Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida (86-son)
22.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiladigan vakolatli organlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashining (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali tushadigan soʻrovlar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiladigan vakolatli organlar bir oy muddatda shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tarkibini tasdiqlasin.
4. Ruxsat berish tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan masʼul vazirlik va idoralarning rahbarlariga grafikda belgilangan muddatlarda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
5. Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Faoliyatini ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjat asosida amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mazkur qaror bilan belgilangan ruxsat berish talab va shartlari 2022-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar ikki oy muddatda amaldagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalari faoliyatlarini mazkur qaror bilan belgilangan ruxsat berish talab va shartlariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) ruxsat berish tartib-taomillari “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishiga oʻtishi munosabati bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini amalga oshirsin;
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan ruxsat berish tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-fevral,
86-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga 1-ILOVA
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Litsenziya” axborot tizimi orqali berish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egalarining faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyatlar (harakatlar) turlari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirish (bajarish) taqiqlanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan tizim;
ruxsat berish tartib-taomili — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek, uni bekor qilish, qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq tadbirlar majmui;
ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — ruxsat berish tartib-taomilini amalga oshiradigan davlat organi (uning hududiy boʻlinmasi) yoki boshqa tashkilot;
ruxsat berishga oid talablar va shartlar — faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan, shuningdek, ushbu Nizomga 2 — 71-ilovalarda keltirilgan pasportlarda belgilangan talablar va shartlarning majmui (keyingi oʻrinlarda — pasportlar);
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda beriladigan, ruxsat berish talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda, muayyan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri — berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, tugatilgan, bekor qilingan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazalari;
talabgor — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar.
4. Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ruxsat berish tartib-taomillari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Litsenziya” AT orqali amalga oshirilishi mumkin.
Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali qabul qilingan vaqtdan boshlab vakolatli organ tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
5. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilgan arizasining koʻrib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
6. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organ tomonidan beriladi. Pasportlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tegishli vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — kelishiladigan organlar) bilan kelishilishi zarurligi belgilanishi mumkin.
7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat pasportlarning 11-bandida nazarda tutilgan muddatga muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat bir martalik harakatni bajarish uchun berilishi mumkin.
2-bob. Ruxsat berishga oid talablar va shartlar
8. Quyidagilar ruxsat berishga oid talablar va shartlar hisoblanadi:
pasportlarning 9-bandida keltirilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish boʻyicha majburiyatni oʻz zimmasiga olish;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilganligi, shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish — tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan talab mavjud boʻlgan taqdirda;
yuridik shaxs boʻlgan talabgorning nomi, yuridik manzili oʻzgarganligi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki filial va vakolatxona ochilgandan soʻng vakolatli organga oʻn ish kuni ichida “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;
jismoniy shaxs boʻlgan talabgorning unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
9. Pasportlarning 9-bandida ushbu Nizomning 8-bandiga qoʻshimcha ravishda muayyan faoliyatni amalga oshirish (harakatlarni bajarish) uchun alohida talab va shartlar belgilanadi.
3-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza yuboradi.
Arizada amalga oshirilishi va (yoki) bajarilishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish zarur boʻlgan faoliyat va (yoki) harakat turidan kelib chiqib quyidagilar aks ettiriladi:
yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
faoliyatni amalga oshirish manzili va (yoki) harakatni bajarish joyi;
pasportlarning 5-bandida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar.
Pasportlarda arizaga ayrim hujjatlar ilova qilinishi lozimligi koʻrsatilishi mumkin. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “us-uz.gov.uz” orqali ariza yuborishi mumkin.
Bunda “us-uz.gov.uz” platformasi orqali berilgan arizalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda “Litsenziya”AT orqali koʻrib chiqiladi.
11. Talabgordan ushbu Nizom 10-bandning va pasportlarning 5-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
12. Talabgor ariza berish vaqtida amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatining ruxsat berishga oid talab va shartlarga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
13. Talabgor arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, maʼlumotlarni arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimni toʻlashdan oldin yigʻim undirilmaydigan holatlarda esa arizani vakolatli organga yuborishdan oldin oʻzgartirishga haqli.
14. Arizani koʻrib chiqish uchun pasportlarning 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi. Bunda pasportlarda ayrim faoliyat turlari boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi, agarda pasportlarning 6-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
15. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlab avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ariza quyidagi hollarda avtomatik ravishda qabul qilinmaydi:
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda (yigʻim toʻlanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno);
ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan taqdirda;
talabgorning ayni bir xil faoliyatni amalga oshirishi yoki harakatni bajarishi muayyan muddatga toʻxtatilganda;
talabgor tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat boʻyicha tanlagan faoliyatni amalga oshirish va/yoki harakatni bajarish sudning qaroriga asosan muayyan muddatda taqiqlanganda.
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
151. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
16. Yigʻim toʻlanganidan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydigan hollarda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT orqali dastlab taqqoslanib tekshirilgandan soʻng talabgor tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali vakolatli organga yuboriladi.
Pasportlarning 10-bandida belgilangan taqdirda, talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning oʻzida yuborilishi mumkin.
17. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari tarkibidan yoki oʻz hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda, ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning ruxsat berishga oid talab va shartlarga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Oʻrganish natijasi boʻyicha talabgor ishtirokida dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritiladi. Agar talabgor dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, litsenziyalovchi yoki kelishiladigan organlar tomonidan bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
Pasportlarning 12-bandida vakolatli organ va talabgor oʻrtasidagi yozma shartnomaga koʻra amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun talabgor tomonidan qoplanadigan xarajatlar toifasi aniq koʻrsatib oʻtilishi mumkin.
18. Talabgorning arizasini koʻrib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar pasportlarning 10-bandida belgilangan muddatlarda tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozim.
Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Bunday holatda kelishiladigan organlar vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi. Bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish imkoni boʻlmaganda, talabgorning arizasini koʻrib chiqish muddati va tartibini buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanadi.
19. Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
20. Agar vakolatli organ pasportlarning 8-bandida belgilangan arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa yoki uni berishni rad etmasa, talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida faoliyatni amalga oshirish va (yoki) harakatni bajarish huquqiga ega boʻlgan va bu haqda vakolatli organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Talabgorning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik vakolatli organni xabardor qilish orqali faoliyatni amalga oshirish va (yoki) harakatni bajarish huquqini cheklamaydi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda, talabgor pasportlarning 7-bandida belgilangan hujjatni berganlik uchun undiriladigan yigʻimni toʻlagandan keyin (yigʻim toʻlanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno) “Litsenziya” AT da QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda talabgor faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va vakolatli organlar vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
21. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning ruxsat berishga oid talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
pasportlarga muvofiq oʻtkazilishi shart boʻlgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Talabgorning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
ruxsat berishga oid talab va shartlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan bino va inshootlarning sanitariya-epidemiologik va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Ushbu bandda koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
23. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni mukammal ishlab chiqish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, talabgorning taklif etilgan yordamni rad etgan hollari bundan mustasno. Vakolatli organning kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatma va tavsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada batafsil yoritiladi.
24. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
25. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
27. Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ va uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda kelishiladigan organlar tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Talabgorning arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim, agar ariza ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
28. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ bu haqida shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga pasportlarning 7-bandida koʻrsatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun nazarda tutilgan yigʻimni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim undirilmaydigan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Xabarnoma yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa maʼlumotlar talabgorning xohishiga koʻra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
29. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻimni toʻlaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim belgilangan muddatda toʻlamasligi vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilinishi uchun asos boʻladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi, agarda pasportlarning 7-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
30. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim toʻlangandan soʻng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
31. Berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat haqidagi maʼlumot “Litsenziya” ATda har bir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi boʻyicha alohida yuritiladigan reyestrda avtomatik ravishda shakllanadi.
4-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
32. Yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida vakolatli organga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirishi shart.
Yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Amal qilish muddati cheklangan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda, ilgari berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, maxsus elektron tizim orqali vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi.
Maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgarganligi hamda tadbirkorlik subyektining joylashgan joyining (pochta manzilining) nomlanishi (mahallalar, koʻchalar nomi, uy raqamlari) oʻzgarganda tadbirkorlik subyektining amalda boʻlgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlariga “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda toʻlov undirmasdan oʻzgartirish kiritiladi.
33. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda pasportlarning 7-bandida nazarda tutilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
34. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirib beriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish taqiqlanadi.
351. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyat (harakat) turlarining pasportlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda, vakolatli organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun undiriladigan yigʻim koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Talabgor xabarnoma (invoys) yuborilgan kundan boshlab 15 kun muddatda, biroq ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan 5 kun oldin ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun belgilangan yigʻimni toʻlaganda, ruxsatnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi muddatga uzaytiriladi.
Talabgorlar tomonidan yigʻim belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda, unga yuborilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda bekor qilinadi.
35. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga, agar pasportlarda shunday holat nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali vakolatli organga uning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilayotgan paytda uning amal qilish muddati tugab qolsa, hujjat egasi tegishli faoliyatni (harakatlarni) vakolatli organ qarori qabul qilingunga qadar davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
36. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun pasportlarning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi hamda ushbu Nizomning 14 hamda 29-bandlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
37. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
38. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsning arizasiga asosan vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filial va vakolatxonalarning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishida;
yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektining faoliyatini amalga oshirish joyi oʻzgarganda.
Ushbu bandda nazarda tutilgan asoslar talabgor faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan ruxsat berishga oid talab va shartlar pasportlarning 9-bandida belgilangan taqdirda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni oʻzgartirish tartibida ariza taqdim etiladi.
Talabgor faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan talablar va shartlar belgilanmagan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etiladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni oʻzgartirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda pasportlarning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlarning yarmi undiriladi. Undirilgan yigʻimlar tegishli ravishda ushbu Nizomning 14 va 29-bandlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
5-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish
39. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda vakolatli organ tashabbusi bilan toʻxtatib turilishi mumkin:
ruxsat berishga oid talab va shartlar talabgor tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan vakolatli organning uning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
40. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan oʻn ish kunigacha, oʻn ish kunidan ortiq, lekin olti oygacha boʻlgan muddatda sud tartibida amalga oshiriladi.
Belgilangan muddat ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritishi lozim.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
41. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish haqida vakolatli organga murojaat qilishi mumkin. Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan olti oy muddat ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga murojaat qilinmagan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatiladi.
42. Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qilinadi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilganligi haqidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida bu haqda “Litsenziya” ATdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
43. Vakolatli organ yoki sud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmagan muddat taqdim etadi.
44. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishi haqida qaror kelib tushganidan soʻng qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda maʼlumot yuborishi lozim.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa, kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslantiruvchi hujjatlar qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
45. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli organ maʼlumotlarni tahlil qilishi, zaruratga koʻra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganishi lozim.
46. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan soʻng vakolatli organni “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
47. Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori tegishli vakolatli organga kelib tushganda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Litsenziya” ATga bir ish kunida joylashtiradi.
48. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish quyidagi hollarda vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qabul qilinganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
talabgorning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun toʻlashi lozim boʻlgan yigʻimni belgilangan muddatda toʻlamaganda.
49. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Vakolatli organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Nizomning 48-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga maʼlum qiladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi reyestrga maʼlumot kiritadi.
