Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (62-son)
08.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son hamda “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmonlari, “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash amaliyotini joriy etish hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatning mutlaqo yangi modelini shakllantirish vazifasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining, tumanlararo, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmalari 3-4-ilovalarga muvofiq;
Zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar oʻtkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va ularga nogironlikni belgilash sohasidagi asosiy vazifalari, huquqlarini hamda faoliyatini tashkil etish va baholab borish tartibini nazarda tutuvchi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish uchun qabul qilish va oʻtkazish tartibi, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar hamda koʻrikdan qayta oʻtkazish muddati koʻrsatilmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar roʻyxatini nazarda tutuvchi Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-ilovaga muvofiq;
jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini ekspertizadan oʻtkazishning asosiy mezonlarini, kasblar faoliyati bilan bogʻliq kasb kasalliklari roʻyxatini, jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajalari hamda ularni belgilash tartibini nazarda tutuvchi Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqishning muddatlari va bosqichlarini, uni ishlab chiqishda nogironligi boʻlgan shaxs hamda mutaxassislar ishtirokini, dasturni bajarishda bajaruvchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar hamda unda belgilangan tadbirlarning monitoringini olib borish va bajarish natijalarini baholash tartibini nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyati tashkil etilgunga qadar “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 16 — 17 yoshdagi bolalarga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik guruhi belgilanganligi hamda ularga “bolalikdan nogironlik” maqomi berilgan muddat mobaynida nafaqa va nogironlik guruhi uchun toʻlov toʻlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
31. 2025-yil dekabr oyidan boshlab Qashqadaryo viloyatida, 2026-yil 1-may oyiga qadar respublikaning qolgan hududlarida tajriba-sinov tariqasida nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olish va navbat asosida nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Reabilitatsiya markazlari)ga yoʻllash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda:
Reabilitatsiya markazlariga yoʻllanma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali yoxud bevosita oilaviy shifokorga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
nogironligi boʻlgan shaxslarni Reabilitatsiya markazlariga yoʻllash uchun qarshi koʻrsatmalar mavjudligini aniqlash oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi;
Nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olish va navbat asosida Reabilitatsiya markazlariga elektron tarzda yoʻllash tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 12-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 13-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
62-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tuzilmasi
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi, vrach-ekspert1Vrach-ekspertlar6
Umumiy shtatlar soni 7 birlikni tashkil etadi.
Izoh.
1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi vrach-ekspert hisoblanadi.
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi alohida binoda joylashganda qorovul va farrosh lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi, vrach-ekspert1Vrach-ekspertlar6 — 8Vrach-metodist1
Umumiy shtatlar soni 8 — 10 birlikni tashkil etadi, hududlar kesimida ularning aniq soni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan belgilanadi.
Izoh.
1. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi vrach-ekspert hisoblanadi.
2. Alohida bino boʻlganda qorovul va farrosh, avtotransport vositasi boʻlganda haydovchi lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 4-ILOVA
Tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi, vrach-ekspert1Vrach-ekspertlar1,5 — 3Hamshira1
Umumiy shtatlar soni 3,5 — 5 birlikni tashkil etadi, hududlar kesimida ularning aniq soni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan belgilanadi.
Izoh. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi vrach-ekspert hisoblanadi.
Alohida bino boʻlganda qorovul va farrosh, avtotransport vositasi boʻlganda haydovchi lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 6-ILOVA
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar oʻtkazish uchun biriktirish roʻyxati
T/rTibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) nomiXizmat koʻrsatuvchi hududTIEK biriktirilgan tibbiyot muassasalariQoraqalpogʻiston Respublikasi1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi TIEKQoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyichaQoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi (keyingi oʻrinda — KTTM) va Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va hududiy reabilitatsiya markazi (keyingi oʻrinda — NRPM)2.Amudaryo tumani TIEKAmudaryo tumaniAmudaryo tuman tibbiyot birlashmasi (keyingi oʻrinda — TTB)3.Kegeyli tumanlararo TIEKKegeyli, Nukus, Qoraoʻzak va Boʻzatov tumanlariKegeyli, Nukus, Qoraoʻzak, Boʻzatov TTB (tegishli hududlar boʻyicha)4.Qoʻngʻirot tumanlararo TIEKQoʻngʻirot, Qonlikoʻl va Moʻynoq tumanlariQoʻngʻirot, Qonlikoʻl va Moʻynoq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)5.Nukus shahar TIEKNukus shahriNukus shahar tibbiyot birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — SHTB)6.Taxiatosh tumanlararo TIEKXoʻjayli, Taxiatosh va Shumanay tumanlariXoʻjayli, Taxiatosh va Shumanay TTB (tegishli hududlar boʻyicha)7.Toʻrtkoʻl tuman TIEKToʻrtkoʻl tumaniToʻrtkoʻl TTB8.Chimboy tumanlararo TIEKChimboy va Taxtakoʻpir tumanlariChimboy va Taxtakoʻpir TTB (tegishli hududlar boʻyicha)9.Ellikqalʼa tumanlararo TIEKEllikqalʼa va Beruniy tumanlariEllikqalʼa va Beruniy TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Andijon viloyati10.Andijon viloyat TIEKAndijon viloyati boʻyichaAndijon viloyat KTTM va NRPM11.Andijon shahar TIEKAndijon shaharAndijon SHTB12.Andijon tuman TIEKAndijon tumaniAndijon TTB13.Asaka tuman TIEKAsaka tumaniAsaka TTB14.Izboskan tumanlararo TIEKIzboskan va Paxtaobod tumanlariIzboskan va Paxtaobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)15.Qoʻrgʻontepa tumanlararo TIEKXonobod shahar va Qoʻrgʻontepa tumaniXonobod SHTB va Qoʻrgʻontepa TTB16.Shahrixon tuman TIEKShahrixon tumaniShahrixon TTB17.Baliqchi tumanlararo TIEKBoʻston, Baliqchi va Ulugʻnor tumanlariBoʻston, Baliqchi va Ulugʻnor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)18.Buloqboshi tumanlararo TIEKBuloqboshi va Marhamat tumanlariBuloqboshi va Marhamat TTB (tegishli hududlar boʻyicha)19.Jalaquduq tumanlararo TIEKJalaquduq va Xoʻjaobod tumanlariJalaquduq va Xoʻjaobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)20.Oltinkoʻl tumanlararo TIEKOltinkoʻl tumani va Andijon shahar (bir qismi)Oltinkoʻl TTB va Andijon SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)Buxoro viloyati21.Buxoro viloyat TIEKBuxoro viloyati boʻyichaBuxoro viloyat KTTM va Navoiy viloyat NRPM22.Jondor tumanlararo TIEKBuxoro, Jondor va Kogon tumanlariBuxoro, Jondor va Kogon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)23.Buxoro tumanlararo TIEKBuxoro va Kogon shaharlari, Qorovulbozor tumaniBuxoro va Kogon SHTB, Qorovulbozor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)24.Qorakoʻl tumanlararo TIEKQorakoʻl va Olot tumanlariQorakoʻl va Olot TTB (tegishli hududlar boʻyicha)25.Romitan tumanlararo TIEKRomitan va Peshku tumanlariRomitan va Peshku TTB (tegishli hududlar boʻyicha)26.Gʻijduvon tuman TIEKGʻijduvon tumaniGʻijduvon TTB27.Shofirkon tumanlararo TIEKVobkent va Shofirkon tumanlariVobkent va Shofirkon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Jizzax viloyati28.Jizzax viloyat TIEKJizzax viloyati boʻyichaJizzax viloyat KTTM va Jizzax NRPM29.Gʻallaorol tumanlararo TIEKGʻallaorol va Forish tumanlariGʻallaorol va Forish TTB (tegishli hududlar boʻyicha)30.Jizzax tumanlararo TIEKJizzax shahri va Zarbdor tumaniJizzax SHTB va Zarbdor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)31.Doʻstlik tumanlararo TIEKDoʻstlik, Mirzachoʻl, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy tumanlariDoʻstlik, Mirzachoʻl, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy TTB (tegishli hududlar boʻyicha)32.Zomin tumanlararo TIEKZomin va Yangiobod tumanlariZomin va Yangiobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)33.Baxmal tuman TIEKBaxmal tumaniBaxmal TTB34.Sh. Rashidov tuman TIEKSh. Rashidov tumaniSh.Rashidov TTBQashqadaryo viloyati35.Qashqadaryo viloyat TIEKQashqadaryo viloyati boʻyichaQashqadaryo viloyat KTTM va Qashqadaryo NRPM36.Gʻuzor tuman TIEKGʻuzor tumaniGʻuzor TTB37.Qarshi shahar TIEKQarshi shaharQarshi SHTB38.Dexqonobod tuman TIEKDehqonobod tumaniDexqonobod TTB39.Kasbi tumanlararo TIEKKasbi va Muborak tumanlariKasbi va Muborak TTB (tegishli hududlar boʻyicha)40.Koson tuman TIEKKoson tumaniKoson TTB41.Kitob tuman TIEKKitob tumaniKitob TTB42.Chiroqchi tumanlararo TIEKChiroqchi va Koʻkdala tumanlariChiroqchi va Koʻkdala TTB (tegishli hududlar boʻyicha)43.Nishon tumanlararo TIEKMirishkor tumaniMirishkor va Nishon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Nishon tumani44.Shahrisabz tumanlararo TIEKShahrisabz shaharShahrisabz SHTB va Shahrisabz TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Shahrisabz tumani45.Yakkabogʻ tuman TIEKYakkabogʻ tumaniYakkabogʻ TTB46.Qamashi tuman TIEKQamashi tumaniQamashi TTB47.Qarshi tuman TIEKQarshi tumaniQarshi TTBNavoiy viloyati48.Navoiy viloyat TIEKNavoiy viloyati boʻyichaNavoiy viloyat KTTM va NRPM49.Zarafshon tumanlararo TIEKTomdi va Uchquduq tumanlari, Zarafshon shahriTomdi va Uchquduq TTB, Zarafshon SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)50.Qiziltepa tumanlararo TIEKQiziltepa va Konimex tumanlariQiziltepa va Konimex TTB51.Navbahor tumanlararo TIEKNavbahor, Nurota tumanlari va Gʻozgʻon shahriNavbahor, Nurota, TTB va Gʻozgʻon SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)52.Navoiy tumanlararo TIEKNavoiy shahri va Karmana tumaniNavoiy SHTB va Karmana TTB (tegishli hududlar boʻyicha)53.Xatirchi tuman TIEKXatirchi tumaniXatirchi TTBNamangan viloyati54.Namangan viloyat TIEKNamangan viloyati boʻyichaNamangan viloyat KTTM va NRPM55.Namangan shahar TIEKNamangan shahriNamangan SHTB56.Yangi Namangan tumanlararo TIEKYangi Namangan va Namangan tumanlariYangi Namangan va Namangan TTB (tegishli hududlar boʻyicha)57.Toʻraqoʻrgʻon tuman TIEKToʻraqoʻrgʻon tumaniToʻraqoʻrgʻon TTB58.Chust tuman TIEKChust tumaniChust TTB59.Uchqoʻrgʻon tumanlararo TIEKUchqoʻrgʻon va Norin tumanlariUchqoʻrgʻon va Norin TTB (tegishli hududlar boʻyicha)60.Chortoq tuman TIEKChortoq tumaniChortoq TTB61.Yangiqoʻrgʻon tumanlararo TIEKYangiqoʻrgʻon va Davlatobod tumanlariYangiqoʻrgʻon va Davlatobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)62.Kosonsoy tuman TIEKKosonsoy tumaniKosonsoy TTB63.Pop tumanlararo TIEKMingbuloq va Pop tumanlariMingbuloq va Pop TTB (tegishli hududlar boʻyicha)64.Uychi tuman TIEKUychi tumaniUychi TTBSamarqand viloyati65.Samarqand viloyat TIEKSamarqand viloyati boʻyichaSamarqand viloyat KTTM va Samarqand NRPM66.Ishtixon tuman TIEKIshtixon tumaniIshtixon TTB67.Samarqand tumanlararo TIEKSamarqand va Nurobod tumanlariSamarqand va Nurobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)68.Narpay tuman TIEKNarpay tumaniNarpay TTB69.Payarik tuman TIEKPayarik tumaniPayarik TTB70.Pastdargʻom tuman TIEKPastdargʻom tumaniPastdargʻom TTB71.Samarqand shahar TIEKSamarqand shahriSamarqand SHTB72.Urgut tuman TIEKUrgut tumaniUrgut TTB73.Bulungʻur tumanlararo TIEKBulungʻur va Jomboy tumanlariBulungʻur va Jomboy TTB (tegishli hududlar boʻyicha)74.Kattaqoʻrgʻon tumanlararo TIEKKattaqoʻrgʻon shahar va Kattaqoʻrgʻon tumaniKattaqoʻrgʻon SHTB va Kattaqoʻrgʻon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)75.Oqdaryo tumanlararo TIEKOqdaryo va Qoʻshrabot tumaniOqdaryo va Qoʻshrabot TTB (tegishli hududlar boʻyicha)76.Paxtachi tuman TIEKPaxtachi tumaniPaxtachi TTB77.Tayloq tumanlararo TIEKTayloq tuman va Urgut tumani (bir qismi)Tayloq va Urgut (bir qismi) TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Surxondaryo viloyati78.Surxondaryo viloyat TIEKSurxondaryo viloyati boʻyichaSurxondaryo viloyat KTTM va Surxondaryo NRPM79.Angor tumanlararo TIEKAngor va Termiz tumanlariAngor va Termiz TTB (tegishli hududlar boʻyicha)80.Denov tuman TIEKDenov tumaniDenov TTB81.Boysun tumanlararo TIEKBandixon va Boysun tumanlariBandixon va Boysun TTB (tegishli hududlar boʻyicha)82.Qumqoʻrgʻon tumanlararo TIEKQumqoʻrgʻon va Qiziriq tumanlariQumqoʻrgʻon va Qiziriq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)83.Sariosiyo tuman TIEKSariosiyo tumaniSariosiyo TTB84.Termiz tumanlararo TIEKTermiz shahar va Jarqoʻrgʻon tumaniTermiz SHTB va Jarqoʻrgʻon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)85.Oltinsoy tumanlararo TIEKOltinsoy va Shoʻrchi tumanlariOltinsoy va Shoʻrchi TTB(tegishli hududlar boʻyicha)86.Uzun tuman TIEKUzun tumaniUzun TTB87.Sherobod tumanlararo TIEKSherobod va Muzrobod tumanlariSherobod va Muzrabot TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Sirdaryo viloyati88.Sirdaryo viloyat TIEKSirdaryo viloyati boʻyichaSirdaryo viloyat KTTM va Jizzax viloyat NRPM89.Guliston tumanlararo TIEKGuliston, Yangiyer shaharlari, Guliston tumaniGuliston, Yangiyer SHTB, Guliston TTB (tegishli hududlar boʻyicha)90.Sirdaryo tumanlararo TIEKSirdaryo va Sayxunobod tumanlariSirdaryo va Sayxunobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)91.Mirzaobod tumanlararo TIEKMirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlariMirzaobod, Oqoltin va Sardoba TTB (tegishli hududlar boʻyicha)92.Xovos tumanlararo TIEKXovos, Boyovut tumanlari va Shirin shahriXovos va Boyovut TTB, Shirin SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)Toshkent viloyati93.Toshkent viloyat TIEKToshkent viloyati boʻyichaToshkent viloyat KTTM va Toshkent NRPM94.Oqqoʻrgʻon tumanlararo TIEKOqqoʻrgʻon va Boʻka tumanlariOqqoʻrgʻon va Boʻka TTB (tegishli hududlar boʻyicha)95.Olmaliq shaharlararo TIEKOlmaliq, Nurafshon va Ohangaron shaharlariOlmaliq, Nurafshon va Ohangaron SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)96.Angren tumanlararo TIEKAngren shahri va Ohangaron tumaniAngren SHTB va Ohangaron TTB (tegishli hududlar boʻyicha)97.Bekobod tumanlararo TIEKBekobod shahri va Bekobod tumaniBekobod SHTB va Bekobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)98.Chirchiq tumanlararo TIEKChirchiq shahri va Qibray tumaniChirchiq SHTB va Qibray TTB (tegishli hududlar boʻyicha)99.Yuqorichirchiq tumanlararo TIEKYuqori Chirchiq va Parkent tumanlariYuqori Chirchiq va Parkent TTB (tegishli hududlar boʻyicha)100.Yangiyoʻl tumanlararo TIEKYangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumaniYangiyoʻl SHTB va Yangiyoʻl TTB (tegishli hududlar boʻyicha)101.Zangiota tumanlararo TIEKZangiota va Toshkent tumanlariZangiota va Toshkent TTB (tegishli hududlar boʻyicha)102.Boʻstonliq tuman TIEKBoʻstonliq tumaniBoʻstonliq TTB103.Oʻrta Chirchiq tumanlararo TIEKOʻrta Chirchiq va Pskent tumanlariOʻrta Chirchiq va Pskent TTB (tegishli hududlar boʻyicha)104.Quyi Chirchiq tumanlararo TIEKQuyi Chirchiq va Chinoz tumanlariQuyi Chirchiq va Chinoz TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Fargʻona viloyati105.Fargʻona viloyat TIEKFargʻona viloyati boʻyichaFargʻona viloyat KTTM va Fargʻona viloyat NRPM106.Bagʻdod tumanlararo TIEKBagʻdod va Buvayda tumanlariBagʻdod va Buvayda TTB (tegishli hududlar boʻyicha)107.Qoʻqon tumanlararo TIEKQoʻqon shahri va