Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida (KQ-297-IV-son)
05.01.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 5-yanvar,
KQ-297-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-yanvardagi KQ-297-IV-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
HISOBOT
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2021-yilda Konstitutsiya va qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasidagi vazifalardan kelib chiqib, oʻz faoliyatini olib bordi.
I. Qonunchilik faoliyati
Senatning 12 ta yalpi majlisi oʻtkazildi. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalariga doir 200 dan ziyod (2020-yilda 170 ta) masalalar, shu jumladan, 89 ta qonun koʻrib chiqildi.
Qonunlar sud-huquq, iqtisodiyot, moliya, qishloq xoʻjaligi, ekologiya, mudofaa va xavfsizlik, madaniyat, yoshlar, fan, taʼlim hamda xalqaro munosabatlar sohalariga oid.
Qoʻmitalar kesimida koʻrib chiqilgan qonunlar
II. Nazorat-tahlil faoliyati
Senat yalpi majlislarida parlament nazoratiga doir 112 ta masala koʻrib chiqildi.
Iifografika (112 ta masala tahlili)
Eshituvlar — 24
Parlament soʻrovlari — 13
Oʻrganishlar, monitoring va soʻrov natijalari — 29
Tashkiliy masalalar — 46
Hukumatning davlat dasturi hamda Davlat budjeti ijrosi yuzasidan hisobotlari;
Bosh vazir oʻrinbosarlarining oʻz yoʻnalishlaridan faoliyati boʻyicha axborotlari;
Hisob palatasi, Bosh prokuror, Markaziy bank, Ombudsmanning 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari;
ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya vazirlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi rahbarlarining axborotlari;
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimlarining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisobotlari eshitildi.
Senat yalpi majlislaridagi eshituvlar
19 ta parlament soʻrovining natijalari muhokama etildi.
Mahalliy Kengashlarning qonunlarga zid boʻlgan 10 ta qarori bekor qilindi.
Yuborilgan parlament soʻrovlari soni (qoʻmitalar kesimida)
20 dan ortiq qonun ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini monitoring qilish yakunlari boʻyicha Hukumat oldiga tegishli vazifalar qoʻyildi.
Hududlardagi oʻrganishlar
Boyovut, Boʻston, Olot, Qarshi, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari va Katta- qoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi oʻrganildi. 17 ta tadbirni amalga oshirish uchun 1 mlrd 572 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishida amaliy yordam koʻrsatildi. Xato va kamchiliklar Senatning yalpi majlisida tanqidiy muhokama qilindi. Natijada mazkur tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun respublika budjetidan qoʻshimcha 110 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi taʼminlandi.
Oʻrganish natijalari Senat Raisi boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining kengaytirilgan yigʻilishlarida muhokama qilindi.
Parlament nazorati doirasida mutasaddilarning masʼuliyatini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar
Qoʻmitalar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar
Senat qoʻmitalari tomonidan nazorat-tahlil faoliyati doirasida 97 ta oʻrganish oʻtkazildi.
Nazorat-tahlil tadbirlari
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab- quvvatlash masalalarini oʻrgandi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir ustuvor vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni va 2 ta qarorida oʻz aksini topdi.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi doirasida IIV bilan birgalikda jinoyatlar koʻp sodir etilgan hududlar monitoring qilindi. Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridagi kriminogen vaziyat oʻrganilib, mutasaddi rahbarlarning axborotlari eshitildi. Natijada IIV tomonidan jinoyatlar soni ortgan Andijon shahrining IIB boshligʻi vazifasidan ozod etildi.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi fermer xoʻjaliklari faoliyati va yer munosabatlari bilan bogʻliq muammolarni oʻrgandi. Natijada ayrim mahalliy Kengashlarning bu boradagi 8 ta qarori qonunga zid deb topilib, Senat qarori bilan bekor qilinishiga erishildi.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida 2020-yildagi budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish holati yuzasidan oʻrganishlar olib borildi. 310,3 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, Senatning yalpi majlisida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan 700 dan ortiq obyektlar holati bevosita joyida oʻrganildi. 8,7 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ oʻzlashtirilib, mingdan ortiq loyiha ishga tushirildi, 8 mingdan ziyod yangi ish oʻrni tashkil etilishiga erishildi.
III. Xalqaro va parlamentlararo munosabatlar
Senatning xalqaro va xorijiy hamkorlar bilan amaliy muloqoti jadallashdi.
