“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining sohaga oid boʻlmagan, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan aktivlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (75-son)
17.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga tegishli bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni bosqichma-bosqich davlat mulki sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bepul berish hamda bankning rahbar va masʼul xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kuyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga asosan:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining xalqaro moliya institutlari koʻmagida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional oʻzgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi;
banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish — Oʻzbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya institutlari ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 161-son qaroriga muvofiq:
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga aloqador shaxslar, shu jumladan, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari bilan har qanday operatsiyalarni tartibga soluvchi siyosatni joriy qilish va unga rioya qilish belgilanganligi;
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga xos boʻlmagan yoʻnalishda tijorat tashkilotlarining ustav fondiga Bank mablagʻlarini investitsiya tariqasida jalb qilishni man etish belgilanganligi;
bankning investitsiya faoliyati natijasida xarid qilingan va bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni sotish tavsiya etilganligi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-noyabrda Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy harakatlar rejasiga (“yoʻl xaritasi”ga) muvofiq “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB) va “Sberbank” korporativ universiteti oʻrtasida kadrlarni, shu jumladan, bank tizimining masʼul xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning boshqaruv organining ilovada nazarda tutilgan bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga keyinchalik ommaviy savdolar orqali sotish maqsadida davlat mulki sifatida qoldiq (balans) qiymatida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Bunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan obyektlarni saqlash xarajatlari ular sotilgunga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ilovada keltirilgan aktivlarni belgilangan tartibda topshirish va qabul qilishni taʼminlasin.
4. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga bankning rahbar va masʼul xodimlarini xalqaro standartlar asosida Rossiya Federatsiyasining davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, biznes, boshqaruv maktablari hamda tijorat banklarining korporativ oʻquv markazlarida qisqa va uzoq muddatli taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-fevral,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 75-son qaroriga ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga keyinchalik ommaviy savdolarda sotish uchun davlat mulki sifatida bepul berilayotgan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga tegishli bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlar
ROʻYXATI
T/r Obyektning nomi Obyektning manzili Toshkent viloyati 1. Noturar bino Nurafshon shahri, Toshkent yoʻli koʻchasi 2. Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari Yangiyoʻl tumani, “M. Ulugʻbek” MFY, Mirzaboboyev koʻchasi, 74-uy 3. Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari Qibray tumani, “Oqqovoq” QFY, “Uzumzor” MFY, Oq qovoq koʻchasi, R-3-uy Jizzax viloyati 4. Istirohat bogʻi Arnasoy tumani, “Gʻoliblar” MFY, Alpomish koʻchasi, 30-uy 5. Noturar bino Arnasoy tumani, “Choʻlquvar” MFY, Namuna koʻchasi, 38-uy 6. Noturar bino Arnasoy tumani, “Boʻston” MFY, 58-uy 7. Noturar bino Doʻstlik tumani, “Bunyodkor” MFY, Loyihadagi koʻcha, 11-uy 8. Noturar bino Sh. Rashidov tumani, “Samarqandquduq” MFY, Al-Xorazmiy koʻchasi, 38-uy 9. Noturar bino Zarbdor tumani, “Yoshlik” MFY, Loyihadagi koʻcha, 65-uy 10. Noturar bino Zarbdor tumani, “Toshkesgan” MFY, Loyihadagi koʻcha, 8-uy 11. Noturar bino Paxtakor tumani, “Buyuk ipak yoʻli” QFY, Muqumiy koʻchasi, 44-uy 12. Noturar bino Mirzachoʻl tumani, “Gʻalaba” MFI, Gagarin koʻchasi, 98-uy 13. Noturar bino Yangiobod tumani, “Sovot” QFY, Sovot koʻchasi, 80-uy 14. Noturar bino Mirzachoʻl tumani, “Oʻzbekiston” QFY, Maroqand koʻchasi, 5BS-uy