Furqat tumaniQoʻqon SHTB va Furqat TTB (tegishli hududlar boʻyicha)108.Quva tumanlararo TIEKQuva tumani va Quvasoy shahriQuva TTB, Quvasoy SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)109.Margʻilon tumanlararo TIEKMargʻilon shahri va Qoʻshtepa tumaniMargʻilon SHTB, Qoʻshtepa TTB (tegishli hududlar boʻyicha)110.Rishton tumanlararo TIEKRishton va Oltiariq tumanlariRishton va Oltiariq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)111.Oʻzbekiston tumanlararo TIEKOʻzbekiston va Beshariq tumanlariOʻzbekiston va Beshariq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)112.Fargʻona tumanlararo TIEKFargʻona shahri va Fargʻona tumaniFargʻona SHTB va Fargʻona TTB (tegishli hududlar boʻyicha)113.Dangʻara tumanlararo TIEKDangʻara va Uchkoʻprik tumanlariDangʻara va Uchkoʻprik TTB (tegishli hududlar boʻyicha)114.Soʻx tuman TIEK (0,5 stavka)Soʻx tumaniSoʻx TTB115.Toshloq tumanlararo TIEKToshloq va Yozyovon tumanlariToshloq va Yozyovon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Xorazm viloyati116.Xorazm viloyat TIEKXorazm viloyati boʻyichaXorazm viloyat KTTM va Xorazm viloyat NRPM117.Urganch tumanlararo TIEKUrganch shahar va Yangibozor tumaniUrganch SHTB va Yangibozor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)118.Urganch tuman TIEKUrganch tumaniUrganch TTB119.Xazorasp tumanlararo TIEKHazorasp va Tuproqqalʼa tumanlariHazorasp va Tuproqqalʼa TTB (tegishli hududlar boʻyicha)120.Xiva tumanlararo TIEKXiva shahri va Qoʻshkoʻpir tumaniXiva SHTB va Qoʻshkoʻprik TTB (tegishli hududlar boʻyicha)121.Shovot tumanlararo TIEKShovot va Gurlan tumanlariShovot va Gurlan TTB (tegishli hududlar boʻyicha)122.Bogʻot tumanlararoBogʻot va Xonqa tumanlariBogʻot va Xonqa TTB (tegishli hududlar boʻyicha)123.Yangiariq tumanlararo TIEKYangiariq va Xiva tumanlariYangiariq va Xiva TTB (tegishli hududlar boʻyicha)Toshkent shahri124.Toshkent shahar TIEKToshkent shahri boʻyichaNogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (NRPMM)125.Mirzo Ulugʻbek tumanlararo TIEKMirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlariMirzo Ulugʻbek va Yashnobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)126.Olmazor tuman TIEKOlmazor tumaniOlmazor TTB127.Sergeli tumanlararo TIEKSergeli, Bektemir va Yangi hayot tumanlariSergeli, Bektemir va Yangi hayot TTB (tegishli hududlar boʻyicha)128.Uchtepa tumanlararo TIEKUchtepa va Chilonzor tumanlariUchtepa va Chilonzor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)129.Shayxontohur tumanlararo TIEKShayxontohur va Yakkasaroy tumanlariShayxontohur va Yakkasaroy TTB (tegishli hududlar boʻyicha)130.Yunusobod tumanlararo TIEKYunusobod va Mirobod tumanlariYunusobod va Mirobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)131.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiRespublika boʻyichaNogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (NRPMM)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 8-ILOVA
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qoshidagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika TIEK) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — TIEK) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.
2. Respublika TIEK Agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar), tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimidagi funksional tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.
3. TIEK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. TIEKning xulosalari kollegial, TIEK aʼzolarining koʻpchilik ovozi asosida qabul qilinadi hamda uning tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
6. TIEKlar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
7. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza tizimiga Respublika TIEK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar), tumanlararo TIEKlari kiradi.
8. TIEK faoliyati biriktirilgan hududlar boʻyicha amalga oshiriladi.
9. Shaxsni nogironligi boʻlgan shaxs yoki 18 yoshgacha boʻlgan bolani nogironligi boʻlgan bola deb topish TIEK tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. TIEKning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar TIEKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza koʻrigidan oʻtkazish hamda ularga nogironlikni belgilash, shuningdek, ushbu sohani nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududdagi nogironlik holati, dinamikasi va sababi boʻyicha tizimli tahlil qilish, nogironlikka olib keluvchi omillarni oʻrganish hamda nogironlikning oldini olishda ishtirok etish;
fuqaroni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza koʻrigidan oʻtkazish hamda nogironlikni belgilash sohasida hududiy dasturlarga takliflar kiritish va amalga oshirishda ishtirok etish;
biriktirilgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi elektron shakllantirilishini va amalga oshirish sohasini nazorat qilish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
sohaning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etishga takliflar kiritish va ishtirok etish.
11. TIEK oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Respublika TIEK:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar), tumanlararo TIEKlari faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
fuqarolarni shikoyatiga asosan, shuningdek nazorat tariqasida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza koʻrigidan oʻtkazadi;
TIEKga yuklatilgan funksiyalarni samarali tashkil etish va amalga oshirishda amaliy-metodik yordam koʻrsatadi;
nogironlikni belgilash, nogironlikni boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlash faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
fuqarolarning TIEK va mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi, unda koʻrsatilgan masalalarni hal qilish boʻyicha choralar koʻradi;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish choralarini koʻradi;
TIEK faoliyatida muntazam ravishda tekshiruvlar oʻtkazib, oʻtkazilgan koʻriklarning toʻgʻriligi va asosliligini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari mutaxassislarini jalb qilgan holda tibbiyot muassasalaridan taqdim etilgan birlamchi hujjatlarning toʻliqligi va asosliligini oʻrganish yoʻli bilan muntazam nazorat qiladi;
TIEK dasturiy kompleksining yuritilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
respublika boʻyicha tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida hisobot yuritadi;
respublika hududida nogironlik holati, dinamikasi va sababini hamda nogironlikka olib keluvchi omillarni tizimli ravishda oʻrganadi va tahlil qiladi;
nogironlikning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
fuqaroni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda ishtirok etadi;
fuqaroni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish sohasida yangi mezon va usullarni ishlab chiqadi;
nogironlikni belgilash tartibini soddalashtirish va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar), tumanlararo TIEKlari faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini baholab boradi;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni rejalashtirish hamda amalga oshirishni nazorat qiladi;
TIEKga yuklatilgan funksiyalarni samarali tashkil etish va amalga oshirishda amaliy-metodik yordam koʻrsatadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK:
a) biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza koʻrigidan oʻtkazish hamda ularga nogironlikni belgilash, shuningdek, ushbu sohani nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
tumanlararo, tuman (shahar) TIEK faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tomonidan 18 yoshdan katta fuqarolarning nogironlikni belgilash, nogironlik guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan yoki sogʻligʻi boshqacha tarzda shikastlangan xodimlarning kasbi boʻyicha mehnatga layoqatini yoʻqotganlik darajasini belgilash faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
TIEK tomonidan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning nogironlikning boshlangan vaqtini va muddatlarini belgilash faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish natijasiga hamda shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra oʻzgalarning parvarishiga, qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligi, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar berish faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
fuqarolarning tumanlararo, tuman (shahar) TIEK xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi, unda koʻrsatilgan masalalarni hal qilish boʻyicha choralar koʻradi;
fuqarolarning tumanlararo, tuman (shahar) TIEK faoliyatida muntazam ravishda tekshiruvlar oʻtkazib, oʻtkazilgan koʻriklarning toʻgʻriligi va asosliligini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari mutaxassislarini jalb qilgan holda tibbiyot muassasalaridan taqdim etilgan birlamchi hujjatlarning toʻliqligi va asosliligini oʻrganish yoʻli bilan muntazam nazorat qiladi;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEK yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni samarali tashkil etish va amalga oshirishda amaliy-metodik yordam koʻrsatadi;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEKga, tibbiyot muassasalariga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar va bemorlarni maslahat koʻrigidan oʻtkazish masalalari boʻyicha maslahat yordami koʻrsatadi;
fuqarolar tumanlararo, tuman (shahar) TIEK xulosasidan norozi boʻlganda, qayta nazorat koʻrikdan oʻtishga xabar berilishiga qaramasdan kelmaganligi sababli nogironlik pensiya (nafaqa)si dalolatnoma asosida toʻxtatilgan shaxslarni belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazadi;
b) hududdagi nogironlik holati, dinamikasi va sababi boʻyicha tizimli tahlil qilish, nogironlikka olib keluvchi omillarni oʻrganish hamda nogironlikning oldini olish sohasida:
biriktirilgan hududda muntazam ravishda nogironlik holati, dinamikasi, nogironlikka olib keluvchi omil va sabablarni tizimli ravishda oʻrganadi va tahlil qiladi;
biriktirilgan hududda nogironlikning oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Agentlikka kiritadi;
hududlarda davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, nogironlikning oldini olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi, oʻtkazadi va ularda ishtirok etadi;
v) fuqaroni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda nogironlikni belgilashdagi hududiy dasturlarga takliflar kiritish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlik belgilash sohasida hududiy dasturlarga takliflar ishlab chiqadi, kiritadi;
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlik belgilash sohasida hududiy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlik belgilash sohasida hududiy dasturlarning ijrosi yuzasidan monitoringni yuritadi va tahlil qiladi;
g) biriktirilgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi elektron shakllantirilishini va amalga oshirish sohasini nazorat qilish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish sohasida:
biriktirilgan hududdagi tumanlararo, tuman (shahar) TIEKning nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalar organizmining, mavjud boʻlmagan yoki yoʻqolgan funksiyalarini tiklashga, kompensatsiya qilishga yoʻnaltirilgan reabilitatsiya va abilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishning turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga olgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi elektron shakllantirilishi faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
elektron shakllantirilgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilangan tadbirlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirishda izchillik va uzluksizlikni, oʻtkazilgan chora-tadbirlarning samaradorligini doimiy kuzatib boradi va nazorat qiladi;
elektron shakllantirilgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilangan tadbirlar amalga oshirilishining monitoringini olib boradi, uni bajarish natijalarini baholaydi;
biriktirilgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi.
d) sohaning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etishga takliflar kiritish va ishtirok etish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK biriktirilgan hududlarda fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlik belgilash sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin;
e) tumanlararo, tuman (shahar) TIEK oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
18 yoshdan katta fuqarolarning nogironlikni belgilash, nogironlik guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan yoki sogʻligʻi boshqacha tarzda shikastlangan xodimlarning kasbi boʻyicha mehnat layoqatini yoʻqotganlik darajasini aniqlaydi;
TIEK 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning nogironlik belgilash, nogironlikni boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlaydi;
18 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironlikka olib keluvchi omillarni oʻrganadi hamda nogironlikning oldini olish choralarini ishlab chiqadi;
18 yoshgacha boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda nogironlikni belgilash sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
nogironligi boʻlgan bolalarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi elektron shakllanishini taʼminlaydi va amalga oshirish sohasini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish natijasiga hamda shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra oʻzgalarning parvarishiga, qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligi, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar beradi;
xodimlarning harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi, unda koʻrsatilgan masalalarni hal qilish boʻyicha choralar koʻradi;
biriktirilgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalar organizmining, mavjud boʻlmagan yoki yoʻqolgan funksiyalarini tiklashga, kompensatsiya qilishga yoʻnaltirilgan reabilitatsiya va abilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishning turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga olgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi elektron shakllanishini taʼminlaydi va ijrosini nazorat qiladi;
elektron shakllangan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilangan tadbirlar amalga oshirilishining monitoringini olib boradi, uni bajarish natijalarini baholaydi;
biriktirilgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi, kiritadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlik belgilash sohasida hududiy dasturlarga takliflar ishlab chiqadi, kiritadi va uni amalga oshirishda ishtirok etadi;
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda nogironlikni belgilash sohasining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi, kiritadi va uni amalga oshirishda ishtirok etadi;
biriktirilgan hududdagi fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlikni belgilash sohasida hududiy dasturlarning ijrosi yuzasidan monitoringni yuritadi, tahlil qiladi.
biriktirilgan hududda muntazam ravishda nogironlik holati, dinamikasi va sababini tizimli ravishda oʻrganadi va tahlil qiladi;
biriktirilgan hududda muntazam ravishda nogironlikka olib keluvchi omillarni tizimli ravishda oʻrganadi, nogironlikning oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
nogironligi boʻlgan shaxslarning protez-ortopediya moslamalariga, reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga va harakatlanish vositalariga muhtojligini aniqlaydi;
nogironligi boʻlgan shaxslarga oid maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan TIEK dasturiy komleksini yuritib boradi va takomillashtirish yuzasidan takliflar beradi;
aholi oʻrtasida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha va nogironlikning oldini olish, nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya qilish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib boradi.
