sana sifatida ushbu tan olingan sana koʻrsatiladi.
Agar 3-varaq vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan amalga oshirilgan bitim boʻyicha toʻldirilayotgan boʻlsa, bitim bajarilgan sana vositachi va bitimning boshqa tarafi oʻrtasida rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarga asosan aniqlanadi.
Xabarnoma taqdim etilgan kalendar yil davomida 4-varaqning 210 — 290-satrlarida aks ettirilgan koʻrsatkichlarning hech boʻlmaganda bittasi oʻzgargan taqdirda, umumlashtirish toʻxtatiladi.
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hollarda, 4-varaqning 340 — “Bitim amalga oshirilgan sana” satriga 210 — 290-satrlarida aks ettirilgan koʻrsatkichlardan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgargan va umumlashtirish toʻxtatilgan yoki mazkur koʻrsatkichlar xabarnoma taqdim etilgan kalendar yil 31-dekabrgacha oʻzgarmagan holatdagi sana yoziladi.
V. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan bitim ishtirokchisi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot” 5-varagʻini toʻldirilishi
54. 5-varaq nazorat qilinadigan bitim (shuningdek, vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan tuzilgan bitim) ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi.
55. 5-varaq, shuningdek, vositachi (agent) boʻlgan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga nisbatan ham toʻldiriladi, agarda tegishli bitimga nisbatan toʻldirilgan 3-varaqning 020 — satrida “1” raqami koʻrsatilgan boʻlsa. Bunday hollarda 5-varaqning 120 — satrida “1” raqami koʻrsatiladi va “II. Tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimi vositachi (agent)ga nisbatan toʻldiriladi.
56. 110 — “Bitim tartib raqami” satrida soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan nazorat qilinadigan bitim (shuningdek, vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan tuzilgan bitim) tartib raqami koʻrsatiladi
Ushbu raqam 3-varaqdagi “Xabarnoma boʻyicha bitim tartib raqami” satriga mos kelishi kerak.
57. 120 — “Bitim ishtirokchisi tartib raqami” satrida, 4-varaq 230 — “Bitimning boshqa ishtirokchisi raqami” satrida koʻrsatilgan xabarnomadagi tashkilot tartib raqami koʻrsatiladi.
58. 210 — satrda quyidagi raqamlardan biri koʻrsatiladi:
agar 5-varaq Oʻzbekiston tashkilotiga nisbatan toʻldirilayotgan boʻlsa, “1” raqami koʻrsatiladi,
agar 5-varaq chet el tashkilotiga nisbatan toʻldirilayotgan boʻlsa, “2” raqami koʻrsatiladi.
59. Agar 210 — satrda “2” raqami koʻrsatilgan boʻlsa, 220 — “Davlat nomi” satrida chet el tashkiloti roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi koʻrsatiladi.
60. 230 — “Yuridik shaxs nomi” satrida tashkilotning toʻliq nomi shartnoma (kontrakt), kelishuv va shunga oʻxshash boshqa hujjatlarda koʻrsatilgani kabi koʻrsatiladi.
61. Agar 210 — satrda “1” raqami koʻrsatilgan boʻlsa, 240 — “Yuridik shaxs STIRi” satrida tashkilotning STIRi koʻrsatiladi.
62. Agar 210 — satrda “2” raqami koʻrsatilgan boʻlsa, 250 — “Yuridik shaxsning chet elda roʻyxatdan oʻtgan raqami” satrida tashkilotning chet eldagi roʻyxatdan oʻtgan raqami koʻrsatiladi.
63. Agar 210 — satrida “2” raqami koʻrsatilgan boʻlsa, 260 — “Chet el tashkiloti manzili” satrida chet el tashkilotining, u roʻyxatdan oʻtgan davlat (hududida)gi toʻliq manzili koʻrsatiladi.
VI. Xabarnomaning “Nazorat qilinadigan bitim ishtirokchisi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot” 6-varagʻining toʻldirilishi
64. 6-varaq nazorat qilinadigan bitim (shuningdek, vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan tuzilgan bitim) ishtirokchisi — jismoniy shaxs maʼlumotlariga nisbatan toʻldiriladi.
