Axborotlashtirish toʻgʻrisida (868-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shartnomalar asosida oʻz axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qoʻshishga haqlidirlar. Cheklangan tarzda axborotga ishlov beruvchi axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qoʻshilishiga faqat zarur himoya chora-tadbirlari koʻrilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli axborot tizimlarining axborotlar tarmoqlariga gʻayriqonuniy ravishda qoʻshilishi, xuddi shuningdek ulardan gʻayriqonuniy yoʻl bilan axborotlar olishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-9433
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 35-modda. Xalqaro kommunikatsiya tarmoqlariga qoʻshilish Axborotlashtirish toʻgʻrisida (868-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-5860/35 (lex.uz/docs/-9433)