Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumanini tuzish toʻgʻrisida (974-III-son)
27.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2 va 5-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Toshkent viloyati tarkibida Zangiota tumani hududining bir qismi hisobiga Toshkent tumani tuzilsin.
2. Toshkent viloyati Zangiota tumani hududining 16471 gektar maydoni qismi (Keles shahri, “Ozodlik”, “Xuvaydo”, “Oqibat”, “Iftixor”, “Sagʻbon”, “Obodlik”, “Koʻkterak”, “Uch sada”, “Tinchlik”, “Axillik”, “Qir-ariq”, “Qora saroy”, “Farovon”, “Uch chinor”, “Xalimkoʻp”, “Gulobod”, “Maʼrifat”, “Kalas”, “Zargar”, “Majnuntol”, “Xiyobon”, “Nurhayot”, “Sohibkor”, “Bunyodkor”, “Fayzobod”, “A. Navoiy”, “Qizgʻaldoq”, “Zax-ariq”, “Eʼzoz”, “Bogʻizilol”, “Tutzor”, “Sabzavot”, “Iqbol”, “Darxon”, “Oydin hayot”, “Rahbarobod”, “Avliyo ota”, “Ibrat”, “Bogʻbon”, “Qashqarliq”, “Ayriota”, “Quruvchi”, “Sanoat”, “Mustaqillik”, “Gʻishtkoʻprik”, “Sirgʻali”, “Sarke”, “Xasanboy guzar”, “Baxor”, “Xasanboy”, “Kensoy”, “Gultepa”, “Istiqbol”, “Shirin”, “Chuvalachi”, “Chigʻatoy”, “Koʻksaroy”, “Diydor”, “Zarbdor”, “Qoraburiq”, “Beruniy”, “Koʻhinur”, “Beshterak”, “Shamsiobod”, “Oltin tepa”, “Oktosh”, “Oqtom” va “Qush-Qoʻndi” mahallalari hududi) Toshkent tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Toshkent viloyati Zangiota tumanining markazi etib Eshonguzar aholi punkti, Toshkent tumanining markazi etib Keles aholi punkti belgilansin.
4. Toshkent viloyati Zangiota va Toshkent tumanlarining chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1 — 4-ilovalarga* binoan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalarga muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent viloyati Toshkent tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan Zangiota tumani saylov okruglaridan (1-Choshtepa, 2-Guliston, 3-Guliston, 4-Xasanboy, 5-Chuvalachi, 6-Koʻkterak, 7-Keles, 8-Keles, 9-Keles, 10-Masalboy, 11-Qizgʻaldoq, 12-Qizgʻaldoq, 13-Koʻksaroy, 14-Koʻksaroy, 15-Koʻksaroy) saylangan xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining deputatlari hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyul,
974-III-son