50. Vakolatli organ quyidagi hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan ruxsat berishga oid talab va shartlar bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklar pasportlarda nazarda tutiladi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilganligi haqidagi maʼlumoti sudga daʼvo arizasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga “Litsenziya” AT orqali hujjatning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori hujjat egasiga va vakolatli organga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda vakolatli organ ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu bandning beshinchi xatboshida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
51. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda;
bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hollarda, vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan asos boʻyicha tugatilgan taqdirda, vakolatli organ bu haqda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga xabarnoma yuboradi.
6-bob. Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi davlat nazorati
52. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etishi vakolatli organ (yoki uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan nazorat qilinadi.
53. Ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi boʻyicha nazorat amalga oshirilayotganda, vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy va yuridik shaxslar ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etayotganligini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshirish;
ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
tekshiruv natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yoʻl qoʻygan ruxsat berishga oid talab va shartlarning aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
jismoniy va yuridik shaxs zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yuridik shaxslarga jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritish.
54. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
“Litsenziya” AT orqali masofaviy nazorat;
ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
statistik axborotlarini va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egalaridan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
55. Vakolatli organ masofaviy nazoratni “Litsenziya” AT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning xodimlari toʻgʻrisidagi, ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, vakolatli boshqa organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning ruxsat berishga oid talab va shartlarni buzish holatlari toʻgʻrisida “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda keladigan xabarlar vakolatli organning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu xabar orqali vakolatli organ jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini tahlil qiladi va oʻrganadi. Zaruratga koʻra, vakolatli organ ruxsat berishga oid talab va shartlarning buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berishi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslar masofaviy nazorat asosida vakolatli organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqda vakolatli organga xabar berishi lozim.
Koʻrsatma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi taʼminlanmaganda, vakolatli organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishi mumkin.
56. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati quyidagilar asosida joyiga chiqqan holda tekshiriladi:
“xavfni tahlil qilish” tizimi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
“Litsenziya” AT orqali yuborilgan ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik buzilishiga oid holatlar toʻgʻrisida jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
57. Joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
58. Ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishdan bosh tortish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
59. Tegishli faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonun buzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, ularni ragʻbatlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Vakolatli organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi
60. Talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasi vakolatli organning:
qarorlari va hujjatlari;
mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha shikoyat qilishi mumkin.
61. Talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasi shikoyatni:
hududiy darajadagi vakolatli organga nisbatan uning yuqori turuvchisiga;
respublika darajasida vakolatli organga nisbatan Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) taqdim etadi.
Talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasi belgilangan tartibda vakolatli organ hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
62. Respublika darajasida Apellyatsiya kengashi tarkibi vakolatli organning rahbari tomonidan besh nafar tarkibda tasdiqlanadi. Apellyatsiya kengashi yigʻilishiga Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Apellyatsiya kengashining yigʻilishi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
63. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat qaror (boshqa hujjat) toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan paytdan yoki talabgorlar/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasiga vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi vakolatli organ tomonidan tiklanishi mumkin.
64. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), STIR;
shikoyat bergan shaxsning talablari;
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
shikoyat berilgan sana.
Shikoyat yozma shaklda berilganda, shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
65. Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining elektron manzili va yagona identifikatori (JSH SHIR/STIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi talabgor/ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligidir.
66. Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizligi) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
Apellyatsiya kengashining shikoyat boʻyicha yigʻilishi materiallari respublika darajasidagi vakolatli organning yuridik xizmati tomonidan tayyorlanadi.
67. Talabgorlar/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining talabiga koʻra shikoyat uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Bunda yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining istagiga koʻra muhokamani videokonferens-aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
Videokonferens-aloqa rejimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlarni taʼminlash vakolatli organning markaziy apparati yoki tegishli hududiy boʻlinmasiga yuklanadi.
68. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha oʻn besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
69. Shikoyat bergan talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma (shikoyatni yigʻilishda koʻrib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
70. Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
shikoyat qilinayotgan qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
shikoyat qilinayotgan qarorga oʻzgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
vakolatli organga yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
71. Shikoyat Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar uning aʼzolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ovoz berish jarayonida ishtirok etmaydi va uning fikri Apellyatsiya kengashi aʼzolari uchun tavsiyaviy tusga ega.
72. Vakolatli organning qarori yuzasidan shikoyat qilingan taqdirda shikoyat yuqori turuvchi vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
8-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini yuritish tartibi
73. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda har bir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat boʻyicha alohida yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
74. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri avtomatik ravishda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
75. Vakolatli organ quyidagi maʼlumotlarni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga oʻz vaqtida kiritib borishga javobgar:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning qayta rasmiylashtirilganligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat oʻzgartirilganligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati uzaytirilganligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilganligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklanganligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinganligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning tugatilganligi.
76. Har bir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining reyestr tartib raqami, uning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va tashkiliy huquqiy shakli, yuridik manzili, yuridik shaxs uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR);
vakolatli organ nomi;
reyestrga kiritilgan sana;
filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida bajariladigan faoliyat va (yoki) harakatlar turi;
faoliyat olib borish manzili;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan sana va uning amal qilish muddati;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning holati (amalda, toʻxtatib turilgan, bekor qilingan, tugatilgan);
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatdagi har bir oʻzgarishning asoslari va sanasi.
77. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bazasi vakolatli organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda ruxsat berish jarayonida kiritiladigan barcha maʼlumotlar hamda ilova qilinadigan hujjatlarning elektron nusxalari saqlanadi.
Ushbu maʼlumotlar bazasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilmagan axborotlar mavjud boʻlgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan mazkur axborotlar va ilova qilingan hujjatlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
78. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat berishga oid talab va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
79. Vakolatli organ (ularning mansabdor shaxslari) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga nisbatan qoʻllagan javobgarlik choralari, shuningdek, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni toʻxtatib turishi va/yoki bekor qilishi noqonuniy deb topilgan taqdirda, hujjat egasiga keltirgan zararlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplaydi.
80. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shu jumladan, “Litsenziya” AT orqali doimiy monitoring qilib boradi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 1-ILOVA
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Talabgor Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi. Oʻz xohishiga koʻra 2-bosqich Talabgor 1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi va tegishli hujjatlarni yuklaydi. Oʻz xohishiga koʻra 2. Arizani koʻrib chiqish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarining (keyingi oʻrinlarda — pasportlar) 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlaydi (agar yigʻim undirilishi nazarda tutilgan boʻlsa). 3-bosqich “Litsenziya” AT yoki YIDXP Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik ravishda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboriladi. Pasportlarning 10-bandida belgilangan holatlarda hujjatlar bir vaqtning oʻzida kelishuvchi organlarga ham yuboriladi. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlangandan soʻng real vaqt rejimida Vakolatli organ Arizani koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra obyektlarni joyiga chiqib oʻrganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud maʼlumotlarni mustaqil ravishda oladi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi. Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda 4-bosqich “Litsenziya” AT 1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga pasportlarning 7-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi. Real vaqt rejimida 5-bosqich Talabgor 1. Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻimni toʻlaydi (agar pasportlarning 7-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa). 1. Oʻz xohishiga koʻra “Litsenziya” AT 2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. 2. Yigʻim toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 2-ILOVA
Ixtisoslashgan soʻyish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Ixtisoslashgan soʻyish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Ixtisoslashgan soʻyish korxonalarida hayvonlarni soʻyish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash hamda sotish3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxs uchun — nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;obyekt nomi, hayvon turlari;amaldagi faoliyat koʻrsatish manzili;ixtisoslashgan soʻyish korxonalari uchun qoʻshimcha:b) ixtisoslashgan soʻyish korxonasining joylashish sxemasi. 6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Yigʻim undirilmaydi8.Arizani koʻrib chiqish muddati:7 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) “Veterinariya toʻgʻrisida”gi hamda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari talablariga rioya qilish;b) Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda isteʼmol bozoriga goʻsht va goʻsht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-maydagi 386-son qarori bilan tasdiqlangan norma va qoidalarga rioya qilish;*v) Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy tusdagi veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya qilish.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi)12.Izoh:Veterinariya-sanitariya xulosasi — davlat veterinariya xizmatining vakolatli organlari tomonidan hayvonlarni soʻyish hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.Veterinariya-sanitariya xulosasida faoliyat turlari boʻyicha hayvonlar va hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash, boqish, parvarishlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar tartib raqami koʻrsatiladi:T/rFaoliyat turi mahsulot kodiKod1.Chorvachilik yoʻnalishidagi obyektlar:qoramolchilik;A1qoʻychilik va echkichilik, qorakoʻlchilik;A2yilqichilik;AZtuyachilik;A4choʻchqachilik;A52.Parrandachilik (gʻozchilik, oʻrdakchilik, tovuqchilik, bedanachilik, kurkachilik va tuyaqushchilik)A73.BaliqchilikV14.AsalarichilikV25.QuyonchilikVZ6.Naslchilik-seleksiya yoʻnalishidagi korxonalarV47.Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni saqlaydigan va sotadigan obyektlarS8.Veterinariya dori vositalarini saqlaydigan va sotadigan obyektlarD19.Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaradigan va sotadigan obyektlarD210.Quyidagilarni qayta ishlovchi obyektlar:goʻsht;G1baliq va baliq mahsulotlari;G2asal va asalarichilik mahsulotlari;G3sut va sut mahsulotlari;G4hayvonotga mansub xomashyo.G511.Oziqa va oziqa qoʻshimchalarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar.K12.Boshqa nomlanmagan obyektlar.R13.Hayvonlarni soʻyish va ularga dastlabki ishlov berish, parrandadan tashqari, qolgan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar.U114.Parrandalarni soʻyish va dastlabki ishlov berish, olingan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar.U2Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfiy-raqamli kodi, viloyatga boʻysunuvchi tuman, shaharlar obyektlariga roʻyxatga olish raqamlarini berish uchun tartib raqamlari:T/rKodNomi1UZOʻzbekiston Respublikasi201Qoraqalpogʻiston Respublikasi302Andijon viloyati403Buxoro viloyati504Jizzax viloyati605Qashqadaryo viloyati706Navoiy viloyati807Namangan viloyati908Samarqand viloyati1009Surxondaryo viloyati1110Sirdaryo viloyati1211Toshkent viloyati1312Fargʻona viloyati1413Xorazm viloyati1514Toshkent sh.Roʻyxatga olish raqami belgilardan tashkil topgan va quyidagi strukturaga ega:Misol uchun:Uz 01-002/G4-001/E1-belgi — Oʻzbekiston Respublikasi kodiUz — Oʻzbekiston Respublikasi,2-belgi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kodi01 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi,3-belgi — viloyatga boʻysunuvchi tuman (shahar) kodi002 — Nukus sh.,4-belgi — mahsulot turi kodiG4 — sut,5-belgi — obyektning roʻyxatga olish raqami001 — obyekt6-belgi — eksportchi kodiE — eksportchiMazkur pasport qoidalari fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida soʻyilgan hayvon goʻshti va soʻyish mahsulotlariga hamda shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan, respublika hududida muomalaga chiqarilmaydigan goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etilmaydi.Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 3-ILOVA
