2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida (PQ-134-son)
17.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini oʻzida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida toʻla namoyon qilib kelayotgan Navroʻzi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
Ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan borliqni asrab-avaylab, doimo u bilan uygʻun boʻlib yashash, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik, bagʻrikenglik, doʻstlik va hamjihatlik singari yuksak gʻoyalar bugungi kunda yanada teran mazmun va ahamiyat kasb etib borayotganini alohida taʼkidlash lozim. Yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, inson qadrini ulugʻlashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng koʻlamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navroʻz umumxalq bayrami ham oʻziga xos maʼnaviy tayanch boʻlib xizmat qilmoqda.
Millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir vatandoshimiz oʻzining huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini tobora chuqur anglab borayotgan Yangi Oʻzbekiston sharoitida Navroʻz tom maʼnoda umumxalq bayramiga aylanib, el-yurtimiz tomonidan katta shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.
Xalqimiz asrlar davomida eʼzozlab kelayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarafidan xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgan Navroʻzi olamning ana shunday beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu ayyomni mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan oʻzgarish va yangilanishlar jarayoniga uygʻun va hamohang tarzda, har tomonlama yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida:
1. 2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Assalom, Navroʻz — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada nishonlansin.
2. Quyidagilar:
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini oʻtkazish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov) “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Navroʻz umumxalq bayramining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishini taʼminlasin.
3. Joylarda Navroʻz umumxalq bayramini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Navroʻz kunlarida inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtibor yaqqol oʻz ifodasini topishini aks ettiradigan, atrof-muhitni, uning neʼmatlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga, inson qadrini ulugʻlashga daʼvat etadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish;
soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni Navroʻzning azaliy qadriyat va anʼanalariga hamohang tarzda, taʼsirchan usullarda ifoda etish;
Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillarini tashkil etish;
bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakatimizda boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni uyushtirish, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, har bir koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlarini oʻtkazish;
millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijalari, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining Navroʻz umumxalq bayramini nishonlashga oid urf-odatlari, anʼana va qadriyatlarini keng namoyish etish;
bayram tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylarda hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, kitob rastalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, koʻklam taomlarini tayyorlash va ularning savdosini yoʻlga qoʻyish;
barcha shahar va qishloqlarda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida, ommaviy axborot vositalarida Navroʻz bayramining tarixi, har bir hudud aholisi oʻrtasida uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat va anʼanalarning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish.
4. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M.M. Xodjimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin;
konsert tomoshasini tajribali ssenarist va rejissorlar, bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillari bilan birgalikda yuqori badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Navroʻz umumxalq sayillarini oʻtkazish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Navroʻz umumxalq sayillari oʻtkaziladigan asosiy maydonlar, xiyobonlar va koʻchalarni belgilash, ularni milliy uslubda bayramona bezatish hamda sahnalarni oʻrnatish;
joylarda boʻlib oʻtadigan umumxalq sayillariga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk sanʼati ustalari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarini belgilangan tartibda keng jalb etish;
bayram tadbirlari doirasida har bir hududga xos boʻlgan xalq oʻyinlari, tomoshalar, koʻrgazmalar oʻtkazish, bahoriy taomlar sotiladigan ochiq oshxonalarni joylashtirish;
b) bayram dasturlarini va ommaviy tomoshalarni tayyorlashda, koʻchalar, xiyobonlar va maydonlarni bezatishda malakali mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etsin;
v) barcha tadbirlar karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarda mahalliy budjetlar hisobidan qoplanadi.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini va bayram tadbirlarini atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-fevral,
PQ-134-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qaroriga 1-ILOVA
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
1. A.N. Aripov — Bosh vazir, Tashkiliy qoʻmita raisi 2. A.A. Abduvaxitov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari 3. X.M. Sultonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 4. A.A. Joʻraboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari 5. J.A. Artikxodjayev — Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari 6. O.A. Nazarbekov — madaniyat vaziri 7. T.A. Ishmetov — moliya vaziri 8. A.X. Komilov — tashqi ishlar vaziri 9. B.N. Qurbonov — mudofaa vaziri 10. P.R. Bobojonov — ichki ishlar vaziri 11. R.M. Joʻrayev — Milliy gvardiya qoʻmondoni 12. A.X. Toshqulov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri 13. B.O. Saidov — xalq taʼlimi vaziri 14. A.V. Shin — maktabgacha taʼlim vaziri 15. B.A. Musayev — sogʻliqni saqlash vaziri 16. Sh.X. Shermatov — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri 17. N.B. Sayfullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shuʼbasi mudiri 18. G.M. Maʼrufova — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari 19. B.S. Yuldashev — Fanlar akademiyasi prezidenti 20. A.A. Xodjayev — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori 21. R.J. Qurbonov — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi 22. A.Z. Saʼdullayev — Yoshlar ishlari agentligi direktori 23. F.F. Abduxoliqov — Kinematografiya agentligi bosh direktori 24. A.J. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 25. A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 26. A.V. Nuridinov — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi 27. M.M. Xodjimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari 28. S.S. Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 29. R.A. Abdullayev — Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi 30. Sh.T. Qudratxoʻjayev — Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi 31. O.A. Oʻsarov — Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi 32. J.S. Eshonqulov — filologiya fanlari doktori, professor, folklorshunos 33. Sh.G. Turdimov — filologiya fanlari doktori, folklorshunos 34. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari 35. O.N. Qudratov — Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini oʻtkazish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar 1. Joylarda Navroʻz umumxalq bayramini mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning amaldagi ifodasi sifatida yuqori saviyada oʻtkazish. 