Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-139-son)
21.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada qurilish sohasini va qurilish materiallarini ishlab chiqarish kompleksini yanada rivojlantirish, hududlarda aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini taʼminlash, uy-joy qurilishi bozorida talab va taklif nomutanosibligini qisqartirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6244-son Farmoniga muvofiq respublikaning 24 ta tuman va shaharlari qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
1-ilovaga muvofiq respublikaning 8 ta tumanida xom ashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish;
2-ilovaga muvofiq respublikaning 16 ta tuman va shaharlarida boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish;
har bir hududda kamida bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obyektlarini loyihalashtirish va tayyor koʻp qavatli uy-joylar qurishgacha qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. 2022-yilda yangi tashkil etiladigan qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlariga muvofiq samarasiz loyihalarni chiqarib tashlash va (yoki) boshqa istiqbolli loyihalarni kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab:
barcha yuridik shaxslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi;
2024-yil 1-yanvarga qadar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda:
2023-yil yakuniga qadar kapital bozorlari konyunkturasidan kelib chiqib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 300 million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda xalqaro korporativ obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hamda uy-joy qurilishi klasterlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 150 million AQSH dollari miqdorida Hukumat kafolatisiz xorijiy kredit liniyalari mablagʻlarini jalb qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6244-son Farmoniga koʻra Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga ajratilgan kredit liniyasini 5 yil muddatga subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
6. Qurilish vazirligi qurilishda energiya tejamkor materiallarni keng joriy etish orqali uy-joy qurilishi vaqti va tannarxini pasaytirish maqsadida:
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda va keyinchalik doimiy ravishda koʻp qavatli uy-joylar qurilishida mazkur qarorga 4-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan energiya tejamkor devorbop qurilish materiallardan foydalanishning afzalliklari yuzasidan keng targʻibot qilib borsin;
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va uning filiallari tomonidan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ularda energiya tejamkor devorbop qurilish materiallari qoʻllanganligiga alohida eʼtibor qaratilishini taʼminlasin.
7. 2022-2023-yillarda yangi noruda konlarini shakllantirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishning manzilli rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun 2022-2023-yillarda Davlat budjetidan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga geologiya-qidiruv ishlari uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida 100 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.
8. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 400 ta foydali qazilma kon uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
9. Xorazm viloyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qaroriga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, ushbu tartibga koʻra qiymati 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.
10. Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash raisi S.S. Annaklichev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-fevral,
PQ-139-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 1-ILOVA
Qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladigan ixtisoslashgan tumanlar
ROʻYXATI
T/r Tumanlar Tumanning ixtisoslashuvi 1. Andijon viloyati Buloqboshi tumani Marmar buyumlari, gaz-beton bloklari va pardozbop gʻishtlar ishlab chiqarish 2. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Silikat mahsulotlari, qurilish plitalari va sement ishlab chiqarish 3. Jizzax viloyati Forish tumani Bazalt xom ashyosini qayta ishlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish 4. Namangan viloyati Chust tumani Pardozbop gʻisht ishlab chiqarish 5. Samarqand viloyati Paxtachi tumani Gips buyumlar va mineral momiq (vata) ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash 6. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Gips buyumlari, sement, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash 7. Toshkent viloyati Ohangaron tumani Gips buyumlari, sement, temir beton buyumlari, mineral momiq (vata) ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash 8. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani Gips va keramik buyumlar, sement, temir-beton buyumlari, tabiiy boʻyoqlar ishlab chiqarish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 2-ILOVA
Boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladigan tumanlar (shaharlar)
ROʻYXATI
T/r Tumanlar (shaharlar) Tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani Sement va undan qurilish materiallari ishlab chiqarish, vermikulitni qayta ishlash 2. Buxoro viloyati Peshku tumani Tabiiy toshlarni qayta ishlash va pardozbop plitalar ishlab chiqarish 3. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Sement ishlab chiqarish va tabiiy tosh (marmar)ni qayta ishlash 4. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Qurilish toshi va shagʻalni qayta ishlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish 5. Navoiy viloyati Zarafshon shahri Gaz-beton bloklari ishlab chiqarish 6. Navoiy viloyati Gʻozgʻon shahri Mineral momiq (vata), tabiiy toshlardan pardozbop va qurilish plitalari ishlab chiqarish 7. Navoiy viloyati Uchquduq tumani Kaolinni qayta ishlash, temir beton buyumlari ishlab chiqarish 8. Namangan viloyati Uychi tumani Pardozbop gʻisht ishlab chiqarish 9. Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani Pardozbop gʻisht ishlab chiqarish 10. Namangan viloyati Pop tumani Tabiiy toshlarni qayta ishlash, pardozbop plitalar ishlab chiqarish 11. Samarqand viloyati Nurobod tumani Gips va silikat materiallari, sement ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash 12. Sirdaryo viloyati Xovos tumani Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish 13. Surxondaryo viloyati Boysun tumani Sement va gipsokarton ishlab chiqarish 14. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Gips buyumlari, sement, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash 15. Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pardozbop gʻisht va gulqogʻoz (oboy) ishlab chiqarish 16. Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani Gulqogʻoz (oboy) va keramik plitalar ishlab chiqarish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 3-ILOVA
2022-yilda yangi tashkil etiladigan qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash
DASTURI
T/r Obyekt nomi Oʻlchov birligi Miqdori Loyiha qiymati (mln soʻm) shundan Moliyalashtirish manbai Masʼul ijrochilar 2022-yilda 2023-yilda Respublika boʻyicha jami: 200 511,8 101 070,8 99 441,0 1. Elektr tarmogʻini tortish km 98,7 64 311,5 27 971,5 36 340,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 2. Podstansiya va transformator qurish (yacheyka oʻrnatish) dona 25 3. Gaz tarmogʻini tortish km 78,3 28 633,3 14 385,3 14 248,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 4. GTSlarini qurish va rekonstruksiya qilish dona 19 5. Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini tortish km 106,1 46 401,0 22 421,0 23 980,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 6. Suv olish, tozalash va saqlash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish dona 25 7. Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish km 61,2 53 236,0 29 171,0 24 065,0 Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 8. Aloqa tarmogʻini tortish km 57 2 780,0 1 972,0 808,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi 9. Temir yoʻl tarmogʻini tortish km 6 5 150,0 5 150,0 0,0 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Andijon viloyati 12 000,0 12 000,0 0,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 1,6 1 800,0 1 800,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 1 Yacheyka oʻrnatish dona 1 Gaz tarmogʻini qurish 2. Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 5 1 300,0 1 300,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 2 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 3. Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 8 1 700,0 1 700,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 4. Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY Oqova suv tarmogʻini tortish km 8 5 300,0 5 300,0 Oqova suv inshootini qurish dona 1 Avtomobil yoʻlini qurish 5. Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 2 1 300,0 1 300,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Aloqa tarmogʻini tortish 6. Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 5 600,0 600,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi Buxoro viloyati 4 549,8 4 549,8 0,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Qorovulbozor tumani, “Boʻzachi” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 2,2 1 979,5 1 979,5 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Gaz tarmogʻini qurish 2. Qorovulbozor tumani, “Boʻzachi” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 2,3 695,3 695,3 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 3. Qorovulbozor tumani, “Boʻzachi” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 2 375,0 375,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Avtomobil yoʻlini qurish 4. Qorovulbozor tumani, “Boʻzachi” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 1 1 500,0 1 500,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Qashqadaryo viloyati 28 560,0 28 560,0 0,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Kitob