“Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2232-1-son)
01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2232-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4899-son “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2011-yil 18-maydagi 81-son “Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2232, 2011-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 240-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. NORKOBILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-fevral,
01/20-03-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YuSUPALIYEV
2022-yil 1-fevral
Bosh direktor I. ERGAShEV
2022-yil 17-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-son qaroriga ILOVA
“Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
1) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 3-banddagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 4-banddagi “veterinariya-sanitariya talablariga” va “sanitariya normalari, qoidalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga” va “sanitariya qoidalari, normalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 10-banddagi “joylari, harorati -20°C dan -60°C gacha” degan soʻzlar “joylari harorati -20°C dan -80°C gacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5) 11-banddagi “ -20°C dan -60°C gacha” degan soʻzlar “ -20°C dan -80°C gacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 14-banddagi “Oʻzbekiston veterinariya” degan soʻzlar “Veterinariya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 27-banddagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 1 va 4-ilovalar ushbu oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
9) 3-ilovadagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining buyruq raqami va sanasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi qarorining raqami va sanasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan.
“Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarning patogen faolligi boʻyicha I, II va III guruhdagi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar
ROʻYXATI*
Lotin tilidagi nomi Davlat tilidagi nomi Bakteriyalar I guruh: 1. Pestis camelorum (Versinia restis (Vasterium restis) tuyalar oʻlati 2. Pleuropneumonia contagiosa bovum (Micoplasma mucoides) yuqumli plyevropnevmoniya II guruh: 1. Bacillus anthracis kuydirgi 2. Brucella (Brucella melitensis, Brucella abortus, Brucella suis, Brucella ovis, Brucella canis) brutsellyoz 3. Tuberculosis (Mycobacterium tuberculosis Mycobacterium bovis) tuberkulyoz 4. Tularaemia (Francisella tularensis Francisella Dorofeev) tulyaremiya 5. Leptospirosis (L. interrogans, L. Nebdomadi, L. Biflexa, L. Romona, L. Tarassovi; qoramollarda — s, L. romona, L. Grippotyphosa) leptospiroz 6. Campylobacter kampilobakterioz 7. Paratuberculosis paratuberkulyoz 8. Salmonellosis (Salmonella abortus ovis) qoʻylar salmonellyozi 9. Malleus (Burkholderia mallei) otlarning manqa kasalligi 10. Contagious Equine Metritis yuqumli metrit 11. Rhinitis atrophica intectiosa suum (Bordetella bronchiseptica) choʻchqalarning atrofik riniti 12. Salmonellosis avium (S. gallinorum pullorum; S. enteritidis, S. typhimurium, S. ifantis, S. anatum, S. london, S. Naifa) parrandalar tifi (salmonellyoz) 13. Mycobacterium tuberculosis avium parrandalar tuberkulyozi 14. Mycoplasmosis respiratoria (Mycoplasma gallisepticum, M. synoviae, M. meleagridis va M. iowae) parrandalar mikoplazmozi 15. Pullorosis (Salmonella pullorum) parrandalar pullorozi 16. Pasteurella multocida Qoramollar, parrandalar va quyonlarning pasterellyozi 19. Agalactia contagiosa ovium et caprarum (Micoplasma agalaktiae) qoʻy va echkilarning yuqumli agalaktiya va nayrobi (Afrika gastroenterit) kasalligi 20. Pleuropneumonia infectiosa caprarum (Micoplasma mycoides var capri) echkilarning yuqumli plyevropnevmoniyasi III guruh: 1. Listeriosis (Listeria monocytogenes) listerioz 2. Melioidosis (Pseudomonas pseudo-mallei) melioidoz 3. Gangraena emphysematosa (Cl. Chauvoei) qorason 4. Pasteurella hayvonlarning pasterellyoz kasalliklari (qoramol, parranda va quyonlardan tashqari) 5. Salmonellosis (Salmonella dublin, Salmonella tiphimurium; Salmonella cholerae suis, Salmonella abortus equi) bo�qa tur hayvonlarning (qoʻylar va parrandalardan tashqari) salmonellyozi 6. Necrobacillosis (Fusobacterum nekrophorum) nekrobakterioz 7. Nepatizis infectiosa necrotica, Bradsot (Clostridium septicum, Cl. Oedematiens A,V turi, Cl.perfringens va Cl. Sordellii,) bradzot va enterotoksemiya kasalligi 8. Corynebacterium pseudotuberculosis otlarning kazeozli limfadenit kasalligi 9. Nistolysis infectiosa perniciosa larva apium (Paenibacillus larvae subsp. larvae) asalarilarning Amerikacha chirish kasalligi 10. Pestis apium europea (Melissococcus plutonius, Enterococcus faecalis), Paenibacillus alvei, Brevibacillus laterosporus, Achromobacter eurydice, M. plutonius) asalarilarning Yevropacha chirish kasalligi 11. Clostridium botilinum, Clostridium tetani, Clostridium septicum. Cl. oyedematiens A,V turlari-Cl. Sordellii, Cl. Gigas, Cl. Rerfringens, Cl. Novyi, Clostridium perfringens B botulizm va boshqa klostridiozlar (botulizm, qotma, bradzot, infeksion enterotoksemiya, infeksion nekrotik gepatit, qoʻzilar anaerob dizenteriyasi) Rikketsiyalar II guruh: 1. Q-febris (Coxiella burneti, sin. Rickettsia burneti) ku-isitmasi 2. Nydropericarditis infectiosa (Rickettsia ruminantium) gidroperikardit III guruh: 1. Keratoconjuncti-vitis rickettsiosa rikketsiyali keratokonyunktivit kasalligi Viruslar I guruh: 1. Aphtae epizooticae oqsil 2. Stomatitis vesicularis (RNK saqlovchi virus, rabdoviridi oilasi va vezikulovirus avlodiga mansub) vezikulali stomatit 3. Febris vallis Rift rift vodiysi isitmasi 4. Morbis vesicularis suum (RNK saqlovchi virus Enterovirus avlodiga va Picornaviridae oilasiga mansub) choʻchqalarning vezikulali kasalligi 5. Peste des petite ruminants (RNK li virus — paramiksovirus oilasi va Morbill avlodiga mansub) mayda shoxli mollar oʻlati 6. Pestis bovum qoramollar oʻlati 7. Blutang blyutang 8. Neethling yuqumli nodulyar dermatiti 9. Febris catarrhalis infectiosa ovium (RNK saqlovchi virus, Orbivirus avlodiga va Reoviridae oilasiga mansub) qoʻylarning kataral isitmasi 10. Variola (DNK li Poksviridi oilasiga mansub virus boʻlib, epiteliotrop xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda odamlar, hayvonlar va hasharotlarda Poxviridae, kapripoksvirus, suipoksvirus, avipoksvirus) qoʻy va echkilarning chechagi 11. Pestis equorum otlar oʻlati 12. Pestis africana equorum (RNK saqlovchi virus boʻlib, Reoviridae oilasi va Orbivirus avlodiga mansub) otlarning Afrika oʻlati 13. Pestis suum (Togaviridi oilasi, Pestivirus avlodiga mansub RNK li virus) choʻchqalar klassik oʻlati 14. Pestis africana suum (Iridoviruslar oilasiga mansub RNK li virus) choʻchqalar afrika oʻlati 15. Morbus Newcastle (RNK li paramiksoviridi oilasiga va paramikso-virus avlodiga mansub) parrandalarning Nyukasl kasalligi 16. Nigh patogens avian Influenza parrandalar yuqori patogenli grippi II guruh: 1. Morbus Aujeszky, Pseudorabies (Gerpesvirus oilasiga kiruvchi DNK li virus) auyeski kasalligi 2. Lyssa, Rabies (Rabdovirus oilasi, lissavirus avlodiga kiruvchi RNK li virus) quturish kasalligi 3. Bovine leucosis qoramollarning enzootik leykozi 4. Phinotracheitis infectiosa bovum yuqumli rinotraxeit 5. Coryza gangraenosa yomon sifatli kataral isitma 6. Febris ephemera (RNK saqlovchi virus Rabdoviridi oilasiga va rabdovirus avlodiga mansub) efemer isitmasi 7. Adenomatosis ovium oʻpka adenomatozi 8. Camel pox tuyalar chechagi 9. Grippus equorum otlar grippi 10. Equine pox otlar chechagi 11. Encephalomyelitis infectiosa equorum otlarning yuqumli ensefalomiyelit kasalligi 12. Anaemia infectiosa ekuorum (Retroviridi oilasi va lentivirus avlodiga mansub, RNK saqlovchi virion) otlarning yuqumli anemiya kasalligi 13. Rhinopneumoniae equorum (Nerpesvirus) otlar rinopnevmoniyasi 14. Arteriitis