1. Hududiy tashkiliy qoʻmitalar tarkibini shakllantirish. 2022-yil fevral - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar 2. Navroʻz bayramini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2022-yil mart 3. Chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash. 2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navroʻz bayrami arafasida barcha shahar va qishloqlarda, mahallalarda umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari ishtirokida “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasini oʻtkazish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil fevral — aprel Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 3. Mahallalar, koʻchalar, xiyobonlar hamda madaniyat va istirohat bogʻlari hududini Navroʻz bayrami mazmun-mohiyatiga mos ravishda bezatish. 1. Mahallalar, koʻchalar, xiyobonlar va boshqa ijtimoiy obyektlarni bayramga tayyorlash, hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2022-yil fevral Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar 2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish. Reja asosida 4. Navroʻz bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish hamda taniqli sanʼatkorlarning ushbu muassasalarga tashriflarini tashkil qilish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5. Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, Navroʻz taomlarini tayyorlash hamda ularning savdosini yoʻlga qoʻyish. 1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Fermer xoʻjaliklari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni yarmarkalarga jalb etish. 3. Navroʻz taomlarini tayyorlash va ularning savdosini tashkil qilish. 2022-yil mart – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari 6. Toshkent shahrida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. 1. Taniqli ssenarist va ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiri ssenariysi va dasturini tayyorlash. 2022-yil fevral Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi 2. Taniqli rejissor, baletmeyster, bastakor, rassom va boshqa ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish. 2022-yil mart 7. Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirlarda mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalarning ishtirokini taʼminlash. Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 8. Toshkent shahridagi “Navroʻz” bogʻida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbir oʻtkazish. 1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 9. Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilarning chiqishlarini tashkil etish. 1. Madaniy dasturlar rejasini ishlab chiqish. 2. Madaniy dasturlarni amalga oshirish. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 10. Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish. 1. Xalq saylini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. 2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish. 2022-yil mart Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 11. Respublika miqyosida madaniyat va sanʼatning musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy sanʼat, sirk, xalq badiiy ijodiyoti, milliy kiyimlar namoyishi yoʻnalishlari boʻyicha “Har kuning boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida madaniy tadbirlar va koʻrgazmalar uyushtirish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2022-yil fevral Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil mart 12. Navroʻz sayillari oʻtkaziladigan joylarda hunarmandchilik asarlari koʻrgazmalari, kitob rastalarini tashkil qilish. 1. Navroʻz sayillari oʻtkaziladigan asosiy maydonlar, xiyobonlar va koʻchalarni belgilash va ularni milliy uslubda bayramona bezatish. 2. Tasdiqlangan reja asosida tadbirlarni oʻtkazish. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari “Hunarmand” uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 13. Navroʻz bayrami munosabati bilan sumalak va bahoriy noz-neʼmatlarni targʻib etuvchi “Bahor neʼmatlari” koʻrgazmalari hamda “Eng yaxshi Navroʻz taomlari” tanlovlarini oʻtkazish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻtkazish va tanlov gʻoliblarini munosib taqdirlash. 2022-yil mart Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar 14. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida Navroʻz bayramiga oid ezgu qadriyatlar va milliy madaniyatimiz yutuqlarini keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. Chora-tadbirlar rejasini ishlab ch?qish va amalga oshirish. 2022-yil mart Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi 15. Koʻchalarda joylashgan LED ekranlar orqali milliy urf-odat va qadriyatlarimizni keng targʻib qilishga qaratilgan “Navroʻzing muborak, ona diyorim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish qilish. 1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar roʻyxatini shakllantirish, mavzuga oid ijtimoiy roliklar tayyorlash. 2022-yil fevral Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish. 2022-yil mart 16. Mahallalarda oʻzining ezgu fazilatlari hamda erishayotgan yutuqlari bilan koʻpchilik orasida katta hurmat qozongan insonlarning hayotiy tajribasini ommalashtirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etish. 1. Uchrashuvlar rejasini ishlab chiqish. 2. Uchrashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 17. “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi barcha mahallalarda taniqli sanʼatkorlar, ijodkorlar hamda maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2022-yil fevral Mahalliy budjet mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2. Reja asosida tadbirlarni tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil mart oyidan muntazam 18. Ommaviy axborot vositalarida taniqli folklorshunos, tarixchi, sanʼatshunos olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida Navroʻz umumxalq bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat, anʼana va qadriyatlarni keng targʻib etish. Mavzuga bagʻishlangan koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va keng yoritish. 2022-yil fevral-mart Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 19. Barcha mobil aloqa abonentlariga “Yangilanish va yasharish ayyomi — Navroʻzi olam muborak!” mazmunidagi SMS-tabriklar yuborishni tashkil etish. Mobil aloqa operatorlari tomonidan SMS-tabriklar yuborish. 2022-yil 21-mart Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi III. Yoshlar uchun moʻljallangan tadbirlar 20. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida Navroʻz bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan insholar tanlovlarini oʻtkazish. 1. Insholar tanlovini oʻtkazish reja-dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2022-yil fevral Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2. Insholar tanlovlarini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. 2022-yil mart 21. Mahallalarda yashayotgan yoshlar oʻrtasida uloq-koʻpkari, poyga, kurash, chillak, arqon tortish va boshqa milliy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar va koʻrgazmali chiqishlar tashkil etish. 1. Musobaqa va koʻrgazmali chiqishlar oʻtkaziladigan joylarni aniqlash. 2022-yil fevral Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar 2. Musobaqa va koʻrgazmali chiqishlarni yuqori saviyada oʻtkazish. 2022-yil mart 22. Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida taniqli ijodkorlar, barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari ishtirokida Navroʻz bayrami, ezgu qadriyatlarimiz hamda milliy adabiyotimizga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. 1. Adabiy-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Adabiy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2022-yil mart Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