tumani, “Sharq yulduzi” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 10 2 110,0 2 110,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 2 2. Dehqonobod tumani, “Oʻzbekiston” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 5 6 000,0 6 000,0 Transformator punktini oʻrnatish dona 2 Gaz tarmogʻini qurish 3. Kitob tumani, “Sharq yulduzi” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 8 4 000,0 4 000,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 1 4. Dehqonobod tumani, “Oʻzbekiston” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 4 1 680,0 1 680,0 GTP dona 1 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 5. Kitob tumani, “Sharq yulduzi” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish (Artizan quduq kovlash) km 3 850,0 850,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 6. Dehqonobod tumani, “Oʻzbekiston” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 3 1 600,0 1 600,0 Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 7. Oqova suvi tarmogʻini tortish km 3 2 300,0 2 300,0 Oqova suv inshootini qurish dona 1 Avtomobil yoʻlini qurish 8. Kitob tumani, “Sharq yulduzi” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 10 4 000,0 4 000,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 9. Dehqonobod tumani, “Oʻzbekiston” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 5 5 400,0 5 400,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Aloqa tarmogʻini tortish 10. Kitob tumani, “Sharq yulduzi” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 4 320,0 320,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi 11. Dehqonobod tumani, “Oʻzbekiston” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 4 300,0 300,0 Navoiy viloyati 21 243,0 21 243,0 0,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Gʻozgʻon shahar, “Marmarobod” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 3,5 1 885,0 1 885,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 1 2. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 5,5 2 110,0 2 110,0 Transformator punktini oʻrnatish dona 2 3. Uchquduq tumani Elektr tarmogʻini tortish km 4 1 870,0 1 870,0 Transformator punktini oʻrnatish dona 2 Gaz tarmogʻini qurish 4. Gʻozgʻon shahar, “Marmarobod” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 4 354,0 354,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 2 5. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 5,5 704,0 704,0 GTP dona 2 6. Uchquduq tumani Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 5,5 632,0 632,0 GTP dona 1 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 7. Gʻozgʻon shahar, “Marmarobod” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 2,4 200,0 200,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 8. Gʻozgʻon shahar, “Marmarobod” MFY Oqova suvi tarmogʻini tortish km 1 90,0 90,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ,Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Oqova suv inshootini qurish dona 1 9. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 4,4 200,0 200,0 Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 10. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Oqova suvi tarmogʻini tortish km 1,6 1 616,0 1 616,0 Oqova suv inshootini qurish dona 1 11. Uchquduq tumani Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 3,5 250,0 250,0 Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 12. Uchquduq tumani Oqova suvi tarmogʻini tortish km 1,2 1 290,0 1 290,0 Oqova suv inshootini qurish dona 1 Avtomobil yoʻlini qurish 13. Gʻozgʻon shahar, “Marmarobod” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 0,5 1 540,0 1 540,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 14. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 0,5 1 481,0 1 481,0 15. Uchquduq tumani Avtomobil yoʻlini qurish km 0,8 1 530,0 1 530,0 Aloqa tarmogʻi tortish 16. Gʻozgʻon shahar, “Marmarobod” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 1,2 106,0 106,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi 17. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 1,6 125,0 125,0 18. Uchquduq tumani Aloqa tarmogʻi tortish km 1,2 110,0 110,0 Temir yoʻl tarmogʻini tortish 19. Zarafshon shahar “Yoshlik” MFY Temir yoʻlini qurish km 2,8 2 500,0 2 500,0 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 20. Uchquduq tumani Temir yoʻlini qurish km 3,2 2 650,0 2 650,0 Namangan viloyati 5 400,0 0,0 5 400,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Chust tumani, “Sadacha” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 4 1 200,0 1 200,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 1 Gaz tarmogʻini qurish 2. Chust tumani, “Sadacha” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 1 1 500,0 1 500,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 1 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 3. Chust tumani, “Sadacha” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 3 2 000,0 2 000,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Avtomobil