TIEK tomonidan mazkur funksiyalarni bajarishda kasallik (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya va boshqa)lar boʻyicha hududlardagi nogironlikning ahvoli va dinamikasini hisobga olgan holda faoliyatini amalga oshiradi;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tomonidan mazkur funksiyalarning bajarilishi xizmat qilinadigan aholining toifasi va biriktirilgan hududlar boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularga nogironlik belgilash sohasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
111. Respublika TIEK oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tarkibiy boʻlinmalariga nogironlikning oldini olish hamda reabilitologiya va ergoterapiya boʻyicha tavsiyanomalar berish;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyatiga aloqador boʻlgan maʼlumotlarni tegishli vazirliklar va idoralardan soʻrash va olish;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning reabilitatsiyasi, abilitatsiyasi sohasidagi muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy ekspertiza qilish va reabilitatsiya choralarini oʻtkazish masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaga takliflar kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar), tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining amaldagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda chiqargan xulosalarini bekor qilish hamda ularning oʻrniga yangi xulosa qilish.
3-bob. TIEKning huquqlari va javobgarligi
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tumanlararo, tuman (shahar) TIEKda koʻrikdan oʻtkazilgan shaxslarning tibbiy hujjatlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” moduli orqali oʻrganadi va oʻrganish natijasiga koʻra shubhali holatlar aniqlanganda nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan shaxslarni chaqirgan holda yuzma-yuz koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan ekspertiza xulosalari sifatini va asoslanganligini nazorat qilish;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEKga nogironlikning oldini olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha tavsiyalar berish, ularni amalga oshirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
tumanlararo, tuman (shahar) TIEK xulosasidan norozi boʻlgan holatlarda shaxslarni qayta koʻrikdan oʻtkazish, belgilangan tartibda tegishli maʼlumotnoma berish yoʻli bilan ularning nogironlik belgilanganligi toʻgʻrisidagi xulosalarini oʻzgartirish yoki bekor qilish;
TIEKning qaroridan norozi boʻlgan shaxslarni tashkil etilgan xolis komissiyalarda koʻrikdan oʻtkazish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKning vrach ekspertlari tumanlararo, tuman (shahar), TIEK majlislarida qaror qabul qilishda ovoz berish huquqi bilan qatnashadi, shuningdek, shubhali holatlarda tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan tibbiy hujjatlarning asoslanganligini tekshiradi hamda yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
13. Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tibbiyot muassasalari tomonidan TIEKga yuborilgan shaxslarni koʻrikdan oʻtkazish;
tibbiyot muassasalaridan TIEKga taqdim etilgan tibbiy hujjatlarning sifatli rasmiylashtirilishini talab qilish, nogironlik belgilangunga qadar ularning xolisonaligini va haqqoniyligini tekshirish, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan birgalikda chora-tadbirlar koʻrish;
klinik-ekspert tashxisni aniqlashga va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazishga muhtoj boʻlgan koʻrikdan oʻtuvchilarni biriktirilgan tibbiyot muassasalariga, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga, mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKga TIEK ishini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiyasi va abilitatsiyasi boʻyicha takliflar kiritish.
14. TIEK quyidagilar uchun javob beradi:
oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
kiritilayotgan hujjatlar va takliflar, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tegishli hududda nogironlikka olib keluvchi tizimli sabab va omillarni aniqlash, nogironlikning oldini olishga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazish va reabilitatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish;
biriktirilgan hududda sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning hal etilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
15. Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK quyidagilar uchun javob beradi:
oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKga kiritilayotgan hujjatlar va takliflar, shuningdek, oʻzlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tegishli hududda nogironlikka olib keluvchi tizimli sabab va omillarni aniqlash, nogironlikning oldini olishga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazish va reabilitatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish;
tuman (shahar)larda sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning hal etilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
4-bob. TIEKning faoliyatini tashkil etish
16. TIEKni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Respublika TIEK, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tibbiyot muassasalarini boshlangʻich tashxislariga va taqdim qilingan tibbiy hujjatlariga shubha boʻlgan holatlarda bepul tekshiruvlar oʻtkazish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga biriktirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
17. Respublika TIEK vrach-ekspertligiga xamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK raisi lavozimiga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan vrach-ekspertlar tayinlanadi.
18. Respublika TIEK raisi va aʼzolari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEK raislari Agentlik direktorining oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEK aʼzolarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Respublika TIEK hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK tarkibi 7 ta mutaxassislik boʻyicha vrach-ekspert — terapevt, xirurg, nevrolog, pediatr, oftalmolog, psixiatr, ftiziatrlardan iborat tarkibda tashkil etiladi, shuningdek, nogironlikning strukturasiga qarab psixolog, sotsiolog va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
TIEK vrach-ekspertlaridan biri TIEK raisi etib tayinlanadi.
TIEK alohida binoga ega boʻlganda qoʻshimcha ravishda qorovul va farrosh lavozimi kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK shtatiga vrach metodist, haydovchi (avtomobil boʻlganda) kiradi.
Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK shtatiga tibbiy hamshira, haydovchi (avtomobil boʻlganda) kiradi.
TIEK ish grafigi haftada 5 kun 7 soatdan boʻlib, har oyning bir kunida ekspert — metodik kengash oʻtkaziladi.
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har birida bittadan mustaqil tarkibiy boʻlinma shaklida, tuman (shahar), tumanlararo TIEK maʼlum bir hududda xizmat koʻrsatiladigan aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslarning soni, shuningdek, hududlarning oraliq masofasini hamda chegaradoshligini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
21. Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK 4 ta mutaxassislik boʻyicha vrach-ekspertdan iborat tarkibda tashkil etiladi va vrach-ekspertlardan biri TIEK raisi etib tayinlanadi.
Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tarkibiga ekspert-terapevt, ekspert-xirurg, ekspert-nevrolog, ekspert-pediatr kiradi.
Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK komissiya yigʻilishida koʻz, sil yoki ruhiy kasalliklari bilan fuqarolar koʻrikdan oʻtkazilganda, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKning ekspert-oftalmologi, ekspert-ftiziatri va ekspert-psixiatri qatnashishi taʼminlanadi.
Tumanlararo, tuman (shahar) TIEK geografik, demografik va boshqa xususiyatlarni (aholi zichligi, kasallanish, nogironlik darajasi va murojaatlari) hisobga olgan holda aholiga bitta TIEK tashkil etilishi mumkin.
Aholi soni va zichligi yuqori boʻlmagan choʻl va togʻli joylarda oʻrindoshlik lavozimidagi vrach-ekspertlardan iborat TIEK tashkil etilishi mumkin.
22. Respublika TIEK, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKda ishlash uchun mutaxassisligi boʻyicha ish staji 3 yildan kam boʻlmagan vrachlar jalb qilinadi.
Tumanlararo, tuman (shahar) TIEKda ishlash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha magistratura, klinik ordinaturani hamda birlamchi ixtisoslashtirish kurslarini bitirganlar ish stajidan qatʼi nazar ishga qabul qilinishi mumkin.
Respublika TIEK, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEKda terapevt, nevrolog, xirurg, pediatr vrach-ekspert lavozimiga mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishga olinadi.
23. TIEK vrach-ekspertlari mutaxassisligi va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha kamida besh yilda bir marta malaka oshirishlari kerak.
24. TIEK majlislarida mahalliy mehnat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, kasaba uyushmalarining, sugʻurta tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etishi mumkin.
Hududiy TIEK tomonidan aloqador idoralar va muassasalarning vakillari TIEKning tasdiqlangan ish jadvalini maʼlum qilish yoʻli bilan xabardor qilinadi.
Shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish maqsadida TIEK joylashgan binolarda videokuzatuv kamerasi oʻrnatiladi.
26. Yuklangan vazifalarga muvofiq TIEK raislari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
TIEKga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
TIEK vrach-ekspertlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etilishiga oid taklif va taqdimnomalar kiritadi;
TIEK vrach-ekspertlari va xodimlarining faoliyati yoʻnalishlari va hududlarga rahbarlik qilish boʻyicha vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
TIEKga biriktirilgan hududda Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati ish yuritish sohasiga daxldor takliflarda sohaga oid davlat siyosatiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlaydi;
vrach-ekspertlar va xodimlarning samarali mehnat qilishlari uchun shart-sharoitlarni yaratadi va tizim boʻyicha kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro etish muddatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
TIEK faoliyati rejalashtirilishini tashkil etadi, yillik ish rejalarini tasdiqlash uchun tegishliligi boʻyicha Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga kiritadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
TIEK vrach-ekspertlari va xodimlarining manfaatlarini himoya qiladi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
27. TIEK raislari:
ushbu Nizom hamda qonunchilik hujjatlari bilan oʻziga yuklangan boshqa vazifalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, TIEK ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishi;
biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha vazifalar va dasturlar bilan taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar boʻyicha kutilgan natijalarga erishilishi;
TIEK ijro intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi.
5-bob. TIEK faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari
28. TIEK faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
29. TIEK faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
30. TIEK faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
TIEK raislari va boshqa xodimlariga nisbatan Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 foizgacha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
TIEK faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
TIEK faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Agentlik tomonidan belgilanadi.
6-bob. TIEKning hisobdorligi
311. Respublika TIEK raisi tizimli ravishda TIEK faoliyati boʻyicha Agentlik rahbariyatiga hisobot beradi.
32. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tarkibiy tuzilmasidagi barcha rahbar va xodimlarga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, TIEK faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
33. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha TIEKning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbar va boshqa xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortiladi.
7-bob. TIEKni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
34. TIEKning moddiy-texnika taʼminoti budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mahalliy qismidan, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, norezidentlarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
35. TIEK xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
36. TIEK xodimlarining mehnatiga haq toʻlash:
Respublika TIEK raisi va vrachlariga — sogʻliqni saqlash muassasalari I tipi rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari boʻyicha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK raislariga — sogʻliqni saqlash muassasalari III tipi rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari boʻyicha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEKning vrachlar va boshqa tibbiyot xodimlariga — sogʻliqni saqlash muassasalari I guruhiga mansub xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari boʻyicha;
qolgan xodimlarga — davlat boshqaruvi organlari tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari boʻyicha amalga oshiriladi.
37. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) TIEK tizimi xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Respublika TIEK xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida terapevt, nevrolog, xirurg, pediatr vrach-ekspert lavozimiga ishga qabul qilinishi mumkin boʻlgan tibbiy mutaxassisliklar
ROʻYXATI
T/rLavozim nomiMutaxassislik yoʻnalishlari1.Ekspert terapevtAnesteziologiya va reanimatologiya shifokoriIntensiv terapiya shifokori (profillar boʻyicha)Shoshilinch kardiologiya va kardioreanimatsiya shifokoriIchki kasalliklar shifokoriAllergologiya va immunologiya shifokoriGastroenterologiya shifokoriNefrologiya shifokori Revmatologiya shifokoriGematologiya shifokoriKardiologiya shifokoriEndokrinologiya shifokoriPulmonologiya shifokoriTibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha birlamchi ixtisoslashtirish kurslarini bitirgan davolash ishi boʻyicha umumiy amaliyot shifokori2.Ekspert-nevrologNevrologiya shifokoriIgnarefleksoterapiya shifokoriManual terapiya shifokoriNeyrofiziologiya shifokoriNeyroxirurgiya shifokoriTibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha birlamchi ixtisoslashtirish kurslarini bitirgan davolash ishi boʻyicha umumiy amaliyot shifokori3.Ekspert-xirurgNeyroxirurgiyaUmumiy onkologiyaTravmatologiya va ortopediya shifokoriOrtopediya shifokoriTayanch-harakat apparat oʻsmalari shifokori (xirurgiya) Urologiya shifokoriAndrologiya shifokoriOnkourologiya shifokoriEndourologiya shifokoriUmumiy xirurgiya shifokoriAbdominal onkoxirurgiya shifokoriYiringli xirurgiya shifokoriKoloproktologiya shifokoriXirurgiyada lazerlik texnologiyalar shifokoriOnkoproktologiya shifokoriOnkoxirurgiya shifokoriOperativ endokrinologiya shifokoriOperativ-diagnostik endoxirurgiya shifokori (profillar boʻyicha) Plastik xirurgiya va mikroxirurgiya shifokoriYurak-qon tomir xirurgiyasi shifokori Torakal onkoxirurgiya shifokoriTorakal xirurgiya shifokoriTibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha birlamchi ixtisoslashtirish kurslarini bitirgan davolash ishi boʻyicha umumiy amaliyot shifokori4.Ekspert-pediatrPediatriya shifokoriBolalar allergologiya va immunologiyasi shifokoriBolalar gastroenterologiyasi shifokoriBolalar kardiologiya va revmatologiyasi shifokoriBolalar nefrologiyasi shifokoriBolalar pulmonologiyasi shifokoriBolalar nevrologiyasi shifokoriTibbiy genetika shifokoriBolalik davri immunoprofilaktikasi shifokoriBolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi shifokoriPediatriyada intensiv terapiya shifokori (profillar boʻyicha)Shoshilinch intensiv pediatriya shifokoriBolalar xirurgiyasi shifokoriBolalar kardioxirurgiyasi shifokoriBolalar onkoxirurgiyasi shifokoriBolalar urologiyasi shifokoriTibbiy-ijtimoiy ekspertiza boʻyicha birlamchi ixtisoslashtirish kurslarini bitirgan pediatriya ishi boʻyicha umumiy amaliyot shifokori
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 9-ILOVA
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom fuqarolarni (18 yoshgacha boʻlgan bolalarni va 18 yoshdan katta shaxslarni) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida (keyingi oʻrinlarda — TIEK) koʻrikdan oʻtkazish tartibini, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza tekshiruvdan oʻtkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy va psixologik maʼlumotlarini kompleks baholash asosida uning sogʻligʻi yoʻqolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turgʻun buzilganligini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek, oʻzgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar beradi.
Fuqaroni nogironligi boʻlgan shaxs yoki oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironligi boʻlgan bola deb topish — TIEKlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqaroga — nogironlik guruhi, uning belgilanishi sababi va muddatlari, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga esa — qayta tekshiruvdan oʻtish muddati bilan — “Nogironligi boʻlgan bola” toifasi belgilanadi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish, nogironlikni hisobga olish va nogironlik tuzilmasini tahlil qilish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarning (bolalarning) elektron maʼlumotlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Ekspertiza” moduli)da yuritadi.
2. Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazishda tibbiyot odob-axloqiga va deontologiyasiga amal qilinadi.
3. TIEKda fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
4. TIEKda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy davlat fuqarolari va tibbiyot muassasalarining yoʻllanmasiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladi.
5. Fuqaroni koʻrikdan oʻtkazish doimiy roʻyxatda turgan hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEK tomonidan amalga oshiriladi.
6. Karantin (epidemiya va pandemiya) tadbirlari, tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar davrida koʻrik elektron shaklda taqdim qilingan tibbiy hujjatlar asosida, sirtdan oʻtkazilishi mumkin.
7. Fuqarolarni TIEKda koʻrikdan oʻtkazish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
8. Tibbiyot muassasasi rahbari hamda oilaviy shifokor TIEKga taqdim etilayotgan hujjatlarning asosliligiga, toʻliqliligiga va oʻz vaqtida yuborilayotganligiga javobgar hisoblanadi.
9. Fuqaroga ruhiy yoki sil kasalligi tashxisi qoʻyilgan taqdirda, u tibbiyot muassasasiga biriktirish joyidagi TIEK tomonidan tegishli tibbiyot muassasasining yoʻllanmasi boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
2-bob. Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish uchun qabul qilish
10. Kasalligi tufayli organizm funksiyasining turgʻun buzilishi mazkur Nizomga 11-ilovasida koʻrsatilgan muddatlarda saqlanib qolgan shaxslar tibbiyot muassasasining yoʻllanmasiga muvofiq TIEK koʻrigiga qabul qilinadi.
11. Ushbu Nizomga 2-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan, yaʼni nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlar, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklarga chalingan va ularning asoratlari boʻlgan shaxslarning tibbiy hujjatlari mazkur Nizomga 11-ilovasida koʻrsatilgan muddatlardan oldin, klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, TIEKga yuboriladi va taqdim etilgan tibbiy hujjatlar asosida shaxsning ishtirokisiz ular nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilganda nogironlik muddatsiz belgilanadi.
Ushbu roʻyxatda keltirilgan holatlarda 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda nogironlik 18 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga belgilanadi.
Tasdiqlangan roʻyxatdagi holatlardagi shaxslar nogironlik belgilangunga qadar tibbiyot muassasasi tomonidan ortiqcha ovoragarchiliklarga yoʻl qoʻyilmasdan, statsionar sharoitda davolanishga majbur qilinmasdan tibbiy hujjatlari rasmiylashtiriladi va nogironlikni belgilash uchun 5 ish kuni ichida, qolgan holatlarda 10 ish kuni ichida TIEKga yuboriladi.
12. Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot muassasalari nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlarni oʻtkazmasdan turib tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborishga haqli.
13. TIEKda koʻrikdan oʻtish uchun pasport (18 yoshgacha bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi, ota/onasining yokiqonuniy vakilining pasporti) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat koʻrsatiladi.
14. TIEKda koʻrikdan oʻtish uchun umumiy kasallik va bolalikdan nogironlik sabablarini belgilash uchun tibbiyot muassasasining yoʻllanmasi, ambulator kartadan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan kasallik tarixidan koʻchirma taqdim etiladi.
Mehnatdan mayib boʻlish sababi belgilanishi uchun jarohat olganligi toʻgʻrisida dalolatnoma (N-1-shakl), boshqa sababi belgilanishi uchun esa — vakolatli muassasalar tomonidan berilgan xulosalar qoʻshimcha ravishda “Ekspertiza” moduliga yuklanadi.
Hujjatlar toʻliq shakllantirilgandan soʻng oilaviy shifokor tomonidan “Ekspertiza” moduli orqali tumanlararo, tuman (shahar) TIEKga yuboriladi.
TIEKga hujjatlar qabul qilingandan soʻng bemorga 3 ish kuni ichida aloqa vositalari orqali koʻrik oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan xabar yuboriladi.
Karantin (epidemiya va pandemiya) tadbirlari (cheklovlari), tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar davrida tibbiyot muassasalari tomonidan barcha hujjatlar elektron shaklda axborot almashinuvi orqali, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi hamda elektron shaklda yuborilgan hujjatlarga asosan nogironlik TIEK tomonidan sirtdan belgilanadi.
3-bob. Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish
15. Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish: TIEKga yoʻllanmani (088/u — shaklini), ambulator kartadan koʻchirmani va agar mavjud boʻlsa statsionardan berilgan kasallik tarixidan koʻchirmani, shuningdek, bemorni koʻrikka yuborish uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va shaxsni koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
16. Koʻrik TIEK tomonidan ular joylashgan binolarda, biriktirilgan hududlarga chiqib koʻchma majlislarda, shaxs sogʻligining holatiga koʻra TIEKga borish imkoni boʻlmagan holatda shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda hamda sirtdan oʻtkaziladi.
17. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari majlisida koʻrik toʻliq tarkibda oʻtkaziladi.
Istisno tariqasida, TIEKning bir nafar aʼzosi xizmat safarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki mehnat taʼtili davrida TIEK majlislarini bir nafar vrach-ekspert ishtirokisiz oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi hamda TIEKning bunday majlisi vakolatli hisoblanadi.
18. Koʻrik hujjatlar TIEKda qabul qilib olingan kundan boshlab 20 kalendar kun muddat ichida oʻtkaziladi.
TIEK tomonidan koʻrikdan oʻtuvchini qoʻshimcha ravishda tibbiy tekshirish hamda klinik tashxisni aniqlashtirish toʻgʻrisida xulosa qilingan hollarda koʻrik bir oygacha boʻlgan muddat ichida oʻtkaziladi.
19. Nogironlik belgilangan taqdirda, hujjatlar TIEK tomonidan qabul qilib olingan sana nogironlikning boshlanishi hisoblanadi.
20. Fuqaro sogʻligi holati boʻyicha doimiy roʻyxatda turuvchi hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEKdan koʻrikdan oʻtish uchun bora olmagan taqdirda, vaqtincha yashayotgan yoki davolanayotgan hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEKda koʻrikdan oʻtkaziladi.
Bunda koʻrikdan oʻtuvchi uchun oilaviy shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan TIEKga yoʻllanmaning (088/h-shakl) titul varaqasi yuqori chap qismiga uyda (yoki statsionarda) koʻrikdan oʻtuvchilar uchun “uyda (yoki statsionarda) koʻrik” deb yoki sogʻligi holati boʻyicha doimiy roʻyxatda turuvchi hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEKdan koʻrikdan oʻtish uchun bora olmaydiganlar uchun esa, “TIEKga bora olmaydi” degan maʼlumotlari kiritiladi.
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarning roʻyxatida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha TIEKga elektron yoʻllanmada koʻrik sirtdan oʻtkazilishi tanlanadi.
21. Karantin (epidemiya va pandemiya) tadbirlari, tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar davrida TIEKga tibbiyot muassasasi tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan tibbiy hujjatlar asosida, fuqaroning ishtirokisiz, koʻrikdan oʻtuvchi doimiy roʻyxatda turuvchi hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEK tomonidan sirtdan koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda koʻrikdan oʻtuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi lozim.
Fuqaro sogʻligi holati boʻyicha hamda karantin (epidemiya va pandemiya) tadbirlari, tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar davrida koʻrik oʻtkazish uchun hujjatlar koʻrikdan oʻtuvchi joylashgan hududdagi tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtiriladi va tegishli TIEKga elektron axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Koʻrik oʻtkazgan TIEK tomonidan qilingan xulosa “Ekspertiza” modulida shakllantiriladi hamda TIEK raisi va vrach-ekspertlari tomonidan tasdiqlangandan soʻng koʻrikdan oʻtuvchi doimiy roʻyxatda turadigan hududdagi tegishli TIEKga 1 kundan kechiktirmay yuboriladi.
22. Koʻrik maʼlumotlari va TIEK xulosasi “Ekspertiza” modulida shakllantirib boriladi.
23. Koʻrik natijalari boʻyicha TIEK:
18 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironligi boʻlgan bola deb topish toʻgʻrisidagi;
18 yoshdan katta shaxslarga nogironlik guruhi, sababi va muddati belgilanganligi toʻgʻrisidagi;
mehnatda mayib boʻlgan va kasbiy kasallikka chalingan shaxslar uchun kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilganlik darajasi va kasb kasalligini aniqlash toʻgʻrisidagi;
qoʻshimcha ravishda tibbiy tekshirish hamda klinik tashxisni aniqlashtirish uchun koʻrikdan oʻtuvchini biriktirilgan tibbiyot muassasalariga, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlariga yuborish toʻgʻrisidagi;
protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashga muhtojlik toʻgʻrisidagi;
oʻzgalar parvarishiga muhtojlik toʻgʻrisidagi;
ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning oʻzgalar parvarishiga muhtojligi toʻgʻrisidagi;
sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi toʻgʻrisidagi;
shaxs nogironligi boʻlgan shaxs (bola) deb topilmaganligi toʻgʻrisidagi xulosalarni (keyingi oʻrinlarda — TIEK xulosasi) berishi mumkin.
24. TIEK xulosasi koʻrikdan oʻtuvchiga TIEK raisi tomonidan koʻrikni oʻtkazgan barcha mutaxassislar ishtirokida, tegishli xulosa qabul qilingandan soʻng darhol eʼlon qilinadi.
25. TIEK xulosasining toʻgʻri belgilanishi uchun koʻrikdan oʻtkazgan TIEK javobgar hisoblanadi. Agar sirtdan koʻrik oʻtkazgan TIEK xulosasi doimiy roʻyxatda turadigan hududdagi TIEK tomonidan oʻzgartirilsa, javobgarlik koʻrikdan oʻtuvchi doimiy roʻyxatda turadigan TIEKga yuklatiladi.
26. Nogironlik belgilanganligi toʻgʻrisidagi TIEK xulosasi birlamchi berilgan yoki qayta koʻrikdan oʻtkazilib berilgan deb hisoblanadi.
Quyidagi holatlarda TIEK xulosasi birlamchi berilgan deb hisoblanadi:
shaxs birinchi marta nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilganda;
TIEKda koʻrikdan oʻtkaziluvchi oldingi nogironlik belgilangan muddat tugagan kundan boshlab 5 yildan ortiq muddat oʻtgandan keyin murojaat qilganda nogironlik belgilanganda;
TIEKda koʻrikdan oʻtkaziluvchining nogironligi bekor qilingan kundan boshlab 5 yildan ortiq muddat oʻtgandan keyin murojaat qilganda nogironlik belgilanganda.
Qolgan holatlarda TIEK xulosasi qayta koʻrikdan oʻtkazilib berilgan xulosa deb hisoblanadi.
27. TIEK tomonidan nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilash toʻgʻrisida xulosaga kelishda, shuningdek, ushbu xulosa qabul qilingan kunda:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
28. Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtirilib, QR-kod orqali tasdiqlanib fuqaroga beriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi — oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi)ga hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda oʻsha kunning oʻzida “Ekspertiza” moduli orqali yuboriladi.
29. TIEK tomonidan koʻrikda nogironligi boʻlgan bola deb topilganda, shu kunning oʻzida mazkur Nizomga 4-ilovada koʻrsatilgan shakl boʻyicha maʼlumotnoma rasmiylashtirilib, QR-kod orqali tasdiqlanib nogironligi boʻlgan bolaga (yoki qonuniy vakiliga) beriladi hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda oʻsha kunning oʻzida “Ekspertiza” moduli orqali yuboriladi.
30. Koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi “Ekspertiza” modulida rasmiylashtirib boriladi.
31. Agar qayta koʻrikdan oʻtkazishda nogironlik guruhi belgilanmasa, ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shaxs nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilib, QR-kod orqali tasdiqlanib nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ga (yoki qonuniy vakiliga) beriladi. Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga elektron tarzda oʻsha kunning oʻzida “Ekspertiza” moduli orqali yuboriladi.
32. TIEK xulosasi bemorni koʻrikka yuborgan tibbiyot muassasasiga oʻsha kunning oʻzida “Ekspertiza” moduli orqali yuboriladi.
33. TIEK xulosasi belgilangan shakl boʻyicha beriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
koʻrik xulosasi;
reabilitatsiya va abilitatsiya masalasi boʻyicha tavsiyalar.
34. Murakkab ekspert holatlarida bemorlar va nogironligi boʻlgan shaxslar klinik-ekspert tashxisini aniqlashtirish uchun biriktirilgan davlat tibbiyot muassasasiga, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuboriladi, ularning xulosalari tavsiya va maslahat tusiga ega boʻladi.
35. Agar TIEKning raisi yoki aʼzolaridan biri qabul qilingan xulosaga rozi boʻlmasa, u holda “Ekspertiza” moduliga ularning alohida fikri qayd etiladi va ushbu fuqaro takroriy koʻrikdan oʻtkazish uchun uch kun muddatda tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKga yuboriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKda qarorlar kollegial, TIEK aʼzolarining koʻpchilik ovozi asosida qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
36. TIEK majlislarida mahalliy mehnat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, kasaba uyushmalarining, sugʻurta tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
Hududiy TIEK tomonidan aloqador idora va muassasalarning vakillari TIEKning tasdiqlangan ish jadvalini maʼlum qilish yoʻli bilan xabardor qilinadi.
4-bob. Nogironlikni belgilash mezonlari
37. 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda nogironlik aniqlansa, nogironlik guruhi koʻrsatilmasdan nogironligi boʻlgan bola deb eʼtirof etiladi.
Davolash natijalarining prognozi, fiziologik xususiyatlari, anatomik holati, shuningdek, bolalar organizmi organ va tizimlarining kompensator holati, ularning tez oʻsishi va qayta tiklanishini hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi.
38. Fuqarolarga nogironlikni belgilash ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlik belgilash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
39. Organizm funksiyasining buzilishiga qarab asosiy kasallikning klinik oʻtishini, uning asoratlarini va klinik-ekspert prognozini hisobga olgan holda 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga — nogironligi boʻlgan bola toifasi, 18 yoshdan kattalarga nogironlikning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruhi belgilanadi.
40. Quyidagilar koʻrikdan oʻtkaziluvchini nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish uchun asos hisoblanadi:
salomatlikning organizm funksiyalarining barqaror buzilishi natijasida yomonlashishi;
ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordamga muhtojligi.
41. 18 yoshdan katta nogironligi boʻlgan shaxslarda quyidagilar nogironlikning sabablari hisoblanadi:
umumiy kasallik;
mehnatda mayiblanish;
kasb kasalligi;
bolalikdan nogironlik;
Chernobil AESdagi halokat tufayli mayiblanganlik yoki kasallanganlik;
yadro poligonlarida xizmat davrida olingan radiatsiya natijasida orttirilgan kasallik (yadro poligonlarida xizmat davrida olingan radiatsiya natijasida turli darajadagi oʻtkir va surunkali nur xastaligi, xavfli oʻsma (saraton) kasalliklarning barcha turlari yoki leykoz kelib chiqadigan boʻlsa);
frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirilgan kasallik;
harbiy xizmatni oʻtash davrida orttirilgan kasallik;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bogʻliq boʻlmagan kasallik;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bogʻliq boʻlmagan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish chogʻida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan baxtsiz hodisa oqibatida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
fuqarolik burchini bajarish bilan bogʻliq holda orttirilgan kontuziya, mayiblik.
42. Nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi xulosa klinik-psixologik, ijtimoiy-maishiy omillar kompleksini baholashga asoslanadi. Bunda kasallikning xususiyati, funksiyalarning buzilish darajasi, davolash, reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi, kompensator mexanizmlarining holati, klinik prognozi, reabilitatsiya potensiali, ijtimoiy moslashish imkoniyati, ijtimoiy yordamning har xil turlariga muhtojlik, shaxsiy yoʻnaltirilganlik, yosh va shu kabilar hisobga olinadi.
Koʻrikdan oʻtkazish chogʻida TIEKda kasallik yoki nuqsonning xususiyatidan qatʼi nazar, har bir holatda bemor organizmining barcha tizimlari kompleks tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Sogʻliqni va ijtimoiy moslashish darajasining holatini asosli baholash maqsadida funksional laboratoriya tekshirishlari maʼlumotlaridan foydalaniladi. Bemorning shaxsiy xususiyati, uning ijtimoiy moslashish imkoniyati hisobga olingan holda qaror qabul qilinadi.
5-bob. 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilash mezonlari
43. Organizm funksiyalari buzilishlarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
psixik funksiyalarning (idrok qilish, diqqat-eʼtibor, xotira, tafakkur, intellekt, his-tuygʻu, iroda, ong, xulq-atvor, psixomotor funksiyalar) buzilishi;
til va nutq funksiyalarining (ogʻzaki (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, alaliya, afaziya) va yozma (disgrafiya, disleksiya), verbal va noverbal nutq buzilishi, ovoz hosil boʻlishining buzilishi va hokazolar);
sensor funksiyalarining (koʻrish, eshitish, hid bilish, sezish, taktil, ogʻriq, harorat koʻtarilishi va boshqa sezuvchanlik turlari) buzilishi;
statodinamik funksiyalarning (bosh, gavda, oyoq-qoʻlning harakatlanish funksiyalari, statika, harakatlar muvofiqlashtirilishi) buzilishi;
qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm boʻlishi, organizmdan narsa ajralib chiqishi, qon yaratilishi, modda va energiya almashishi, ichki sekretsiya, immunitet funksiyalarining buzilishi;
jismoniy mayib-majruhlik bilan bogʻliq buzilishlar (tashqi mayib-majruhlikka olib keladigan yuz, bosh, gavda, oyoq-qoʻllar deformatsiyasi, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish traktining anomal teshigi, gavda oʻlchamlarining buzilishi).
44. Organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon boʻlishi toʻrtta darajaga ajratiladi:
I daraja — yengil buzilishlar;
II daraja — oʻrtacha buzilishlar,
III daraja — ifodalangan buzilishlar,
IV daraja — kuchli ifodalangan buzilishlar.
46. Ijtimoiy muhofaza qilish yoki yordamni taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatida organizm funksiyalarining barqaror kuchli ifodalangan yetishmovchiligi tufayli inson salomatligining buzilishi nogironlikning birinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi.
47. Ijtimoiy muhofaza yoki yordamni taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatida organizm funksiyalarining barqaror ifodalangan yetishmovchiligi tufayli inson salomatligining buzilishi nogironlikning ikkinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi.
48. Ijtimoiy muhofaza qilish yoki yordamni taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatida organizm funksiyalarining barqaror oʻrtacha yetishmovchiligi tufayli inson salomatligining buzilishi nogironlikning uchinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi.
6-bob. 18 yoshgacha shaxslarga nogironlik belgilash mezonlari
49. Nogironligi boʻlgan bola deb belgilanish mezonlari:
funksiyalarning yengil buzilishlari nogironligi boʻlgan bola deb eʼtirof etish uchun asos boʻla olmaydi, bolalar III-IV salomatlik guruhiga kiritiladi, tibbiyot muassasalarining mutaxassislari kuzatuvida boʻladi, ijtimoiy himoya tadbirlari oʻtkazilishiga muhtoj emas;
50. 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda organizm funksiyalarining oʻrta, ifodalangan va kuchli ifodalangan darajadagi buzilishlari aniqlanganda, ular nogironligi boʻlgan bola deb eʼtirof etiladi.
51. OIV va hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga kasallik kechishi va bosqichidan qatʼi nazar, nogironlik belgilanadi.
52. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar 1 yil, 2 yil yoki 18 yoshgacha boʻlgan muddatga nogironligi boʻlgan bolalar deb eʼtirof etiladi.
Bolalarning tana aʼzosi va aʼzolar tizimlarining funksiyasi buzilishi sababli, garchi davolash natijasida koʻrsatilgan holatlar tiklanishi mumkin boʻlsada, 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning yashash faoliyatining cheklanishi va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslik holatlarida 18 yoshgacha boʻlgan bolalar 1 yil muddatga nogironligi boʻlgan bola deb eʼtirof etiladi.
Patologik holatlar, yaʼni bolalar organizmi funksiyalarining kuchli darajada buzilgan, ularning oʻzgalar yordamiga muhtojligi sezilgan va oʻziga oʻzi xizmat qilishi chegaralangan, lekin 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda tuzalish ehtimoli boʻlgan holatlarda 2 yil muddatga nogironligi boʻlgan bola deb eʼtirof etiladi.
Oʻziga oʻzi xizmat qilishning toʻliq yoʻqolishiga olib keluvchi organizm faoliyatining keskin, turgʻun va orqaga qaytmas buzilishi natijasida bolalarning yashash faoliyatining kuchli darajada chegaralanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib boradigan aʼzo va uning tizimlarining patologik holatlarida 18 yoshgacha boʻlgan bolalar 18 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga nogironligi boʻlgan bola deb eʼtirof etiladi.
54. Nogironlik toʻgʻrisida xulosa chiqarilganda ilgari amalga oshirilgan tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarning uzviyligini nazarda tutadigan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi elektron tarzda shakllantiriladi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, sport, parasport muassasalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi va tavsiyalarning bajarilishi TIEK tomonidan monitoring qilib boriladi.
Qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi.
7-bob. Qayta koʻrikdan oʻtkazish muddatlari va TIEK xulosalari yuzasidan shikoyat bildirish tartibi
55. Nogironlik navbatdagi qayta koʻrikdan oʻtkazish tayinlangan oydan keyingi oyning birinchi kunigacha belgilanadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar qayta koʻrikdan oʻtish muddati tugayotganligi toʻgʻrisida, qayta koʻrikdan oʻtish belgilangan sanadan bir oy oldin, TIEK tomonidan xabardor qilinadi.
Xabardor qilish “Elektron hukumat” tizimi orqali, uning imkoni boʻlmagan taqdirda, aloqaning boshqa turlaridan foydalanilgan holda yoki nogironligi boʻlgan shaxsga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari orqali tashkil etiladi.
Oilaviy shifokor va tibbiyot muassasalarining rahbarlari nogironligi boʻlgan shaxslar qayta koʻrikdan oʻtish muddatidan kechiktirmasdan TIEKga yoʻllanishi va ularning tibbiy hujjatlari belgilangan tartibda toʻgʻri rasmiylashtirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Xabardor qilingan shaxs, uzrli sabablardan (ogʻir kasalligi, yaqin qarindoshining vafot etganligi, xizmat safarida ekanligi yoki favqulodda vaziyatlar boʻlishi va shu kabi boshqa holatlar) tashqari, qayta koʻrikka kelmagan taqdirda, fuqaro “Ekspertiza” moduli orqali koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan holda ikkinchi marta takroran xabardor qilinadi.
Xabardor qilingan shaxs qayta koʻrikdan oʻtkazishga takroran kelmaganligi qayta koʻrikdan oʻtkazish tayinlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan pensiya (nafaqa)ni toʻlashni toʻxtatib qoʻyish uchun asos hisoblanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan muddatlardan oldin qayta koʻrikdan oʻtkazish belgilangan tartibda, nogironligi boʻlgan shaxs sogʻligʻining holati va organizm funksiyasining buzilish darajasi oʻzgarganda, nogironlikni belgilashning toʻgʻriligi Respublika TIEK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK, Agentlik yoki Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan nazorat funksiyalarini bajarish jarayonida, TIEK xulosalarining asossizligi holatlari aniqlanganda, shuningdek, agar TIEK xulosasi soxta hujjatlar asosida chiqarilganda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
Nogironligi muddatsiz deb topilgan nogironligi boʻlgan shaxslar ham yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qayta koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
Agar TIEK xulosasi soxta hujjatlar asosida chiqarilganligi aniqlansa, Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmasi tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan fuqaroga rasmiylashtirilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bekor qilinadi. Nogironlik bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotnoma Pensiya jamgʻarmasi hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda “Ekspertiza” moduli orqali yuboriladi hamda elektron maʼlumot kelib tushgan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab pensiya va nafaqa toʻlash toʻxtatiladi.
Kelgusida fuqaroning salomatlik holatida oʻzgarishlar boʻlib, nogironlik belgilari aniqlansa, hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan tartibda TIEKga qabul qilinadi va nogironlik umumiy asoslarda belgilanadi.
56. 18 yoshdan katta nogironligi boʻlgan shaxslarga organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining qayta tiklanadigan buzilishlari sodir boʻlganda, davolashning va oʻtkazilgan reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini, sogʻligʻining holatini hamda ijtimoiy moslashish darajasini kuzatish maqsadida nogironlik olti oy, bir, ikki, besh yil muddatga yoki koʻrikdan qayta oʻtkazish muddati koʻrsatilmasdan belgilanadi.
Bunda vrach-ekspertlar ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlik belgilash mezonlariga asoslanadi.
Chernobil AESidagi halokatni tugatish oqibatlari bilan bogʻliq holda nogironligi boʻlgan shaxslar deb eʼtirof etilgan shaxslarga I-II guruh nogironligi muddatsiz, nogironlikning III guruhida 5 yil muddatga belgilanadi. Nogironlikning sababi “CHAES dagi halokat oqibatida kelib chiqqan” deb koʻrsatiladi.
57. Organlar funksiyalarining hamda organizm tizimlarining barqaror, asliga qaytarib boʻlmas tarzdagi morfologik oʻzgarishlari va buzilishlari mavjud boʻlgan, amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlarining samarasizligi oqibatida kasallikning kechishi va sogʻliq tiklanishini, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash mumkin boʻlmagan taqdirda, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq nogironlik koʻrikdan qayta oʻtkazish muddati koʻrsatilmasdan belgilanadi.
58. Kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilishi darajasini belgilash maqsadida qayta koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar hisobga olinadi:
sogʻliqning mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida buzilishi;
amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlari, oʻqitish yoki qayta oʻqitish natijasida olingan kasb-hunar boʻyicha ishlarni bajarish imkoniyati;
shaxsning mehnatda mayiblanishi yoki kasb kasalligidan oldingi kasbiy faoliyatini bajarish layoqati.
59. TIEKning koʻrikdan oʻtkazish xulosalarini va “Ekspertiza” modulida rasmiylashtirilgan hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish ushbu Nizomning 55-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarda, ilgari belgilangan muddatlardan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Takroriy qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun TIEK nogironligi boʻlgan shaxsga qayta koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan SMS-xabar yuboradi.
Xabardor qilingan shaxs, uzrli sabablardan (davolanishda, xizmat safarida yoki oʻqishda boʻlishi) tashqari, qayta koʻrikka kelmagan taqdirda, qayta koʻrikni oʻtkazish belgilangan sanasidan keyin 10 kun oʻtgach nogironlik boʻyicha pensiya (nafaqa)ni toʻlashni toʻxtatib qoʻyish uchun asos hisoblanadi.
Nogironlik boʻyicha pensiya (nafaqa) toʻlashni toʻxtatib qoʻyish nogironligi boʻlgan shaxsning qayta koʻrikdan oʻtkazishga kelmaganligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida, fuqarolarning tegishli tumanlararo, tuman (shahar) TIEK mutaxassislari va oilaviy shifokor ishtirokida amalga oshiriladi hamda dalolatnoma tuzilganligi toʻgʻrisida elektron maʼlumot Pensiya jamgʻarmasi hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga “Ekspertiza” moduli orqali yuboriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma asosida pensiya toʻlovi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari, nafaqa toʻlovi Agentlikning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan elektron maʼlumot kelib tushgan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻxtatib qoʻyiladi.
Bunday shaxslarga nogironlik pensiyasi (nafaqasi) toʻlashni tiklash faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKning toʻlovlar toʻxtatib qoʻyilgan kundan boshlab fuqaro sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi ekspert qarori asosida “Ekspertiza” moduli orqali yuborilgan elektron maʼlumotga asosan amalga oshiriladi.
60. Koʻrikdan oʻtkaziluvchi tuman (shahar), tumanlararo TIEK xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda, u 30 kalendar kun mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Ariza tushgandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK keyingi 20 kalendar kun mobaynida ariza beruvchini qayta koʻrikdan oʻtkazadi va oʻz xulosasini “Ekspertiza” modulida rasmiylashtirib beradi.
TIEKning xulosalaridan vrach-ekspertlardan birortasi, shuningdek, koʻrikdan oʻtuvchi norozi boʻlgan holatlarda fuqaro Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK tomonidan qayta koʻrikdan oʻtkaziladi.
Fuqarolar, shuningdek, vrach-ekspertlardan birortasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK xulosasidan ham norozi boʻlingan taqdirda xulosa qabul qilingan sanadan keyin besh kun ichida Respublika TIEKga shikoyat qilishi mumkin.
Respublika TIEK ariza tushgandan keyin 20 kalendar kun mobaynida ariza beruvchini qayta koʻrikdan oʻtkazadi hamda qayta koʻrik natijalariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEKning xulosasini oʻzgarishsiz qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi xulosasini qabul qiladi hamda uning xulosasi yakuniy xulosa hisoblanadi.
Qayta koʻrik natijalari “Ekspertiza” modulida rasmiylashtiriladi.
