22-modda. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son) · Sana: 03.03.2022 · Amalda
Guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil ichida uning egasi tomonidan berilgan arizaga koʻra har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani topshirishda patent boji toʻlanadi va arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
patent vakili yoki ishonchli vakil orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur geografik obyektda ekanligini va reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv ariza berilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida reyestrga kiritiladi.
Ariza berishning ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin olti oy ichida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga koʻra uzaytiriladi.
