34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son) · Sana: 03.03.2022 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismi 13-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno”.
2) 11-modda quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi “xizmat koʻrsatish belgilarini” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan belgilar ham koʻrsatilmasligi kerak”.