Fuqarolar Respublika TIEKning xulosasi ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoida
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish uchun qabul qilish va oʻtkazish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarChora-tadbirlarBajarilish muddati1-bosqichBemor1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilish.2. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish.3. Ijtimoiy xodimga murojaat qilish.4. Oilaviy shifokorga murojaat qilishBelgilangan muddatlarda2-bosqichTibbiyot muassasalari, tibbiyot muassasasining oilaviy shifokori1. Tegishli tekshiruvlardan oʻtkazish.2. Fuqaroga murojaati natijasi boʻyicha javob yuborish.Murojaat qabul qilingan kundan boshlab 15 ish kuni ichida3-bosqichTibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor1. Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlar, shuningdek noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar bilan boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlarni oʻtkazmasdan nogironlik belgilash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborish.Koʻrik uchun qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida2. Kasalligi tufayli belgilangan muddatda davolanishiga qaramasdan organizm funksiyasining turgʻun buzilishi saqlanib qolgan shaxslarga nogironlik belgilash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborish.Koʻrik uchun qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida4-bosqichTibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi1. Bemorga koʻrikni oʻtkazish joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida aloqa vositalari orqali xabar yuborish.Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida2. Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlar, shuningdek noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar bilan boʻlgan shaxslarga tibbiy hujjatlari asosida nogironlik belgilash.3. Bemorni koʻrikdan oʻtkazish va natijalari boʻyicha bemorga xulosa berish.Hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 20 kuni ichida5-bosqichTibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiShaxsni nogironligi boʻlgan shaxs (bola) deb topilgan holatda reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini elektron shakllantirish.Xulosa qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlar, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni elektron belgilash
MEZONLARI
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlar, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni elektron belgilash mezonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarning
ROʻYXATI
1. Alohida anatomik nuqsonlar: yelka kamari, yelka, bilak, kaft usti, qoʻl kafti (4 ta va undan koʻp barmoq), chanoq-son boʻgʻimi, son, boldir, boldir-oshiq boʻgʻimi va oyoq panjasi sohasidan travmatik amputatsiyasi va majaqlanishi.
2. Bolalikdan karlik va kar-soqovlik (qaytmas oʻzgarishlarda).
3. Nefroektomiya (donor ham) va pulmonektomiyadan keyingi holat.
4. Organlar transplantatsiyasidan keyingi holat (buyrak, jigar).
5. Anoftalm.
6. Bir koʻzning yoki har ikki koʻzning toʻliq koʻrligi.
7. Gemofiliya kasalligi.
8. Yurak mushagi yoki yurak xaltasidagi oʻzga tana.
9. Hayot faoliyatining ifodalangan buzilishiga olib kelgan tugʻma anomaliyalar (rivojlanish nuqsonlari).
10. Bolalar miya falajligi ifodalangan harakat buzilishlari bilan (gemiplegiya, tetraplegiya, triplegiya yoki paraplegiya).
11. Daun sindromi.
12. Poliomiyelit kasalligi asoratlari.
13. Yelka chigalining total jarohatlanishi.
14. Gipofizar nanizm gormonal oʻzgarishlar bilan.
15. Demensiya.
16. Ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik.
17. Leykozlar (limfoid, miyeloid, monotsitar va boshqalar).
18. Odam immuniteti tanqisligi sindromi (18 yoshgacha klinik bosqichidan qatʼi nazar, 18 yoshdan oshganlarda kasallikning IV darajasi).
19. Tugʻma anomaliyalar, anatomik nuqsonlar va boshqa xromosom buzilishlar:
a) anensefaliya, gidrotsefaliya, amiyeliya, tugʻma glaukoma, yurak tugʻma nuqsonlari (ifodalangan qon aylanishi buzilishi bilan kechuvchi yurak toʻsigʻi, kameralari va boshqa soha tugʻma anomaliyalari, tugʻma ixtioz, genetik tekshiruvlar bilan tasdiqlangan tugʻma irsiy kasalliklar);
b) tanglay yorigʻi (boʻri tanglay) yutinishning buzilishi bilan, tanglay va lab yorigʻi (quyon lab) yutinishning buzilishi bilan.
20. Tugʻma majruhlik.
21. Orfan kasalliklari. (mukovissidoz, gemofiliya, talassemiya, tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit, bullyoz epidermoliz, glikogen toʻplanishi (Pompe kasalligi), Goshe, Fabri, Krabbe, Niman-Pik (A, V turlari), mukopolisaxaridoz kasalligining I turi va boshqa kasalliklar).
22. Autizm.
23. Moxov.
24. Oʻtkazilgan bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi oqibatidagi gemiplegiya, tetraplegiya, triplegiya kabi asoratlari.
25. Oʻtkazilgan bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi oqibatida uzoq davom etayotgan gemiplegiya, tetraplegiya, triplegiya yoki monoplegiya.
26. Orqa miya jarohati va orqa miya qon aylanishi oʻtkir buzilishi oqibatidagi paraplegiya.
27. Orqa miya jarohati va orqa miya qon aylanishi oʻtkir buzilishi oqibatida uzoq davom etayotgan paraplegiya, tetraplegiya, triplegiya.
28. Atsetonuriya va komatoz holatlarga moyil qandli diabet.
29. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlangan qandli diabet, surunkali glomerulonefrit va buyraklarning boshqa kasalliklari oqibatida dasturli gemodializ.
30. Tos halqasi va skelet suyaklarining uzoq muddat davolanishni talab etadigan koʻplab aralash jarohatlari.
31. Apalik sindrom.
32. Xavfli oʻsmalar (metastazlar va retsidivlar bilan, ogʻir umumiy holat, oʻsmaning inkurabelligi, ifodalangan intoksikatsiya, kaxeksiya va oʻsmaning parchalanishi bilan).
33. Kolostoma yoki sistostoma borligi.
34. Silikoz. Antrakoz, silikotuberkulez, azbestoz va boshqalar.
35. Miasteniya ogʻir kechishi.
36. Semizlikning IV darajasi.
37. Jigar sirrozi gepatosplenomegaliya (assit) bilan portal qon aylanishini III darajadagi barqaror buzilishi.
38. Skolioz IV darajasi nafas yetishmovchiligi bilan.
39. Ankilozlovchi spondiloartroz III, IV daraja ifodalangan sindrom bilan.
40. Kuchli ifodalangan nuqsonlarga olib kelgan shizofreniyaning barcha turlari.
41. Kuchli ifodalangan shaxsiyat oʻzgarishlariga olib kelgan epilepsiya kasalligi.
42. Parkinson kasalligi kuchli ifodalangan regid qaltiroq turi.
43. Tugʻma mikrotsefaliya organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
44. Barcha turdagi ataksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari.
45. Aplastik, gipoplastik va irsiy gemolitik anemiyalar.
46. Gastroektomiya, total kolektomiya amaliyotidan keyingi bir yil kuzatuvdan soʻng kasallikni yengil va oʻrta kechishi holatlarida.
47. Yirik boʻgʻimlarda total endoprotezlash amaliyotidan keyingi bir yil kuzatuvdan soʻnggi holat.
48. Qandli diabet sababli barmoqlar amputatsiyasi.
49. Oʻtkazilgan bosh va orqa miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi oqibatidagi bir yildan uzoq davom etgan kuchli ifodalangan mono-para-gemi-tri-tetraparez.
50. Bosh va orqa miya jarohati oqibatidagi bir yildan uzoq davom etgan kuchli ifodalangan mono-para-gemi-tri-tetraparez.
51. Birlamchi aniqlangan xavfli oʻsma kasalliklari ximioterapiya va nur davolashni boshidan kechirganlar (gistologiya natijasi bir yil muddatgacha boʻlgan holatlar).
52. Oʻtkazilgan torakoplastika natijasida 5 ta va undan ortiq qovurgʻa rezeksiyasi operatsiyasidan keyingi asoratsiz holat.
53. Bosh suyagining 3 sm dan 39 kv.sm maydongacha boʻlgan nuqsonida hamda miya moddasida yot jism mavjudligi asoratsiz holat.
54. Tananing 30 foizidan ziyod 4 darajali termik, kimyoviy va elektr tokidan kuyishlar.
55. Yurakning tugʻma nuqsonlari surunkali yurak yetishmovchiligi 3 funksional sinf IV (NYNA) bosqichi kechishi bilan va (operativ davoga qarshi koʻrsatma boʻlganda oʻpka gipertenziyasi II daraja va surunkali yurak yetishmovchiligi 2 B bosqich funksional sinf III NYNA boʻyicha kechishi bilan).
56. Bosh miya va orqa miya nerv tizimining yalligʻlanishi oqibatidagi mono-para-gemi-tri-tetraplegiya.
57. Surunkali oʻpka kasalliklarida kuchli ifodalangan nafas yetishmovchiligi va funksional sinf 3 funksional sinf IV (NYNA) barqaror buzilishida.
58. Yon amiotrofik skleroz mono-para-gemi-tri-tetraplegiya va kuchli ifodalangan mono-para-gemi-tri-tetraparez.
59. Miokard infarktini boshdan kechirgan shaxslarda surunkali yurak yetishmovchiligi 3 funksional sinf IV (NYNA boʻyicha) barqaror buzilishida.
60. Tarqoq sklerozda para-gemi-tri-tetraplegiya va kuchli ifodalangan para-gemi-tri-tetraparez, kuchli ifodalangan ataksiya.
Izoh: 1. Ushbu roʻyxatdagi holatlarda fuqarolardan nogironlik belgilari mavjudligini statsionar sharoitda isbotlash talab qilinmasdan, klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvlardan oʻtkazmasdan, ambulator tekshiruvlar natijasiga hamda tegishli mutaxassislar xulosasiga asoslaniladi va ular TIEKga muddatidan oldin yuboriladi;
TIEKlar tomonidan 3, 19b, 24, 26, 29, 33, 34, 36, 45, 48, 49, 50, 51, 54 va 56-bandlardan tashqari barcha holatlarda fuqaroning ishtirokisiz taqdim qilingan hujjatlar asosida nogironlik belgilanadi va ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi. Bunda 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda nogironlik 18 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga belgilanadi.
2. Roʻyxatning 3, 19b, 24, 26, 29, 33, 34, 36, 45,48, 49, 50, 51, 54 va 56-bandlaridagi holatlarda nogironlik muddati umumiy asoslarda belgilanadi.
3. Roʻyxatning 46, 47, 52 va 53-bandlaridagi holatlarda III guruh nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi.
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 21-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari roʻyxati
1. Asab tizimi kasalliklarida quyidagi asoratlar boʻlganda:
kuchli ifodalangan paraparez yoki paraplegiya;
kuchli ifodalangan gemiparez yoki gemiplegiya;
ifodalangan triparez, kuchli ifodalangan triparez yoki triplegiya;
ifodalangan tetraparez, kuchli ifodalangan tetraparez yoki tetraplegiya;
kuchli ifodalangan mushaklar gipotoniyasi;
kuchli ifodalangan statik yoki dinamik ataksiya;
kuchli ifodalangan torsion distoniya;
kuchli ifodalangan giperkinezlar, atetoz, xoreya, xoreoatetoz;
kuchli ifodalangan intension tremor yoki dismetriya;
apalik sindrom.
2. Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar: bosh va orqa miya, ichki aʼzolar, miya qutisi, suyak-mushak tizimida, tayanch harakat tizimining tugʻma anomaliyalarida (rivojlanish nuqsonlari, deformatsiyalarning ogʻir shakllari, jarohatlar asoratlarida) uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlarda ogʻir operatsiyalardan keyin uzoq vaqt (6 oydan ortiq) yotoq rejimi va korreksiyani talab qiluvchi organizm funksiyalarining kuchli ifodalangan buzilishlarida.
3. Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklarining ogʻir turlari: tizimli qizil yugurik, dermatopolimiozit, tizimli boshlanuvchi yuvenil artriti, yuvenil revmatoid artriti hamda tugunchali periarterit:
a) kasallikni qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3 bosqichi yoki surunkali buyrak kasalligi 4 yoki 5 bosqichi yoki nafas yetishmovchiligi 2 yoki 3-darajasi bilan kechishi;
b) qoʻl va oyoqlarning yirik boʻgʻimlarida (2 va undan ortiq) ankiloz va/yoki kontrakturalar hisobiga statodinamik funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (boʻgʻim faoliyatining buzilishi 3 yoki 4 darajasi);
v) kasallikning kuchli ifodalangan darajada ifodalangan ichki aʼzolar (nefrit, plevrit, kardit, limfoadenopatiya, gepatosplenomegaliya, uveit) zararlanishi bilan kechganda.
4. Epilepsiya va epileptik sindromlar:
a) tez-tez qaytalanuvchi statsionar sharoitida tasdiqlangan, oyiga 10 va undan koʻp katta xurujlar borligi (istisno: febril xurujlar);
b) epilepsiya ogʻir darajali ifodalangan shaxs oʻzgarishi bilan asoratlanganda.
5. Kelib chiqishi har xil boʻlgan aqliy zaiflik, Autizm (istisno: Asperger sindromi):
a) ifodalangan (ogʻir) F-72 va kuchli ifodalangan (chuqur) F-73 darajadagi aqliy zaiflik;
b) uch yoshgacha boʻlgan bolalarda psixomotor rivojlanishdan chuqur darajada ortda qolishi (3 yoshgacha — bolalar nevrologi, 3 — 15 yoshgacha psixonevrolog, 15 — 18 yoshgacha oʻsmirlar psixiatri xulosasi asosida).
6. Shizofreniyada kuchli nuqsonga olib kelgan xolatlar.
7. Tugʻma va orttirilgan koʻz kasalliklari (nuqsonlari) hamda jarohatlari asoratlari:
a) koʻrish oʻtkirligining yaxshi koʻradigan koʻzda korreksiya bilan 0,03 dan chiroq sezishigacha keskin pasayishi;
b) yaxshi koʻruvchi koʻzda koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,04 dan 0,05 gacha pasayishi kar-soqovlik bilan birga kelganda;
v) chala tugʻilgan chaqaloqlar retinopatiyasi 4-darajasi.
8. Tugʻma va orttirilgan tusdagi surunkali bronx-oʻpka kasalliklari (nuqsonlari) hamda astmaning gormonga bogʻliq asoratli turi:
a) nafas yetishmovchiligi 2 yoki 3-darajasi qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3 bosqichi bilan asoratlangan holatlarda;
b) astmaning tez-tez (yiliga 4-martadan ortiq) statsionar davolanish talab qiladigan ogʻir xurujlar bilan kechishi nafas yetishmovchilikning 2 yoki 3-darajasi bilan asoratlangan holatlarda;
v) pulmonektomiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgandan keyin.
9. Sil kasalligi turli lokalizatsiyadagi sil kasalligining namoyon boʻlishi natijasida organizm funksiyalarining kuchli ifodalangan darajada buzilishlarida:
koʻp organli asoratlar (amiloidoz, poliserozitlar, kaxeksiya va boshqalar);
tez-tez qaytalanuvchi oqma yaralar va funksional buzilishlar bilan kechadigan suyak va boshqa tayanch tizimi silining kuchli ifodalangan harakatlar buzilishlari bilan asoratlangan holatlari;
bosh miya faoliyatining kuchli ifodalangan buzilishi bilan kechadigan sil meningoensefaliti, jarrohlik yoʻli bilan davolanishga hayotiy qarshi koʻrsatmalari boʻlgan, kuchli ifodalangan funksional buzilishlar bilan kechadigan bosh va orqa miya sili;
nafas yetishmovchiligi 2-3-darajasi qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3-bosqichi bilan asoratlangan holatlarda;
kuchli darajada ifodalangan umurtqa pogʻonasi/boʻgʻimlar funksiyasining buzilishi 3 yoki 4-darajasida;
silga qarshi dori vositalariga turgʻunligi boʻlgan, davolanish natija bermagan va palliativ davoga muhtoj boʻlgan sil kasalliklarida.