infectiosa equorum otlar virusli arteriiti 15. Encephalitis japonica otlar yaponiya ensefaliti 16. Venezuelan equine encephalitis otlar venesuela ensefalomiyeliti 17. Gastroenteritis infectiosa suum (DNK saqlovchi pleomorf gemadsorbsiyalovchi qobiqli virus boʻlib, Coronaviridae oilasiga va Coronavirus avlodiga mansub virion) choʻchqalar transmissiv gastroenterit kasalligi 18. Encephalomyelitis enzootica suum choʻchqalar enterovirusli ensefalomiyeliti 19. Pestis carnivorum (RNK li virus, Paramyxoviridae oilasi va Morbillivirus avlodiga mansub) goʻshtxoʻr hayvonlarning oʻlati 20. Poxviridae, (virus borreliota gallinarum) parrandalar chechagi 21. Bronchitis infectiosa avium (Soronavirus avia) parrandalar yuqumli bronxiti 22. Laryngotracheitis Infectiosa (Nerpes virus galli-1) parrandalar yuqumli laringotraxeiti 23. Bursitis infectiosa avium (NK saqlovchi virus boʻlib, Birnaviridae oilasiga Avibirnavirus avlodiga mansub) parrandalar yuqumli bursiti (Gamboro) 24. Morbus Marek (DNK saqlovchi virus Nerpesvirus avlodi va Nerpesviridae oilasiga mansub. A, V va S turlari mavjud) parrandalar marek kasalligi 25. Nepatitis virosa anatum oʻrdaklarning virusli gepatiti 26. Pestis anatum oʻrdaklarning virusli enteriti 27. Myxomatosis cuniculorum (DNK saqlovchi virus Leporipoxvirus avlodiga va Roxviridae oilasiga mansub) quyonlarning miksomatozi 28. Calciviridae oilasiga va Calcivirus avlodiga mansub, RNK saqlovchi virus (QGK, nekrotik gepatit, gemorragik pnevmoniya) quyonlarning virusli gemorragik kasalligi III guruh: 1. Exantheme vesicularis suum (RNK saqlovchi Salicivirus avlodiga Saliciviridae oilasiga mansub virus boʻlib, uning 13 ta serologik turi (A, V, S, D, E, A-48 va boshq..)) otlarning koetal ekzantema kasalligi 2. Erysipelas suum, Erysipelothrix rhusiopathiae, Rhusiopathia suia (Erysipelothrix insidiosa (E. rhusiopathiae)) choʻchqalar saramasi 3. Leucosis avium (RNK li, onkornavirus Oncovirus C avlodiga, Retroviridae oilasiga mansub. A, V, S, D va E guruhlari mavjud) parrandalar leykozi 4. Encephalitis (Picornaviridae oilasiga mansub virus) joʻjalarning enzootik ensefalomiyeliti 5. Morbus Aleutica lutreolarum norkalarning aleuti 6. Parvoviridae norkalarning virusli enteriti 7. Parapoxvirus mayda shoxli hayvonlarning pustullyoz stomatiti 8. Diarhea viralis bovum (Togaviridae oilasi va pestivirus avlodiga mansub, RNK saqlovchi virion) qoramollarning virusli diareya kasalligi Xlamidiyalar II guruh: 1. Abortus enzootica ovis (Chlamydphila abortus ovis) qoʻylarning enzootik abort (xlamidioz) kasalligi 2. Ornithosis (Chlamydiae psittaci) parrandalar xlamidiozi (ornitoz, psittakoz) Zamburugʻlar II guruh: 1. lymphangitis epizootica otlar epizootik limfangit III guruh: 1. Actinomyces bovis qoramollarning aktinomikozi Sodda hayvonlar III guruh: 1. Toxoplasma gondii toksoplazmoz Prionlar II guruh: 1. Bovine spongiform encephalopathy poʻkaksimon ensefalopatiya 2. Proteinaceus infectious particle qoʻylarning skrepi va progressiv pnevmoniyasi Biologik kelib chiqish tabiatiga ega boʻlgan zaharlar III guruh: 1. hayvonot va oʻsimliklarga mansub barcha toksin va zaharlar
Izoh:
*Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning xavfli kasalliklari, mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlar ham taalluqlidir.”.
“Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
____________________________________________________________ tomonidan mikroorganizmlar va viruslar kulturalarining patogen va nopatogen shtammlariga, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin (tashkilot nomi) hamda zaharlarning harakati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga topshiriladigan HISOBOT ShAKLI T/r Kasallikni qoʻzgʻatuvchi nomi Shtamm nomi Oʻlchov birligi (probirka, ampula flakon soni) Yil boshida mavjud Qoʻshildi Yil davomidagi xarajat (probirka, ampula flakon soni) Yil oxirida qolgan shtammlar soni Shtammning sifati (ishlab chiqarish , etalon, epizootik ) berildi ishlatildi yoʻqotildi ”.
