Qozogʻiston Respublikasi bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1733-IV-son)
10.01.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish hamda parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi oʻrtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-yanvar,
1733-IV-son
