“1985-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining koʻrsatmalarini bajarmaganlik
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-754-son) · Sana: 15.02.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining koʻrsatmalarini bajarmaganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1984” raqamidan keyin “1985” raqami bilan toʻldirilsin;
3) 2683-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