yoʻlini qurish 4. Chust tumani, “Sadacha” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 0,5 700,0 700,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Samarqand viloyati 48 581,0 0,0 48 581,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Nurobod tumani, “Tepakoʻl” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 8 2 200,0 2 200,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 3 2 620,0 2 620,0 2. Paxtachi tumani, “Naxripay” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 5 470,0 470,0 Transformator punktini oʻrnatish dona 3 1 350,0 1 350,0 Gaz tarmogʻini qurish 3. Nurobod tumani, “Tepakoʻl” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 7 1 048,0 1 048,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 1 410,0 410,0 4. Paxtachi tumani, “Naxripay” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 8 8 400,0 8 400,0 GTP dona 2 350,0 350,0 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 5. Nurobod tumani, “Tepakoʻl” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 13 4 950,0 4 950,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi inshootini qurish dona 2 2 530,0 2 530,0 6. Nurobod tumani, “Tepakoʻl” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini tortish km 1 600,0 600,0 Kanalizatsiya tarmogʻi inshootini qurish dona 1 900,0 900,0 7. Paxtachi tumani, “Naxripay” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 7 2 800,0 2 800,0 Ichimlik suvi inshootini qurish dona 2 1 000,0 1 000,0 8. Paxtachi tumani, “Naxripay” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini tortish km 1 600,0 600,0 Kanalizatsiya tarmogʻi inshootini qurish dona 1 900,0 900,0 Avtomobil yoʻlini qurish 9. Nurobod tumani, “Tepakoʻl” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 3 1 125,0 1 125,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 10. Paxtachi tumani, “Naxripay” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 21,5 16 120,0 16 120,0 Aloqa tarmogʻini tortish 11. Nurobod tumani, “Tepakoʻl” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 1 60,0 60,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi 12. Paxtachi tumani, “Naxripay” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 10 148,0 148,0 Surxondaryo viloyati 18 948,0 18 948,0 0,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Boysun tumani, “Darband” MFY “Qumlisoy” uchastkasi Elektr tarmogʻini tortish km 4,5 2 200,0 2 200,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 1 Yacheyka oʻrnatish dona 1 2. Sariosiyo tumani, “Anarzor” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 4,2 2 017,0 2 017,0 Transformator punktini oʻrnatish dona 1 Yacheyka oʻrnatish dona 1 3. Sherobod tumani, “Qorabogʻ” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 5 2 500,0 2 500,0 Transformator punktini oʻrnatish dona 1 Gaz tarmogʻini qurish 4. Boysun tumani, “Darband” MFY “Qumlisoy” uchastkasi Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 7,5 1 400,0 1 400,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 2 5. Sherobod tumani, “Qorabogʻ” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 4,5 620,0 620,0 GTP dona 2 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 6. Boysun tumani, “Darband” MFY “Qumlisoy” uchastkasi Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 6 1 200,0 1 200,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 Suv tozalash inshooti qurish dona 1 7. Sariosiyo tumani, “Anarzor” MFY Ichimlik suv tarmogʻini tortish km 6 1 300,0 1 300,0 Ichimlik suv inshootini qurish dona 1 Suv tozalash inshooti qurish dona 1 8. Sherobod tumani, “Qorabogʻ” MFY Ichimlik suv tarmogʻini tortish km 1 600,0 600,0 Ichimlik suv inshootini qurish dona 1 Suv tozalash inshooti qurish dona 1 Avtomobil yoʻlini qurish 9. Boysun tumani, “Darband” MFY “Qumlisoy” uchastkasi Avtomobil yoʻlini qurish km 1 1 300,0 1 300,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 10. Sariosiyo tumani, “Anarzor” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 1,6 3 120,0 3 120,0 11. Sherobod tumani, “Qorabogʻ” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 2 2 400,0 2 400,0 Aloqa tarmogʻini tortish 12. Boysun tumani, “Darband” MFY “Qumlisoy” uchastkasi Aloqa tarmogʻini tortish km 12 195,0 195,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi 13. Sariosiyo tumani, “Anarzor” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 3 36,0 36,0 14. Sherobod tumani, “Qorabogʻ” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 4 60,0 60,0 Toshkent viloyati 10 000,0 0,0 10 000,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Ohangaron tumani “Telov” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 1 1 500,0 1 500,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 1 Yacheyka oʻrnatish dona 1 Gaz tarmogʻini qurish 2. Ohangaron tumani “Telov” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 1 1 000,0 1 000,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 1 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 3. Ohangaron