65. 6-varaq, shuningdek, vositachi (agent) — jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga nisbatan ham toʻldiriladi, agar 3-varaqning 020 — satridagi tegishli bitim toʻldirilganda “1” raqami koʻrsatilgan boʻlsa. Bunday hollarda 6-varaqning 130 — satrida “1” raqami koʻrsatiladi va “II — V” boʻlimlari vositachi (agent)ga nisbatan toʻldiriladi.
66. 110 — “Bitim tartib raqami” satrida soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan va nazorat qilinadigan bitim (shuningdek, vositachi (agent) tomonidan oʻz nomidan, lekin vositachilik shartnomasi (agentlik shartnomasi) asosida komitent (prinsipial) sifatida harakat qilayotgan soliq toʻlovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan tuzilgan bitim) tartib raqami koʻrsatiladi.
Ushbu raqam 4-varaqning 110 — satrida koʻrsatilgan raqamga mos boʻlishi kerak.
67. 120 — “Bitim ishtirokchisi tartib raqami” satrida 4-varaq 230 — satrida koʻrsatilgan xabarnomadagi nazorat qilinadigan bitim ishtirokchisi tartib raqami aks ettiriladi.
68. 210 — “Jismoniy shaxs faoliyat turi” satrida jismoniy shaxsning (tadbirkorlik, notarial, advokatlik va boshqa) faoliyat turi koʻrsatiladi.
69. 220 — “JShShIR” satrida jismoniy shaxs, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorning Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) koʻrsatiladi.
Jismoniy shaxsning JShShIR toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan xollarda, 230 — 250 — satrlarda nazorat qilinadigan bitim ishtirokchisi jismoniy shaxsning Oʻzbekiston tashkiloti va jismoniy shaxs oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt), kelishuv va boshqa shunga oʻxshash hujjatlarda koʻrsatilgan ismi, familiyasi, otasining ismi (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
70. Jismoniy shaxs JShShIR toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, jismoniy shaxsga nisbatan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) 310 — “Tugʻilgan sana” satrida — jismoniy shaxsning tugʻilgan sanasi;
b) 320 — “Tugʻilgan joyi” satrida — jismoniy shaxs tugʻilgan joy;
v) 330 — “Fuqaroligi” satrida — tegishli raqam tanlanadi:
“1” — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
“2” — chet el fuqarosi;
“3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs.
g) 340 — “Fuqaroligi” satrida — jismoniy shaxs fuqarosi hisoblangan davlat nomi koʻrsatiladi. Agar soliq toʻlovchining fuqaroligi mavjud boʻlmasa, shaxsni tasdiqlovchi hujjat berilgan davlat nomi koʻrsatiladi.
71. IV-boʻlim “Shaxsni tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot”ni toʻldirishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
410 — “Hujjat turi” satrida — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi (pasport, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, harbiy bilet, harbiy guvohnoma va boshqa);
420 — “Seriya va raqami” satrida — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami;
430 — “Hujjatni taqdim etgan organ nomi” — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan organ nomi;
440 — ““Berilgan sanasi” satrida — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat berilgan sanasi.
72. 450 — “Yashash joyi” satrida quyidagi raqamlardan biri koʻrsatiladi:
“1” agar yashash joyi manzili Oʻzbekiston Respublikasida boʻlsa,
“2” agar yashash joyi manzili Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlsa.
73. 451 — 458-satrlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan jismoniy shaxslarga nisbatan yashash joyi manzili koʻrsatiladi.
74. V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi manzili mavjud boʻlmaganda toʻldiriladi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi yashash joyi manzili va davlat nomi koʻrsatiladi.
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqidagi nizomga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 111-son qaroriga 3-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi soliq toʻlovchilar (keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchilar) oʻrtasida chet davlat vakolatli organi ishtirokida ushbu davlat bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilgan boʻlsa, tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash toʻgʻrisida taraflardan hech boʻlmaganda biri xorijiy davlatning soliq rezidenti hisoblansa, bir yoki bir nechta tashqi savdo bitimlariga (bir turdagi bitimlar guruhi) nisbatan soliq solish maqsadida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibini belgilaydi.
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi mazkur bitimga oʻzgartirish kiritishda ham qoʻllaniladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim — soliq toʻlovchi va Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan, oʻzining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi bitim;
xorijiy davlat vakolatli organi — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan imzolangan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (kelishuv) doirasida ahdlashuvchi davlatlarning vakolatli hisoblangan organlari.
3. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimlar quyidagi maqsadlarda tuziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash;
b) narxlarni belgilashning eng maqbul va samarali tartibini aniqlash;
v) Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar oʻrtasida soliq bazasining iqtisodiy jihatdan asosli va adolatli taqqoslanishini taʼminlash;
g) ikki yoqlama soliq solishning oldini olish;
d) soliqlarning toʻlanmaganligi yoki toʻliq toʻlanmaganligi toʻgʻrisida ogohlantirish.
4. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimlarni tuzish ikki yoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (kelishuv) maqsadlarida vakolatli organlar hisoblangan Davlat soliq qoʻmitasi va xorijiy davlat vakolatli organi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlarning oʻzaro kelishuvi) asoslanadi.
5. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimlarni tuzish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi va xorijiy davlat vakolatli organi oʻrtasidagi maʼlumot almashinuvi, mazkur davlat bilan tuzilgan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (kelishuv), shuningdek, vakolatli organlar oʻrtasida xalqaro axborot almashinuvini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimlarni dastlabki muhokamadan oʻtkazish tartibi
6. Tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisida bitimni dastlabki muhokama (keyingi oʻrinlarda — dastlabki muhokama) qilish uchun soliq toʻlovchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tartibda Davlat soliq qoʻmitasiga ariza taqdim etish huquqiga ega.
7. Dastlabki muhokamani oʻtkazish haqidagi ariza soliq toʻlovchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Ushbu arizada quyidagilar bayon etiladi:
tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish uchun muhim boʻlgan maʼlumotlar (shu jumladan, soliq toʻlovchi aʼzo hisoblanadigan yuridik shaxslar guruhi tavsifi va tashqi savdo shartnomalari taraflari, tashqi savdo shartnomalarining qiymat va natura ifodasidagi hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu shartnomalarda narxni aniqlash va (yoki) narxni belgilash usullarini qoʻllash yuzasidan taklif etilayotgan tartib);
soliq toʻlovchi dastlabki muhokamada koʻrib chiqishni taklif qiladigan masalalar (xususan, tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish uchun asoslar mavjudligi, shu jumladan, soliq toʻlovchi tomonidan taklif qilingan narxlarni aniqlash va (yoki) narxni belgilash usullarini qoʻllash tartibini hisobga olgan holda, tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi va muddatlari, vakolatli organlarning oʻzaro kelishuviga erishish istiqbollari va uni Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish);
8. Davlat soliq qoʻmitasi dastlabki muhokama oʻtkazish haqidagi ariza olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan dastlabki muhokama oʻtkaziladigan vaqt va joy toʻgʻrisida soliq toʻlovchini xabardor qiladi. Dastlabki muhokama ariza olingan kundan boshlab uch oydan kech boʻlmagan muddat ichida oʻtkaziladi.
9. Davlat soliq qoʻmitasi dastlabki muhokama oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan dastlabki muhokama davomida koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasining yondashuvini oʻz ichiga olgan dastlabki muhokama natijalari toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga xat yuboradi.
Dastlabki muhokama natijalaridan qatʼi nazar, soliq toʻlovchi tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasiga ariza bilan murojaat etishi mumkin.
3-bob. Soliq toʻlovchi tomonidan tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizani berish tartibi
10. Soliq toʻlovchi tomonidan tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqida Davlat soliq qoʻmitasiga ariza berish xalqaro shartnomalarda koʻzda tutilgan oʻzaro kelishuv tartiblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, xorijiy kontragent bir vaqtning oʻzida chet davlat vakolatli organga ariza beradi.
Tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi ariza ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
11. Ushbu arizaga Soliq kodeksi 199-moddasining birinchi qismiga asosan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Soliq toʻlovchi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq va ishonchli ekanligi korxona rahbarining (masʼul shaxsning) imzosi hamda korxona muhri (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.
12. Chet tillarda tayyorlangan hujjatlar Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzbek tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi. Davlat soliq qoʻmitasi taqdim etilgan hujjatlarni soliq toʻlovchidan xorijiy davlat vakolatli organi bilan muzokaralar olib borish uchun maqbul boʻlgan chet tiliga tarjima qilishni soʻrashga haqli.
13. Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchidan Soliq kodeksining 199-moddasi birinchi qismida nazarda tutilmagan narxni belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
14. Agar soliq toʻlovchi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasiga tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi ariza taqdim etilmasa hamda bunday bitimning ikkinchi tomoni (soliq toʻlovchining kontragenti) xorijiy davlat vakolatli organiga Davlat soliq qoʻmitasi ishtirokida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish maqsadida shunday arizani taqdim etgan boʻlsa, Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan ariza berilgunga qadar oʻzaro maslahatlashuvni amalga oshirish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qiladi.
15. Soliq toʻlovchi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasiga ariza berilgan sanada soliq toʻlovchining kontragenti xorijiy davlatda Davlat soliq qoʻmitasi ishtirokida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish maqsadida shunday ariza bergan boʻlsa, soliq toʻlovchi bu haqda Davlat soliq qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qiladi.
16. Soliq toʻlovchi xorijiy davlatda narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish jarayoni doirasida soliq toʻlovchining kontragenti tomonidan xorijiy davlat vakolatli organiga berilgan barcha hujjatlarni (maʼlumotlarni) Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi.
17. Soliq toʻlovchi Soliq kodeksi 199-moddasining oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim tuzilgunga qadar boʻlgan jarayonning har qanday bosqichida arizani chaqirib olishi mumkin. Agar soliq toʻlovchi tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizani qaytarib olsa, Davlat soliq qoʻmitasi bu haqda xorijiy davlat vakolatli organiga xabar beradi.
4-bob. Tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
18. Tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizani koʻrib chiqishda, Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan taklif qilingan narxlarni aniqlash va (yoki) narxlash usullarini qoʻllash tartibi Soliq kodeksining 23-bobida belgilangan qoidalarga muvofiqligini baholaydi.
19. Soliq toʻlovchining tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizasini koʻrib chiqishda Davlat soliq qoʻmitasi:
a) Soliq kodeksi 26-moddasining 16-bandiga asosan soliq toʻlovchini tashqi savdo bitimlariga oid narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimlarning tuzilishi bilan bogʻliq masalalarga tushuntirishlar berishga chaqiradi. Koʻrsatib oʻtilgan masalalar muhokamasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan muddatda soliq toʻlovchining tashabbusi boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin.
b) mazkur Nizomning 31-bandida koʻrsatib oʻtilgan vakolatli organlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqa usullarini hisobga olgan holda xorijiy davlat vakolatli organi bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
20. Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi ariza olingan kundan eʼtiboran uni olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Mazkur muddat alohida tartibga asosan toʻqqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
21. Tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizaga asosan Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqida qaror;
b) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklda narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzishni rad etish haqida asoslantirilgan qaror;
v) mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda narxni belgilash toʻgʻrisida bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish zarurligi haqida qaror.
Tegishli qarorlar soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
Soliq toʻlovchilar Davlat soliq qoʻmitasi qarorlari boʻyicha belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Davlat soliq qoʻmitasi tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzishni rad etish boʻyicha qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlat vakolatli organiga xabar beradi, agar bunday qaror qabul qilinishidan oldin ushbu vakolatli organ bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazilgan boʻlsa.
22. Tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish (oʻzgartirish) haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish lozimligi toʻgʻrisida qabul qilingan qaror bitim loyihasini takroran taqdim etish uchun asos hisoblanadi.
Bitim loyihasi Soliq kodeksi 199-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklda Davlat soliq qoʻmitasiga ariza berish yoʻli bilan takroran taqdim etiladi.
23. Davlat soliq qoʻmitasining bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish lozimligi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinishi munosabati bilan soliq toʻlovchi tomonidan bitim loyihasini takroran taqdim etish haqidagi ariza uch oy muddatda koʻrib chiqiladi.
24. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim Soliq kodeksining 201-moddasida nazarda tutilgan hollarda, ushbu Nizomga 6-ilova bilan tasdiqlangan shaklda Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga koʻra muddatidan oldin tugatiladi.
5-bob. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzaytirish asoslari va tartibi
25. Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari Soliq kodeksining 199-moddasi birinchi qismiga muvofiq hujjatlar olingan kundan boshlanadi va bitimni tuzish (bitim tuzishni rad etish, bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish) haqidagi qaror qabul qilingan kunda yakunlanadi.
Mazkur ariza Davlat soliq qoʻmitasiga ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
26. Soliq kodeksining 199-moddasi toʻrtinchi qismiga asosan Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ular olingan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
27. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ular olingan kundan boshlab olti oy muddat ichida bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun toʻsqinlik qiluvchi shart-sharoitlar yuzaga kelganda hamda arizani koʻrib chiqish muddatini toʻqqiz oygacha uzaytirishga yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uzaytirilishi mumkin.
Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:
xorijiy davlat vakolatli organi bilan muzokaralar oʻtkazish zarurati yuzaga kelganda;
oʻzaro bogʻliq yuridik shaxslar (yuridik shaxslar guruhi) bilan narxni belgilash toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim tuzish haqidagi arizani koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelganda;
soliq toʻlovchi tomonidan bitim loyihasida koʻrsatilgan narxlarni belgilash tartibiga muvofiqlikni tasdiqlovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zarurati yuzaga kelganda;
bitimni tuzishda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmaydigan holatlarning (suv toshqini, yongʻin va boshqalar) mavjudligi.
28. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq qabul qilinadi.
29. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qaror soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) undan tilxat olingan holda topshiriladi yoki unga qaror olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usul bilan beriladi yoxud soliq toʻlovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
6-bob. Xorijiy davlat vakolatli organi bilan muzokaralar olib borish tartibi
30. Davlat soliq qoʻmitasi xorijiy davlat vakolatli organi bilan oʻzaro kelishuvga va shu asosda tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga erishish maqsadida mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan vakolatli organlar oʻrtasida oʻzaro aloqa usullarini hisobga olgan holda, xorijiy davlat vakolatli organi bilan muzokaralar olib boradi (mazkur Nizomning 14-bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Davlat soliq qoʻmitasi xorijiy davlat vakolatli organi bilan olib boriladigan muzokaralarda nazarda tutadigan yondashuvni soliq toʻlovchi bilan oldindan muhokama qilib olishi mumkin.
31. Davlat soliq qoʻmitasi xorijiy davlat vakolatli organiga soʻrovlarni yuborishi (shu jumladan, elektron pochta orqali), u bilan telefon, faks orqali yoki boshqacha tarzda muloqot qilishi mumkin. Xorijiy davlat vakolatli organi bilan oʻzaro munosabatlarning oʻziga xos usuli, bunday davlat bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (kelishuv), shuningdek, vakolatli organlar oʻrtasida xalqaro axborot almashinuvini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda tanlanadi.
32. Davlat soliq qoʻmitasi xorijiy davlat vakolatli organi bilan olib borilayotgan muzokaralar toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga xabar beradi (soliq toʻlovchining soʻrovnomasiga asosan).
33. Davlat soliq qoʻmitasi xorijiy davlat vakolatli organi bilan muzokaralar olib borish jarayonida vujudga keladigan savollar boʻyicha soliq toʻlovchidan tushuntirishlar olishi mumkin.
34. Vakolatli organlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv oʻzbek tilida, shuningdek, xorijiy davlat vakolatli organi uchun maqbul boʻlgan tilda yozma shaklda tuziladi. Oʻzaro kelishuvni tayyorlashda, Davlat soliq qoʻmitasi mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan maqsadlarga amal qiladi.
35. Vakolatli organlarning oʻzaro kelishuvi va yozishmalari soliq toʻlovchiga taqdim etilmaydi.
36. Agar xorijiy davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishuvga erishish imkoni boʻlmasa, Davlat soliq qoʻmitasi tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishni rad etish haqida qaror qabul qiladi va ushbu qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
7-bob. Bir nechta xorijiy davlat vakolatli organlari ishtirokida tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi
37. Davlat soliq qoʻmitasi bilan bir nechta xorijiy davlat vakolatli organi ishtirokida tashqi savdo shartnomalariga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim bir yoki bir nechta oʻzaro kelishuvlarga asoslanadi.
38. Xorijiy davlatning har bir vakolatli organi bilan oʻzaro maslahatlashuv va muzokaralar mazkur Nizomga muvofiq olib boriladi.
39. Har bir ishtirokchi davlatning manfaatlariga taʼsir koʻrsatuvchi tashqi savdo bitimlarini amalga oshirish holatlari va sharoitlarini hisobga olgan holda, soliq toʻlovchi tomonidan taklif qilingan narxlarni aniqlash va (yoki) narxni belgilash usullarini qoʻllash tartibi oʻzgartirilishi mumkin.