Belgilangan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Belgilangan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya, neft mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun xabarnomalar yuborish3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Oʻzenergoinspeksiya”) hududiy boshqarmalari.5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:Ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;arizada quyidagi faoliyat turlaridan biri yoki bir nechtasi koʻrsatiladi:a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;b) avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari orqali siqilgan gazni realizatsiya qilish;v) avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;g) gaz toʻldirish stansiyalari yoki gaz toʻldirish punktlari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish;e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish;yo) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlash;j) neft mahsulotlarini realizatsiya qilish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno).6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻimYigʻim undirilmaydi8.Arizani koʻrib chiqish muddati:10 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilishda:obyektlar loyihalarining Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;obyektlarning loyihalariga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;korxonadagi mavjud oʻrnatilgan texnologik asbob-uskuna va agregatlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;barcha texnologik jarayonlar boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan texnologik reglamentlarning mavjudligi;korxona tomonidan qabul qilinayotgan xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hisobini yuritish boʻyicha tegishli qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi;korxonadagi mavjud mashʼala xoʻjaligining (fakellar) holati va gaz hisoblash uskunalari bilan taʼminlanganligi;ixtisoslashgan tashkilot tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini texnologik yoʻqotish meʼyorlarini ishlab chiqarilganligi hamda uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;oʻlchov asboblari bilan toʻliq taʼminlanganligi, holati va oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi hamda tekshiruvdan oʻtkazilganligi, shu jumladan, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarishdan qayta ishlab chiqarish zavodlariga yetkazib berish jarayonigacha zamonaviy oʻlchov uskunalari bilan taʼminlanganligi;standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi;majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarni sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;b) avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) orqali siqilgan gazni realizatsiya qilishda:AGTKSH loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;AGTKSH loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;AGTKSH ishga tushirilishida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilinganligi;AGTKSHda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregat va boshqa uskuna va jihozlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;AGTKSHda avtomobillarga gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi;AGTKSHda mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;AGTKSHda gazni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻlchov vositalari va gaz toʻldirish ustunlari bilan taʼminlanganligi, holati va oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi tekshiruvdan oʻtkazilganligi;AGTKSH gaz mahsulotini qabul qilish, saqlash va tarqatishga oid meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi;AGTKSHda ishlab chiqarilayotgan siqilgan gaz mahsulotiga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi (dispenserlar) maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim oʻrnatilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi;AGTKSHlar orqali siqilgan gazni sotish uchun yangi litsenziya olish boʻyicha Energetika vazirligining taqdimnomasi berilganligi;v) avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari (AGTSH) orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda:AGTSH loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;AGTSH loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;AGTSHda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar va boshqa uskuna va jihozlar joylashuvining loyihaga muvofiqligi;AGTSHga oʻrnatilgan nasosni soʻrish texnologik tizimida filtr. gazni haydash tizimida teskari klapan bilan jihozlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;AGTSHga oʻrnatilgan kompressorning soʻrish texnologik tizimini suyuqlik ajratgich, gazni haydash tizimini moytutgich bilan taʼminlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;AGTSHda hisob-kitob tizimining yaratilganligi;AGTSHda avtomobillarga gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi;AGTSHda mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi;g) gaz toʻldirish stansiyalari (GTS) yoki gaz toʻldirish punktlari (GTP) orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda:GTP yoki GTS loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;GTP yoki GTS loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;GTP yoki GTSda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar va boshqa uskuna va jihozlar joylashuvining loyihaga muvofiqligi;GTP yoki GTSga oʻrnatilgan nasosni soʻrish texnologik tizimida filtr, gazni haydash tizimida teskari klapan bilan jihozlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;GTP yoki GTSga oʻrnatilgan kompressorni soʻrish texnologik tizimini suyuqlik ajratgich hamda gazni haydash tizimini moytutgich bilan taʼminlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;GTP yoki GTSda gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi;mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;GTP yoki GTSda gazni qabul qilish, saqlash, tarqatishda oʻlchov vositalari bilan taʼminlanganligi, sozligi va tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilganligi; mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi;d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurishda:qurilish va montaj ishlarini bajaruvchi texnika va mexanizmlar bilan taʼminlanganligi va texnik holati toʻgʻrisida maʼlumotning mavjudligi;payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish asbob-uskunalari bilan taʼminlanganligi;*payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;qurilish va montaj ishlarini amalga oshirishga oid normativ-texnik hujjatlar, shuningdek, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi va ular roʻyxatining mavjudligi;texnologik jarayon bilan bogʻliq soz, texnik talablarga muvofiq va tekshiruvdan oʻtkazilgan oʻlchov asboblari bilan taʼminlanganligi;e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda:barcha texnologik jarayonlar boʻyicha tasdiqlangan texnologik reglamentlarning mavjudligi;oʻrnatilgan uskunalar (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari, kompressor stansiya, gaz taqsimlash stansiyasi, yer osti gaz saqlash inshooti)ning roʻyxati va texnik xususiyatlarining mavjudligi;magistral quvurlarga oʻrnatilgan yopuvchi, boshqaruvchi moslamalar va klapanlarning texnik sozligi va foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlarning mavjudligi;kimyo-nazorat laboratoriyalarining yetarli darajada nazorat asbob-uskunalar va kimyoviy reagentlar bilan taʼminlanganligi; korxonadagi mavjud mashʼala xoʻjaligining (fakellar) sozligi va gaz hisoblash uskunalari bilan taʼminlanganligi;ixtisoslashgan tashkilot tomonidan neft, gaz hamda neft mahsulotlarini texnologik yoʻqotish meʼyorlarini ishlab chiqilganligi hamda uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;texnologik jarayon bilan bogʻliq oʻlchov vositalari bilan taʼminlanganligi, oʻlchov vositalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi hamda qiyoslash tekshiruvdan oʻtkazilganligi;majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikati mavjudligi;yo) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlashda:belgilangan meʼyor roʻyxatiga muvofiq taʼmirlash va tiklash xizmati, mexanizmlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika va boshqa vositalar bilan taʼminlanganligi;payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish asbob-uskunalari bilan taʼminlanganligi;payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga tegishli boʻlgan normativ-texnik hujjatlar, shuningdek standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi;majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;j) neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno) realizatsiya qilishda:faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqini (kadastr, davlat roʻyxatdan oʻtganligi) va boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi, shuningdek, soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish yoxud omborda omonat saqlash shartnomalari mavjudligi. Bunda shartnomalarda ijaraga berilgan (olingan) yoki tekinga foydalanish yoxud omborda omonat saqlash nazarda tutilgan rezervuarlarning joylashgan joyi, raqami va sigʻimi koʻrsatilgan boʻlishi lozim;*neft ombori hududida neft mahsulotlarini vagon sisternalardan qabul qilish uchun boshi berk temir yoʻlning mavjudligi, har bir mahsulot turini alohida qabul qilib olishda texnologik jihozlar bilan taʼminlanganligi;*mazut va quyuq texnik moy mahsulotlarini qabul qilish va tarqatishda qizdirish moslama va qurilmalarning mavjudligi;neft omborida neft mahsulotlarini sigʻimlarga alohida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek neft mahsulotlarining turlari (avtobenzin, dizel yoqilgʻisi, ekstrabenzin, pech yoqilgʻisi, mazut yoqilgʻisi, texnik moylar va moylash materiallari) sigʻimlar va texnologik quvurlarda koʻrsatilganligi;neft mahsulotlarining sifatini davlat standartlari va texnik shartlarga mosligini nazorat qilish kimyo laboratoriyasining mavjudligi va ularni kerakli anjomlar bilan taʼminlanganligi yoki Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan kimyo laboratoriyasi bilan tuzilgan shartnomalarning mavjudligi;neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatishda talab qilinadigan oʻlchov asboblarining mavjudligi, sigʻimlar va quvurlarga hajmlagich jadvallarini tuzilganligi va ularni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida sertifikat guvohnomalarining mavjudligi.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish — 5 yil;b) avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari orqali siqilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;v) avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;g) gaz toʻldirish stansiyalari yoki gaz toʻldirish punktlari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish — cheklanmagan;e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish — cheklanmagan;j) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlash — cheklanmagan;z) neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno) realizatsiya qilish — neft ombori talabgorga tegishli boʻlgan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmagan. Agarda neft omborida ijara shartnomasi asosida faoliyatni yuritish koʻzda tutilgan boʻlsa, ijara shartnomasining amal qilish muddatiga koʻra ruxsatnomaning amal qilish muddati belgilanadi.12.Izoh:* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 4-ILOVA
Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarida neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:Ariza. Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami hamda faoliyatni amalga oshirish manzili koʻrsatiladi.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Yigʻim undirilmaydi8.Arizani koʻrib chiqish muddati:10 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining (AYQSH) loyiha hujjatlari mavjudligi va oʻrnatilgan asbob-uskunalar va texnologik jarayonlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;b) AYQSHning texnik pasporti va tasdiqlangan texnologik sxemasi mavjudligi;v) neft mahsulotlarini avtotsisternalardan quyib olishda texnologik jihozlar va quvurlar bilan taʼminlanganligi;g) sigʻimlarga oʻrnatilgan asbob-uskunalarning texnik holati, yorugʻ ranglarga boʻyalganligi, trafaret yozuvlarining mavjudligi, sigʻimlarga chiqish narvonlari bilan taʼminlanganligi, nafas olish moslamasi bilan jihozlanganligi hamda oʻlchash va namuna olish lyuklari bilan taʼminlanganligi;d) oʻrnatilgan har bir sigʻim uchun texnik pasportning mavjudligi;e) sigʻimlarga va quvurlarga hajmlagich jadvallarining mavjudligi va amal qilish muddati oʻtmaganligi;j) sigʻimlarni tozalash jadvallari va tozalash dalolatnomalarining mavjudligi;z) yonilgʻi tarqatish kolonkalarida pistolet-dastaklar tartib raqami va tarqatilayotgan yonilgʻi rusumining yozilganligi, ular orqali tarqatilayotgan mahsulotlarni miqdor jihatidan toʻgʻri quyilishi;*i) vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Neft, gaz kondensati va neft mahsulotlarini qabul qilish, tashish, chiqarish va hisobini yuritish yoʻriqnomasida belgilangan shakldagi smena hisobotining hamda neft mahsulotlarini hisobga olish jurnalining mavjudligi;y) 2000 ml gacha kichik sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlar yoki 2000 ml dan yuqori sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlar, sathni oʻlchov vositasi va areometr mavjudligi;k) AYQSHda namuna olgich va suv sezgich pastasining mavjudligi;l) faoliyat yuritayotgan AYQSHlarga keltirilgan neft mahsulotlaridan olib qoʻyilgan namunalarning (arbitraj) rasmiylashtirilishi va saqlash shkaflarining mavjudligi;m) neft bazalardan olingan neft mahsulotlari sifatini tahlil qilish uchun oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;p) tarqatilayotgan neft mahsulotlariga sifat sertifikatlarining mavjudligi va mahsulotning sifat koʻrsatkichlariga mosligi;r) oʻlchov vositalarining belgilangan muddatda qiyoslashdan oʻtkazilganligi;s) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritish.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy yongʻin xavfsizligi boshqarmalari — AYQSHda yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — AYQSHda sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi)12.Izoh:*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 5-ILOVA
Bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qoʻllaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi xulosasi
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qoʻllaniladigan yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosa 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qoʻllaniladigan yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalardan foydalanish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: Ariza. Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami hamda faoliyatni amalga oshirish manzili koʻrsatiladi. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Yigʻim undirilmaydi 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) oʻrnatilgan texnologiya va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ularning sertifikatlanganligi hamda energiya tejamkorlik koʻrsatkichlariga mosligi; b) gazdan vosita sifatida foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yoʻriqnomaning mavjudligi; v) gazdan vosita sifatida foydalanishda yoʻqotilishi mumkin boʻlgan gaz hisob-kitobining mavjudligi; g) gaz taʼminoti korxonalari tomonidan berilgan korxonani gazlashtirish uchun texnik xulosaning mavjudligi; d) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq qiyoslashdan oʻtkazilgan va oʻrnatilgan tabiiy gazni hisobga olish uskunasi mavjudligi; e) tabiiy gazdan foydalanuvchi texnologik qurilma va asbob-uskunalarni muqobil yoqilgʻidan foydalanishga moslashtirilganligi hamda zaxira yoqilgʻi xoʻjaligi yaratilganligi; yo) yuqori tejamkor texnologik sxemalarni, jarayonlarni va sertifikatlangan gazdan foydalanish qurilmalari va gaz gorelka qurilmalari oʻrnatilganligi; j) isteʼmol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini taʼminlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga keltirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gazni isteʼmol qilishni avtomatik tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimiga mos boʻlgan tabiiy gazni hisobga olish priborlarini qoʻllash;* z) ikkilamchi energiya resurslaridan iqtisodiy asoslangan va texnik jihatdan mumkin boʻlgan tarzda foydalanish; i) xavfsizlik avtomatika priborlarining mavjudligi; y) issiqlik jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish va nazorat qilish tizimlarini qoʻllash; k) tabiiy gazning va undan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotning hisobga olinishini taʼminlash; l) amaldagi loyihalashtirish normalariga muvofiq agregatlarni va issiqlik quvurlarining qizish yuzasini himoyalovchi issiqlik izolyatsiyalarini qoʻllash; m) yonadigan mahsulotlar tarkibini va haroratini nazorat qilishni taʼminlash. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: a) ishlayotgan gazdan foydalanishda va yordamchi uskunada — 3 yil; b) gazdan energiya sifatida foydalanuvchi tashkilotlarda (mukammal va joriy taʼmirlashni oʻtkazish xususiyatini hisobga olgan holda) — 4 yil; v) gazdan foydalanish uskunasini mukammal yoki rejadan tashqari taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlanganda — har safar. 12. Izoh: Loyiha-texnik hujjatlari gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishiga qadar, texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechiktirilmasdan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Gazlashtirish loyihasi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishidan avval, biroq gazlashtirish uchun texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechikmasdan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim. *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ILOVA
Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Sugʻurtalovchini qayta tashkil etish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; qayta tashkil etish shakli (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish); b) muassislarning (qatnashchilarning) yoki taʼsis hujjatlarida bunga vakolat berilgan sugʻurtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori; v) tashkil etilayotgan sugʻurtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy natijalari prognozi; g) qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasi (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda). 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Yigʻim undirilmaydi 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Yigʻim undirilmaydi 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar : a) sugʻurtalovchining moliyaviy barqarorligiga qoʻyiladigan talablarga rioya etish; b) sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yoʻl qoʻymaslik; v) sugʻurtalovchi tomonidan unga huquqiy vorislik tartibida oʻtgan va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi;* g) sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 12. Izoh: *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 7-ILOVA
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyati3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qaʼridan foydalanish markazi5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli(yuridik shaxslar uchun)Familiyasi, ismi va otasining ismi:(yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:3. Rekvizitlari (STIR raqami, MFO, hisob raqami):(yuridik shaxslar uchun)JSHSHIR raqami: ((yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)4. Burgʻilash uskunalari va yordamchi texnikalar toʻgʻrisida maʼlumot.5. Burgʻilash uskunalarining GPS-treker qurilmasi bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot. 6. Mazkur sohaga oid mutaxassislar (gidrogeolog, burgʻilovchi, kompressor qurilmasi mashinisti) toʻgʻrisida maʼlumot. b) ariza ilovalari:mavjud burgʻilash uskunalari va yordamchi texnikalarning davlat roʻyxatidan oʻtgan texnik pasportlari;burgʻilash uskunalarini yagona tizimga ulash uchun ulardagi GPS-trekerlarning login va parollari (login va parollar oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi ushbu maʼlumotlarni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga elektron shaklda yuboradi).6.Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari 7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:Yigʻim undirilmaydi8.Arizani koʻrib chiqish muddati:8 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM tomonidan berilgan gidrogeologik xulosalarga muvofiq yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash (Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining gidrogeologiya korxonalari bundan mustasno);b) burgʻilash uskunalariga oʻrnatilgan GPS-trekerlarning barqaror ishlashini taʼminlash, uch kundan ortiq ishlamay qolganda bu haqda Hududiy gidrogeologiya stansiyalarini xabardor qilish va nosozlikni bartaraf qilish choralarini koʻrish;v) quduqlarni burgʻilash va jihozlash texnologiyalariga hamda ularda suv chiqarish, tajriba-sinov hamda laboratoriya tahlili ishlarini oʻtkazish talablariga toʻliq rioya qilinishini taʼminlash;g) quduq burgʻilash ishlari boshlanishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Hududiy gidrogeologiya stansiyalarini xabardor qilish; d) yer osti suvlariga quduq burgʻilashda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilish;e) burgʻilash ishlari olib borilgan maydonda ishlar yakunlanganidan soʻng rekultivatsiya ishlarini bajarish;j) burgʻilash ishlari yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda uning texnik pasportini mazkur pasportga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlab, hududiy gidrogeologiya stansiyalariga bevosita yoki elektron pochta orqali taqdim etilishini taʼminlash.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hududiy gidrogeologiya stansiyalari. Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda:qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun Suv xoʻjaligi vazirligi;ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:Besh yil12.Izoh:Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash va ushbu faoliyat bilan shugʻullanish quyidagi hollarda taqiqlanadi: ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgandan boshqa har qanday holatlarda ruxsatnoma olmasdan; qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli texnik hujjatlarga ega boʻlmagan burgʻilash uskunalari yordamida.Jismoniy shaxslar tomonidan texnik talablarga javob bermaydigan, qoʻlbola geofizik uskunalar yordamida karotaj ishlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining gidrogeologiya korxonalariga yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma talab etilmaydi.Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun ushbu pasportning 6-bandida keltirilgan miqdorning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma pasportiga ilova
_______________________________________________________________________________________ (yer osti suvlariga quduq burgʻilashga buyurtma bergan yuridik yoki jismoniy shaxs) _______________________________________________________________________________________ (burgʻilangan quduq joylashuvi (viloyat, shahar, tuman, QFY, MFY, qishloq, koʻcha, uy) hududda yer osti suvlariga burgʻilangan ______________________________________-son burgʻi qudugʻi TEXNIK PASPORTI ________________________________________ (burgʻilovchi tashkilot nomi, masʼul shaxs lavozimi) ____________ (imzo) ______________ (F.I.Sh.) M.Oʻ. 20______ yil 1. Umumiy maʼlumotlar 1.1. Quduq joylashuvi: _____________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ 1.2. Quduq joylashuvining geografik koordinatlari (daraja, min., sek.): Shimoliy kenglik:___________________________________ Sharqiy uzunlik: ____________________________________ 1.3. Quduq buyurtmachisi nomi: _______________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ 1.4. Suvdan foydalanuvchi nomi: _____________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ 1.5. Yer osti suvlarini olishdan maqsad: ______________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ 1.6. Ruxsatnomalarning raqami va berilgan vaqti: Burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma _______________________________ Gidrogeologik xulosa _______________________________________ 1.7. Yer osti suviga boʻlgan ehtiyoj, m3/sut: ______________________________________________________________________ 1.8. Burgʻilovchi tashkilotning nomi:__________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ 1.9. Burgʻilash turi va burgʻilash uskunasi rusumi: ________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ 1.10. Burgʻilash ishlarini oʻtkazish sanasi: _____________________________________________________________________ 2. Burgʻilash ishlari natijalari 2.1. Quduq kesimining litologik tuzilishi haqida qisqacha maʼlumotlar: __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ 2.2. Quduq burgʻilandi: d ______ mm, ______________ m oraliqlarda d ______ mm, ______________ m oraliqlarda d ______ mm, _________________ m. 2.3. Quduq quvurlar bilan jihozlandi: d ______ mm, ______________ m oraliqlarda d ______ mm, ______________ m oraliqlarda d ______ mm, _________________ m 2.4. Filtr _________________ turda, d _________ mm _______________ m oraliqda oʻrnatilgan. 2.5. Sementlash oraligʻi _________________ m. 3. Suv chiqarish, tajriba — sinash ishlari haqidagi maʼlumotlar 3.1. Kompressor yoki nasos turi ______________________________________________________________________________ 3.2. Quduqdagi suvning statik sathlari: suv chiqarilguncha _______________m; suv chiqarilganidan soʻng _____________ m. 3.4. Suv chiqarish natijalari: suv sarfi Q ___________ l/s, favvorali tarzda suv oqib chiqish sarfi __________ l/s; suv sathining pasayishi: S ______________ m; solishtirma suv sarfi: Q/ S __________l/s. 3.5. Quduqqa suv koʻtarish uskunasini oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar (nasos turi, markasi va tushirish chuqurliklari __________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ 3.6. Quduqning buyurtmachiga va/yoki suvdan foydalanuvchiga topshirishdagi holati __________________________________________________________________________________________________________ 4. Suvning sifati haqida maʼlumot 4.1. Suv tahlilini oʻtkazuvchi laboratoriya ______________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ 4.2. Tahlil turlari va oʻtkazish sanasi__________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________ 4.3. Tahlilning asosiy natijalari: Mineralizatsiyasi _______ mg/l; Umumiy qattiqligi _______ mg-ekv/l; rN _________ 5. Quduqning texnik pasportiga ilovalar 5.1. Quduqning joylashish sxemasi 5.2. Quduqning geologo-texnik pasporti (quyidagi shaklga muvofiq) Masshtab Geologik indeksi Qatlam qalinligi, m Togʻ jinslarining litologik tavsifi Quduqning litologik kesimi va konstruksiyasi Burgʻilash diametri (mm) Jihozlash quvuri diametri (mm) va uzunligi (m) Yer osti suvlari statik sathi, m 5.3. Quduq elektrokarotaji diagrammasi va xulosasi nusxasi (karotaj oʻtkazilgan quduqlar uchun) 5.4. Quduq suvining laboratoriya tahlili natijalari nusxasi
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 8-ILOVA
Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Filmni ommaviy namoyish etish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor) 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Kinematografiya agentligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR (xorij fuqarolari uchun pasportining elektron nusxasi), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; filmning qisqacha annotatsiyasi; film mualliflari toʻgʻrisida maʼlumot; b) filmga nisbatan mutlaq huquq egalari tomonidan taqdim etilgan arizalar boʻyicha ular va film mualliflari (sahnalashtiruvchi rejissor, ssenariy muallifi, musiqa asari muallifi, sahnalashtiruvchi operator va sahnalashtiruvchi rassom) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar elektron nusxasi; v) filmdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalar boʻyicha filmdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxasi; g) filmning elektron shakli (shaxsan yetkaziladi). 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) filmning ommaviy namoyish etishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi va boshqa qonunlarga rioya etish; b) filmda zoʻravonlik, pornografiya targʻib qilinmasligi, mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni hamda Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri axborot tarqatilmasligi hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarini buzib koʻrsatilmasligi;* v) filmda insonlarning ongiga va (yoki) ularning ruhiy salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatadigan yashirin koʻrinishdagi sahnalar yoki boshqa shu kabi texnik usullarning boʻlmasligi; g) ruxsatnoma olingunga qadar filmning ommaviy namoyishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa usullarda eʼlon qilmaslik hamda chiptalar sotuvini oldindan amalga oshirmaslik; d) Vazirlar Mahkamasining “Respublika yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika kinoprokat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga kinovideo xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga rioya qilish;* e) ruxsatnoma berilgan filmdagi sahnalarni ruxsatnoma olingandan keyin oʻzgartirmaslik yoki vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilib, ommaviy namoyishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan film mazmuniga muvofiq boʻlmagan filmni ommaviy namoyishini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik.* 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 12. Izoh: Filmning ommaviy namoyishi — filmni jamoa uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila aʼzolari boʻlmagan shaxslarning keng doirasi hozir boʻlgan joyda (kinoteatrlar, kinozallar va boshqa maxsus jihozlangan binolarda va joylarda) texnik vositalar yordamida ekranda koʻrsatish. Filmni ommaviy namoyish qilishga quyidagi hollarda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ommaviy namoyish etilishi koʻrsatib oʻtilgan filmlar; festivallar, seminarlar, retrospektiv namoyishlar va boshqa shu kabi madaniy tadbirlar uchun notijorat maqsadlarda xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan (yetkazib berilgan) filmlar uchun. *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 9-ILOVA
Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarori
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; geodeziya va (yoki) kartografiya faoliyatining tegishli turi boʻyicha xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnoma raqami; b) geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga texnik loyiha (dastur). Unda quyidagilar aks ettiriladi: texnik loyiha (dastur) ishlab chiqish uchun asos boʻlgan texnik topshiriq va texnik shartlar; ish obyektining nomlanishi, buyurtmachi toʻgʻrisida maʼlumotlar, moliyalashtirish manbalari, ishlarni bajarish muddatlari; ish obyektining tabiiy-geografik xususiyatlari va joylashgan joyi; obyektning geodezik, topografik, aerokosmik va kartografik oʻrganilganligi (oʻrganilganlikning tegishli boʻlimi rejalashtirilayotgan ish turlariga binoan tanlanadi); rejalashtirilayotgan ish hajmi va turlari, amalga oshirish texnologiyasi tavsifi; obyektda ishni tashkil etish va tugatish tadbirlari; mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi; ishlarni tekshirish va qabul qilish tartibi; ishlarni bajarish grafigi; ishlarni amalga oshirish smetasi va texnik-iqtisodiy hisoblari. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi. 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori: Koʻrsatkichlar Geodeziya va kartografiya ishlarining smeta bahosidan foiz stavkalari Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ekspertiza qilish, ishlarning quyidagi smeta bahosida (soʻm): bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 40 baravarigacha 3,64 BHMning 80 baravarigacha 2,14 BHMning 200 baravarigacha 1,18 BHMning 400 baravarigacha 0,81 BHMning 800 baravarigacha 0,56 BHMning 1200 baravarigacha 0,52 BHMning 1600 baravarigacha 0,43 BHMning 3200 baravarigacha 0,37 BHMning 3200 baravaridan ortiq 0,35 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib, quyidagi muddatlarda ekspertizadan oʻtkaziladi va qaror qabul qilinadi: BHMning 40 baravarigacha — 2 ish kunida; BHMning 80 baravarigacha — 3 ish kunida; BHMning 200 baravarigacha — 4 ish kunida; BHMning 800 baravarigacha — 5 ish kunida; BHMning 1600 baravarigacha — 6 ish kunida; BHMning 1600 baravaridan oshiq boʻlganda — 7 ish kunida. 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) davlat sirlarini va (yoki) qonunchilik hujjatlari bilan himoya qilinadigan boshqa maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;* b) geodeziya va (yoki) kartografiya ishlarini rejalashtirishda avval yaratilgan geodeziya va kartografiya materiallari va maʼlumotlarini ishlatishning toʻliqligi; v) geodeziya va kartografiya mahsulotlariga qoʻyiladigan talablarning taʼminlanishi. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 12. Izoh: Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror quyidagi ish turlariga talab etilmaydi: qurilish obyektlarini joyida belgilash, bino, inshootlar oʻqlari va muhandislik kommunikatsiyalari chiziqlarini joyiga chiqib belgilash boʻyicha geodeziya ishlari; 1:500 masshtabli (zichlashtirish tarmoqlari rivojlantirilmagan taqdirda) topografiya-geodeziya ishlari, maydoni 25 gektar boʻlgan 1:1 000 masshtabli, maydoni 100 gektar boʻlgan 1:2 000 masshtabli ishlar hamda 10 kilometrgacha uzunlikdagi va kengligi 300 metrgacha boʻlgan turli masshtabdagi chiziqli qidiruv ishlari; qurilish obyektlarini joyida belgilash uchun geodeziya asosini yaratish ishlari; qurilish-montaj ishlarining loyiha va qurilish normalariga muvofiqligini tekshirish maqsadida geodezik oʻlchashlar hamda yangi qurilgan binolar va uylarning joriy sʼyomkalari; bajarilgan kon va boshqa ishlar hajmini ularga ajratilgan yerlarda hisoblash yuzasidan tekshirish ishlari; foydali qazilmalarni qazib chiqarish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan va qurilayotgan korxonalarning marksheyderlik taʼminoti (ularga ajratilgan yerlarda) bilan bogʻliq topografiya-geodeziya ishlari; taʼlim muassasalarida talabalar amaliyoti tartibida bajariladigan geodeziya va kartografiya ishlari, agar ular ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlmasa; turli inshootlarni qurish va ulardan foydalanishdagi muhandislik-geodeziya ishlari (zichlashtirish tarmoqlari rivojlantirilmagan taqdirda). *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 10-ILOVA
Ommaviy axborot vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi: asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, uning tashqarisida, ikki yoki undan koʻp viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni; Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq — tele, radiodasturlarni; Axborot agentliklarini; mahsulotlari Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar orqali elektron shaklda tarqatiladigan boshqa ommaviy axborot vositalari turlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi: b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmalari — asosiy qismi bitta viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi; maqsad va vazifalari; ixtisoslashuvi; tarqatilish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli; davriyligi; moliyalashtirish manbalari; tahririyatning joylashgan joyi (pochta manzili) va tahririyat toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar; hajmi; b) ommaviy axborot vositasi (shu jumladan, Internet jahon tarmogʻidagi veb-sayt) tahririyati yuridik shaxs boʻlmagan hollarda tahririyat toʻgʻrisidagi nizomning elektron nusxasi; v) muassis ikkita boʻlgan taqdirda, taʼsis shartnomasining elektron nusxasi; g) muassis bitta shaxsdan iborat boʻlsa, tahririyat ustavi (nizomi). 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Yigʻim undirilmaydi 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari; b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari; v) mahsulotlari Internet global axborot tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi; g) asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari; d) reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari. 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 8 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish; b) Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilishga yoʻl qoʻymaslik; v) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborot tarqatmaslik, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni va pornografiyani targʻib qilmaslik; g) ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymaslik; d) prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini eʼlon qilish, muayyan ish boʻyicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yoʻl bilan taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas. 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 12. Izoh: Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi: davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar); tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari; mahsulotlari Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar); asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar); reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar); ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron shaklda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar). Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele, radiodasturlarda eshittirish va koʻrsatuv har bir soatining 10 foizidan koʻprogʻini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi. Quyidagilarni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa materiallarini eʼlon qilish uchun taʼsis etiladigan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar, olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari; korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan oʻquv va ilmiy muassasa)ning oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun tiraji yuz nusxagacha boʻlgan davriy bosma nashrlari; tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan, oʻquv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 11-ILOVA
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma.2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, konsert-tomosha tadbirlarini hamda xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish.3.Ariza beruvchilar toifasi:Ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs.4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari — birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun;tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boʻlimlari — ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun.5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:tadbir tashkilotchisi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;tadbir tashkilotchisi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;b) tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirning dasturi (ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan kelishilgan holda):ommaviy tadbirni oʻtkazish maqsadlari;ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti;ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va aniq vaqti;tadbirni har bir bosqichini oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxslar;tadbirning asosiy bosqichlarining vaqt boʻyicha jadvali (bosqichma-bosqich rejasi);foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, elektr taʼminoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat koʻrsatish, ommaviy tadbir oʻtkazilgandan keyin hududning yigʻishtirilishi);maʼrifiy faoliyat koʻrsatish haqida shartnoma tuzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼrifiy faoliyat koʻrsatish boʻyicha tadbir oʻtkazilayotganda).v) chet ellik ijodkorlar konsert dasturi uchun konsert dasturida ijro etiladigan qoʻshiqlar mualliflari koʻrsatib oʻtilgan holda toʻliq matni;tadbir tashkilotchisi va xorijiy sanʼatkor oʻrtasida tuzilgan shartnoma (shartnomada konsertda buzgʻunchilik gʻoyalarini targʻib etmaslik, davlatlar oʻrtasida siyosiy jarayonlarga munosabat bildirmaslik, odob-axloq qoidalari, sahna madaniyati hamda milliy maʼnaviyat va qadriyatlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi hamda tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi xatti-harakatlar qilmaslik kabi talablar toʻliq aks ettirilishi shart);“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga oʻtkaziladigan konsert-tomosha tadbirining batafsil tafsilotlarigacha yoritib berilgan aniq ssenariysi (talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning oʻzida yuboriladi).6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Yigʻim undirilmaydi.7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Yigʻim undirilmaydi.8.Arizani koʻrib chiqish muddati:10 ish kuni.9.Ruxsat berishga oid talab va shartlar:a) jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zoʻravonlik va shafqatsizlik, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qoʻzgʻash, qonunda taqiqlangan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadidagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazmaslik;*b) ommaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga rioya qilish;v) ommaviy tadbirlarni tayyorlashda va oʻtkazishda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining qurilish normalari va qoidalari, xavfsizlik texnikasi, yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, yongʻinga qarsh? qoidalar, ekologiya va sanitariya-gigiyena normalari hamda talablariga majburiy rioya qilish;v1) ommaviy tadbirga fuqarolarning reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;g) muhandis-texnik, kommunikatsiya, yonginga qarshi, evakuatsiya va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari hamda tizimlari, borish yoʻllari va transport vositalarining toʻxtash joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, shuningdek, obyektga borish va kirish joylarida transport vositalari harakatini cheklash, xavfli tabiiy hodisalar, texnogen avariyalar, yongʻin hamda boshqa favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan texnik uskuna va maxsus vositalar, ularning hisob-kitob qilingan zaxirasi va turlarining mavjudligi hamda ishga soz holatda boʻlishini taʼminlash;d) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining hududi boʻylab tomoshabinlarning harakatlanishini, tribunalarni toʻldirish va evakuatsiya qilish yoʻllari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tibbiy yordam, yongʻinga qarshi jihozlar va uskunalarni joylashtirish joylarini tashkil qilish sxemalari hamda ommaviy tadbir ishtirokchilarining xatti-harakatlari qoidalarining mavjudligi;e) sud tomonidan ishga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan, sud hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylaridagi, yil davomida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka takroran tortilgan jismoniy shaxslar, shuningdek, faoliyati qonun tomonidan belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilgan yoki taqiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlari ommaviy tadbirlarning tashkilotchilari hisoblanmasligi;*j) ommaviy tadbir oʻtkaziladigan joyi va vaqti boʻyicha boshqa ommaviy tadbir bilan toʻgʻri kelib qolmasligi;z) ommaviy tadbir oʻtkaziladigan joyda jamoat transportining mavjudligi yoki ommaviy tadbir tugagandan keyin ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tadbir ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlarini taʼminlash;i) ommaviy tadbirning ommaviy tadbir dasturiga muvofiq oʻtkazish;*y) ruxsatnomada belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar yoki ommaviy tadbirlar dasturlari umumiy vaqti va sonining oshib ketmasligini taʼminlash;*k) tomoshabinlarning chiptalarda koʻrsatilgan oʻrinlarga joylashishini taʼminlash,l) ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzish, shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas.11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:Ruxsatnoma arizaga muvofiq:muayyan tadbirni bir marotabaoʻtkazish uchun beriladi;ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur boʻyicha aynan bitta ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan oʻtkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar), talabgorning arizasida ommaviy tadbirlarning sonini koʻrsatgan holda uzogʻi bilan bir yil muddatga ruxsatnoma beriladi.12.Izoh:Ommaviy tadbir — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va koʻngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar va boshqalar), shuningdek, umumxalq, diniy, kasb bayramlarini oʻtkazish maqsadida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari.Alohida toifadagi ommaviy tadbir — “Yangi yil”, “Navroʻz bayrami”, “Mustaqillik kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish”, “Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr), “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha), “Rojdestvo Xristovo”, “Pasxa” bayramlarini nishonlashga doir tadbirlar, taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish, umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining boshlanishi va tugashiga bagʻishlangan, saylov va referendumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar hamda futbol boʻyicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar.birinchi toifadagi ommaviy tadbir — Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida oʻtkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbir;ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — alohida va birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar toifasiga kirmaydigan ommaviy tadbir.