tumani “Telov” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 3 1 100,0 1 100,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Ichimlik suvi inshootini qurish dona 1 Oqava suv tarmogʻini tortish km 3 3 200,0 3 200,0 Oqava suv inshootini qurish dona 1 Avtomobil yoʻlini qurish 4. Ohangaron tumani “Telov” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 4 2 600,0 2 600,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Aloqa tarmogʻini tortish 5. Ohangaron tumani “Telov” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 5 600,0 600,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi Fargʻona viloyati 35 460,0 0,0 35 460,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Oʻzbekiston tumani, “Shoʻrsuv” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 28 27 000,0 27 000,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Transformator punktini oʻrnatish dona 2 Gaz tarmogʻini qurish 2. Oʻzbekiston tumani, “Shoʻrsuv” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 4 1 540,0 1 540,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi GTP dona 2 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 3. Oʻzbekiston tumani, “Shoʻrsuv” MFY Ichimlik suvi va oqava suv tarmogʻini tortish km 8 3 400,0 3 400,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Suv olish, tozalash va saqlash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish dona 2 Avtomobil yoʻlini qurish 4. Oʻzbekiston tumani, “Shoʻrsuv” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 5,3 3 520,0 3 520,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Xorazm viloyati 15 770,0 15 770,0 0,0 Elektr energiya tarmogʻini qurish 1. Tuproqqalʼa tumani, “Obod” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 3,2 1 500,0 1 500,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 2. Hazorasp tumani, “Kiprtepa” MFY Elektr tarmogʻini tortish km 5 2 000,0 2 000,0 Gaz tarmogʻini qurish 3. Tuproqqalʼa tumani, “Obod” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 10 2 000,0 2 000,0 “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarga ajratiladigan budjet ssudasi “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 4. Hazorasp tumani, “Kiprtepa” MFY Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish km 2 1 000,0 1 000,0 Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish 5. Tuproqqalʼa tumani, “Obod” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 16 3 000,0 3 000,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “Oʻzsuvtaʼminot AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 6. Hazorasp tumani, “Kiprtepa” MFY Ichimlik suvi tarmogʻini tortish km 3 550,0 550,0 Avtomobil yoʻlini qurish 7. Tuproqqalʼa tumani, “Obod” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 4 3 100,0 3 100,0 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 8. Hazorasp tumani, “Kiprtepa” MFY Avtomobil yoʻlini qurish km 2,5 2 500,0 2 500,0 Aloqa tarmogʻini tortish 9. Tuproqqalʼa tumani, “Obod” MFY Aloqa tarmogʻini tortish km 10 120,0 120,0 “Oʻzbektelekom” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi
Izoh:
1) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻlar, shu jumladan budjet ssudasini ajratish Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida, shuningdek, qiymati 200 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
2) avtomobil yoʻllarini qurish ishlari Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasiga 2021-yilda ixtisoslashtirilgan tumanlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarning 2022-yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 4-ILOVA
Koʻp qavatli uy-joylar qurilishida foydalanilishi tavsiya etiladigan energiya tejamkor devorbop qurilish materiallari
ROʻYXATI
1. Mineral toʻldirgichli yengil beton buyumlar:
shlakobetonlar (shlakopemzobeton, shlakosilikat, shlakogips);
termozitobetonlar (keramzitobeton, keramzitosilikat, agloporitobeton, agloporitosilikat, perlitobeton, perlitosilikat, vermikulitobeton);
kulli betonlar (zolobeton, zolosilikat, zologips);
silikatobetonlar yoki betonosilikatlar (agloporitobetonosilikat).
2. Yengil organik toʻldirgichli betonlar:
arbolit (yogʻoch qipiqli beton, yogʻoch qirindili beton);
polistirolbeton (penoplastobeton);
fibrobeton (polipropilen, polietilen, aramid, fibrali (tolali) hamda mustahkamligi yuqori boʻlgan shisha, bazalt, poʻlat fibrali fibrobeton, fibrosilikat, fibrogips).
3. Gʻovakli (gʻovak tuzilmali) yengil betonlar:
avtoklav yoki tabiiy uslubda qotirilgan yengil beton buyumlar.
4. Konstruksiyali va issiqlik saqlovchi betonlar:
gazobeton, gazosilikat, gazogips (gazogipsobeton);
koʻpikli beton (koʻpiksilikat, koʻpikgips, koʻpikgipsbeton);
aeratsiyalangan (gʻovakli) yengil beton (aerotsiyalangan yengil silikat, koʻpikgazbeton, koʻpikgazsilikat, gazkoʻpikbeton, gazkoʻpiksilikat).
5. Gʻovakli va ichi boʻsh keramika:
gʻovaklangan keramika (keramik blok, qobiq, termoblok, keramik tosh);
gʻovaklangan (gʻovakli) gʻisht (termogʻisht);
ichi boʻsh gʻisht va qurilish keramikasi.