10. Ovqat hazm qilish tizimi tugʻma va orttirilgan kasalliklari (nuqsonlari) hamda jigarning tugʻma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli ifodalangan turgʻun funksional buzilishlari:
a) operativ korreksiyadan soʻng malabsorbsiya, qisqa ichak sindromi va oziqlanishning ogʻir darajadagi buzilishlarida (gipotrofiya 2 daraja, oksil-energiya defitsitining ogʻir darajasi, kaxeksiya);
b) jigar sirrozi yoki fibrozi assit, slenomegaliya, portal gipertenziya 3-darajasi, ogʻir gemorragik sindrom, jigar ensefalopatiyasi 3-darajasi bilan asoratlanganda;
v) jigar transplantatsiyasi amaliyotidan keyin;
g) jigar transplantanti disfunksiyasida.
11. Surunkali buyrak kasalligi:
a) surunkali buyrak kasalligi 4 yoki 5-bosqichi (surunkali buyrak yetishmovchiligi 3-darajasi);
b) dializga muhtojlik;
v) buyrak transplantatsiyasidan keyin;
g) buyrak transplantanti disfunksiyasida.
12. Xavfli oʻsmalarning ogʻir shakli:
a) birlamchi murojaatda bosqichidan qatʼiy nazar, maxsus terapiya (jarrohlik amaliyotidan soʻng, ximioterapiya, nur bilan davolash davrida) oʻtkazish davriga;
b) inkurabel, yomon sifatli oʻsmalarning 4-bosqich, 4-klinik guruhi (faqat simptomatik davo olayotganlar).
13. Tugʻma va orttirilgan kasalliklar asoratlari natijasida stomalar mavjudligi:
a) doimiy najas tuta olmasligi (anal sfinkterining 3 darajali yetishmovchiligi);
b) nafas yoʻli, oshqozon ichak tizimi va siydik chiqarish aʼzolariga oʻrnatilgan stomalar;
v) uzoq vaqt davomida yoki doimiy bujlash va kateterizatsiyani talab qiladigan holatlar.
Izoh. 13-bandda koʻrsatilgan holatlarda bola 7 yoshga toʻlgunicha 2 yildan belgilanadi, 7 yoshdan keyin muhtoj emas.
14. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida (rivojlanish nuqsonlari) kuchli ifodalangan, qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar:
a) bir tomonlama qoʻl yoki bir tomonlama oyoq choʻltoqligi (bola 7 yoshga toʻlgunicha 2 yildan belgilanadi, 7 yoshdan keyin muhtoj emas);
b) ikkita qoʻl yoki ikkita oyoqda, bir qoʻl bilan bir oyoqda uchraydigan ogʻir darajadagi (qoʻllarda-barcha barmoqlarning yoʻqligi, oyoqlarda oshiq-boldir boʻgʻimidan yuqori sohasidan) tugʻma yoki orttirilgan choʻltoqliklar;
v) koʻkrak qafasi va umurtqa pogʻonasining kuchli ifodalangan deformatsiyalari nafas yetishmovchilikning 2 yoki 3-darajasi xamda qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3-bosqichi bilan asoratlangan holatlarda;
g) spondilolistezning har qanday darajasida kuchli ifodalangan parez yoki plegiya tos aʼzolari faoliyatini buzilishi bilan birgalikda kuzatilishi;
d) suyak-mushak tizimining tugʻma rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalarining ogʻir shakli bilan tugʻilgan bolalarda statodinamik funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlarida;
e) qoʻl va oyoqlarning yirik boʻgʻimlarida (2 va undan ortiq) ankiloz va/yoki kontrakturalar hisobiga statodinamik funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlarida (boʻgʻim faoliyati buzilishi 3 yoki 4-darajasida).
15. Qon aylanish tizimi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari) va kasalliklari organizm funksiyalarining ifodalangan va kuchli ifodalangan darajadagi buzilishlari bilan:
a) yurak ritmi yoki oʻtkazuvchanligining ifodalangan buzilishlari qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3 bosqichi bilan asoratlanganda;
b) murakkab kombinirlangan yurak-qon tomir nuqsonlari qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3 bosqichi bilan asoratlanganda;
v) operativ muolajaning samarasizligi yoki operativ davoga muhtojlik surunkali yurak yetishmovchiligi 2 B yoki 3 bosqichi bilan asoratlanganda;
g) faqat palliativ davo oʻtkazish imkoniyati bor boʻlgan kasallik (nuqsonlar) va nooperabel yurak-qon tomir kasalliklarini qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3 bosqichi bilan asoratlanganda.
16. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining kuchli ifodalangan darajadagi yetishmovchiligi: (qandli diabetning 1 turi; Itsenko-Kushing sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari, total adrenalektomiyadan keyingi holat, buyrak usti bezi poʻstlogʻining ogʻir tugʻma disfunksiyasi, tugʻma va orttirilgan gipotireoz, gipoparatireoz, tireotoksikoz).
Insulinga bogʻliq qandli diabet kasalligi bilan (bola 7 yoshga toʻlgunicha 2 yildan belgilanadi, 7 yoshdan soʻng kasallik asoratiga qarab:
surunkali buyrak kasalligi 4 yoki 5-bosqichi bilan asoratlangan holatlarda;
diabetik retinopatiya (7-banddagi holatlarda);
Itsenko-Kushing sindromi kuchli ifodalangan yurak yoki oʻpka yetishmovchiligi (nafas yetishmovchiligi 2 va qon aylanishi yetishmovchiligi 2 B yoki 3 yoki surunkali buyrak kasalligi 4 yoki 5-bosqichi bilan asoratlanganda;
kuchli ifodalangan jismoniy, psixomotor, aqliy rivojlanishdan ortda qolishi, ichki aʼzolarning kuchli ifodalangan buzilishlari bilan asoratlangan tugʻma gipotireoz (gipoparatireoz) ning ogʻir shakli;
endokrin tizimi kasalliklarining ichki aʼzolar va tizimlarning kuchli ifodalangan buzilishlari yoki psixomotor va nutqiy rivojlanishda chuqur orqada qolishi bilan kechishi.
17. Koʻplab tugʻma nuqsonlar, ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi xromosom buzilishlar: Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi, Daun kasalligi va boshqalar:
a) tayanch harakat tizimining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida;
b) ichki aʼzolar faoliyatining kuchli ifodalangan darajada buzilishlari;
v) ifodalangan (ogʻir) F-71, F-72 va kuchli ifodalangan (chuqur) F-73 darajadagi aqliy zaiflik;
g) 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda psixomotor rivojlanishdan chuqur darajada ortda qolishi (3 yoshgacha bolalar nevrologi, 3 — 15 yoshgacha psixonevrolog, 15 — 18 yoshgacha oʻsmirlar psixiatri xulosasi asosida).
18. Oʻtkir va surunkali leykozlar, gemoblastozlar, xavfli gistiotsitoz, miyelodisplastik sindromlar:
a) kasallik birlamchi aniqlangan ximioterapiyaga muhtoj bemorlar, turgʻun klinik-gematologik remissiyaga erishish davrigacha muddat bilan;
b) kasallik asoratlar va retsidivlar bilan kechishida organizm funksiyalarining kuchli ifodalangan darajada buzilishlari mavjud xollarda.
19. Qon ishlab chiqarish tizimi irsiy gemolitik, tugʻma va orttirilgan aplastik anemiyalari qon preparatlarining infuziyasi yoki qon va uning komponentlari transfuziyasiga muhtojlik, organizm funksiyalarining ifodalangan va kuchli ifodalangan darajada buzilishlarida.
20. Surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari (Trombotsitopenik purpura. Idiopatik trombotsitopenik purpura):
kasallikni doimiy standart terapiya fonida yiliga 3 va undan ortiq (statsionarda tasdiqlangan) ogʻir gemorragik sindrom bilan (Nb-60-70 g/ldan pasayishi) ogʻir kechishi;
kasallikni gormonal, sitostatik terapiyaga rezistent ogʻir kechishi (trombotsitlar soni 10 000/mklgacha turgʻun kamayishi yoki 1 oyda 1 va undan ortiq qon va uning komponentlari transfuziyasiga muhtojlik.
21. Koagulopatiyalar. Gemofiliya. Villebrand kasalligi. Ovren kasalligi:
a) kasallikni doimiy standart terapiya fonida yiliga 3 va undan ortiq (statsionarda tasdiqlangan) ogʻir gemorragik sindrom bilan (Nb-60-70 g/ldan pasayishi) ogʻir kechishi;
b) kasallikni 1 yilda 2 va undan ortiq boʻgʻimlarga (gemartroz) va/yoki 1 yilda 2-marta ichki organlarga qon quyilishlar bilan kechishi;
v) gemartroz natijasida kelib chiqqan 2 va undan ortiq boʻgʻimlar anikilozi yoki kontrakturalari hisobiga statodinamik funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlarida (boʻgʻim faoliyati buzilishi 3 yoki 4-darajasi).
22. Talassemiya.
23. Immun tizimini jalb etuvchi ayrim buzilishlar (tugʻma immunitet tanqisligi sindromi):
ogʻir mujassamlashtirishgan antitanachalar yetishmovchiligi ustun boʻlgan immunitet tanqisligi holatlari;
polimorf yadroli neytrofillar funksional buzilishlari va septik granulamatoz — jigar, oʻpka, limfa tugunlari va boshqa aʼzolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi;
ichki aʼzolar va tizimlarining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
24. OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining IV bosqichi progressiya davri.
25. Bullyoz epidermoliz ogʻir tarqoq shakli.
26. Kistozli fibroz (mukovissidoz).
27. Ichki aʼzolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen toʻplanishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari:
Pompe kasalligi;
Goshe kasalligi;
Fabri kasalligi;
Krabbe kasalligi;
Nimann-Pik (A va V turi) kasalligi;
mukopolisaxaridozlar.
Izoh:
Roʻyxatning 1, 3.a, 3.b, 4.b, 5.a, 6, 7.a, 7.b, 9, 10.g, 11.g, 12.b, 14.b, 14.g, 14.d, 14.e, 15.g, 16, 17.a, 17.b, 17.v, 18.b, 21.v, 22, 23, 25, 26, 27 — bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida 18 yoshgacha boʻlgan muddatga belgilanadi.
Roʻyxatning 3.v, 7.v, 8.a, 8.b, 10.v, 11.a, 11.b, 11.v, 12.a, 13.a, 13.b, 13.v, 14.a, 14.v, 15.a, 15.b, 15.v, 18.a, 19, 20, 21.a, 21.b, 24 — bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida ikki yil muddatga belgilanadi.
Roʻyxatning 2, 4.a, 5.b, 8.v, 10.a, 10.b, 17.g — bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida bir yil muddatga belgilanadi.
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI
________________________________________________ TIEK № __________(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent sh.) tumanlararo, tuman (shahar)NOGIRONLIK TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTNOMA № __________Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):F.I.O.Manzili:Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil):Birinchi marotaba nogironlik belgilangan sana (kun, oy, yil):Koʻrikdan oʻtkazilgan sana (kun, oy, yil):Koʻrikdan oʻtkazilishi (birlamchi yoki qayta):Nogironlik guruhi:Nogironlik sababi:Nogironlik muddati (kun, oy, yil):TIEK koʻrigidan qayta oʻtish muddati (kun, oy, yil):TIEK XULOSASI VA TAVSIYALARIXulosa:Tibbiy reabilitatsiya boʻyicha tavsiyalar:Ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha tavsiyalar: (protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi):Oʻzgalar parvarishiga muhtojligi:KASBIY MEHNAT LAYOQATI YOʻQOTILGANLIGI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTToʻgʻri keladigan nogironlik guruhi:Toʻgʻri keladigan nogironlik sababi:Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi:Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilgan muddat (kun, oy, yil):(QR-kod)
Izoh.
1. Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nogironlik pensiyasini tayinlash uchun BTPJning tegishli boʻlimiga elektron tizim orqali yuboriladi.
2. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi toʻgʻrisida maʼlumot faqat mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslar uchun beriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga bogʻliq boʻlmagan holda yangi aniqlangan kasallik oqibatida nogironlik guruhi ogʻirlashtirilganda nogironlik sababi “umumiy kasallik” deb belgilanadi, oldin aniqlangan kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilishi darajasi esa bemorning koʻrikdan oʻtish kunidagi holatiga asosan qayta koʻrib chiqiladi.
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Koʻrikdan qayta oʻtkazish muddati koʻrsatilmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar
ROʻYXATI
1-bob. Ichki aʼzolar kasalliklari
1. Gipertoniya kasalligi surunkali yurak yetishmovchiligi (keyingi oʻrinlarda — SYUYE) 3 funksional sinf (keyingi oʻrinlarda — FS) 4 bilan asoratlanganda.
2. Miokard infarktidan keyingi kardioskleroz SYUYE 3 FS 4 (NYNA) bilan asoratlanganda.
3. Yurak nuqsonlari (tugʻma va orttirilgan) SYUYE 3 FK 4 (NYNA) bilan asoratlanganda.
4. Tugʻma va orttirilgan surunkali oʻpka kasalliklarida nafas yetishmovchiligi 3 darajasi SYUYE 3 FS 4 bilan kechishi.
5. Kardiomiopatiyalar SYUYE 3 FK 4 (NYNA) bilan asoratlanganda.
6. Surunkali kasalliklarda buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi (transplantatsiyaga qarshi koʻrsatma boʻlganda).
7. Jigar sirrozi Chayld Pyu boʻyicha “S” sinfi SYUYE 2B-3 FS 4 bilan kechishi.
8. Surunkali leykozlar (limfoid, miyeloid, monotsitar va boshqalar) kuchli ifodalangan buzilishlarida.
9. Gemofiliya (A, V, S, faktorlar).
10. Silikoz, antrakoz, silikotuberkulez, azbestoz va boshqalar.
11. Revmatoid artrit boʻgʻimlar funksiyasini 3 (yaqqol deformatsiyalar boʻlganda) yoki 4 darajadagi buzilishi bilan.
12. Ankilozlovchi spondiloartroz (Bexterev kasalligi) boʻgʻimlar funksiyasini 3 yoki 4 darajadagi buzilishi bilan.
13. Yuvenil artrit Kushingoid sindromi va ichki aʼzolarning buzilishlari bilan kechganda.
14. Biriktiruvchi toʻqimalar tizimli kasalliklari kuchli ifodalangan buzilishlarida.
15. Suyak koʻmigi transplantatsiyasidan keyingi holat.
Izoh:
9, 10, 11, 12, 13-bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironlik guruhi umumiy asosda muddatsiz davrga belgilanadi.