Xalqaro hamkorlik
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya tuzilmalari, biznes vakillari bilan 141 ta uchrashuv, jumladan, video-muloqotlar tashkil etilib, oʻzaro amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Ikki tomonlama parlament aloqalari va hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida parlamentlararo guruhlarning 15 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Senat aʼzolari xalqaro parlamentlararo tuzilmalar ishida ishtirok etish maqsadida 19 ta mamlakatga tashrif buyurdilar.
Senatga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan jami 14 ta delegatsiya (Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Fransiya, Indoneziya, AQSh, BMT, Parlamentlararo Ittifoq, TurkPA, MDX, PA, EXX,T va b.) tashrif buyurdi.
Senatorlar 80 ga yaqin xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etdilar.
IV. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom qonunchilikka kiritilgan oʻzgartishlar asosida qayta ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Mahalliy Kengashlar deputatlari, kotibiyatlar faoliyatini samarali tashkil etish, deputat soʻrovi boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar tayyorlanib, joylarga yetkazildi.
Senat Raisining hududlarga tashriflari davomida mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Muhim masalalar muhokama qilinib, ular uchun senatorlar ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari va seminarlar oʻtkazildi.
Mahalliy Kengashlarining uch mingdan ziyod sessiyalarida mahalliy ijro organlari rahbarlarining hisobotlari (axborotlari) eshitildi.
Eshituvlar natijasida rahbarlarga nisbatan tegishli chora koʻrish boʻyicha 322 ta taklif kiritildi.
Xususan, 74 nafar mansabdor shaxsni egallab turgan lavozimidan ozod etish masalasi qoʻyildi (2020-yilda — 32 nafar ).
Mahalliy Kengashlar deputatlarining oʻz saylov okruglarida aholi vakillari bilan uchrashuvlarida koʻtarilgan 77 mingga yaqin muammoli masalalarning 63 mingdan ortigʻi ijobiy hal etildi.
Deputatni daxlsizlikdan mahrum etish boʻyicha mahalliy Kengashlarga kiritilgan 130 ta taqdimnomaning 55 tasi rad etildi.
V. Xalq bilan muloqot
Senatga jismoniy va yuridik shaxslardan 19 948 ta murojaat kelib tushdi. 12 ming nafardan ziyod fuqaro qabul qilindi.
Eng koʻp murojaatlar Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand viloyatlari aholisidan kelib tushdi. Murojaatlarning asosiy qismi Sud-huquq, Fan va Budjet qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqildi.
Hududlardan kelib tushgan murojaatlar
Qoʻmitalarga kelib tushgan murojaatlar
Murojaatlar bilan ishlash natijalari
Nazoratga olingan 800 ga yaqin murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Murojaatlarda koʻtarilgan masalalar
VI. OAV bilan hamkorlik
OAV, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Yalpi va Senat Kengashi majlislari doimiy tarzda onlayn tarzda efirga uzatib borildi.
Senatning davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash sohasidagi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Senat devoni Axborot xizmati tarkibida Tahlil va tezkor munosabat bildirish shuʼbasi tashkil etildi.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan holatlarga nisbatan 80 dan ziyod tezkor munosabatlar bildirildi.
Senat faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida OAVda 38 5 mingdan ziyod materiallar eʼlon qilindi (2020-yilda — 14 580). Ularning 37,2 foizi Internet tarmoqlariga joylashtirilgan.
Yil davomida Mudofaa, Orolboʻyi, Sud-huquq va Fan qoʻmitalari OAVda eng koʻp chiqishlar qilgan.
VII. Parlament faoliyatining boshqa yoʻnalishlari Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi
Yil davomida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining 4 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Adliya, moliya, bandlik va mehnat munosabatlari, qishloq xoʻjaligi, madaniyat, ichki ishlar, innovatsion rivojlanish vazirlari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlarining axborotlari eshitildi.
Respublika kengashining ish rejasiga muvofiq 7 ta strategiya, 21 ta qonun, 2 ta konsepsiya, 35 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonning bir qator xalqaro indeks va indikatorlardagi pozitsiyalari yaxshilandi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi faoliyati
Milliy komissiya faoliyati doirasida asosiy eʼtibor odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilib, 2 ta qonun, Prezidentning 1 ta Farmoni, Hukumatning 1 ta qarori qabul qilinishiga erishildi.
Milliy komissiya raisining Jahon banki, AQSh Davlat departamenti va Mehnat vazirligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti hamda qator davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.
Odam savdosiga hamda Majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyalari aʼzolarining BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurashish boʻyicha boshqarmasi, “Winrock international” xalqaro tashkiloti, AQSh davlat departamenti va Mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.