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.Koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlar tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari tomonidan pulli asosda amalga oshiriladi (alohida toifadagi ommaviy tadbirlar hamda davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) bundan mustasno).Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qilish uchun “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan tadbir oʻtkaziladigan joyga chiqqan holda ssenariyni haqiqatga toʻgʻri kelishi oʻrganiladi. Oʻrganish natijasi boʻyicha xulosa rasmiylashtirilib, vakolatli organga taqdim etiladi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 14-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik va jismoniy shaxslar4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:a) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardan tashqari, Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish uchun;b) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi — davlat oʻrmon fondiga kiradigan yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish uchun.5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, yashash manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;yigʻish (tayyorlash)ning maqsadi (yovvoyi oʻsimliklardan ekstrakt ishlab chiqarish, yovvoyi oʻsimliklarni xom ashyo shaklida yetkazib berish, shirinmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqarish, shirinmiya oʻsimligini xom ashyo shaklida yetkazib berish, plantatsiya barpo etish uchun ekish materiallari (urugʻ, qalamcha), tijorat maqsadlarida, ilmiy maqsadlarda);Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi mavjudligi;yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan oʻsimliklar nomi, tayyorlanadigan qismi, oʻlchov birligi (kg., tonna, kubometr, dona), yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish muddati.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim:Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovMIQDORLARIFoydalanish obyektlariOʻsimliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymatiYuridik va jismoniy shaxslar uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlardaQizil kitobga kiritilmagan oʻsimliklar turlari, dorivor va oziqabop oʻsimliklarning yovvoyi turlari (quruq ogʻirligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun moʻljallangan oʻsimliklar texnik xomashyosi (oʻrganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, qoragʻat, chakanda, zamburugʻ — hisob xom holda amalga oshiriladi)Zira (urugʻi)0,035Turli dandanal rodiola (ildiz)0,022Yovvoyi holda oʻsuvchi moychechak (toʻpgul)0,015Oddiy zirk (mevasi), zamburugʻ, yalangʻoch qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand boʻznochi0,008Turkiston Ayugasi (jivuchka)0,007Doʻlana (guli, mevasi), qora andiz, kiyik oʻt, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi oʻt, limon oʻt, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli togʻ dastorboshi, katta bargizub, dala qirqboʻgʻini, dorivor mavrak, tikanli kovul, afsonak, Maksimovich ravochi, naʼmatakning barcha turlari, Anzura piyozi0,005Archa (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (togʻ rayhoni), dagʻal qizilpoycha, oq qaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy ming yaproq, chebrets, uch boʻgʻimli ittikanak, Turkiston arslon quyrugʻi, oddiy qamish (m3), shoʻravor sistanxe va oʻsimliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari0,004Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan botanika kolleksiyalarini (ilmiy, madaniy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiyaviy yoki estetik qiymatga ega) yaratish uchun oʻsimlikning bir donasi uchun0,002Oʻsimlik sharbati (yelim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urugʻligini olish uchun 1 kg xomashyo miqdori — shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 5 baravari miqdoridaIlmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda Qizil kitobga kiritilmagan, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar va ularning qismlarini gʻamlashga (toʻplashga) toʻlov mazkur tur uchun belgilangan toʻlovning 0,2 foizi miqdorida undiriladi.8.Arizani koʻrib chiqish muddati:5 ish kuniVakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytiriladi.9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalariga rioya qilish;b) oʻsimliklarni tayyorlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilayotgan xoʻjaliklar va hududlarda oʻsimliklarning oʻsish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, foydalanish jarayoni natijasida buzilgan oʻsimlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼiy rioya etish;v) muhofaza etiladigan hududlarda oʻsimlik dunyosidan foydalanishni ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshirish;g) ruxsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish;d) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan soʻng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (oʻsimlik dunyosi obyektlarining gʻamlangan hajmi, vaqti va toʻplash joyi).10.R?xsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:Ruxsatnomada belgilangan muddatga beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech boʻlmagan muddatda tugaydi.12.Izoh:1. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tasdiqlangan kvotalar doirasida maxsus foydalaniladi.Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga kvotalar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi tasdiqlangan kvotalar doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.Bunda:auksion natijalari boʻyicha bayonnoma auksion gʻolibiga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;mazkur pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish auksion gʻolibidan talab etilmaydi;mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlar auksion gʻolibidan undirilmaydi.3. Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash) uchun ruxsatnomani olish talab etilmaydi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 15-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish uchun ruxsatnoma2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish 3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik va jismoniy shaxslar4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:Ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;kesiladigan va (yoki) koʻchirib oʻtkaziladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, koʻcha, uy);kesishdan va (yoki) koʻchirib oʻtkazishdan maqsad.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesganlik va (yoki) koʻchirib oʻtkazganlik uchun toʻlovMIQDORLARIKesish yoki koʻchirib oʻtkazishga ruxsat berilgan daraxtlarning yerdan 1,3 metr balandlikdagi tanasining diametri hamda butalarning tana ildiz boʻgʻzi diametri, smBitta daraxtni (butani) kesish yoki koʻchirib oʻtkazish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)Kam qimmatli daraxt va butalar turi: oddiy archa, virgin archa (mojjevelnik), sharq biotasi, aylant (sassiq daraxt), ipak akatsiya, sovun daraxti, qogʻoz daraxti, oq tol, qora tol, yapon soforasi, oq terak, koʻk terak, qora terak, Turkiston teragi, mirza terak, togʻ terak, oddiy shirin bodom, oʻrik, olma, naʼmatak, chakanda, qandim, yulgʻun, oddiy zirk va boshqalarVazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxatida nazarda tutilgan qimmatbaho navli daraxt va butalar (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan daraxt va butalar bundan mustasno)4 sm gacha0,20,44,1 — 80,30,68,1 — 120,41,012,1 — 160,61,316,1 — 201,01,820,1 — 241,52,524,1 — 281,83,528,1 — 322,34,532,1 — 363,35,536,1 — 404,46,540,1 — 445,28,044,1 — 486,29,548,1 — 527,210,552,1 — 568,211,556,1 — 609,213,560,1 — 6410,514,564 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.Butalar tanasining diametri ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi.8.Arizani koʻrib chiqish muddati:10 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish;b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan 10 tup daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchatlarni ekish (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) va ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish, shuningdek, ruxsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilgan har bir daraxt va butani uch yil davomida parvarish qilish.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:Ruxsatnoma berilgan yilning 31-dekabriga qadar12.Izoh:I. Daraxtlar va butalarni kesish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash.Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan va tana diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraxtlarni, tana ildiz boʻgʻzi diametri 10 santimetrgacha (koʻp tanali butaning yirik tanasining ildiz boʻgʻzi diametri oʻlchanadi) boʻlgan butalarni koʻchirib oʻtkazishga ruxsat beriladi. Davlat dasturlari, transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda ruxsat berilgan oʻlchamdan ortiq boʻlgan daraxt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruxsat beriladi.II. Ushbu pasport qoidalari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:jismoniy shaxslarning tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalarga;pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar, nihollar va butalarga;yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalarga.III. Daraxtlar va butalarning quyidagi toifalari oʻrmon fondiga kirmaydi:shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va butazorlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;temir yoʻllar va avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan hududlaridagi ihota daraxtzorlar;qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtlar va butazorlar;tomorqa yer uchastkalaridagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtlar va butazorlar.IV. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar tanasining bir qismi va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlar) sanitariya maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarida tashkil etilgan komissiyalarning qarorlariga muvofiq ushbu pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlarsiz ruxsatnoma asosida kesiladi. Bunda ushbu komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarining malakali mutaxassislaridan iborat yetti kishilik tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi.V. Daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazishga binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan holatlarda yoʻl qoʻyiladi.Bunda kesilishi koʻrsatilgan daraxtlar va butalarni vakolatli organ boshqa joyga koʻchirish masalasini koʻrib chiqadi. Agar daraxtlar va butalarni koʻchirishning imkoni boʻlmasa vakolatli organ tomonidan ularni kesishga ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.Daraxt va butalarga sanitar maqsadida shakl berish, ularni ruxsat etilgan oʻlchamdagilarini koʻchirib oʻtkazish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda kuz mavsumida oʻsimliklarni vegetatsiya davri tugagan vaqtdan boshlab bahor mavsumida oʻsimliklarni vegetatsiya davri boshlanishiga qadar, zaruratdan kelib chiqib, daraxtlarni koʻchiradigan maxsus texnika mavjud hollarda, koʻkartirish kafolatlangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 16-ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Yovvoyi hayvonlarni ovlash 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; ov qilish turi (sanoat, sport, havaskorlik va oʻlja olish, ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida); yovvoyi hayvon turining nomi; tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning soni; ov qilish muddati; yovvoyi hayvonlarni tutish joyi (jismoniy shaxslar uchun); tutish usuli (tutish, otish); b) ov qurolini saqlash va olib yurish uchun amaldagi ruxsatnomaning nusxasi (jismoniy shaxslar uchun) vakolatli organ tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda soʻrab olinadi; v) ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasining nusxasi (jismoniy shaxslar uchun); g) hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi; b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi; v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSH dollari miqdorida. 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan miqdorlarda toʻlovlar undiriladi. Toʻlovlar toʻliq vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 ish kuni Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan oʻrganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytiriladi. 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga majburiy rioya etish; b) hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish hamda ov qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish; v) tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlarining mavjud boʻlishi. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda 12. Izoh: Pitomniklarda, hovuz xoʻjaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 17-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; hayvonlarni tutishning maqsadi; hayvonlarni tutish muddatlari; hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman); tutish usuli (tutish, otish); b) hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxsning ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasining nusxasi (jismoniy shaxslar uchun). 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi; b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi; v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSH dollari miqdorida. 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan miqdorda toʻlovlar undiriladi. Toʻlovlar toʻliq vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 15 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talab va shartlarga rioya qilish; b) hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish hamda ov qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish; v) tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlarining mavjud boʻlishi. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda. 12. Izoh: Ruxsatnomalar joriy yilga belgilangan kvotalar doirasida beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini talabnomalar asosida tayyorlaydi va 25-noyabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 25-aprelga qadar) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi boʻyicha xulosani 5-dekabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 5-mayga qadar) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga taqdim etadi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 18-ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Pitomnikdagi yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, zoologik kolleksiyalarni saqlash3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik va jismoniy shaxslar4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:Ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;hayvonot dunyosi obyektlarini (keyinchalik tabiatga qoʻyib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kolleksiyalarni saqlashning maqsadi;turlari (kichik turlari, agar duragay boʻlsa — ota-onalarining turlari koʻrsatiladi) boʻyicha soni koʻrsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi obyektlari kolleksiyalarining roʻyxati;kolleksiya preparatlarini konservatsiyalash turi (nam preparatlar, tanalar, tulumlar va boshqalar);hayvonot dunyosi obyektlari va kolleksiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va boshqalar);hayvonlar belgisining mavjudligi (tavsiflash, tartib raqamini koʻrsatish).6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:a) jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Yigʻim undirilmaydi8.Arizani koʻrib chiqish muddati:15 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) jadal surʼatlarda hayvonlardan foydalanilayotgan xoʻjaliklar va hududlarda hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼi rioya etish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;b) ruxsatnomada koʻrsatilgan talablarga rioya qilish;v) ruxsatnomaga oʻz ixtiyori bilan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritmaslik;g) veterinariya xizmatining mavjudligi.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas.11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:Cheklanmagan12.Izoh:Guvohnoma berishdan oldin vakolatli organning hududiy organlari joyiga chiqqan holda hayvonlarni urchitish va saqlash sharoitlari oʻrganadi. Oʻrganish natijasi boʻyicha xulosa rasmiylashtirilib, vakolatli organga taqdim etiladi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 19-ILOVA
Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami koʻrsatiladi;b) amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihasi (vakolatli organ buyurtmachi boʻlgan holatlar bundan mustasno);v) YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan katta hajmdagi asrashga oid ishlar boʻyicha YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:a) mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha asrashga doir ishlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;b) respublika ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha asrashga doir ishlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;v) madaniy meros obyekti YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda joylashgan boʻlsa, mazkur obyektlarda bajariladigan asrashga oid ishlar boʻyicha YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti.7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Mavjud emas8.Arizani koʻrib chiqish muddati:25 ish kuni (YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan katta hajmdagi asrashga oid ishlar boʻyicha 35 ish kuni)9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;b) asrashga doir ishlarni ruxsatnomada koʻrsatilgan joy va muddatda oʻtkazish;v) vakolatli organga taqdim etilgan va belgilangan tartibda maʼqullangan asrashga doir ishlarning loyihasiga qatʼi rioya qilish;*g) asrashga doir ishlarni amalga oshirish muddatiga yoki loyihasiga 10 foizdan koʻp boʻlmagan oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlganda, bu haqda vakolatli organni oldindan yozma ravishda xabardor qilish;*d) asrashga doir ishlarda obyektga salbiy taʼsirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish;e) loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati va vakolatli organ tomonidan shartnoma asosida ilmiy-texnik nazorat amalga oshirilishini tashkil etish;yo) talabgorda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjud boʻlishi.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Mavjud emas11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:Cheklanmagan12.Izoh:Ushbu pasport qoidalari arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar boʻyicha rejalashtirilgan katta hajmdagi asrashga oid ishlar maʼqullangan taqdirda, vakolatli organ YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodikasi boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti bilan birgalikda koʻrib chiqib, tegishli munosabat bildirish uchun YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga yuboradi.Loyihaga nisbatan 10 foizdan koʻp boʻlgan oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi umumiy asoslarda madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun yangi ruxsatnoma olishi lozim.Ruxsatnomani olish uchun asos boʻlgan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning bekor qilinishi ruxsatnomani bekor boʻlishiga olib keladi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 20-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs (ish beruvchi) va jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzili;maʼlumoti, mutaxassisligi;ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSH SHIR);taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtish muddatlari (bor boʻlsa);b) chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;v) chet el fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari toʻgʻrisida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi koʻrsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;g) chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;d) chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;e) viza rejimi oʻrnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “A-2” oʻqituvchilar kirish vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar);j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — ular xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan jalb qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;z) nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun — nufuzli xalqaro brend tashkilotida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjat.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar bundan mustasno)7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:Yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;malakali mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;vatandoshlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tomonidan yangi loyihalar uchun tadbirkorlik subyektlariga tor doiradagi mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;boshqa chet el fuqarosi boʻlgan shifokorlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;zargarlik sanoatiga oid kasblar va lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;boshqa chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida.Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yigʻim undirilmaydi.Yuqorida koʻrsatilgan yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;qolgan mablagʻlarning 50 foizi Migratsiya jamgʻarmasiga, 20 foizi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda 30 foizi Migratsiya agentligiga yoʻnaltiriladi.8.Arizani koʻrib chiqish muddati:15 ish kuni9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholi bandligi, ish beruvchining fuqarolik majburiyatini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;b) soʻralayotgan chet el fuqarolarining soni va mutaxassisligi (lavozimlari) ishchi kuchiga boʻlgan amaldagi ehtiyojga mos kelishi;b1) chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar beradigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;v) chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakatlarni sodir etmaslik;g) vakolatli organga taqdim etilgan maʼlumotlarda (tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar, arizalar, soʻrovnomalar, pasport maʼlumotlari va boshqalar) boʻlgan har qanday oʻzgarishlar haqida vakolatli organni bir hafta muddatda xabardor qilish;d) vizasining muddati tugagan yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida 3 kundan ortiq muddat davomida roʻyxatdan oʻtmagan, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari uchun tasdiqnoma olish uchun hujjatlar taqdim etmaslik;Ish beruvchiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talab va shartlar:e) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddati tugashidan keyin chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish;yo) chet el fuqarosi ishdan boʻshatilsa yoki tashkilot tugatilgan boʻlsa, vakolatli organni bir hafta muddatda xabardor qilish.10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari — chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligini ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligi yuzasidan (5 ish kuni).Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha xulosalar olishi mumkin (10 ish kuni).11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:a) ish beruvchilarga tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun — mehnat shartnomalari amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga;a1) Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tavsiyasiga asosan yangi loyihalar doirasida tor doiradagi mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga;a2) xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga;b) boshqa chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.12.Izoh:Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar oʻttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni oʻtmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.Ushbu Pasport qoidalari quyidagi toifadagi chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarga;Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, shuningdek, diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi iltimosnomalariga koʻra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha boʻlgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassislarga;Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar taʼsischilari, shu jumladan birinchi rahbarlariga (ular bilan tegishli lavozimlarga mehnat shartnomalari tuzilgan kundan boshlab), uch oygacha boʻlgan muddatda;Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fan va madaniyat arboblariga;Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining dasturlari doirasida taʼtil vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalar;Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillari;Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga;Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga;Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining chet ellik mutaxassislariga;“Vatandosh” kartasi egalariga;Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqa tartibi belgilangan shaxslarga.mehnat faoliyatini xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda olib boruvchi xodimlarga (ushbu toifadagi faoliyat uchun tasdiqnoma talab etilmaydi)
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 21-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: Ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; foydalanish turi (pichan oʻrish yoki chorva mollarini oʻtlatish); pichan oʻrish hajmlari (kg, tonna, kubmetr), otlar, eshaklar soni qoramollar (chorva mollari) oʻtlatilganda — ularning taxminiy yoshi va foydalanish muddati. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Yigʻim undirilmaydi 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Yigʻim undirilmaydi 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 5 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish; b) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng 10 ish kuni davomida vakolatli organga oʻsimlik dunyosi obyektlarining gʻamlangan hajmi, vaqti va toʻplash joyi boʻyicha qisqa hisobot berish. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech boʻlmagan muddatda tugaydi. 12. Izoh: Pichan oʻrish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatish meʼyorlari va muddatlari tegishli qishloq xoʻjaligi, shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi davlat organlarining taqdimnomasi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 22-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: Ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; oʻsimlik turi, uning gʻamlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni koʻrsatgan holda; gʻamlash yoki toʻplash usuli; gʻamlash hududi (viloyat, tuman); gʻamlash yoki toʻplash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr); gʻamlash (toʻplash) muddatlari; oʻsimlik turlarini gʻamlash (toʻplash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi; b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi; v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSH dollari miqdorida. 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Foydalanish obyektlari Oʻsimliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, (AQSH dollarida) Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar turlari (bitta piyozboshchaning yoki bitta ildizning qiymati — oʻsimlik maqomiga koʻra) Yoʻqolib ketayotgan turlar 0,2 30 Kamyob turlar 0,1 15 Qisqarayotgan turlar 0,02 3 1 kg urugʻlik va piyozboshchalar — shu maqomdagi oʻsimliklar qiymatining 10 baravari miqdorida 1 kg ildiz, barglar va sharbat (yelim) — shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 3 baravari miqdorida; 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga majburiy rioya etish; b) oʻsimliklarni tayyorlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilayotgan xoʻjaliklar va hududlarda oʻsimliklarning oʻsish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan foydalanish jarayoni natijasida buzilgan oʻsimlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼiy rioya etish; v) muhofaza etiladigan hududlarda oʻsimlik dunyosidan foydalanishni ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshirish; d) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan soʻng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (oʻsimlik dunyosi obyektlarining gʻamlangan hajmi, vaqti va toʻplash joyi). 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Ruxsatnomada belgilangan muddatda, ammo koʻpi bilan berilgan yilning 31-dekabrigacha 12. Izoh: Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlari uchun ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi. Tasdiqlangan kvota doirasida ruxsatnomalar talabnoma bergan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi. Maxsus ekin maydonlari (plantatsiya) va parvarishxonalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (toʻplash) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Ushbu pasport talablari Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi oʻsimliklar namunalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalarga tatbiq etilmaydi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 23-ILOVA