8-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatli organlarning oʻzaro kelishuvini amalga oshirish tartibi
40. Agar vakolatli organlar oʻrtasida oʻzaro kelishuvga erishilgan taqdirda, Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish zarurligi haqidagi qaror (vakolatli organlarning oʻzaro kelishuvidagi qoidalarni hisobga olgan holda);
b) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqida qaror.
41. Agar soliq toʻlovchi Davlat soliq qoʻmitasining tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish zarurligi haqidagi qaroriga rozilik bildirsa, qaror olingan kundan eʼtiboran noaniqliklar bartaraf etilgan tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi 30 kun ichida Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi.
Agar tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli organlarning oʻzaro kelishuvi qoidalariga muvofiq kelsa, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqida qaror qabul qilinadi.
Agar soliq toʻlovchi tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning maromiga yetkazilgan loyihasini taqdim etmasa yoki Davlat soliq qoʻmitasiga tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasidagi noaniqliklarni bartaraf etish zarurligi haqidagi qaroridan norozi ekanligini xat orqali maʼlum qilsa, Davlat soliq qoʻmitasi narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishni rad etish haqida qaror qabul qiladi va ushbu qaror toʻgʻrisida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
42. Ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan qarorlar soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
43. Soliq toʻlovchi tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi qarorga roziligi (noroziligi) yuzasidan Davlat soliq qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qiladi.
44. Soliq toʻlovchi tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi qarorga roziligi yoki noroziligi yuzasidan 30 kun davomida Davlat soliq qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qilmasa, soliq toʻlovchining qabul qilingan qarorga nisbatan noroziligini bildiradi.
45. Soliq toʻlovchi tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi qarorga rozilik bildirmasa, ushbu bitim tuzilmaydi.
46. Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Nizomning 45-bandiga muvofiq tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzilganligi yoki tuzilmaganligi haqida xorijiy davlatning vakolatli organiga xabar beradi.
9-bob. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish tartibi
47. Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimga ushbu Nizomda nazarda tutilgan shartnomani tuzish tartibiga muvofiq tarzda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
10-bob. Yakunlovchi qoida
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 3-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 4-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 5-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 6-ILOVA
* Oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilganligi munosabati bilan hisob — kitoblarning toʻliqligini tekshirish va soliq toʻlash natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorning turi va rekvizitlari koʻrsatiladi.
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 7-ILOVA
Tashqi savdo shartnomalari bilan bogʻliq narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi haqidagi nizomga 8-ILOVA
* Nizomning 3-bandiga muvofiq narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzaytirilishining holatlari koʻrsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 111-son qaroriga 4-ILOVA
Nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini belgilash toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) 195-moddasiga muvofiq nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatini uzaytirish tartibini belgilaydi.
2. Nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliqlarni hisoblash va toʻlashning toʻliqligini tekshirish muddati Soliq kodeksining 195-moddasi oltinchi qismiga muvofiq tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran va bunday tekshiruv oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotnoma tuzilgan kunga qadar hisoblanadi.
2-bob. Tekshiruv muddatlari
3. Soliq kodeksining 195-moddasi beshinchi qismiga asosan tekshiruv olti oydan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
4. Tekshiruv oʻtkazishning mazkur muddati ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan hollarda oʻn ikki oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
5. Tekshiruvni oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi.
3-bob. Tekshirish muddatlarini uzaytirish asoslari
6. Quyidagilar tekshiruvni oʻtkazish muddatini oʻn ikki oyga qadar uzaytirishga asos hisoblanadi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar toifasiga mansub boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari;
tekshirish oʻtkaziladigan joyda tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar yuzaga kelganda;
xorijiy davlat organlaridan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olish zarurati vujudga kelganda;
mutaxassis fikrini olish zarur boʻlganda;
ekspert jalb qilinishi zarur boʻlganda;
ekspertizalar oʻtkazish zarur boʻlganda;
chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish lozim boʻlganda;
soliq toʻlovchi tomonidan Soliq kodeksining 195-moddasiga belgilangan tekshiruvni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda.
7. Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomga ilovada keltirilgan shaklda Davlat soliq qoʻmitasi raisi (rais oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi.
8. Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror, soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) tilxat asosida yoxud qabul qilib olingan kunini tasdiqlovchi boshqa usul bilan yoki tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida buyurtma xat asosida yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini belgilash toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 111-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi chegirmalariga kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) 348-moddasiga muvofiq norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasasi orqali amalga oshirilgan faoliyatidan olingan daromadlarini soliqqa tortish maqsadida norezident boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirmalarga kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari deganda norezidentning ishlab chiqarish jarayoniga mansub boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasida yoki uning hududidan tashqarida, Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali faoliyatni amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv va boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlashga oid xarajatlari tushuniladi.
3. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan xalqaro shartnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining soliq solinadigan daromadini aniqlashda, shu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilsa, bunday xarajatlar summasi norezident tomonidan oʻz tanloviga binoan quyidagi usullardan biri boʻyicha aniqlanadi:
xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli;
xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) kiritish usuli.
4. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat norezident boʻlgan yuridik shaxs tomonidan mazkur norezidentning doimiy muassasasi hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga foyda soligʻi boʻyicha hisobot topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Norezident boʻlgan yuridik shaxs oʻzi tanlagan soliq davri mobaynida taqsimlanadigan xarajatlarini doimiy muassasa uchun chegiriladigan xarajatlarga kiritish usullaridan faqat bittasini qoʻllaydi.
6. Bunda norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan doimiy muassasasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari norezident taqsimlagan xarajatlarga kiritilmaydi.
2-bob. Xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli
7. Chegiriladigan xarajatlar miqdorini aniqlashda, xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli qoʻllanilganda, norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi tomonidan chegirmalarga kiritiladigan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari miqdori taqsimlanayotgan xarajatlar summasining hisob-kitob koʻrsatkichiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
8. Hisob-kitob koʻrsatkichi norezident boʻlgan yuridik shaxsning tanloviga koʻra quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali aniqlanadi:
a) norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali faoliyat yuritishdan olingan, Soliq kodeksining 347-moddasi uchinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan jami yillik daromadi summasining ushbu soliq davridagi norezident boʻlgan yuridik shaxsning jami yillik daromad summasiga nisbatini aniqlash;
b) quyidagi uchta koʻrsatkich boʻyicha oʻrtacha qiymatni (AU)aniqlash:
norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali faoliyat yuritishdan olingan, Soliq kodeksining 347-moddasi uchinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan jami yillik daromadi summasining ushbu soliq davridagi norezident boʻlgan yuridik shaxsning jami yillik daromad summasiga nisbatini aniqlash (R);
norezident boʻlgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasining soliq davri yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotida koʻrsatilgan asosiy vositalari boshlangʻich (joriy) qiymatining ushbu soliq davridagi norezident boʻlgan yuridik shaxsning jami asosiy vositalari boshlangʻich (joriy) qiymatiga nisbati (GʻA);
Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasada ishlovchi xodimlarga soliq davrida mehnatga haq toʻlash boʻyicha sarflangan xarajatlar summasining ushbu soliq davrida norezident boʻlgan yuridik shaxsning mehnatga haq toʻlash boʻyicha qilgan jami xarajatlari summasiga nisbati (LC).
Oʻrtacha koʻrsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:
AV=(R+FA+LC)/3
9. Xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli qoʻllanilganda, norezident boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi tomonidan xalqaro shartnoma shartlariga amal qilingan holda, quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda chegirmalar tarkibiga kiritiladi:
a) doimiy muassasaning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida hisoboti;
b) norezident boʻlgan yuridik shaxsning ushbu yuridik shaxs rezidenti hisoblangan davlatning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tashkil topgan, norezident boʻlgan yuridik shaxsning nomi koʻrsatilgan muhri (agar mavjud boʻlsa) va rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotlari nusxasi.
Bunda mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan hisobotlarda quyidagilar alohida satrda ajratib koʻrsatilishi lozim:
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar summasi;
jami yillik daromad summasi;
mehnatga haq toʻlash xarajatlari summasi;
asosiy vositalarning boshlangʻich (joriy) va balans qiymati;
v) mazkur bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan moliyaviy hisobotlarda keltirilgan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar summasi sharhlarida quyidagilar ajratib koʻrsatilishi lozim:
norezident boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari (xarajat turlari boʻyicha);
doimiy muassasaning Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari;
g) norezident boʻlgan yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti auditi boʻyicha auditorlik hisobotidan (xulosasidan) nusxa (bunday moliyaviy hisobotning auditi amalga oshirilganda).