Milliy qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni amaliyotda qoʻllash borasida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda onlayn tarzda oʻquvlar tashkil etildi.
Mamlakatimizda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar OAV va Internetda keng yoritildi. Xususan, markaziy telekanallarda 15 ta koʻrsatuv, 16 ta radioeshittirish, bosma nashrlarda 86 ta maqola, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda 317 ta material joylashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi
Barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan BRM doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Hukumat axboroti eshitildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kambagʻallikni qisqartirish (1-maqsad) boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining axboroti eshitildi.
Samarqand viloyatida umumqamrovli va adolatli sifatli taʼlimni taʼminlash hamda barchaga butun umri davomida taʼlim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish (4-maqsad) boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati boʻyicha maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv va innovatsiyalarga koʻmaklashish (9-maqsad) maqsadiga erishish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan 16 ta milliy maqsad doirasida olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi oʻtkazildi.
Buxoro shahrida dunyo tarixida ilk marotaba “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forum oʻtkazildi. Unda 100 dan ortiq mamlakatdan 500 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
Forum yakunida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi
Milliy kengashning 4 ta majlisi oʻtkazilib, ularda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda qurilish vazirlarining hisobotlari eshitildi.
Sogʻliqni saqlash, davlat xaridlari, oliy taʼlim hamda kapital qurilish sohalarini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni davom ettirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijro etilishi holati muhokama qilindi.
Taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, bandlik, transport sohalari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tizimida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.
Hududlarda korrupsiyaning oldini olish, moliyaviy intizomni kuchaytirish, budjet daromadlarini koʻpaytirish, energiya resurslaridan qonuniy foydalanish masalalari tanqidiy-tahliliy oʻrganildi. Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tashkil etildi.
Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ishtirokchi davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari va ombudsmanlarining toʻrtinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Barcha hududlarda “Aksilkorrupsiya haftaligi” oʻtkazilib, uning doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik boʻyicha Toshkent forumi boʻlib oʻtdi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va gender tenglikni taʼminlash borasida 2030-yilga qadar Gender tenglikni taʼminlash yuzasidan milliy Strategiyasi qabul qilindi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatildi. Ushbu maqsadlarga 2 trln soʻmga yaqin mablagʻ yoʻnaltirildi.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollar farzandlarini qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, 800 nafarga yaqin yolgʻiz ayollar va ularning farzandlari roʻyxati shakllantirildi.
197 ta zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari optimallashtirilib, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha Respublika markazi hamda 29 ta hududiy markaz tashkil etildi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyati tashkil etildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan, boquvchisini yoʻqotgan yolgʻiz 150 nafar xotin-qizning oliy taʼlimdagi kontrakt pullari toʻlab berildi.
Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilgʻor, yetakchi, bilimli ayollardan iborat 81 ta vazirlik va idorada 15 173 nafardan ortiq kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan ularning 13,8 ming nafarini tuman (shahar) darajasida, 1,2 ming nafarini viloyat darajasida, 558 nafarini respublika darajasida oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.
Xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish, ular bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida grant tanlovi oʻtkazilib, 31 ta loyiha qoʻllab-quvvatlandi.
Oʻzbekiston ilk marotaba Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti forumiga raislik qildi. Muloqot doirasida mintaqa yetakchi ayollarining 11 ta yuqori darajadagi uchrashuvi oʻtkazildi. Ularda 8 ta yakuniy hujjat (deklaratsiyalar, hamkorlikdagi bayonotlar va b.) qabul qilindi. Mintaqa yetakchi ayollarining saʼy-harakatlari bilan mazkur format gender tenglikni taʼminlash masalalarida ilgʻor tajriba va ijobiy amaliyotning almashinuvi uchun toʻlaqonli muloqot maydoni sifatida shakllandi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshib kelayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida birinchi marotaba hududlar va respublika miqyosida “Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli” va “Nafosat” milliy koʻrik-tanlovlari oʻtkazilib, gʻoliblar munosib taqdirlandi.
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining besh ta muhim tashabbusi boʻyicha tizimli nazorat olib bordi. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar “Mahalla — besh tashabbus beshigi” respublika koʻrik-tanlovi doirasida baholandi.
Parlament yuqori palatasi devoni Senat, uning organlari va senatorlar faoliyatini axborot, tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash ishlarini amalga oshirdi. Faollik koʻrsatgan bir guruh devon xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