6. Boshqa kompozit buyumlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 5-ILOVA
2022-2023-yillarda yangi noruda konlarini shakllantirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishning
MANZILLI REJASI
T/r Istiqbolli yer qaʼri uchastkasi nomi Joylashgan joyi Noruda foydali qazilma turi Kutilayotgan zaxiralar Loyiha qiymati mln soʻm Loyiha muddati Jami respublika boʻyicha 98 896 x Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Qoraoʻzak-1 Qoraoʻzak tumani Qurilish toshlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 834 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 2. Qoraoʻzak-2 Qoraoʻzak tumani Ohaktosh 755 mln m3 5 850 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 3. Qoraoʻzak-3 Qoraoʻzak tumani Gil 180 mln m3 2 640 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak Jami 9 324 Andijon viloyati 4. Buloqboshi uchastkasi Buloqboshi tumani Ohaktosh 4,2 mln m3 2 100 2022-yil II chorak — 2023-yil II chorak 5. Buloqboshi-2 uchastkasi Ulugʻnor tumani Qurilish qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 200 2022-yil II chorak — 2023-yil II chorak Jami 2 300 Buxoro viloyati 6. Qorovulbozor Qorovulbozor tumani Ohaktosh Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 866 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 7. Buzachi-1 Qorovulbozor tumani Lyossimon suglinkalar Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 501 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 8. Qizilqum Qorovulbozor tumani Qurilish qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 400 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 9. Qorovulbozor Qorovulbozor tumani Ohaktosh 100 mln t 4 545 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 10. Tozbulak Peshku tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 101 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 11. Jongeldi Peshku tumani Qum-shagʻal aralashmasi Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 401 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 12. Jongeldi Peshku tumani Gil oxra Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 600 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 13. Tozbulak-1 Peshku tumani Granit 18 mln t 760 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 14. Tozbulak-2 Peshku tumani Granit 16 mln t 724 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak Jami 10 897 Jizzax viloyati 15. Osmonsoy Forish tumani Bazalt 57,2 mln t 1 350 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 16. Osmonsoy-2 Forish tumani Bazalt Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 750 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak Jami 2 100 Qashqadaryo viloyati 17. Langar koni shimoliy qismi Qamashi tumani Gips 50 mln t 3 560 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 18. Minjir Kitob tumani Ohaktosh 100 mln t 2 684 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 19. Xonaka shimoliy va janubiy uchastkasi Kitob tumani Marmarlashgan ohaktoshlar 70 mln t 7 283 2022-yil II chorak — 2023-yil II chorak 20. Gilon Shahrisabz tumani Marmar 36 mln t 3 066 2022-yil II chorak — 2023-yil II chorak 21. Dehqonobod uchastkasi Dehqonobod tumani dolomit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 3 000 2022-yil II chorak — 2023-yil II chorak Jami 19 593 Navoiy viloyati 22. Kurasay Nurota tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 880 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 23. Kurasay-2 Nurota tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 850 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 24. Kurasay-3 Nurota tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 850 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 25. Navbahor-4 va Navbahor-5 Nurota tumani Bentonitli gillar 25 mln3 250 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 26. Zaxquduq Tomdi tumani Kaolin Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 291 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 27. Oʻrazali Tomdi tumani Kaolin Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 000 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 28. Zarafshon uchastkasi Tomdi tumani Ohaktosh Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 200 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 29. Tomditov uchastkasi Tomdi tumani Bentonitlashgan gillar Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 250 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 30. Oqmurd uchastkasi Tomdi tumani Kvars qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 515 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 31. Oqmurd-2 uchastkasi Tomdi tumani Kvars qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 501 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 32. Bokali, Qizilquduq va Djilkubas uchastkalari Uchquduq tumani Kaolin Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 296 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 33. Kulantay uchastkasi Uchquduq tumani Kvars qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 550 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 34. Kukayoz-1 uchastkasi Uchquduq tumani Kvars qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 541 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 35. Kukayoz-2 uchastkasi Uchquduq tumani Kvars qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 581 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 36. Kukayoz-3 uchastkasi Uchquduq