Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (KQ-304-IV-son)
28.01.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Umumiy boʻlimi negizida Tashkiliy ishlar boʻlimi tashkil etilsin.
Boʻlimning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Senat, uning Kengashi majlislarini, Senat rahbariyati tomonidan oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish ishlariga tashkiliy-texnik xizmat koʻrsatish;
Senat devoni xodimlarining mehnat va ijro intizomiga rioya etishlarini taʼminlash;
Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar va Senat devoni xodimlarining shaxsiy yigʻmajildlari hisobini yuritish;
xizmat guvohnomalarini rasmiylashtirish va hisobini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ish yuritish yoʻriqnomasiga muvofiq ish yuritishni tashkil etish va taʼminlash;
maxsus yoʻriqnomaga muvofiq maxfiy ish yuritishni olib borish;
Senat, uning Kengashi qarorlari va Senat Raisi farmoyishlarini rasmiylashtirish va joʻnatish;
Senatga, Senat devoniga kelib tushgan, shuningdek Senat, tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
Senat qoʻmitalari (komissiyalari), shuningdek Senat devonining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan kelib tushgan hujjatlardan nusxa olishni hamda (ularni talab darajasidagi shakl yoki hajmda) oʻz vaqtida va sifatli koʻpaytirish va hisobini yuritish;
Senat majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir tadbirlar rejasini tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni tarkibida Rejim xizmati tashkil etilsin.
Rejim xizmatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Senat binolariga hamda ularning hududiga kirish va chiqish tartibini nazorat qilish;
Senat binolarini qoʻriqlash xizmati va yongin xavfsizligi xizmati organlari xodimlarining faoliyatini nazorat qilish;
kirish-chiqish uchun ID-kartalarni, doimiy yoki vaqtinchalik ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va hisobini yuritish;
axborot tashuvchi vositalarni (fleshka, disk va hokazolarni), kompyuter, noutbuk, netbuk, planshet, foto-, videoapparat va tashkiliy-texnik jihozlar, texnik qurilma va moslamalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
bir martalik ruxsatnomalar byurosi ishini nazorat qilish va samarali tashkil etish.
Rejim xizmatining jami shtat birliklari soni 4 nafar etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Ruxsatnomalar byurosi boʻlimi 3 ta shtat birligi bilan birga Rejim xizmati tarkibiga oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosiga kirish-chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosiga kirish-chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish Senat devoni rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Nazorat-tahlil boshqarmasining Yigʻma-tahlil boʻlimi negizida Yigʻma-tahlil va nazorat boʻlimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Moliya, hisob va hisobot boʻlimi negizida Buxgalteriya xizmati tashkil etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi zimmasiga telefon tarmogʻi, avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari texnik vositalarining yuqori sifatli ishlashini tashkil qilish vazifasi yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
a) Senat devoni Buxgalteriya xizmati buxgalter-kassiri lavozimi hisobidan Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi;
Senat devoni Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi Davlat budjeti shuʼbasi yetakchi maslahatchisi lavozimi hisobidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi;
Senat devoni Nazorat-tahlil boshqarmasi ish yurituvchi kotibi lavozimi hisobidan Senat devoni Nazorat-tahlil boshqarmasi referenti lavozimi;
Senat devoni Axborot xizmati bosh maslahatchisi lavozimi hisobidan Axborot xizmati rahbari oʻrinbosari lavozimi;
Senat devoni Tashkiliy ishlar boʻlimi Idoraviy arxiv mudiri lavozimi hisobidan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimi;
Senat Raisi kotibiyati yetakchi maslahatchisi lavozimi hisobidan Senat Raisi kotibiyati referenti lavozimi joriy etilsin;
b) Senat Kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish haqida”gi KQ-292-IV-sonli Qarori bilan tugatilgan Senat devonining Moddiy-texnika va taʼminot boʻlimining:
Boʻlim mudiri lavozimi hisobidan Senat devoni Rejim xizmati rahbari lavozimi;
Boʻlim bosh mutaxassisi lavozimi hisobidan Senat devoni Tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimi;
Boʻlim yetakchi mutaxassisi lavozimi hisobidan Senat devoni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tuzilmasi 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-240-IV-sonli Qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni tarkibiy boʻlinmalari toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini hamda zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali ijro etilishini taʼminlash maqsadida ushbu Qarordan kelib chiqib, belgilangan tartibda moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
10. Ushbu Qarorga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni rahbari (A. Ziyayev):
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin;
ikki hafta muddatda Senat devoni faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Senat devoni tarkibida yangi tashkil qilingan boʻlinmalarning xodimlarini xizmat xonalari va moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
12. Ushbu Qaror 2022-yil 1-fevraldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 28-yanvar,
KQ-304-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi KQ-304-IV-sonli Qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tuzilmasi
Rais Raisning kotibiyati Raisning birinchi oʻrinbosari Rais oʻrinbosari Rais oʻrinbosari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakili) Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Devon rahbari Devon rahbari oʻrinbosari — Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi Referent Referent Qoʻmita kotibiyati Referent Nazorat-tahlil boshqarmasi Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash Tashkiliy ishlar boʻlimi Yuridik boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi Qoʻmita kotibiyati Qoʻmita kotibiyati Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi Qoʻmita kotibiyati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi Rejim xizmati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Buxgalteriya xizmati Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi Qoʻmita kotibiyati Qoʻmita kotibiyati Qoʻmita kotibiyati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi Axborot xizmati Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi Sud-huqu� masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish masalalari boʻlimi Qoʻmita kotibiyati Qoʻmita kotibiyati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi Qoʻmita kotibiyati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi KQ-304-IV-sonli Qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYaDLARI
Lavozim nomi Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad Devon rahbari 20 Devon rahbarining oʻrinbosari 19 Boshqarma boshligʻi 19 Axborot xizmati rahbari — Matbuot kotibi 19 Boʻlim mudiri 18 Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari 18 Senat Raisi kotibiyati mudiri 18 Boshqarma tarkibidagi boʻlim mudiri 18 Rejim xizmati rahbari 18 Buxgalteriya xizmati rahbari — Bosh buxgalter 18 Senat Raisi spichrayteri 17 Axborot xizmati rahbari oʻrinbosari 17 Boʻlim mudirining oʻrinbosari 17 Bosh maslahatchi 16 Bosh mutaxassis 16 Yetakchi maslahatchi 15 Kanselyariya mudiri 15 Yetakchi mutaxassis 14 Referent 13 Ish yurituvchi kotib 10 Stenografist kotib 10 Ruxsatnomalar byurosi inspektori 10
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi KQ-304-IV-sonli Qaroriga3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 11-noyabrdagi KQ-155-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni toʻgʻrisidagi nizomning 45-bandi:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi KQ-292-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“senatorlar va Devon xodimlarining xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va temir yoʻl chiptalari va aviachiptalarini xarid qilish va shu bilan bogʻliq hisob-kitoblarni yuritish”;
toʻqqizinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