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs (xorijiy kinokompaniya yoki boshqa xorijiy tashkilot) 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Kinematografiya agentligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR (agar mavjud boʻlsa), pochta manzili, elektron pochta manzili, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; film turi (koʻp seriyali, bir seriyali, qisqa metrajli); sahnalashtiruvchi rejissor; filmni tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha ishlarning boshlanish va tugash sanalari; b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish rejalashtirilayotgan film ssenariysi (film epizodlaridagi koʻrish va ovozli tasvirlar matnda ifoda etiladigan, film suratga olish talablariga muvofiq boʻlgan filmni tasvirga olishning ijodiy va ishlab chiqarish-texnik loyihasi)ning davlat tilidagi yoki rus tilidagi bosma (yoki elektron) varianti. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Yigʻim undirilmaydi 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Ariza beruvchi Oʻzbekiston brendini ilgari surish sharti bilan, shu jumladan, kirish (sarlavha) va (yoki) yakuniy titrda tasvirga olish mamlakati hamda joyini (obyekti) alohida kadrlar bilan koʻrsatish orqali moddiy-madaniy meros obyektlarida tasvirga olish uchun ushbu yigʻim toʻlashdan ozod etiladi. 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 5 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) film ssenariysida: milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targʻib etuvchi; fuqarolarning milliy mansubligi, diniy eʼtiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid boʻlgan; Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini nohaqqoniy yoki buzib aks ettiruvchi; ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega boʻlgan sahnalar mavjud boʻlmasligi kerak; b) filmni tasvirga olish ishlari ruxsatnomada belgilangan kunlardan ortiq amalga oshirmaslik; v) kino va video tasvirga olish jarayonida tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilgan film ssenariysi oʻrtasida tafovutlar boʻlmasligi. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Arizaga koʻra ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatda beriladi. Tasvirga olish jarayoni davomida filmni tasvirga olish kunlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelsa (koʻrib chiqilgan film ssenariysi mazmuniga oʻzgartirish kiritmasdan), ruxsatnoma muddati soʻralgan muddatga uzaytirib berilishi mumkin. 12. Izoh: Film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar) Kino va video tasvirga olish — oʻzaro bogʻliq tasvirlarni kinotasma (selluloid asosida) yoki raqamli vositalarga ovoz yoki ovozsiz qayd etish yoʻli bilan kinematografik tasvirlarni yaratish jarayoni. Film Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston kinemotografistlari jalb etilgan holda suratga olingan taqdirda, ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 24-ILOVA
Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish
PASPORTI
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishib olish 2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etish 3. Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar 4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; madaniy boyliklarning roʻyxati; madaniy boyliklarning qisqacha tasnifi (davri); b) madaniy boylikka mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi; v) madaniy boylikning uch xilda (anfas, oʻng va chap, orqasi) olingan kamida 4 ta fotosurati. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Yigʻim undirilmaydi 7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 8. Arizani koʻrib chiqish muddati: 5 ish kuni 9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori talablariga rioya qilish. 10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: Mavjud emas 11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 12. Izoh: Olib chiqilishi mumkin boʻlmagan madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bu boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida xaridor yozma ravishda ogohlantirilgandan keyingina amalga oshiriladi.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 25-ILOVA
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
1.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma, past va oʻrtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish bundan mustasno2.Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish, past va oʻrtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish bundan mustasno3.Ariza beruvchilar toifasi:Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi)4.Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi5.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza.Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;transport vositasi, tirkamasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning oʻlchamlari;transport vositasining yuk bilan va yuksiz vazni;haydovchi va yuk tashishga masʼul boʻlgan xodimlarning F.I.O.;harakatlanish yoʻnalishi, belgilangan sanasi va vaqti, transport vositasining yuk bilan eng kam burilish radiusi, gʻildirak yoʻllarining va gʻildiraklarning soni, oʻqlarga tushadigan ogʻirlikning taqsimlanishi, umumiy ogʻirligi;yukli transport vositasining oʻlchamlari, transport vositasining rusumi va turi;kunning yorugʻ yoki qorongʻu vaqtida harakatlanishi;avtomobilning harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlanishi uchun himoya qiluvchi kuzatuvchi maxsus avtomobilga ehtiyoj mavjudligi yoki mavjud emasligi;b) gʻildiraklarning joylashish chizmasi.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Undirilmaydi7.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim:Yuk tashuvchilar uchun:100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;har bir keyingi kilometr uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlanadigan toʻlov:Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchalik miqdori, tonnadaYuriladigan 1 km masofa uchun tarif, soʻmda(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)0 dan 5 gacha0,085 dan 10 gacha0,1210 dan 15 gacha0,2415 dan 20 gacha0,4220 dan 25 gacha0,6325 dan 30 gacha0,9730 dan 35 gacha1,3935 dan 40 gacha1,9440 dan 45 gacha2,6645 dan 50 gacha3,5950 va undan yuqori4,22Ogʻir vaznli transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishida oʻqqa tushadigan haqiqiy ogʻirlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun toʻlov:Gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan yuklamaga nisbati(Of/Od)Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigan yuklamadan ortiqcha yuklamaga 1 km uchun tarif, soʻmda(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)1,01 dan 1,05 gacha0,231,05 dan 1,10 gacha0,251,10 dan 1,15 gacha0,591,15 dan 1,20 gacha0,761,20 dan 1,25 gacha0,891,25 dan 1,30 gacha1,061,30 dan 1,35 gacha1,271,35 dan 1,40 gacha1,481,40 dan 1,45 gacha1,731,45 dan 1,50 gacha2,031,50 dan 1,55 gacha2,321,55 dan 1,60 gacha2,701,60 dan 1,65 gacha3,081,65 dan 1,70 gacha3,591,70 dan 1,75 gacha4,011,75 dan 1,80 gacha4,551,80 dan 1,85 gacha5,151,85 dan 1,90 gacha5,821,90 dan 1,95 gacha6,501,95 dan 2,00 gacha7,302,00 va undan yuqori8,44Avtotransport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun BHMning 0,32 foizi miqdorida undiriladi.8.Arizani koʻrib chiqish muddati:3 ish kuni, bunda ruxsatnomani rasmiylashtirish ikki kunda, kelishish jarayonlari bir kunda amalga oshiriladi (amaldagi qonunchilikka muvofiq maxsus koʻrik oʻtkazilishi talab etilgan hollarda bir oy).Chegara bojxona postlari orqali harakatlanadigan, ruxsat etilgan vazn parametrlaridan (oʻlchash asbobining farq bilan ishlash foizi ham inobatga olinadi) oʻn foizgacha (oʻn foiz ham kiradi) ortiq boʻlgan transport vositasiga maxsus ruxsatnoma olish uchun berilgan arizaga belgilangan toʻlovlarni undirish orqali inson omilisiz avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.9.Ruxsat etishga oid talab va shartlar:a) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari talablariga rioya qilish;b) ruxsat etiladigan eng yuqori tezlik 50 km/soatdan oshmasligi, tezlikni chegaralovchi belgi transport vositasiga yoʻl harakati qoidalarida belgilangan tarzda oʻrnatilganligi;*v) haydovchilar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi va tasdiqlangan yoʻnalishga qatʼi rioya qilishi;*10.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:Vakolatli organning yoʻnalish (marshrut) chizmasi quyidagi organlar tomonidan 2 ish kunida kelishiladi:a) Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan — Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda;b) hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hududida va viloyatlararo yuk tashishni amalga oshirishda;v) shahar (tuman ) elektr transporti, elektr tarmogʻi va boshqa aloqador tashkilotlar bilan — yukning balandligi yoʻl sathidan 4,5 metrdan yuqori boʻlgan taqdirda;g) temir yoʻl organlari bilan — yuk tashish yoʻnalishi temir yoʻl bilan bir sathda kesishganda, transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz kengligi 5 metrdan, yoʻl sathidan balandligi 4,5 metrdan, bir tirkamali (yarim tirkamali) avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdning uzunligi 24 metrdan ortiq boʻlsa, shuningdek, transport vositasining umumiy ogʻirligi 52 tonnadan yuqori yoki harakatlanish tezligi soatiga 5 kilometrdan kam boʻlsa, yuk tashish yoʻnalishi temir yoʻl koʻprigi, temir yoʻl oʻtkazgichi ostidan oʻtganda, transport vositasining kengligi yuki bilan yoki yuksiz 5 metrdan ortiq, balandligi yoʻl sathidan 4,35 metrdan ortiq boʻlsa.Chegara bojxona postlari orqali harakatlanadigan, ruxsat etilgan vazn parametrlaridan (oʻlchash asbobining farq bilan ishlash foizi ham inobatga olinadi) oʻn foizgacha (oʻn foiz ham kiradi) ortiq boʻlgan transport vositalariga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirilishida vakolatli organ tomonidan yoʻnalish belgilanmaydi va tegishli organlar bilan kelishilmaydi.11.Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:30 kun muddatga belgilangan yoʻnalish boʻylab bir marta yuk tashish uchun beriladi, bunda respublika hududiga kirish va qaytib chiqib ketish koʻzda tutilishi mumkin. Fors-major holatlari yuz berganda, ushbu muddat fors-major holatlari amal qilgan muddatga uzaytiriladi.12.Izoh:I. Katta hajmli yuk — oʻlchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta koʻrsatkichi ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda mazkur pasportda bayon etilgan meʼyoriy oʻlchamlardan katta boʻlgan yuk.Ogʻir vaznli yuk — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda transport vositasining gʻildirak oʻqiga tushadigan ogʻirligi mazkur pasportda bayon etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortiq boʻlgan yuk.II. Avtotransport vositasining gabarit oʻlchamlari haqiqiy koʻrsatkichlari chiziqli-oʻlchash asbobi yordamida, toʻliq massa va oʻqqa tushadigan ogʻirligi esa turgʻun yoki koʻchma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.Chiziqli oʻlchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda boʻlishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat tamgʻasiga ega boʻlishi kerak.Avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlari aniqlashda oʻlchash asbobining ikki foizli farq bilan ishlashiga yoʻl qoʻyiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.Agar tashiladigan yukning gabarit oʻlchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan koʻrsatkichlardan oʻta yuqori boʻlganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalarining yoʻqligi (nosozligi) sababli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va oʻqlarga tushadigan ogʻirligini aniqlashning imkoni boʻlmaganda, zarur boʻlgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida aniqlanishi mumkin.III. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga yoki Davlat chegarasi tashqarisidan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda vakolatli organlardan olingan va kelishilgan ruxsatnoma hamda yoʻnalish chizmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning berilishi bilan bir vaqtda katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish uchun yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan Bojxona qoʻmitasiga real vaqt rejimida elektron shaklda kiritiladi va ularga asosan belgilangan tartibda harakatlanishni boshlashga ruxsat beriladi.Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasining maxsus ruxsatnomada koʻrsatilgan ogʻirlik gabarit parametrlaridan ortiq ekanligi aniqlangan taqdirda, bunday avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi va uning kelgusidagi harakatlanishi yangi maxsus ruxsatnomaga muvofiq amalga oshiriladi.IV. Xorijiy yuk tashuvchilardan toʻlovlar milliy valyuta “soʻm”da bevosita bojxona postlarida tijorat banklari tomonidan toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha undiriladi.V. Avtomobil yoʻllarini maxsus koʻrikdan oʻtkazish va texnik xulosa ishlab chiqish xizmatlari uchun toʻlovlar yuk tashuvchi (buyurtmachi) yoki ularning vakillari bilan vakolatli organ oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida yoʻnalishning har bir kilometr masofasi uchun transport vositasining yuk bilan umumiy ogʻirligi:100 tonnagacha boʻlgan transport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh foizi;100 tonna va undan ortiq boʻlgan transport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.Muddati oʻtgan, biroq ruxsatnomadan foydalanmagan holatlarda harakatlanish yoʻnalishini va yukni oʻzgartirmagan holda ruxsatnomani bepul qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ruxsatnomadan foydalanilmaganligini Bojxona qoʻmitasi tomonidan elektron tizim orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
https://neolex.uz/uz/laws/law-5876002