tumani Kvars qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 551 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak Jami 11 103 Namangan viloyati 37. Chorkesar uchastkasi Pop tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 350 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 38. Chorkesar-2 uchastkasi Pop tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 750 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 39. Chortoq uchastkasi Chortoq tuman Lyossimon suglinkalar Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 200 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 40. Yangiqoʻrgʻon uchastkasi Yangiqoʻrgʻon tumani Lyossimon suglinkalar Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 280 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 41. Chust uchastkasi Chust tumani Ohaktosh Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 2 000 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak Jami 4 580 Sirdaryo viloyati 42. Xavast uchastkasi Xovos tumani Qum-shagʻal aralashmasi Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 200 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 43. Xavast-2 uchastkasi Xovos tumani Qum-shagʻal aralashmasi Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 230 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak Jami 430 Samarqand viloyati 44. Ovxona uchastkasi Nurobod tumani Sement ishlab chiqarish uchun ohaktosh 4 mln m3 960 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 45. Nurobod-5 uchastkasi Nurobod tumani Qum-shagʻal aralashmasi 4,5 mln m3 980 2022-yil III chorak —2023-yil III chorak 46. Nurobod-6 uchastkasi Nurobod tumani Granit 7 mln m3 990 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 47. Granit-2 uchastkasi Paxtachi tumani Granit 4,5 mln m3 980 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 48. Paxtachi-1 uchastkasi Paxtachi tumani Kaolinli gil 4 mln m3 420 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 49. Granit-5 uchastkasi Qoʻshrabot tumani Granit 6,5 mln m3 990 2022-yil III chorak — 2023-yil IV chorak 50. Qoʻshrabot-5 uchastkasi Qoʻshrabot tumani Lyossimon suglinka 2,5 mln m3 360 2022-yil II chorak —2023-yil III chorak 51. Tutli uchastkasi Nurobod tumani Gips Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 685 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 52. Ibrohim ota uchastkasi Nurobod tumani Ohaktosh Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 185 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 53. Jom uchastkasi Nurobod tumani Granit Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 1 500 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 54. Qirqbuloq uchastkasi Nurobod tumani Gips Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 695 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak Jami 9 745 Surxondaryo viloyati 55. Suvsiztau uchastkasi Boysun tumani Ohak va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 10 mln m3 2 200 2022-yil III chorak — 2023-yil III chorak 56. Suvsiztau-1 uchastkasi Boysun tumani Ohak va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 10 mln m3 2 200 2022-yil III chorak — 2023-yil III chorak 57. Suvsiztau-2 uchastkasi Boysun tumani Ohak va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 10 mln m3 2 200 2022-yil III chorak — 2023-yil III chorak 58. Suvsiztau-3 uchastkasi Boysun tumani Ohak va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 10 mln m3 2 200 2022-yil III chorak — 2023-yil III chorak 59. Sayrob uchastkasi Boysun tumani Argillit, keramzit va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 4 mln m3 1 600 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 60. Sayrob-1 uchastkasi Boysun tumani Argillit, keramzit va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 61. Sayrob-2 uchastkasi Boysun tumani Argillit, keramzit va sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo 62. Chinar-1 uchastkasi Sariosiyo tumani Lyossimon suglinka, pishiq gʻisht ishlab chiqarish uchun xom ashyo 1,2 mln m3 700 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 63. Chinar-2 uchastkasi Sariosiyo tumani Lyossimon suglinka, pishiq gʻisht ishlab chiqarish uchun xom ashyo 64. Chinar-3 uchastkasi Sariosiyo tumani Lyossimon suglinka, pishiq gʻisht ishlab chiqarish uchun xom ashyo 65. Maydon uchastkasi Sherobod tumani Shisha mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kvarsli qumtosh 1,0 mln m3 1000 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 66. Maydon-1 uchastkasi Sherobod tumani Shisha mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kvarsli qumtosh 67. Oʻrikzor uchastkasi Sherobod tumani Pardozbop toshlar va shisha mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Dolomit 0,3 mln m3 900 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 68. Oʻrikzor-1 uchastkasi Sherobod tumani Pardozbop toshlar va shisha mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Dolomit 0,3 mln m3 900 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 69. Oʻrikzor-2 uchastkasi Sherobod tumani Pardozbop toshlar va shisha mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Dolomit 0,3 mln m3 900 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 70. Qushtegirmon-1 uchastkasi Sherobod tumani Qum-shagʻal aralashmasi 10,0 mln m3 600 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak 71. Qushtegirmon-2 uchastkasi Sherobod tumani Qum-shagʻal aralashmasi 72. Oqtosh uchastkasi Sherobod tumani Qurilishbop bezaktosh ishlab