“42-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida (O‘RQ-756-son) · Sana: 02.03.2022 · Amalda
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
Favqulodda holat sharoitida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-499-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 101-modda bilan toʻldirilsin:
