Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida (80-son)
21.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom 1-ilovaga muvofiq;
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashining (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali tushadigan soʻrovlar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlar bir oy muddatda shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tarkibini tasdiqlasin.
4. Litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan masʼul vazirliklar va idoralarning rahbarlariga grafikda belgilangan muddatlarda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
5. Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar (litsenziat) uchun mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlari 2022-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradigan vakolatli organlar uch oy muddatda amaldagi litsenziatlarning faoliyati mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) litsenziyalash tartib-taomillari “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishiga oʻtishi munosabati bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini amalga oshirsin;
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-fevral,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga 1-ILOVA
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom qoidalari 2 — 42-ilovalarda keltirilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlarida (keyingi oʻrinlarda — Pasport) nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari bilan litsenziya olmasdan shugʻullanish taqiqlanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda, faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
litsenziyalash — litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda toʻxtatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turi;
litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi — faoliyatning litsenziyalanadigan turi tarkibiga kiritiladigan faoliyat turining yoʻnalishi;
talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
litsenziyalovchi organ — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradigan davlat organi (uning hududiy boʻlinmasi) yoki boshqa tashkilot;
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus elektron tizim;
litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanishda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, mazkur Nizomda va u bilan tasdiqlangan Pasportlarda belgilangan talablar va shartlar majmui;
litsenziyalar reyestri — berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, toʻxtatilgan, bekor qilingan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazalari.
4. Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda yuboradi.
Litsenziyalash tartib-taomillari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Litsenziya” AT orqali amalga oshirilishi mumkin;
Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning litsenziyalovchi organga tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
5. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Talabgor litsenziya olish uchun taqdim qilgan arizasining koʻrib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
6. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi. Pasportlarda litsenziyalash tegishli vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — kelishiladigan organ) bilan kelishilishi zarurligi belgilanishi mumkin.
7. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan hollar bundan mustasno.
2-bob. Faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari
8. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish talablari va shartlari hisoblanadi:
Pasportlarning 9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etish;
litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;
Pasportlarda tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan talab mavjud boʻlgan taqdirda, xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda yuritish;
yuridik shaxs hisoblangan litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi;
jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilish.
9. Faoliyatning litsenziyalanadigan turi va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun alohida talab va shartlar Pasportlarda belgilanadi.
3-bob. Litsenziya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxs oʻz elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi.
Arizada faoliyatning litsenziyalanadigan turidan kelib chiqib quyidagilar aks ettiriladi:
yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
talabgor amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi;
faoliyatni amalga oshirish manzili;
Pasportlarning 5-bandida belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Pasportlarda arizaga ayrim hujjatlar ilova qilinishi lozimligi koʻrsatilishi mumkin. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
11. Talabgordan ushbu Nizomning 10-bandi va faoliyat turi boʻyicha Pasportlarning 5-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
12. Talabgor ariza berish vaqtida amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatining litsenziya talablari va shartlariga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
13. Talabgor arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, maʼlumotlarni arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimni toʻlashdan oldin, yigʻim undirilmaydigan holatlarda esa arizani litsenziyalovchi organga yuborishdan oldin oʻzgartirishga haqli.
14. Arizani koʻrib chiqish uchun Pasportlarning 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi. Bunda Pasportlarda ayrim faoliyat turlari boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
15. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
Pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda (yigʻim toʻlanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno);
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
litsenziya reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan litsenziyasi mavjud boʻlgan taqdirda;
talabgorning ayni bir xil faoliyati muayyan muddatga toʻxtatilganda;
talabgorning tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
151. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
16. Yigʻim toʻlanganidan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydigan hollarda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT orqali dastlabki tarzda taqqoslanib tekshirilgandan soʻng talabgor tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Pasportlarning 10-bandida belgilangan taqdirda, talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning oʻzida yuborilishi mumkin.
17. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Litsenziyalovchi organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari tarkibidan yoki oʻz hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
18. Talabgorning arizasini koʻrib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar Pasportlarning 10-bandida belgilangan muddatlarda, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, arizani koʻrib chiqishning umumiy muddati tugashidan 5 ish kunidan oldin, tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozim.
Kelishiladigan organlar tomonidan tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi talab etilsa, faqat oʻzining faoliyat yoʻnalishiga tegishli boʻlgan qismi boʻyicha oʻrganish oʻtkazishi mumkin. Talabgor oʻz obyektlarini joyiga chiqib oʻrganish uchun litsenziyalovchi va kelishiladigan organlarga tegishli sharoitlarni yaratib berishi kerak.
Oʻrganish natijasi boʻyicha talabgor ishtirokida dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritiladi. Agar talabgor dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, litsenziyalovchi yoki kelishiladigan organlar tomonidan bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Bunday holatda kelishiladigan organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi. Bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz litsenziya berish imkoni boʻlmaganda, talabgorning arizasini koʻrib chiqish muddati va tartibi buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanadi.
19. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
20. Agar litsenziyalovchi organ Pasportlarning 8-bandida belgilangan arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Talabgorning litsenziyani olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik litsenziyalovchi organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish huquqini cheklamaydi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda talabgor belgilangan davlat boji toʻlovini amalga oshirgandan keyin “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda talabgor faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va litsenziyalovchi organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
21. Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
litsenziya berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Pasportlarga muvofiq oʻtkazilishi shart boʻlgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Talabgorning litsenziya berish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
litsenziya berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Ushbu bandda koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
23. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Litsenziyalovchi organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, litsenziyani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorning taklif etilgan yordamni rad etishi hollari mustasno. Litsenziyalovchi organning kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatma va tavsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada batafsil yoritiladi.
24. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
25. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
27. Talabgor litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ular olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organ va uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda kelishiladigan organlar tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Talabgorning arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim, agar ular litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
28. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa maʼlumotlar talabgorning xohishiga koʻra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
29. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos boʻladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Davlat boji toʻlovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi, basharti Pasportlarning 7-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
30. Davlat boji toʻlanganidan soʻng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
31. Berilgan litsenziyalar haqidagi maʼlumot “Litsenziya” ATda faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi boʻyicha alohida yuritiladigan litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
4-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
32. Yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirishi shart.
Yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Amal qilish muddati cheklangan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, maxsus elektron tizim orqali vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi.
Maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgarganligi hamda tadbirkorlik subyektining joylashgan joyining (pochta manzilining) nomlanishi (mahallalar, koʻchalar nomi, uy raqamlari) oʻzgarganda tadbirkorlik subyektining amalda boʻlgan litsenziyalariga “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda toʻlov undirmasdan oʻzgartirish kiritiladi.
33. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
34. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organga tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtirib beriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirishni rad etish taqiqlanadi.
35. Amal qilish muddati cheklangan litsenziyalarning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilgunga qadar litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi, bunda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimning yarmi undiriladi.
351. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda vakolatli organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish uchun litsenziya berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Litsenziat xabarnoma (invoys) yuborilgan kundan boshlab 15 kun muddatda, biroq litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan 5 kun oldin litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat bojini toʻlaganda, litsenziyaning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi muddatga uzaytiriladi.
Litsenziat tomonidan davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan hollarda, unga yuborilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda bekor qilinadi.
36. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻim ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
37. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
38. Litsenziyalar litsenziatning arizasiga asosan litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishda;
litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalarning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishida;
yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish joyi oʻzgarganda.
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan asoslar litsenziat faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan litsenziya talablari va shartlari Pasportlarning 9-bandida belgilangan taqdirda, litsenziyani oʻzgartirish tartibida ariza taqdim etiladi. Litsenziat faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan talablar va shartlar belgilanmagan taqdirda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etiladi.
Litsenziyani oʻzgartirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida tegishli litsenziyani berganlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
39. Litsenziat litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirish huquqiga ega, bunda litsenziat litsenziyani oʻzgartirish haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza taqdim etishi lozim.
Litsenziat maʼlum bir sohada litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻla turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyatning kichik turiga litsenziya berish toʻgʻrisida murojaat qilsa, u tomonidan litsenziyalovchi organga faqat qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan maʼlumotlar taqdim etiladi. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan faqat qoʻshimcha qilinayotgan faoliyatning kichik turi uchun litsenziya talab va shartlariga litsenziatning muvofiqligi oʻrganiladi.
Litsenziat tomonidan faoliyatning kichik turi boʻyicha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilganda, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatning avvalgi litsenziyasiga litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turiga oid maʼlumotlar kiritilgan holda oʻzgartirishlar kiritiladi.
5-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va toʻxtatish
40. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tashabbusi bilan toʻxtatib turilishi mumkin:
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda;
litsenziya berishda kelishiladigan organlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida oʻtkaziladigan oʻrganishlar jarayonida litsenziya va ruxsat etish sohasidagi talab va shartlar buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, bir ish kuni ichida bu haqidagi xabarnoma va asoslovchi hujjatlar litsenziyalovchi organga taqdim etilganda.
41. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Belgilangan muddat ichida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha sudga daʼvo ariza kiritishi lozim.
Litsenziatlar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organlar yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
42. Litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda litsenziyaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish haqida litsenziyalovchi organga murojaat qilishi mumkin. Bunda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan olti oy muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladi.
43. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qilinadi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda litsenziatning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi haqidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida bu haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
44. Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmagan muddat taqdim etadi.
45. Litsenziat litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi haqida qaror kelib tushganidan soʻng qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda maʼlumot yuborishi lozim.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa, kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlar qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
46. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida litsenziyalovchi organ maʼlumotlarni tahlil qilishi, zaruratga koʻra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganishi lozim.
47. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyalovchi organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan soʻng litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
48. Sudning litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori tegishli litsenziyalovchi organga kelib tushganda, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Litsenziya” ATga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
49. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish quyidagi hollarda litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborilishi mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
litsenziya berganlik uchun litsenziat toʻlashi lozim boʻlgan davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmaganda.
50. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish uchun litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Litsenziyalovchi organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Nizomning 49-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga maʼlum qiladi. Shuningdek, litsenziyaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga maʼlumot kiritadi.
51. Litsenziyalovchi organ quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa. Litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklar Pasportlarda nazarda tutiladi;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilganligi haqidagi maʼlumoti sudga daʼvo arizasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga “Litsenziya” AT orqali litsenziyaning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Sudning litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda litsenziyalovchi organ ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Litsenziya ushbu bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
52. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlganda;
litsenziyaga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilish muddat tugatganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha toʻxtatilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga xabarnoma yuboradi.
6-bob. Litsenziyalanadigan faoliyatlarni nazorat qilish tartibi
53. Litsenziyalar reyestriga kiritilgan hamda faoliyatini amalga oshirayotgan litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi litsenziyalovchi organ (yoki uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan nazorat qilinadi.
54. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziatlarni litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziatlar yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga litsenziyaning amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, litsenziyani bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
litsenziya berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yuridik shaxslarga jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritish.
55. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
“Litsenziya” AT orqali masofaviy nazorat;
litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
statistik axborotlarni va litsenziatlardan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
56. Litsenziyalovchi organ masofaviy nazoratni “Litsenziya” AT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda litsenziyalar reyestriga kiritilgan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari toʻgʻrisida “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda keladigan xabarlar litsenziyalovchi organning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu xabar orqali litsenziyalovchi organ litsenziatlarning faoliyatini tahlil qiladi va oʻrganadi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha litsenziatlarga koʻrsatma berishi shart.
Litsenziatlar masofaviy nazorat asosida litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqida litsenziyalovchi organga xabar berishi lozim.
Koʻrsatma litsenziatlar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi taʼminlanmaganda litsenziyalovchi organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishi mumkin.
57. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
“xavfni tahlil etish” tizimi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
“Litsenziya” AT orqali yuborilgan litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishga doir huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
58. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.
59. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishdan bosh tortish litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
60. Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonun buzilishlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, ularni ragʻbatlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish tartibi
61. Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning:
qarorlari va hujjatlari ustidan;
mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishi mumkin.
62. Talabgor/litsenziat shikoyatni:
hududiy darajadagi litsenziyalovchi organga nisbatan uning yuqori turuvchisiga;
respublika darajasida litsenziyalovchi organga nisbatan ushbu idorada tashkil etilgan Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) taqdim etadi.
Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
63. Respublika darajasida Apellyatsiya kengashi tarkibi litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan besh nafar tarkibda tasdiqlanadi. Apellyatsiya kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Apellyatsiya kengashi yigʻilishi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
64. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat qaror (boshqa hujjat) toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki talabgor/litsenziatga litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin.
65. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), STIR;
shikoyat bergan shaxsning talablari;
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
shikoyat berilgan sana.
Shikoyat yozma shaklda berilganda shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
66. Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor/litsenziatning elektron manzili va yagona identifikatori (JSHSHIR/STIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi talabgor/litsenziatning shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligidir.
67. Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizliklar) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
Apellyatsiya kengashining shikoyat boʻyicha yigʻilish materiallarini tayyorlash respublika darajasidagi litsenziyalovchi organning yuridik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
68. Talabgor/litsenziatning talabiga koʻra shikoyat uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Bunda yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ va Apellyatsiya kengashi talabgor/litsenziatning istagiga koʻra muhokamani videokonferens aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
Videokonferens aloqa rejimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlarni taʼminlash litsenziyalovchi organning markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy boʻlinmasiga yuklanadi.
69. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ va Apellyatsiya kengashining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha oʻn besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
70. Shikoyat bergan talabgor/litsenziat shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma (shikoyatni yigʻilishda koʻrib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
71. Yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorga oʻzgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
72. Shikoyat Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar uning aʼzolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ovoz berish jarayonida ishtirok etmaydi va uning fikri Apellyatsiya kengashi aʼzolari uchun tavsiyaviy tusga ega.
73. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat yuqori turuvchi litsenziyalovchi organda yoki Apellyatsiya kengashida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, bundan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno.
8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
74. Litsenziyalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi boʻyicha alohida yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
75. Litsenziyalar reyestri avtomatik tarzda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish litsenziyalovchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
76. Litsenziyalovchi organlar quyidagi maʼlumotlarni litsenziyalar reyestriga oʻz vaqtida kiritib borishga javobgar:
litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi;
litsenziya oʻzgartirilganligi;
litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganligi;
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi;
litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi;
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganligi;
litsenziya bekor qilinganligi.
77. Har bir litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
litsenziatning reyestr tartib raqami, uning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik manzili, yuridik shaxs uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
litsenziyalovchi organ nomi;
reyestrga kiritilgan sana;
filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
faoliyat olib borish manzili;
litsenziatga faoliyatning ruxsat etilgan har bir kichik turi;
litsenziyaning amal qilish muddati — cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun;
litsenziyaning holati (amalda, toʻxtatib turilgan, bekor qilingan, toʻxtatilgan);
litsenziya holati har bir oʻzgarishining asoslari va sanasi.
78. Litsenziatlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bazasi litsenziyalovchi organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda litsenziyalashda kiritiladigan barcha maʼlumotlar hamda ilova qilinadigan hujjatlarning elektron nusxalari saqlanadi.
Ushbu maʼlumotlar bazasida litsenziyalar reyestrida kiritilmagan axborotlar mavjud boʻlgan taqdirda, litsenziyalovchi organlar tomonidan ushbu axborotlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
80. Litsenziyalovchi organ (ularning mansabdor shaxslari) litsenziatga nisbatan qoʻllagan javobgarlik choralari, shuningdek, litsenziyani toʻxtatib turishi va/yoki bekor qilishi noqonuniy deb topilgan taqdirda, litsenziatga keltirgan zararlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplaydi.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, “Litsenziya” AT orqali doimiy monitoring olib boradi.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 1-ILOVA
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Talabgor Litsenziya olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi. Oʻz xohishiga koʻra 2-bosqich Talabgor 1. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi va tegishli hujjatlarni yuklaydi. Oʻz xohishiga koʻra 2. Arizani koʻrib chiqish uchun litsenziyalanadigan faoliyat turlari pasportlarining (keyingi oʻrinlarda — Pasportlar) 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlaydi. 3-bosqich “Litsenziya” AT yoki YIDXP Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi. Pasportlarning 10-bandida belgilangan holatlarda, hujjatlar bir vaqtning oʻzida kelishuvchi organlarga ham yuboriladi. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlangandan soʻng real vaqt rejimida Litsenziyalovchi organ Arizani koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra obyektlarni joyiga chiqib oʻrganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud maʼlumotlarni mustaqil ravishda oladi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi. Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda 4-bosqich “Litsenziya” AT 1. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 2. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi. Real vaqt rejimida 5-bosqich Talabgor 1. Xabarnomada koʻrsatilgan davlat boji toʻlovini amalga oshiradi. 1. 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda “Litsenziya” AT 2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. 2. Davlat boji toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 2-ILOVA
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno);b) umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari;v) oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari;g) kasbiy taʼlim xizmatlari;d) oliy taʼlim xizmatlari;e) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari.3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxs4.Litsenziyalovchi organ:Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:a) ariza;arizada quyidagilar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud boʻlsa), taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilganligi;b) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari.II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:a) ariza. arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi;faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;kadrlar tayyorlash rejalashtirilayotgan sohalar, taʼlim jarayonlari yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlar, kasblar yoki mutaxassisliklar roʻyxati (taʼlim shakllari koʻrsatilgan holda);ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, oʻzgartirish, qayta rasmiylashtirish);kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha qabul rejasi (toʻliq oʻqish davomiyligi koʻrsatilgan holda);pochta manzili, elektron pochtasi, mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;b) tashkil etilayotgan taʼlim tashkilotining nomi, maqomi, boshqaruv tizimi, boshqaruv kadrlari, asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari, qabul parametrlari, taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari, toʻlov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi, shuningdek, taʼlim tashkilotini rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategik rejasini oʻz ichiga olgan konsepsiya; v) bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan hisobvaragʻida zaxira mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;g) qabul qilinadigan talaba (oʻquvchi, izlanuvchi)lar soniga mos ravishda oʻquv binolari, talabalar turar joyi va oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa yer, bino va inshootlarning tegishli hujjatlari (oldi-sotdi shartnomasi, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish hujjati yoki foydalanish uchun kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi, shuningdek, koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari 7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:15 ish kunida (oliy taʼlim turi boʻyicha 30 ish kunida)9.Litsenziya talablari va shartlari:I. Nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:a) taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (oldi-sotdi shartnomasi yoki koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan boʻlsa), koʻchmas mulk obyekti kadastr pasporti, koʻchmas mulk obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar), shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi*;a1) nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatiladigan bino va xonalarni onlayn translyatsiya qilish hamda bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan, ovoz yozish moslamalik ichki va tashqi kameralar bilan taʼminlash.Bunda videoyozuv qaydlari kamida olti oygacha saqlab boriladi*;b) taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etish, shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar oʻzbek tili faniga ajratiladigan oʻquv soatlari hajmini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tasdiqlangan tayanch oʻquv rejaga muvofiq belgilashi*;v) taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik*;g) litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.Bunda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturi (erp.maktab.uz) va elektron platformalariga (my.maktab.uz, e-shahodatnoma.uz, emaktab.uz) kiritish va muntazam ravishda yangilab borish (maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar va “Bolalar bogʻchasi” (bbit.uz) axborot tizimiga ham ushbu maʼlumotlarni kiritib boradi);oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimlariga (Akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS AL, kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS PT, oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi — HEMIS, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi — Daraja.ilmiy.uz)ga tegishliligi boʻyicha kiritish va muntazam ravishda yangilab borish*;d) taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish;e) nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish*;j) nodavlat taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi (Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etiladigan xorijiy taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning taʼlim muassasalari filiallari (markazlari, taʼlim kampuslari) va boshqa boʻlinmalari bundan mustasno)*;z) bitiruvchilarga belgilangan tartibda taʼlim toʻgʻrisida hujjat berish (bundan maktabgacha taʼlim xizmatlari mustasno).II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun qoʻshimcha nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:a) qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;b) taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjudligi bunda, har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*;tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlarining maydoni 5 000 m2dan kam boʻlmasligi;v) oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshmasligi hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga talabalarni tegishli taʼlim dasturlari belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilganidan soʻng navbatdagi (kelayotgan) oʻquv yili uchun belgilangan tartibda qabul qilish*;g) oliy taʼlim tashkilotida vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi mavjudligi*;d) qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtish*;e) davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish*;j) oliy taʼlim tashkiloti dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish;z) taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritish*.III. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi:Maktabgacha taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)T/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar1.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*kamida 2 ta kompyuter texnikasi hamda ekran oʻlchami kamida 40 duym boʻlgan televizor bilan jihozlangan maktabgacha taʼlimning dasturlarini amalga oshirish uchun oʻquv xonasi yoki axborot-resurs markazi;oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning tarbiyalanuvchilar umumiy soniga nisbati — 1/6.2.Bitta guruhdagi tarbiyalanuvchilarning maksimal soni:*3 yoshgacha guruhda — 20 nafar;3-5 yoshlilar guruhida — 25 nafar; qisqa muddatli guruhda — 30 nafar. 3.Bitta guruh uchun kiritiladigan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarining minimal miqdorlari:*a) tarbiyachi:9 soatli — 1,25 shtat birligi;10,5 soatli — 1,46 shtat birligi;12 soatli — 1,67 shtat birligi;24 soatli — 2,2 shtat birligi;b) tarbiyachi yordamchisi:9 soatli — 1 shtat birligi;10,5 soatli — 1,15 shtat birligi;12 soatli — 1,25 shtat birligi;24 soatli — 1,5 shtat birligi.4.Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining sigʻimiga qoʻyiladigan minimal talablar:*devor yoki panjara bilan oʻrab olingan hududiga va alohida kirish-chiqish joyiga ega boʻlgan:a) alohida binolarda tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni 385 nafardan oshmasligi;b) koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavatida tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni:shahar joylarda — 75 nafargacha;qishloq joylarda — 60 nafargacha;individual binolarda — 150 nafargacha boʻlishi lozim.5.Maktabgacha taʼlim tashkilotida maʼmuriyat va har bir guruh uchun talab etiladigan xonalar va har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*a) maʼmuriyat uchun:rahbar xonasi — 1 ta xona;metodist xonasi — 1 ta xona;tibbiyot xonasi — 1 ta xona;b) mashgʻulotlar va oʻyinlar uchun:poyabzalni almashtirish xonasi shkaflari bilan (har bir guruh uchun) — 5,0 m2;mashgʻulotlar va oʻyin xonasi — 3,3 m2;yotoqxona — 3,3 m2;ovqatlanish joyi (har bir guruh uchun) — 18 m2;musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻtkazish zali — 2 m2;kutubxona — 18 m2; v) xoʻjalik ishlari uchun:taom tayyorlash xonasi;taom tarqatish xonasi;idish-tovoq yuvish xonasi;kir yuvish va quritish xonasi;choyshablarni saqlash joyi (shkaf);tozalash vositalarini saqlash joyi (shkaf);oziq-ovqat mahsulotlari saqlash omborxonasi; maʼmuriyat, tarbiyachilar va xodimlar, har bir tarbiyalanuvchilar guruhi uchun alohida hojatxona.6.Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ichki qismida har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*umumiy tipdagi uchun — 3,3 m2;koʻp qavatli turar joy binosining birinchi qavati uchun — 2,8 m2.7.Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilingan boʻlishi lozim.Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariT/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar1.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*kamida 30 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;taʼlim oluvchilarga har bir fandan bir donadan darsliklar, shu jumladan, elektron darsliklar.2.Bitta sinfdagi taʼlim oluvchilarning maksimal soni:*umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida:1-4-sinflarda — 20 nafar;5-9-sinflarda — 24 nafar;10-11-sinflarda — 20 nafar.3.Taʼlim oluvchilar soniga toʻgʻri keladigan oʻqituvchilar shtat birliklari:*umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida:1-4-sinflarda — 25 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi;5-9-sinflarda — 12 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi;10-11-sinflarda — 13 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi.4.Oʻqituvchilarning malaka toifalariga (lavozimlariga) koʻra salohiyati:* mutaxassislar (oliy maʼlumotli oʻqituvchilar) — 30%;ikkinchi malaka toifalilar (katta oʻqituvchilar) — 30%;birinchi malaka toifalilar (yetakchi oʻqituvchilar) — 20%;oliy malaka toifalilar (bosh oʻqituvchilar) — 20%. 5.Chet tili oʻqituvchilarining chet tilini bilishi darajasi:*ingliz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 6), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;nemis tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;fransuz tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;yapon tilidan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori;boshqa tillardan — C1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari C1 va undan yuqori.6.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar:*devor yoki panjara bilan oʻralganligi;koʻkalamzorlashtirilganligi;tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi. 7.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi:*40 — 630 nafar — 20 m2;631 — 989 nafar — 15 m2;990 nafardan ortiq — 10 m2.8.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami:*a) maʼmuriyat uchun:rahbar xonasi — 1 ta xona;oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;metodik xona — 1 ta xona;psixolog xonasi — 1 ta xona;tibbiyot xonasi — 1 ta xona;b) dars mashgʻulotlari uchun:barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;boshlangʻich sinf xonalari — 2 m2;frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;rasm, chizmachilik, musiqa fanlari uchun xonalar — 2,4 m2;informatika xonasi — 2,5 m2;chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;chet tili xonasi — 2,4 m2;ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;texnologiya xonasi — 6 m2;kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;kutubxona — 0,6 m2;sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m; v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:faollar zali;oshxona;tibbiyot xonasi;xoʻjalik xonasi;oʻqituvchilar uchun hojatxona — 3 m2 (har blokda alohida);taʼlim oluvchilar uchun hojatxona — 0,4 m2 (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).9.Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi:*kamida 50 % kompyuter texnikalari 10 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.10.Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*jami taʼlim oluvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlari tanlov asosida bepul oʻqishga qabul qilingan boʻlishi (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun).11.Bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talablarning bajarilganligi:*bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilgan boʻlishi hamda har uch yilda malakasi oshirib borilishi.Oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariT/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar1.Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:25 (yigirma besh) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar;2.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi:*a) kamida 32 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;b) kamida 10 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;v) server qurilmasi, taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.3.Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:a) toʻliq guruhlar uchun 26 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi;b) boʻlib oʻtiladigan fanlar uchun 13 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi.4.Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.5.Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*:40 — 630 nafar — 20 m2;631 — 989 nafar — 15 m2;990 nafardan ortiq — 10 m2.6.Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:a) maʼmuriyat uchun:rahbar xonasi — 1 ta xona;oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;metodik xona — 1 ta xona;psixolog xonasi — 1 ta xona;tibbiyot xonasi — 1 ta xona;buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi — 1 ta xona;b) dars mashgʻulotlari uchun:barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;informatika xonasi — 2,5 m2;chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;chet tili xonasi — 2,4 m2;ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:kutubxonaning umumiy maydoni — 100 m2;faollar zali;oshxona;tibbiyot xonasi;xoʻjalik xonasi;oʻqituvchilar uchun hojatxona (har blokda alohida);taʼlim oluvchilar uchun hojatxona (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).7.Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.8.Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.Kasbiy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariT/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar1.Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:25 (yigirma besh) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish;2.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:a) kamida 32 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;b) kamida 10 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;v) server qurilmasi, taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.3.Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:a) toʻliq guruhlar uchun 30 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi;b) boʻlib oʻtiladigan fanlar uchun 15 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlishi.4.Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.5.Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*:40 — 630 nafar — 20 m2;631 — 989 nafar — 15 m2;990 nafardan ortiq — 10 m2.6.Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:a) maʼmuriyat uchun:rahbar xonasi — 1 ta xona;oʻqituvchilar xonasi — 1 ta xona;metodik xona — 1 ta xona;psixolog xonasi — 1 ta xona;buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xonasi — 1 ta xona;b) dars mashgʻulotlari uchun:barcha fanlardan umumiy tipdagi sinfxonalar — 2 m2;frontal va individual mashgʻulotlar uchun sinfxonalar — 2,5 m2;informatika xonasi — 2,5 m2;chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik xonasi (mulyajlar saqlash xonasi bilan) — 2,4 m2;chet tili xonasi — 2,4 m2;ikkiga boʻlib oʻqitiladigan fanlar uchun xona — 2,5 m2;kimyo, fizika, biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari — 2,5 m2;sport zali (taʼlim oluvchilar soniga koʻra) — 9,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 18,0x30,0 m;tayyorlaydigan kasb va mutaxassisliklar hamda belgilangan normalarga mos laboratoriya(lar) va ustaxonalar;v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:kutubxonaning umumiy maydoni — 100 m2;faollar zali;oshxona;tibbiyot xonasi;xoʻjalik xonasi;oʻqituvchilar uchun hojatxona (har blokda alohida);taʼlim oluvchilar uchun hojatxona (oʻgʻil va qiz bolalarga alohida, har qavatda bittadan).7.Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.8.Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.Oliy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariT/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar1.Talabgorning dastlabki ustav fondi (ustav jamgʻarmasi)ga qoʻyiladigan minimal talablar*:Kamida 2 (ikki) mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar hamda keyinchalik talabalar sonining koʻpayib borishiga mutanosib ravishda ushbu ustav fondini oshirib borish.2.Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori*:350 (uch yuz ellik) ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy taʼminlab borish.3.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:a) kamida 40 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan kompyuter sinflari;b) kamida 40 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi (har bir kompyuter texnikasi uchun kamida 4 m2 maydon ajratilishi lozim);v) har bir oʻquv binosida maydoni 50 m2 dan kam boʻlmagan talabalar mustaqil dars qilish xonasi;g) server qurilmasi, SCORM standarti talablariga muvofiq boʻlgan taʼlim faoliyati va taʼlim jarayonlarini boshqarish elektron platformasining mavjudligi hamda maʼlumotlar bazasi xavfsizligi kafolati mavjudligi.4.Taʼlim oluvchilar uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi*:guruhda — 20 — 30 nafargacha;potokda — 40 — 90 nafargacha talaba uchun belgilangan maydon talablardan kam boʻlmasligi.5.Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.6.Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*:texnika va muhandislik — 11,2 — 19,4 m2;pedagogika — 8,7 — 14,5 m2;farmatsevtika — 11,2 — 19,4 m2;iqtisodiyot — 7,9 — 13,1 m2;tibbiyot — 12,3 — 22,0 m2;qishloq xoʻjaligi — 11,2 — 19,4 m2;zooveterinariya — 11,4 — 20,5 m2;madaniyat — 15,0 — 26,0 m2;sanʼat va arxitektura — 20,0 — 33,8 m2;boshqa yoʻnalishlar boʻyicha — 8,7 — 14,5 m2.7.Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:a) maʼmuriyat uchun:rektoratdagi barcha maʼmuriy-boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan xonalar — 1 tadan xona;buxgalteriya xonasi — 1 ta xona;inson resurslarini boshqarish boʻlinmasi xonasi — 1 ta xona;b) dars mashgʻulotlari uchun:oʻquv auditoriyalari — 2,2 m2;kompyuter zali (sinfi) — 4 m2;chet tili xonasi — 2,4 m2;umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalari — 4 m2; texnik va maxsus laboratoriyalar — 6 m2;alohida kabinalarga ajratilgan fonozallar — 3 m2;oʻquv-texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv auditoriyalari — 2,4 m2;kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish zallari — 3,6 m2 (arxitektura-qurilish va badiiy OTTlar uchun — 6 m2);sport zal (sport taʼlim yoʻnalishlari hamda oʻquv rejalarida sportga oid fanlari mavjud boʻlsa) — 12,0x18,0 m; 12,0x24,0 m; 15,0x24,0 m; 18,0x38,0 m va undan yuqori;oʻquv binolarining umumiy quvvatiga nisbatan barcha taʼlim shakllari boʻyicha tahsil olayotgan jami talabalar soni 2 baravardan ortib ketmasligi;v) qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun:kutubxonaning umumiy maydoni (har bir oʻquv binosida) — 200 m2 ;faollar zali;oshxona (bufet);tibbiyot xonasi;taʼlim oluvchilar turar joyi — Toshkent shahri uchun har 5 nafar taʼlim oluvchiga 1 oʻrin (joy) nisbatida, boshqa hududlarda har 10 nafar taʼlim oluvchiga 1 oʻrin (joy) nisbatida.8.Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:a) taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sahifasi mavjudligi;b) kamida 75 % kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;v) kamida 50 % hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.9.Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariT/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar1.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi*:kamida 10 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi.2.Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar*:a) devor yoki panjara bilan oʻralganligi;b) hududning kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirilganligi;v) tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;g) ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;d) stadion (oʻyin maydoni) (oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va dam olish qismlarining mavjudligi;e) hududning xavfsizlik boʻyicha video kuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi.3.Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchami*:a) rahbar xonasi — 1 ta xona;ilmiy rahbarlar xonasi — 1 tadan xona;kollegial organ xonasi — 1 ta xona;ilmiy kotib xonasi — 1 ta xona;ixtisosliklar boʻyicha tadqiqotchilar xonasi — 1 tadan xona;tibbiyot xonasi — 1 ta xona;onlayn uchrashuv va ilmiy tadbirlarda qatnashish imkonini beruvchi xona — 1 ta maxsus xona;4.Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim turi boʻyicha moddiy-texnik bazaning holati:ixtisosliklar boʻyicha ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi;ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun zamonaviy asbob-uskunalar, materiallar, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, maishiy texnika va boshqa zarur vositalarning yetarli darajada mavjudligi;eksperimental bazaning mavjudligi.5.Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi*:a) 100% kompyuter texnikalari 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;b) ilmiy ishlar saqlanadigan kutubxona va xalqaro portallarga ulanganlik.6.Oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar*:a) proyektor yoki oʻlchami 1500x1000, 1500x2000, 2500x2000 boʻlgan elektron yoxud oddiy doska — 1 dona;b) auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:a) Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);b) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);v) Sogʻliqni saqlash vazirligining xulosalari (faqat ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida);g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa (5 ish kuni ichida);d) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xulosasi (pedagogik taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim jarayonini tashkil etish istagidagi nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashda) (5 ish kuni ichida).11.Litsenziyaning amal qilish muddati:Cheklanmagan.12.Izoh.I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari aniq koʻrsatiladi.Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga taʼlim turi tegishli boʻlgan taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, ularning hududiy boʻlimlari va boʻysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga taʼlimning har bir turi uchun alohida Litsenziya beriladi. Litsenziyada yuridik shaxsning nomi, tashkilotning STIR raqami, yuridik (pochta) manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati va taʼlim shakllari, litsenziya berilgan sana va vaqti koʻrsatiladi.Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga taʼlim turi tegishli boʻlgan taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlimlari va boʻysunuvidagi idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.Nodavlat taʼlim tashkilotining maʼmuriy hududlardagi (Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) faoliyat manzillari uchun taʼlim faoliyati yoʻnalishlari va taʼlim shakllari litsenziyada alohida koʻrsatiladi hamda litsenziya talablari va shartlari alohida qoʻllaniladi, bundan ustav fondi hamda depozit hisobvaragʻida zaxira qilinadigan mablagʻning minimal miqdoriga qoʻyilgan talablar mustasno. Ijobiy xulosa asosida taqdim qilingan litsenziya faqatgina taʼlim tashkiloti tashkil etilganligini tasdiqlaydi va taʼlim jarayonlarini boshlash huquqini bermaydi.Litsenziyaga ega boʻlgan taʼlim tashkiloti belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlgandan soʻng taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim jarayonlarini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.Litsenziya olish jarayonida (olingandan keyin) taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlar soxtaligi aniqlanishi litsenziya bekor qilinishiga asos boʻladi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 3-ILOVA
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat (obyektni konservatsiyalash, restavratsiya qilish, taʼmirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish, tiklash) quyidagi toifalar boʻyicha:I toifadagi litsenziya — mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun;II toifadagi litsenziya — respublika va mahalliy ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun.3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxs4.Litsenziyalovchi organ:Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi;5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi maʼlumotlar (F.I.O, lavozimi, mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji).v) yuzasi 10 m.kv dan kam boʻlmagan qurilish havozasi va gʻisht kesish, silliqlash, metall kesish, yogʻochga ishlov berish asbob-uskunalarning nomi, markasi va soni haqida maʼlumotnoma.Litsenziyalovchi organ quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda oʻzi oladi:“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumot;litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan restavrator-ustaning malaka sertifikati;tegishli avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi yuridik shaxsda ishlaydigan mutaxassislarning tegishli mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot boʻyicha diplom maʼlumotlari.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:I toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;II toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari.8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:7 ish kuni9.Litsenziya talablari va shartlari:a) vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish;b) litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi sohasida olib boriladigan ishlar (asrashga doir faoliyat olib boriladigan obyekt nomi va manzili) haqida ushbu ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin va yakunlangandan soʻng uch kun ichida litsenziyalovchi organga axborot berish;v) asrashga doir ishlarda obyektga salbiy taʼsirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish;g) arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilishda tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan arxeologni shartnoma asosida jalb etish;*d) yuzasi 10 m.kv dan kam boʻlmagan qurilish havozasi va gʻisht kesish, silliqlash, metall kesish, yogʻochga ishlov berish uskunalari mavjud boʻlishi;e) yuridik shaxsning shtatida talabga javob beradigan quyidagi mutaxassislarning mavjud boʻlishi, shu jumladan, litsenziat litsenziyadan foydalanish davrida (obyektda asrashga doir ishlarni amalga oshirish davomida) ushbu mutaxassislarning shaxsan ishtirok etishini taʼminlashi:*I toifadagi litsenziya uchun — oliy maʼlumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi maʼlumotga ega boʻlgan va sohada soʻnggi 10 yil davomida kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlgan 2 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash, sanʼat asarlari va meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, tasviriy va amaliy sanʼat bezagi, arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi;II toifadagi litsenziya uchun — oliy maʼlumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi maʼlumotga ega boʻlgan va sohada soʻnggi 10 yil davomida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan 4 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash, sanʼat asarlari va meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, tasviriy va amaliy sanʼat bezagi; arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi.10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:mavjud emas11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.Obyektning respublika va mahalliy ahamiyatga ega ekanligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining buyrugʻi bilan belgilanadi.Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatda bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan litsenziyaga ega boʻlmagan subpudrat (yordamchi pudratchi) tashkilotlar quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda jalb etiladi:subpudrat tashkilotlarni moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida boʻlimlari boʻyicha ruxsat etiladi va bunda umumiy ish hajmining 20 foizidan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi;subpudrat tashkilotlar asrashga doir ishlarda loyiha-smeta hujjatlarida faqat ularga taalluqli qismi boʻyicha ishtirok etadi;litsenziat subpudrat tashkilotlar va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun toʻliq javob beradi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 4-ILOVA
Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1. Litsenziya nomi: Litsenziya nomi: 2. Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish; b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylarda (FHDYdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — “nikoh toʻyi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat toʻyi” marosimiga xizmat koʻrsatish, koʻngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar). 3. Ariza beruvchilar toifasi: Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar 4. Litsenziyalovchi organ: Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi 5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: Yuridik shaxs litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), ijodiy jamoa aʼzolarida imtiyozga ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlsa (nogironligi boʻlgan shaxslar, taʼlim muassasalarida oʻqiydiganlar, pensionerlar) imtiyozi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi. b) ijrochilarda musiqa maʼlumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda; v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda; g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; d) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (asarning matni, mualliflarining ismi-sharifi asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika koʻrik-tanlovlar ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud boʻlganda; e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qoʻshiq va uning matni (agarda mavjud boʻlsa asarga olingan videoklip) Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga (keyingi oʻrinlarda — Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi) shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etadi. Jismoniy shaxs litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ariza; arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, pasport seriyasi va raqami yoki ID-karta raqami, JSHSHIR, telefon raqami, jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) ijrochi imtiyozga ega boʻlsa (nogironligi boʻlgan shaxs, taʼlim muassasasida oʻqiydigan, pensioner) imtiyozi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishiga roziligi. b) ijrochida musiqa maʼlumot mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda; v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda; g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochining repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; d) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (asarning matni, mualliflarining familiyasi, ismi va otasining ismi, asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika koʻrik-tanlovlar ishtirokisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud boʻlganda; e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qoʻshiq va uning matni (agarda mavjud boʻlsa asarga olingan videoklip) Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etadi. 6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari 7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish: I reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; II reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari; b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”), “sunnat toʻyi” tadbirlariga xizmat koʻrsatish, hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar): III reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga; 0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga; qolgan mablagʻlar — litsenziyalovchi vakolatli organ hisobvaragʻiga. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan toʻlanadi. Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya boʻyicha undiriladi. Bunda, litsenziyada ijodiy jamoa aʼzolari toʻliq koʻrsatiladi va ulardan litsenziya uchun davlat boji qoʻshimcha ravishda undirilmaydi, ijodiy jamoa aʼzosi mustaqil ijrochi sifatida ijod qilgan hollar bundan mustasno. Ijodiy jamoa uning barcha aʼzolari davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladigan shaxslar guruhi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilanadi. 8. Arizani koʻrib chiqish muddatlari: 10 ish kuni 9. Litsenziya talablari va shartlari: a) litsenziatlar tomonidan aholiga konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda ushbu pasportda koʻrsatilgan aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatish huquqi boʻyicha amalga oshirish; I reyting guruhlarining mezonlari: kamida 3 yil mobaynida muntazam ravishda yakkaxon ijrochi konsertlari oʻtkazish; ijodiy faoliyat davomida kamida 3 ta albom chiqarish; “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” va boshqa faxriy unvonlari mavjudligi; respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlari, ular mavjud boʻlganda; konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi. Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari: Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yakkaxon ijrochi konsertini tashkil etish; bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish; ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish. II reyting guruhlarining mezonlari: kamida 1 ta qoʻshigʻining mavjudligi; konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi. Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari: bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish; ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish. III reyting guruhlarining mezonlari: oʻziga xos isteʼdodi, talantining mavjudligi. Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari: toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari koʻrsatish), jumladan, hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, sozanda, raqqos(a), bek-vokal, (xonandalardan tashqari) bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish va ularda qatnashish; b) konsert-tomosha tadbirlarida, toʻylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati, tashqi koʻrinish madaniyatiga zid boʻlgan xatti-harakatlar qilishini hamda maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʻoyalarini targʻib qilishni istisno etgan holda qoʻshiqlarni va ular boʻyicha yaratilgan videokliplarni ijro etish; v) litsenziya olish uchun birinchi marta ariza topshirgan, III reyting guruhiga kirmaydigan, ijrochi hamda ijodiy jamoalar litsenziyalovchi organning taklifiga asosan ijro mahoratini jonli eshitish uchun Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining yigʻilishiga shaxsan yoki masofaviy ishtirok etish yoxud jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etish; g) koʻrsatilgan konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda shartnoma asosida amalga oshirish;* d) jismoniy shaxslar yillik faoliyati yakunidan kelib chiqib, soliq qonunchiligida belgilangan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyani toʻldirish;* e) Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlarini xabardor qilish;* j) Konsert-tomosha faoliyatida u yoki bu dinni targʻib etmaslik; z) Litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlari litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazilganda turli nooʻrin xatti-harakatlar qilmaslik; i) I reyting guruhi ijrochilari tomonidan oʻzgalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzmaslik*. 10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: mavjud emas 11. Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan 12. Izoh. Ushbu pasportning 2-bandi “a” kichik bandida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxslarda “b” kichik bandda belgilangan litsenziyalanadigai faoliyat turining kichik turi bilan ham shugʻullanish huquqi mavjud. Litsenziya berish yoki uni berishni rad qilish haqidagi qaror talabgorning ijro mahoratini jonli eshitish yakuni boʻyicha Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida qabul qilinadi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining majlisi oʻn kunda kamida bir marta oʻtkaziladi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida malaka (professional) sifatlarni baholaydi va har bir ijrochini ushbu pasportning 9-bandiga muvofiq malaka talablariga binoan aniq reyting guruhiga kiritadi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 5-ILOVA
Turizm faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) ichki turizm faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish);b) chiqish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan, tibbiy va taʼlim turizmini) amalga oshirish);v) kirish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish).3.Ariza beruvchilar toifasi:Jismoniy va yuridik shaxslar4.Litsenziyalovchi organ:Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish);b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;v) yuridik shaxs shtatida “turizm” va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional maʼlumotga yoxud turizm sohasida 3 yildan ortiq ish staji va malaka oshirish sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, uy manzili, maʼlumoti, aloqa telefonlari koʻrsatilgan maʼlumotlar.Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun:a) ariza;yuridik shaxslar uchun:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish);jismoniy shaxslar uchun:familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR (mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish joyi, yashash joyi, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish).b) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:“Ichki turizm” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yoʻnalish turi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:uch ish kuni.9.Litsenziya talablari va shartlari:Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:a) turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;b) yuridik shaxs shtatida “turizm” va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional maʼlumotga yoxud turizm sohasida 3 yildan ortiq ish staji va malaka oshirish sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;*v) yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikatini olishi;*g) turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan, oʻzbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini koʻrsatish;d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish;e) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud boʻlsa), turizm faoliyatining aniq yoʻnalishlari uchun masʼul boʻlgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;j) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);z) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi;*i) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*k) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*l) faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan yoʻnalish(lar) boʻyicha amalga oshirish;*m) mijozlar va chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlarini koʻrsatmaslik;*o) fuqarolarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga “Umra” ziyoratini bajarish uchun yubormaslik.*Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:a) turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yoʻnalishidagi faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;*g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan soʻng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targʻib va realizatsiya qilish;*d) har bir turistga va ekskursiyachiga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish;e) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;j) fuqarolarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga “Umra” ziyoratini bajarish uchun yubormaslik.*10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:mavjud emas.11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ILOVA
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) sugʻurtalovchilarning sugʻurta faoliyati;b) sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati;v) sugʻurtalovchilarning faqat qayta sugʻurtalash faoliyati.3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxslar4.Litsenziyalovchi organ:Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:sugʻurtalovchilarning sugʻurta faoliyati uchun:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, sugʻurta faoliyati klassifikatori boʻyicha tanlash (hayotni sugʻurta qilish sohasi; umumiy sugʻurta sohasi; majburiy sugʻurta; faqat qayta sugʻurtalash), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumot.b) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ustav fondining shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat (bank maʼlumotnomasi, “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan berilgan aksiyalarning joylashtirilganligi haqidagi maʼlumot va ariza berilayotgan kun holatiga bank hisobvaragʻidan koʻchirma);sugʻurtalovchining vakolatli davlat organi bilan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro axborot almashish toʻgʻrisida yozma bitimning mavjud boʻlishi;Faoliyat turi faqat qayta sugʻurta qilishdan iborat boʻlgan litsenziya talabgorlari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni taqdim etadilar.Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:v) sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimning nusxasini;g) sugʻurtalovchining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.Faoliyat predmeti ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:d) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni va tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallarining tasdiqlangan nizomlari nusxasi.Faoliyati predmeti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda:e) tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasini;j) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.Sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun:ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatiladi.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:20 ish kuni9.Litsenziya talablari va shartlari:a) Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;b) sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini taʼminlash;v) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;g) quyidagi shaxslarni sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yoʻl qoʻymaslik:terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;shaxsga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan shaxslar;d) “g” kichik bandda belgilangan shaxslarning sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik;e) litsenziya talabgorining (litsenziatning) va ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, jumladan, kasbiy koʻnikmalar, bilim va tajribaning korporativ boshqaruv standartlariga muvofiqligi va ijobiy ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi;j) litsenziya talabgorining (litsenziatning) rahbarlik lavozimlarida ishlovchi shaxslarining boshqa sugʻurta tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida oʻrindoshlik asosida ishlashiga yoʻl qoʻymaslik;z) besh yil mobaynida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga oid barcha maʼlumotlarni, jumladan ish yozishmalarini saqlash.Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:a) ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud boʻlishi;b) vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilish;v) qonunchilik talablari asosida elektron sugʻurta xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash uchun axborot tizimining mavjudligi;g) sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va ushbu tizim orqali sugʻurta polislarini rasmiylashtirish;d) aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasligi;e) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi)ning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan oʻz filiallariga ega boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;j) sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimning mavjud boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;z) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallari mavjud boʻlishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalovchilar uchun;i) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;k) sugʻurtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjud boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun.Sugʻurta brokerlari uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:a) sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash;b) sugʻurta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;v) sugʻurtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.Litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi jumlasiga kiradigan harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 54-moddasida belgilangan.10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:mavjud emas11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Sugʻurta faoliyati klassifikatori:Hayotni sugʻurta qilish sohasiKlass tartib raqamiKlassning nomiMazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablarI klassHayot va annuitetlarQuyidagi hollarda sugʻurta summalari toʻlash boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari majmui:sugʻurta qilinuvchining sugʻurta muddati tamom boʻlgungacha yoki sugʻurta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;sugʻurta qilinuvchining vafot etishi; shuningdek sugʻurta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy toʻlovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasnoII klassNikoh va tugʻilishNikohga kirishda yoki bola tugʻilganda sugʻurta summasi toʻlanishini taʼminlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sugʻurta qilish turlari majmuiIII klassHayotni uzoq muddatli sugʻurta qilishUmrbod renta toʻlanishi bilan birgalikda hayotni sugʻurta qilish turlari majmuiIV klassSogʻliqni sugʻurta qilishKoʻrsatib oʻtilgan sugʻurta davri kamida besh yildan kam boʻlmagan muddatga yoki sugʻurta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yoʻqotganda sugʻurta summalari toʻlanishini taʼminlovchi hayotni sugʻurta qilish turlari majmui. Bunda shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta davri sugʻurtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin emasV klassMajburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni sugʻurtalashSugʻurtalangan shaxs ushbu hodisadan oldin (qarz muddati tugaguniga qadar omon qolish yoki boshqa majburiyatni toʻliq bajarish) vafot etgan taqdirda sugʻurtalangan shaxsning naf oluvchilari va (yoki) sugʻurtalangan shaxsning majburiyatlari boʻlgan shaxsga ushbu majburiyat doirasida sugʻurta summasini toʻlashni taʼminlaydigan muayyan hodisa (qarz muddati tugaguniga qadar omon qolish yoki boshqa majburiyatni toʻliq bajarish)da sugʻurta toʻlovisiz (sugʻurta mukofotini qaytarmasdan) hayotni sugʻurtalash turlarining majmuiVI klassUzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʻurtasiSugʻurtalangan shaxs tomonidan amalga oshiriladigan va sugʻurtalangan shaxs pensiya yoshiga yetganida sugʻurta shartnomasida belgilangan oylik renta yoki bir martalik toʻlov shaklida sugʻurta summalarini toʻlashni taʼminlaydigan hayotni sugʻurtalash turlarining majmuiVII klassKapitalni qaytarish bilan hayotni sugʻurtalashSugʻurta qildiruvchi qoʻyilgan mablagʻlarning qaytmaslik xavfida ishtirok etgan shartda, toʻlangan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovining kafolatlangan miqdori va sugʻurta shartnomasida belgilangan toʻlov muddati doirasida investitsiya obyektini joylashtirish va aniqlash masalasini yechishda sugʻurta qildiruvchining ishtiroki bilan hayotni sugʻurtalash turlari majmuiUmumiy sugʻurta sohasiKlass tartib raqamiKlassning nomiMazmuni va sugʻurta qilish shartlari boʻyicha talablar1-klassBaxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilishQuyidagi hollarda:a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sogʻliqning qattiq shikastlanishi, yoxud;b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotish, shu jumladan,ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va hayotni sugʻurta qilish sohasining IV klassi boʻyicha sugʻurta shartnomalarini istisno qilgan holda sugʻurta qilingan shaxsga sugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui2-klassKasallikdan ehtiyot shart sugʻurta qilishSugʻurta taʼminotining belgilab qoʻyilgan pul summasi toʻlanishini yoki kasallik yoki sogʻliqning izdan chiqishi munosabati bilan sugʻurta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui, biroq hayotni sugʻurta qilish sohasining IV klassi boʻyicha shartnomalarni istisno qilgan holda3-klassYer usti transport vositalarini sugʻurta qilishTransport vositalari, oʻzi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yoʻl tarkibi bundan mustasno, yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui4-klassHarakatlanadigan temir yoʻl tarkibini sugʻurta qilishHarakatlanadigan temir yoʻl tarkibi yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui5-klassAviatsiya sugʻurtasiHavo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui6-klassDengiz sugʻurtasiDengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui7-klassYoʻldagi mol-mulkni sugʻurta qilishTransportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui8-klassMol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sugʻurta qilishYongʻin, portlash, boʻron, dovul, jala, koʻchki, tuproqning choʻkishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi taʼsiri natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilganlar bundan mustasno) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui9-klassMol-mulkni zarardan sugʻurta qilish8-klassda koʻrsatilmagan doʻl, qalin qor yogʻishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib oʻgʻirlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda koʻrsatilgandan boshqa) yoʻqotilganda yoki shikastlanganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurtaning turlari majmui10-klassAvtofuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishYer usti transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui11-klassAviatsiya sugʻurtasi doirasidagi javobgarlikni sugʻurta qilishHavo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui12-klassDengiz sugʻurtasi doirasida javobgarlikni sugʻurta qilishDengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui13-klassUmumiy fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish10, 11 va 12-klasslarda koʻrsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʻlgan taqdirda,sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui14-klassKreditlarni sugʻurta qilishSugʻurta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sugʻurta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui15-klassKafillikni (kafolatlarni) sugʻurta qilishSugʻurta qildiruvchining oʻziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui16-klassBoshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sugʻurta qilishQuyidagi hollarda:a) sugʻurta qildiruvchining biznesi (xoʻjalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sugʻurta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xoʻjalik faoliyati) koʻlami kamayishi natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda;b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda (17-klassda koʻrsatilgandan tashqari);v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida koʻrsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui17-klassHuquqiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta qilishSud muhokamasi bilan bogʻliq koʻrilgan xarajatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi zarar koʻrganda sugʻurta qoplamasi toʻlanishini taʼminlovchi sugʻurta turlari majmui18-klassTibbiy sugʻurtaSugʻurtalangan shaxsning sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq tibbiy yordam olishini taʼminlaydigan sugʻurta turlarining majmui, biroq 2-klass va hayotni sugʻurta qilish sohasining IV klassi boʻyicha shartnomalarni istisno qilgan holdaLitsenziat, unda mazkur pasportda belgilanadigan sugʻurta klasslarini qoʻshib olib borishga doir cheklashlarni hisobga olgan holda sugʻurtaning tegishli klasslari koʻrsatilgan litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda,ikki va undan ortiq sugʻurta klassi belgilariva mazmunini jamlovchi sugʻurta turini ishlab chiqishga haqlidir.Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat — sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini qoʻshib olib borishga haqli emas, umumiy sohasining 1,2 va 18 klasslari boʻyicha faoliyat bundan mustasno.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 7-ILOVA
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) rektifikatlangan isteʼmol etil spirtini, shu jumladan, uzum, rezavor meva, shuningdek, vino spirtini, uzum va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosini ishlab chiqarish;b) texnik etil spirtini, efiroaldegidli fraksiyani (etil spirtining bosh fraksiyasini) ishlab chiqarish;v) uzum, vino, konyak, viski, rom, rezavor meva va kalvados distillyatini ishlab chiqarish;g) aroq, shu jumladan, uzum va meva arogʻini, shuningdek, likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish;d) konyak, konyak ichimligini, brendi, viski, rom, kalvadosni ishlab chiqarish;e) uzum va rezavor meva vinosini, koʻpiklanadigan va gazli vinoni ishlab chiqarish, bundan tabiiy vinolar va pivo ishlab chiqarish mustasno;j) oʻtkirligi 7,0 foizdan 22 foizgacha boʻlgan vino ichimliklarini ishlab chiqarish;z) uzum va rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallarini ishlab chiqarish.3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari4.Litsenziyalovchi organ:Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ombor binolarining joylashgan joyi, ishlab chiqariladigan mahsulot turining nomi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;b) ishlab chiqarish obyektining pasporti.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:yillik litsenziya toʻlovlari:a) rektifikatlangan isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;b) texnik etil spirti, efiraldegidli fraksiya (etil spirtning bosh fraksiyasi) ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;v) isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;g) oʻtkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha boʻlgan vino ichimliklari ishlab chiqarish uchun-bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;d) uzum va meva arogʻi, uzum va rezavor meva vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brendi, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;e) uzum va rezavor meva spirti, vino spirti, uzumdan va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosi, uzumli, vinoli, konyakli, viskili, romli, rezavor mevali va kalvadosli distillyat, koʻpiklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;j) uzum va rezavor mevadan vino materiallari ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida.Yillik litsenziya toʻlovidan tushadigan mablagʻlar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:15 ish kuni9.Litsenziya talablari va shartlari:a) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda (shu jumladan, saqlanishi va aylanmasiga rioya qilish) qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;b) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etish;v) lizensiyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, gigiyenik xulosalar va boshqa tegishli hujjatlarning mavjudligi;g) har bir mahsulot turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligi;d) spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi;e) zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan jihozlangan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjudligi;*j) ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha degustatsiya komissiyasiga har chorakda mahsulot namunalarini taqdim etish;z) “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini joriy etish va foydalanish, shuningdek, elektron shakldagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish;i) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq etil spirti va alkogol mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya qilish;k) isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻymaslik;*l) rektifikatlangan isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyasining mavjudligi;m) aroq hamda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, yarim yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;n) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash;o) aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan uch yil ichida oʻzining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratilishi va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan soʻng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan hosilni yigʻish imkonini berishi kerak;p) vino-konyak mahsulotlarini saqlash va yetiltirish uchun eman bochkalari mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tabiiy vino, vino materiallar va konyak spirtlari ishlab chiqarish hamda uzumni qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish;r) tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori taʼminlanishi: isteʼmol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari miqdorida va undan ortiq; boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari miqdorida va undan ortiq;s) barcha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yigʻma hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlarning mavjud boʻlishi;t) real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan hamda elektron hisobvaraq-faktura, tovar-transport yuk xati mavjud avtotransport vositalari orqali isteʼmol va texnik etil spirtini yuklash va tashish;u) alkogol mahsulotlariga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgilarini qoʻllash va (yoki) patentlangan sanoat namunalaridan foydalanish, shu jumladan, tegishli litsenziya shartnomalari asosida;*f) yillik litsenziya toʻlovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;*x) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qoʻllash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*s) alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini oʻrnatish;*ch) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish;sh) alkogol mahsulotining asosiy ishlab chiqarish uskunalarini hamda uning mulkdorlarini vakolatli davlat organida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish.10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:a) ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining xulosasi;b) ishlab chiqarishning qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi;v) ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilikda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organining xulosasi;g) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda oʻlchash jihozlari bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.Xorijiy isteʼmol etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablariga rioya qilinmaganda jarima koʻrinishida quyidagi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllaydi:a) aroq, shuningdek, isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi har yarim yil yakunlari boʻyicha 60 foizdan kam boʻlganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz soligʻi summasining 50 foizi miqdorida.Bunda har yarim yillik yakunlari boʻyicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizdan koʻp boʻlganda va aksiz soligʻi toʻliq toʻlangan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi;b) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlari quyidagidan kam boʻlmagan miqdorda ishlatilishini taʼminlamaslik:50 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorida;30 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;v) boshqa turdagi spirtdan (rektifikatlangan isteʼmol etil spirti, konyak distillyati va meva, uzumdan rektifikatlangan etil spirtidan tashqari) foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, xorijiy etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish — ishlab chiqarilgan mahsulot bahosining (ulgurji narxlarda) 200 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;g) etil spirti va alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizada kiritilmagan saqlash joylarida saqlash — bunday saqlash joylarida boʻlgan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;d) tashkilotlar tomonidan alkogol mahsulotlarini bunday mahsulotga belgilangan eng kam ulgurji narxlardan past narxlarda sotish:alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;jarima qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan oʻsha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqargan tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;e) isteʼmol etil spirtini 50 foizlik oldindan toʻlovsiz sotish-olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 50 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;j) alkogol mahsulotini (pivo mahsuloti, koʻpiklanadigan va tabiiy vinodan tashqari) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlmagan shaxsga sotish — olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 100 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;z) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi hisobiga kiritmasdan ishlab chiqarish va (yoki) muomalaga chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;i) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimiga ishlab chiqarilgan va (yoki) muomalaga chiqarilgan isteʼmol etil spirti, alkogol mahsuloti hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ishonchli boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;y) boshqa litsenziya talablarining bajarilmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;k) alkogol mahsulotlarini aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan ishlab chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorda.Noqonuniy ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi.Isteʼmol va texnik etil spirtini masofaviy onlayn kuzatish (GPS) tizimi oʻrnatilmagan, elektron hisobvaraq-fakturasiz, tovar-transport yuk xatisiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalariga yuklash va tashish holatlari litsenziya talablarini buzish deb baholanib, litsenziyaning amal qilishini 10 kun muddatga toʻxtatib turishga asos boʻladi.Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan litsenziya talablari bir yil ichida takroran buzilgan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida moliyaviy jarima qoʻllaniladi.Litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun toʻlanadigan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 8-ILOVA
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari bundan mustasno) faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) boʻyicha faoliyat uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxslar4.Litsenziyalovchi organ:Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga ombor binolarning yuridik manzillari, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi;v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida yillik litsenziya toʻlovi undiriladi.Yillik litsenziya toʻlovidan tushadigan mablagʻlar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.Navbatdagi yil uchun yillik litsenziya toʻlovi litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi.8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:4 ish kuni9.Litsenziya talablari va shartlari:a) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);v)Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini ishlatish;g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish hamda alkogol mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalarni soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish;d) alkogol mahsulotlarini olib kirish hamda sotishga doir cheklovlarga rioya qilish, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovini toʻlash;e) ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ koʻrinishida shakllantirish;j) alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanishga va (yoki) umumiy ovqatlanish korxonalari orqali chakana sotish uchun xabarnomalar reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslarga sotishga yoʻl qoʻymaslik, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;*z) alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*i) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini (tabiiy vinolar bundan mustasno) saqlash va sotish, import qilingan alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish bundan mustasno;*k) sifatsiz va kirim qilinmagan mahsulotlar savdosiga yoʻl qoʻymaslik.*10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:omborning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlimining xulosasi (2 ish kuni);ombor inshootlarining qonunchilikda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining xulosasi (2 ish kuni).11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hududida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.Litsenziya talablari va shartlari buzilganda litsenziatga quyidagi miqdorlarda moliyaviy jarima qoʻllaniladi:a) alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizaga kiritilmagan joylarda saqlash uchun — shunday joyda saqlangan tovar qiymatining 100 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;b) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimda hamda “Asl belgisi” MATda qayd etmasdan alkogol mahsulotlarini sotish, unga ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;v) litsenziya talablarini va shartlarini boshqa tarzda buzganlik uchun (bundan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish holatlari mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 9-ILOVA
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxslar4.Litsenziyalovchi organ:Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;b) quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi ishlab chiqarish obyektining pasporti:ishlab chiqarish obyektining bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining joylashishi toʻgʻrisidagi hujjatlar;uskunaning ishlab chiqarilgan yili, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakat;uskunaning texnik holati va oʻrnatilgan ishlab chiqarish quvvatlari.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdori7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdori8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:10 ish kuni9.Litsenziya talablari va shartlari:a) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, texnik reglamentlarga majburiy rioya qilish;b) ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xom ashyoni pirovard isteʼmolchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi;v)tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;g) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;d) roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi;e) mahsulotning har bir turi boʻyicha texnik reglamentlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;j) ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi;*z) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlgan, shu jumladan, import qilingan tamaki xom ashyosidan foydalanish. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xomashyosini sotib olish miqdorini tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 20 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tamaki xom ashyosini ishlab chiqarishda foydalanish talabgor tomonidan mustaqil hal qilinadi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xom ashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida taʼminlanishi kerak;i) tamaki mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*k) tamaki mahsulotlarini raqamli tamgʻalash va kuzatishning axborot tizimlari, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aylanishi hajmlarini hisobga olishning axborot tizimlari joriy etilishini va ulardan foydalanilishini;*l) soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanilishini hamda tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalarni soliq organlarida elektron tarzda majburiy hisobga qoʻyish.10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida);ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalarining xulosasi (5 ish kuni ichida).Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha taklif qilinayotgan quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida);belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining xulosasi (5 ish kuni ichida).11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 10-ILOVA
Affinaj faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:affinaj faoliyati uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilardagi qimmatbaho metallarni, shu jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shuningdek, mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda oʻz ishlab chiqarish chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish;b) foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litseziyaga ega boʻlganlar uchun — tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan mineral xom ashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, shixtovkalash, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan konsentratlarni, gravitatsiya konsentratlarini, choʻkindi oltinni, Dore qotishmasini, katod metallarni, rux choʻkmalarini, boyitilgan smolani olish;v) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslarni, parcha va chiqindilarni toʻplash, tashish, qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, ularni saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish;g) yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni, shu jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarning parcha va chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni, ishlab chiqarish-texnik yoʻnalishdagi va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan boshqa buyumlarni sotib olish;d) oltin izlovchilarga xizmatlar koʻrsatish, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni toʻplash uchun sotib olingan qimmatbaho metallarning but saqlanishini taʼminlashga doir talablarga muvofiq jihozlangan sayyor qabul qilish-tayyorlov punktlarini tashkil etish;e) respublika hududida qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish punktlarini ochish;j) qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish boʻyicha birja savdolarida ishtirok etish.3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxslar (oilaviy korxonalar bundan mustasno)4.Litsenziyalovchi organ:Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;d) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya haqidagi maʼlumotlar;e) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi raqami va sanasi;j) affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud asbob-uskunalar va texnologiyalar roʻyxati.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdori7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:bazaviy hisoblash mi??orining 5 baravari miqdori8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:litsenziya berish uchun — 5 ish kuni;litsenziyaning amal qilishini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish uchun — 2 ish kuni.9.Litsenziya talablari va shartlari:a) affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yashashga moʻljallanmagan bino va inshootlar (turar joylardan va ijtimoiy-madaniy obyektlardan kamida 150 metrdan uzoqlikdagi masofada joylashgan), ishlab chiqarish maydonlari va talablarga mos keladigan sharoitlarning mavjudligi;b) litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parcha va chiqindilar bilan bogʻliq faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilish;g) belgilangan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatiladigan joylarda yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari hamda normalari, gigiyena va ekologiya normativlari, ikkilamchi resurslarni saqlash chora-tadbirlariga rioya qilishni taʼminlash;d) belgilangan talablarga muvofiq affinaj faoliyati amalga oshiriladigan obyektning texnik mustahkamligini taʼminlash;e) litsenziyalanadigan faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan joyda amalga oshirish.*Qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan va (yoki) ustav fondida davlat ulushiga ega boʻlmagan yoki ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yuridik shaxslar uchun:j) qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;*z) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;*i) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;y) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga yoki koʻnikmalarga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjudligi;k) barcha operatsiyalar boʻyicha ishlarni tartibga soluvchi ishlab chiqilgan (mustaqil ravishda yoki professional mutaxassislarni jalb qilgan holda) texnik hujjatlarning mavjudligi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va (yoki) ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun:l) qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;*m) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjudligi;n) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;*o) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;p) barcha turdagi operatsiyalar boʻyicha ishlarni amalga oshirishga talablarni, cheklovlar, sarflash normalari va yoʻqotish normalarini tartibga solib turuvchi texnik hujjatning mavjudligi;r) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, ikkilamchi resurslar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoldiqlari hamda chiqindilarini kirim qilish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibiga rioya qilish boʻyicha talablarni bajarish;s) xom ashyodagi, yarim tayyor mahsulotlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi qimmatbaho metallarning kelib tushishini, sarflanishini va qoldiqlarini, shuningdek, ushbu qimmatliklar chiqindilari va yoʻqotishlarining qatʼiy hisobini yuritish;t) qimmatbaho metallarning, shu jumladan, mineral xom ashyodagi, ikkilamchi resurslardagi, parchalar va chiqindilardagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi, barcha saqlash joylaridagi va bevosita ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni belgilangan muddatlarda xatlovdan oʻtkazish;u) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlashni tartibga soluvchi zarur texnik hujjatlarning mavjudligi;f) mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilar harakati haqida litsenziyalovchi organga har choraklik hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim qilish.Ishlarni amalga oshirishga talablarni tartibga soladigan texnik hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, shu jumladan, inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat mol-mulki xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini taʼminlash, shuningdek, tabiiy va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:a) “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi — litsenziya talabgori faoliyati xususiyatiga muvofiq oʻlchashlar doirasida oʻlchash vositalarini (tarozilar va toshlar (har xil ogʻirlikdagi)) qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatga nisbatan — oʻlchash vositalarini (tarozilar va toshlar (har xil ogʻirlikdagi)) qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikat haqida maʼlumot boʻyicha;b) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida maʼlumot boʻyicha;v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti) — obyektning texnik mustahkamligi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari texnik qoʻriqlash markaziga ulangani haqida maʼlumot boʻyicha.Kelishish muddati 2 ish kunidan iborat.11.Litsenziyaning amal qilish muddati:10 yil12.Izoh.Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yoʻnalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi ham mavjud boʻlganda, qimmatbaho metallarni, shuningdek, oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, shuningdek, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining parchalari, chiqindilarini, shu jumladan, oʻz ishlab chiqarish chiqindilarini affinaj qilish huquqiga egadir. Bunda affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 11-ILOVA