3-bob. Xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli qoʻllanilganda, norezident boʻlgan yuridik shaxsning moliyaviy hisobotlariga ayrim hollarda tuzatish kiritish tartibi
10. Norezident boʻlgan yuridik shaxs quyidagi hollarda doimiy muassasaning chegirmaga kiritiladigan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari summasini aniqlashda foydalaniladigan moliyaviy hisobotlarga tuzatish kiritishi shart:
norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi va rezidentligi boʻlgan mamlakatdagi soliq davrlarining davomiyligi oʻrtasidagi nomutanosiblik mavjud boʻlganda;
soliq davrining davomiyligi bir xil boʻlgan holda, norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi va rezidentligi boʻlgan mamlakatdagi soliq davrlarining boshlanish va tugash sanalari oʻrtasida nomutanosibliklar mavjud boʻlganda.
Norezidentning moliyaviy hisoboti maʼlumotlariga tuzatish kiritishda, ushbu norezidentning rezidentligi boʻlgan mamlakatdagi soliq davri va Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davrini bir-biriga muvofiqlashtiruvchi (moslashtiruvchi) tuzatish koeffitsiyenti (S) qoʻllaniladi.
11. Ushbu koeffitsiyent (S) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davri doirasiga kiruvchi oylar sonini norezidentning rezidentligi boʻlgan mamlakatdagi soliq davrining jami oylari soniga nisbati sifatida aniqlanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davriga norezidentning rezidentligi boʻlgan mamlakatdagi ikkita soliq davri toʻliq yoki qisman mos kelsa, ikkita tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi (C1, S2).
12. Norezident boʻlgan yuridik shaxsning moliyaviy hisobotlariga quyidagi tartibda oʻzgartirish kiritiladi:
S1 x FR(RC)1 + S2 x FR(RC)2
Bunda:
S1 — TP(RC) 1 /TP(RC)3
S2 = TP(RC)2/ TP(RC)3
Shuningdek:
TP(RC)1 — norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davriga mos keluvchi, rezidentlik mamlakatidagi dastlabki soliq davri oylari soni;
TP(RC)2 — norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davriga mos keluvchi, rezidentlik mamlakatidagi keyingi soliq davri oylari soni;
TP(RC)3 — norezidentning rezidentligi boʻlgan mamlakatdagi soliq davrining jami oylari soni;
FR(RC)1 — norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davriga mos keluvchi, rezidentlik mamlakatidagi dastlabki soliq davri uchun moliyaviy hisobot natijasi;
FR(RC)2 — norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi soliq davriga mos keluvchi, rezidentlik mamlakatidagi keyingi soliq davri uchun moliyaviy hisobot natijasi.
4-bob. Xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) kiritish usuli
13. Xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) kiritish usuli norezident boʻlgan yuridik shaxs tomonidan bosh ofis, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlardagi doimiy muassasalar xarajatlarining (shu jumladan, boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarning) alohida-alohida hisobi yuritilganda qoʻllaniladi.
14. Norezident boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlashning imkoni boʻlsa hamda mazkur xarajatlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali daromad olish maqsadida sarflangan boʻlsa, bunday xarajatlar norezident boʻlgan yuridik shaxsning doimiy muassasasi tomonidan mazkur bobda belgilangan tartibga muvofiq chegirmalarga kiritiladi.
15. Tasdiqlovchi hujjatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
norezident boʻlgan yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan daromad olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qilingan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari;
norezident boʻlgan yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan daromad olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida sarflangan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari nusxasi. Hisob registrining shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi norezident boʻlgan yuridik shaxsning soliq solish maqsadlarida hisob siyosatida belgilanadi;
norezident boʻlgan yuridik shaxsning ushbu yuridik shaxs rezidenti hisoblangan davlatning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tashkil topgan, norezident boʻlgan yuridik shaxsning nomi koʻrsatilgan muhri (agar mavjud boʻlsa) va rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotlari nusxasi. Bunda mazkur kichik bandda koʻrsatilgan moliyaviy hisobotlarda boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar summasi alohida satrda ajratib koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
norezident boʻlgan yuridik shaxsning moliyaviy hisobotlari boʻyicha oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi xulosasi (hisoboti) nusxalari (moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan boʻlsa).
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi mansabdor shaxslari norezident boʻlgan yuridik shaxsning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari chegirmalarga kiritilishining toʻgʻriligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
17. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