chiqarish uchun chigʻanoqli ohaktosh 0,3 mln m3 800 2022-yil II chorak — 2022-yil IV chorak Jami 15 200 Toshkent viloyati 73. Qoraxitoy uchastkasi Ohangaron tumani Dolomit 26 mln t 1 213 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 74. Ohangaron uchastkasi Ohangaron tumani Ohaktosh va suglinka Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 5 220 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 75. Toshsoy uchastkasi Ohangaron tumani Qurilish toshlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 2 000 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 76. Tutbuloq uchastkasi Ohangaron tumani Qurilish toshlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 2 000 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak Jami 10 433 Fargʻona viloyati 77. Qirqbuloq uchastkasi Oʻzbekiston tumani Gips Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 850 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 78. Qirqbuloq uchastkasi Oʻzbekiston tumani Gillar Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 400 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 79. Qirqbuloq uchastkasi Oʻzbekiston tumani Chigʻanoqli ohaktosh Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 800 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak Jami 2 050 Xorazm viloyati 80. Bezergen uchastkasi Hazorasp tumani Lyossimon jinslar Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 500 2022-yil II chorak — 2023-yil IV chorak 81. Hazorasp uchastkasi Hazorasp tumani Lyossimon jinslar 0,9 mln t 121 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 82. Tuproqqalʼa uchastkasi Tuproqqalʼa tumani Lyossimon jinslar 0,9 mln t 121 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 83. Yangiariq uchastkasi Yangiariq tumani Qurilish qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 200 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak 84. Xiva uchastkasi Xiva tumani Qurilish qumlari Geologiya qidiruv ishlari natijasiga koʻra hisoblanadi 200 2022-yil II chorak — 2023-yil I chorak Jami 1 142
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 6-ILOVA
Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/rChora-tadbirlar nomlanishiAmalga oshirish shakliBajarish muddatiMasʼul ijrochilar1.Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 8 ta tumanda xom ashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2022-yil yakuniga qadarAndijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari,Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(A. Voitov),Qurilish vazirligi(D. Adilov),Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash(S. Annaklichev)2.Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 16 ta tuman va shaharlarda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2022-yil yakuniga qadarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari,Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(A. Voitov),Qurilish vazirligi(D. Adilov),Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash(S. Annaklichev)3.Har bir hududda bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obyektlarini loyihalashtirish va tayyor koʻp qavatli uy-joylar qurishgacha qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2022-yil yakuniga qadarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(A. Voitov),Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash(S. Annaklichev)4.Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlari faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2022-yil 1-mayQurilish vazirligi(B. Zakirov),Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash(S. Annaklichev),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(A. Voitov),Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi(B. Abdinazarov)5.“Boston Consulting Group” xorijiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilish materiallari sanoatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2022-yil 1-aprelQurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash(S. Annaklichev),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(A. Voitov),Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi(B. Abdinazarov)6.Bino va inshootlar qurilishida energiya tejamkor materiallarni, shu jumladan avtoklav gaz-betonli konstruksiyalar va yirik fibrobetonli panellarni qoʻllash boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.Normativ hujjat2022-yil 1-aprel Qurilish vazirligi(D. Adilov)7.Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini transformatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2022-yil 25-martQurilish vazirligi(B. Zakirov),Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(A. Toshkulov),Innovatsion rivojlanish vazirligi(Sh. Turdikulova),Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi(U. Tashkenbayev)8.Davlat buyurtmasi asosida qurilayotgan loyihalarda mahalliy va zamonaviy mahsulotlar ishlatish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Tahliliy maʼlumotnoma2022-yil 1-iyunQurilish vazirligi(B. Zakirov),Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash(S. Annaklichev),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi(A. Voitov),Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi(B. Abdinazarov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4198-son qarori 2-bandining “v” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarori 10-bandining birinchi xatboshisidagi “ikki oy muddatda” soʻzlari “2022-yil 1-avgustga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