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) mahalliy yoʻnalishda temir yoʻl transportida yoʻlovchilar tashish;b) xalqaro yoʻnalishda temir yoʻl transportida yoʻlovchilar tashish;v) mahalliy yoʻnalishda temir yoʻl transportida yuklar tashish;g) xalqaro yoʻnalishda temir yoʻl transportida yuklar tashish.3.Ariza beruvchilar toifasi:yuridik shaxslar4.Litsenziyalovchi organ:Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;b) talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibining roʻyxati;v) temir yoʻl transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning roʻyxati.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari;xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 45 baravari;mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari;xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashish — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari.8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:15 ish kun9.Litsenziya talablari va shartlari:a) yuklarni tashish qoidalari, temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalariga hamda temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida texnik tartibga solish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;b) harakat xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan, temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida texnik tartibga solish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni bilish boʻyicha Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning shtatda mavjud boʻlishi;v) lokomotiv, yoʻlovchi yoki yuk tashish vagonining tegishli harakatdagi temir yoʻl tarkibi tomonidan rejali taʼmirlash turlaridan oʻtganligini tasdiqlovchi texnik pasportining (formulyari) mavjud boʻlishi;g) temir yoʻlda tashishlar xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasi, harakatdagi temir yoʻl tarkibini texnik soz holatda saqlash, uning butligini taʼminlash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, lokomotivni reysdan oldin texnik koʻrikdan va tegishli xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha talablar va normalarning bajarilishi;*d) yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibining, shuningdek, xodimlarning temir yoʻl transportida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi;e) harakatdagi temir yoʻl tarkibning xizmat muddati uzaytirilgani toʻgʻrisidagi zarur hujjatlarning, yangi sotib olingan harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun sertifikatlarning, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarning texnik pasporti hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlda xizmat koʻrsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;j) litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada koʻrsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;*z) litsenziat tomonidan temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash sohasida texnik tartibga solish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq) buzilishi;*i) temir yoʻl transportida tashishlar jarayoni bilan bogʻliq ishlarning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlmagan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi;*k) litsenziyani olishda qalbaki hujjatlardan foydalanilgani toʻgʻrisidagi dalillarning aniqlanishi.*10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:mavjud emas11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.Korxonaga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi bilan oʻzining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun notijorat asosida temir yoʻl transportida yuklarni tashish uchun mazkur litsenziyani olish talab etilmaydi.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 12-ILOVA
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.Litsenziya nomi:pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya2.Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:a) pirotexnika buyumlarini yaratish;b) pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish;v) pirotexnika buyumlarini tashish;g) pirotexnika buyumlarini yoʻq qilish;d) pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish;e) pirotexnika buyumlarini saqlash;j) pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish;z) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III — V klasslari).3.Ariza beruvchilar toifasi:Yuridik shaxslar4.Litsenziyalovchi organ:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi5.Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:a) ariza;arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talablari va shartlariga litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy;b) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari boʻyicha koʻrsatilgan barcha zarur ishlarni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirish uchun moddiy-texnika baza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari texnik qoʻriqlash markazi tomonidan qoʻriqlashga qabul qilinganlik shartnomasi hamda pirotexnika buyumlari omborining pasporti, pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish yoki utilizatsiya qilish uchun inshootlar va asbob-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi, yashindan himoya qilish, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari);v) xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat turlari bilan bogʻliq yongʻinlar va boshqa halokatli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi;g) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan yuridik shaxs rahbarlari va xodimlari roʻyxati, unda ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanalari va joylari, doimiy yashash joylari, egallab turgan lavozimlari, belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organlari bilan kelishilgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari yoki sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar bilan ishlash boʻyicha staji koʻrsatiladi;d) faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi yuridik shaxs rahbarlari va xodimlarining malakaviy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, unga tegishli hujjatlar (oliy va/yoki oʻrta kon-texnika boʻyicha yoxud boshqa oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarning, xavfli yuklarni tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, malaka toifasi berish, oxirgi 5 yilda malaka oshirish va/yoki maxsus tayyorgarlik kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar va hujjatlarning elektron nusxalari);e) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish punktlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoxud litsenziya talabgori tomonidan tegishli soha tashkiloti bilan oʻziga tibbiy va texnik koʻrikni oʻtkazish imkoniyatini berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi mavjudligi (pirotexnika buyumlarini tashish boʻyicha faoliyat uchun).Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.6.Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari 7.Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:baz?viy hisoblash miqdorining 10 baravari8.Arizani koʻrib chiqish muddatlari:15 ish kuni9.Litsenziya talablari va shartlari:a) litsenziat tomonidan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, tegishli texnik reglamentlarga yoki standartlarga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga majburiy rioya qilish, jamoat tartibi, yongʻin xavfsizligi, ekologiya va sanitariya-gigiyena norma va talablarini taʼminlash;b) litsenziya talabgorlariga arizada koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini toʻliq hajmda amalga oshirish, shu jumladan, unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish sohasida amal qiluvchi meʼyorlar, qoidalar va texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob beradigan tegishli moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, joylar, hududlar, koʻtarish-transport asbob-uskunalari, muhandislik kommunikatsiyalari, apparatlar, texnologiyalar, texnologik asbob-uskunalar, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari, sinash, nazorat qilish, oʻlchash, yashindan himoya qilish, yoritish vositalari, inventar, ventilyatsiya, transport vositalari, hisoblash va tashkiliy texnika, yongʻinga qarshi avtomatika tizimlari, qoʻriqlash, yongʻin va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, boshqa texnik vositalar) uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;v) pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish obyektlari ishonchli qoʻriqlanishini, ularni fizik va texnik himoya qilish tadbirlari oʻtkazilishini, ularni transportda tashishda kuzatib borishni, pirotexnika buyumlaridan ruxsat berilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejim choralari va boshqa choralar koʻrilishini taʼminlash;g) faoliyatning litsenziyalanadigan turiga tegishli qismi boʻyicha pirotexnika buyumlari va ularning komponentlari mavjudligi va sarfi (ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, foydalanish, yoʻq qilish, utilizatsiya qilish) hisobini yuritish;*d) faoliyatning litsenziyalanadigan turi boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlar, yoʻriqnomalar, metodik hujjatlar va boshqa zarur normativ-texnik hujjatlar mavjudligi;e) yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, xodimlarning xatti-harakati rejasini ishlab chiqish;j) yongʻinni oʻchirish va boshqa favqulodda vaziyatlar, xavfli moddalar tarqalishi (oqib ketishi)ning oldini olish va lokalizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan yakka tartibda va jamoaviy himoyalanish vositalari, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi hamda ish holatida boʻlishi;z) litsenziya talabgorining shtatida tegishli malakali, meʼyorlar va qoidalar talablariga muvofiq sanoat maqsadidagi portlatish materiallari va pirotexnika buyumlari bilan ishlashga ruxsat berilgan texnik xodimlar, shu jumladan, tegishli maʼlumotli, maxsus tayyorgarlik koʻrgan va faoliyatning litsenziyalanadigan turlari boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar mavjudligi;i) faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;y) har yili Litsenziyalovchi organga hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmay faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlar roʻyxatini taqdim etish;k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan ishlab chiqarish rahbarlari, xodimlar, ishlab chiqarish nazorati xizmatlari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish;l) litsenziyada koʻrsatilgan obyektlar manzillari boʻyicha faoliyatni amalga oshirish (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat bundan mustasno);*m) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarga ega boʻlgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatda).Qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:pirotexnika buyumlarini yaratish boʻyicha:n) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan hamda texnik reglamentlarda yoki standartlarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, portlash va yongʻin-texnik tekshirishlarini oʻtkazish uchun sinov usullariga oid normativ-texnik hujjatlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjudligi;o) pirotexnika buyumlarining nazorat sinovlarini oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan hudud (bino)ning mavjudligi;p) normativ-texnik talablarga muvofiq boʻlgan va pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilishda ularning xavfsizligi va isteʼmol xossalarini taʼminlash uchun axborotning toʻliq berilishini taʼminlaydigan konstruktorlik-texnologik va foydalanish hujjatlari jamlami (chizmalar, texnik shartlar, texnologik yoʻriqnomalar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar)ni yuritish;pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha:r) litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiyalash, sertifikatlash tizimini joriy etish va sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish;s) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi belgilagan tartibda tayyor mahsulotning metrologik taʼminoti, kirish nazorati va sifat nazoratini tashkil etish;t) ishlab chiqariladigan pirotexnika buyumlarining har bir turi boʻyicha guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik yoʻriqnomalar, texnik shartlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar hamda texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa ilova qilinadigan hujjatlar mavjudligi;u) buyumlarni ishlab chiqarishda, shu jumladan, import boʻyicha olib kelingan, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ?ortlash va yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan xom ashyo va komponentlardan foydalanish;f) foydalaniladigan binolar, inshootlar va ombor obyektlari qurollangan holda qoʻriqlanishini taʼminlash;x) rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari mavjudligi;pirotexnika buyumlarini tashish boʻyicha:s) tashish yoʻnalishlari va sxemalari ishlab chiqilishi va yoʻl harakati xavfsizligi hududiy organlari bilan kelishilishini taʼminlash;ch) yoʻl harakati xavfsizligi organlari tomonidan xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan holda maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik sozligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;*sh) avtotransport vositalarining yoʻl harakati xavfsizligi organlari tomonidan qurollangan holda kuzatib borilishini taʼminlash;pirotexnika buyumlarini saqlash boʻyicha — bazis va oraliq (sarflash) omborlari hududi va binolarining qurollangan holda qoʻriqlanishini taʼminlash;pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish boʻyicha:e) 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga pirotexnika buyumlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik;*yu) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (xavflilikning III — V klasslari) faqat pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha faoliyat turini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga sotish;*pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha:ya) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish joyi (obyekti)ni, vaqtini va shart-sharoitlarini ichki ishlar va davlat yongʻin nazorati hududiy organlari bilan oldindan kelishish;oʻ) pirotexnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23:00 dan 06:00 gacha), taʼlim, tibbiyot muassasalari va madaniy meros obyektlari, portlash va yongʻinga xavfli obyektlar hududida, temir yoʻllar, neft va gaz quvurlarining hamda yuqori voltli elektr uzatuvchi liniyalarning ajratilgan hududida, milliy bogʻlar, oʻrmon va ovchilik xoʻjaliklari, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar davomida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik.*10.Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.11.Litsenziyaning amal qilish muddati:cheklanmagan12.Izoh.Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini yollash yoki ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi:oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;maxsus oʻqitilmagan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq malaka talablariga javob bermaydigan shaxslar;doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar;ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan shaxslar;qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar;jinoiy jazoni oʻtayotgan shaxslar;bir yil mobaynida jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar;ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan shaxslar.* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
https://neolex.uz/uz/laws/law-5870217