10-bandida koʻrsatilgan kasalliklar holatida ikki yil kuzatuvdan keyin nogironlik guruhi umumiy asosda muddatsiz davrga belgilanadi.
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 14-bandlarida birinchi guruh muddatsiz davrga belgilanadi.
15-bandida uchinchi guruh muddatsiz davrga belgilanadi, kasalliklarning ogʻirroq shakllarida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ogʻir guruhi (birinchi, ikkinchi) umumiy asoslarda belgilanadi.
2-bob. Ruhiy buzilishlar va asab kasalliklari
1. Keng suyak nuqsoni (3x4 sm.kv.dan 39 sm.kv.gacha qoplangan va qoplanmagan, 40 sm.kv.dan ortiq qoplangan) yoki miya moddasidagi oʻzga tana holatida bosh miyaning jarohatli shikastlanishi oqibatlari.
2. Bosh miya va orqa miyaning progressiv va nooperabel oʻsmalari organizm funksiyalarining kuchli ifodalangan funksional buzilishlarida.
3. Aqliy zaiflik:
a) ruhiy buzilishlarning oʻrta ifodalangan darajasida;
b) ruhiy buzilishlarning ifodalangan darajasida;
v) ruhiy buzilishlarning kuchli ifodalangan darajasida;
4. Demensiya ruhiy buzilishlarning ifodalangan va kuchli ifodalangan darajasida.
5. Kuchli ifodalangan nuqsonga olib kelgan shizofreniyaning barcha turlari.
6. Daun kasalligi organizm funksiyalarining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
7. Autizm (atipik autizm) ruhiy buzilishlarning ifodalangan va kuchli ifodalangan darajasida.
8. Bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari, bosh miya va orqa miya jarohatlari oqibatida ifodalangan darajada para-, gemiparez; oʻrta darajada tri- va tetraparez; kuchli ifodalangan darajada para-, gemi-, tri-, tetraparez; ifodalangan darajada tri-, tetraparez va plegiyalar (barcha holatlarda ikki yil davomida kuzatuvdan soʻng).
9. Poliomiyelit kasalligi asoratlari organizm funksiyasining oʻrta, ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
10. Yelka chigalining total jarohatlanishi asoratlari:
a) monoparez
b) kuchli ifodalangan monoparez, monoplegiya.
11. Tugʻma mikrotsefaliya organizm funksiyasining kuchli ifodalangan buzilishlarida.
12. Barcha turdagi ataksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari.
13. Bolalar serebral falaji:
a) oʻrta darajadagi buzilishlar bilan;
b) ifodalangan buzilishlar bilan;
v) kuchli ifodalangan buzilishlar bilan.
14. Parkinson kasalligi ifodalangan va kuchli ifodalangan akinetik-rigid yoki rigid-titroq turi.
15. Yon amiotrofik skleroz organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan darajadagi buzilishlari bilan kechganda.
16. Tarqoq skleroz organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan darajadagi buzilishlari bilan kechganda.
17. Rivojlanib boruvchi mushaklar distrofiyasi (miopatiyalar), spinal mushak atrofiyasi organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
18. Tugʻma gidrotsefaliya organizm funksiyasining kuchli ifodalangan darajadagi buzilishlarida.
19. Spina bifida organizm funksiyasining kuchli ifodalangan buzilishlarida.
20. Miasteniya generalizatsiyalashgan turi organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
21. Nasliy-degenerativ kasalliklari organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
Izoh:
2, 3.v, 5, 11, 12, 13.v, 18, 19 — bandlarda koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning birinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
3.b, 10.b, 13.b — bandlaridagi kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ikkinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
1, 3.a, 10.a, 13.a — bandlarida koʻrsatilgan holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlikning uchinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
4, 6, 7, 8, 9, 14, 15, 16, 17, 20, 21-bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironlik guruhi umumiy asosda belgilanadi.
Ushbu roʻyxatdagi kasalliklarning ogʻirroq shakllarida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ogʻir guruhi (birinchi, ikkinchi) umumiy asoslarda belgilanadi.
3-bob. Jarrohlik kasalliklari hamda anatomik nuqsonlar va deformatsiyalar
1. Organning bir qismi yoki juftlik organlarning biri olib tashlangandan keyingi holat:
a) operatsiya yoʻli bilan olib tashlangandan keyin hiqildoq boʻlmasligi, qiziloʻngachning bir qismi operatsiya yoʻli bilan olib tashlanganligi, pulmonektomiya, nefroektomiya, ingichka ichak katta hajmli rezeksiyasi, ingichka ichakning katta hajmli rezeksiyasidan keyin, yoʻgʻon ichak bir qismi gemikolektomiyasi bir yil davomida kuzatuvdan soʻng;
b) Gastrektomiyadan ikki yil kuzatuvdan soʻng (organlar va tizimlar funksiyasi yengil va oʻrta darajadagi buzilishlarida).
2. Qoʻl nuqsonlari va deformatsiyasi:
a) ikkala qoʻl kaftida barcha barmoqlarning asosidan yoʻqligi, ikki tomonlama bilak choʻltoqligi, ikki tomonlama yelka choʻltoqligi, bir tomonlama yelka yoki bir tomonlama bilak choʻltoqligining son yoki boldir choʻltoqligi bilan birga kelishi.
b) bir tomonlama yelka choʻltoqligi, bilak choʻltoqligi, panja choʻltoqligi, bir qoʻl kaftida barcha barmoqlarning asosidan yoʻqligi, bir qoʻl kaftida birinchi yoki beshinchi barmoqdan tashqari barcha barmoqlarning kaft suyagi bilan yoʻqligi;
v) 60 gradusdan kam yoki 150 gradusdan ortiq burchakli tirsak boʻgʻimining ankilozi yoki keskin ifodalangan kontrakturasi, funksional noqulay holatdagi yoki bilakning soʻnggi darajadagi pronatsiya yoki soʻnggi darajadagi supinatsiyasi qayd etilganda, rezeksiyadan keyin shalvirab turgan yelka yoki tirsak boʻgʻimi; yelkaning yoki bilakning har ikki suyagi soxta boʻgʻimi:
birinchi barmoqdan tashqari panjaning toʻrtta barmoqlarining yoʻqligi;
bir kaftida uch barmoqning yoʻqligi, birinchi barmoq bilan birga;
funksional noqulay holatda ushbu barmoqlarning ankilozi yoki keskin ifodalangan kontrakturasi;
birinchi va ikkinchi barmoqlarning yoki har ikki panja uch barmogʻining asosidan yoʻqligi;
ikkala kaftda birinchi barmogʻining asosidan yoʻqligi.
3. Oyoq nuqsonlari va deformatsiyasi:
a) ikki tomonlama boldir choʻltoqligi. Ikki tomonlama sonning qaysi segmenti boʻlishidan qatʼi nazar choʻltoqligi. Boldir choʻltoqligining son choʻltoqligi bilan birga kelishi. Bir tomonlama boldir yoki bir tomonlama son choʻltoqligining bilak yoki yelka choʻltoqligi bilan birga kelishi;
b) turli darajalarda son yoki boldir choʻltoqligi; ikkala oyoq Piragov choʻltoqligi;
v) suyak-plastik amputatsiyadan keyin oyoq panjasi choʻltoqligi (Pirogov, Lisfrank, Shopar turi);
g) boldir tovon boʻgʻimining keskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankilozi yurish va turish funksiyalarining ifodalangan buzilishi bilan oyoq panjasining nuqsonli holatida;
d) sonning yoki boldirning har ikkala suyagining soxta boʻgʻimi (ikki yil kuzatuvdan keyin); yelka va bilak suyaklari soxta boʻgʻimi (bir yil kuzatuvdan soʻng);
e) rezeksiyadan keyin shalviragan tizza yoki tos-son boʻgʻimi;
j) tos-son boʻgʻimining keskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankilozi; 180 gradusdan kam burchakli funksional jihatdan noqulay holatdagi tizza boʻgʻimining ankilozi yoki boʻgʻimning rezeksiyasidan keyin oyoqning 7 santimetrdan ortiq kaltaligi.
4. Yurak klapanlarini protezlash yoki sunʼiy ritm yurituvchisi oʻrnatilgandan keyingi holat (bir yil kuzatuvdan keyin).
5. Davolashga qaramay bartaraf etib boʻlmaydigan stomalar (oqma)mavjudligi: najas, siydik oqmasi natijasida vujudga keluvchi ifloslik. Siydik pufagi va toʻgʻri ichakning total ekstirpatsiyasi.
6. Oʻtkazilgan operatsiya oqibatidagi koʻkrak qafasi deformatsiyasi, beshta va undan ortiq qovurgʻa rezeksiyasi boʻlgan holatda (bir yil davomida kuzatuvdan soʻng).
7. IV-klinik guruhi boʻlgan xavfli oʻsmalar (ogʻir umumiy holat, kuchli ifodalangan intoksikatsiya, oʻsmaning inkurabelligi, oʻsmaning parchalanishi, metastazlar va retsidivlar, kaxeksiya bilan asoratlanganda).
8. Kifoskolioz va skoliozning IV-darajasi.
9. Organlar (buyrak, jigar) transplantatsiyasi:
a) retsipiyentlar — bir yil kuzatuvdan keyin;
b) buyrak donorlari.
10. Yirik boʻgʻimlarning total endoprotezlashdan keyin bir yil kuzatuvdan soʻng (qolgan boʻgʻimlarning funksiyasi buzilmagan yoki yengil va oʻrta darajada buzilgan holatlarda)
11. Ikki va undan ortiq yirik boʻgʻimlarning total endoprotezlashda, oxirgi operatsiyadan keyin bir yil kuzatuvdan soʻng (qolgan boʻgʻimlarning funksiyasi buzilmagan yoki yengil va oʻrta darajada buzilgan holatlarda).
12. Artrogripoz, axondrogenez, axondroplaziya, tugallanmagan ostegenez.
13. Ovqat hazm qilish trakti tugʻma anomaliyalarida (qiziloʻngach, oshqozon, ingichka ichak, yoʻgʻon ichak, toʻgʻri ichak yoʻqligi yoki atreziyasi, stenozi) organizm funksiyasining kuchli ifodalangan buzilishlarida.
14. Agar protezlash chaynashni taʼminlamasa, jagʻ yoki qattiq tanglay nuqsonlari rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlaridan soʻng natijaga erishilmasa.
15. Surunkali limfa aylanishining kuchli darajada buzilishi (limfostaz) fil oyoqlik (ikki yil kuzatuvdan keyin):
a) bir tomonlama;
b) ikki tomonlama;
Izoh:
12-bandda koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironlik guruhi umumiy asosda belgilanadi.
2.a, 3.a, 7, 13-bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning birinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
2.b, 3.b, 5, 9.a, 15.b-bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ikkinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
1, 2.v, 3.v, 3.g, 3.d, 3.e, 3.j, 4, 6, 8, 9.b, 10, 11, 14, 15a-bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning uchinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
Ushbu roʻyxatdagi kasalliklarning ogʻirroq shakllarida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ogʻir guruhi (birinchi, ikkinchi) umumiy asoslarda belgilanadi.
4-bob. Quloq kasalliklari
1. Bolalikdan kar-soqovlik.
2. Karlik (3-4 daraja va 4 darajali qattiq quloqlik) implant qoʻyish imkoniyatining cheklangan holatlarda.
Izoh: 1-bandda koʻrsatilgan kasallikda nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ikkinchi guruhi, 2-bandda koʻrsatilgan kasallikda esa nogironlikning uchinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
5-bob. Koʻz shikastlanishi va kasalligi
1. Har ikki koʻzning toʻliq koʻrligi, har ikki koʻzning koʻrish oʻtkirligi pasayishi va eng yaxshi koʻradigan koʻzda 0,03 gacha korreksiya bilan yoki barqaror va tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlar natijasida har ikki koʻzning koʻrish maydoni 10 gradusgacha konsentrik torayishi.
2. Bir tomonlama anoftalm, bir koʻzning toʻliq koʻrmasligi, bir koʻzning koʻrish oʻtkirligi barqaror va tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlar natijasida korreksiya bilan 0,02 gacha pasayishi va koʻrish maydonining 5 gradusgacha torayishi. Ikkinchi koʻzning koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0.09 dan 1.0 gacha pasayishi, koʻrish maydonining 45 gradusgacha torayishi.
3. Albinizm koʻz shaklida (genetik tasdiqlangan xolda), koʻzning tugʻma anomaliyalarida (rivojlanish nuqsonlari) barqaror va tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlarida.
Izoh:
1-bandda koʻrsatilgan kasalliklarda nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning birinchi guruhi belgilanadi, koʻrish oʻtkirligini tiklash imkoniyati mavjud boʻlganda esa, nogironlik muddati umumiy asoslarda belgilanadi.
2-bandda koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning uchinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
3-bandda koʻrsatilgan kasalliklarda nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhi umumiy asoslarda muddatsiz belgilanadi.
Ushbu roʻyxatdagi kasalliklarning ogʻirroq shakllarida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning ogʻir guruhi (birinchi, ikkinchi) umumiy asoslarda belgilanadi.
6-bob. Hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar
1. Orfan kasalliklari:
mukovissidoz;
tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit;
talassemiya;
bullyoz epirdemioliz;
tugʻma ixtioz;
Pompe kasalligi (glikogenni toʻplanishi kasalligi);
Goshe kasalligi (qon yaratish tizimi kasalligi);
Fabri kasalligi (irsiy kasallik, glikosfingolipid metobolizmini buzilishi);
Krabbe kasalligi (irsiy kasallik miyelin tolalarini buzilishi);
Niman-Pik (A va V turi) kasalligi (irsiy kasallik, lipid metobolizmini buzilishi), mukopolisaxaridozlar va boshqalar.
2. Gipofizar nanizm.
3. Moxov.
4. Tugʻma gipotireoz
Izoh:
1, 3 va 4-bandda koʻrsatilgan kasalliklarda nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning guruhi (birinchi, ikkinchi, uchinchi) umumiy asoslarda belgilanadi.
2-bandda koʻrsatilgan kasalliklar boʻyi erkaklarda 130 sm va undan past, ayollarda 120 sm va undan past boʻlganida nogironlikning 2 guruh muddatsiz, boʻyi 135 sm va undan past boʻlganda 3 guruh muddatsiz belgilanadi.
7-bob. Teri kasalliklari va OIV infeksiyasi kasalliklar
1. Neyrofibromatoz kasalligi, terining total zararlanishi bilan.
2. Poʻrsildoq yara ogʻir shakli (pemfigus).
3. OIV infeksiyasi kasalligi:
a) III yoki IV klinik bosqichi remissiya davri;
b) Terminal bosqichi kuchli ifodalangan buzilishlar bilan
Izoh:
2-bandda koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironlik guruhi umumiy asosda muddatsiz belgilanadi.
1 va 3.a-bandlarida koʻrsatilgan kasalliklar holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning uchinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
3.b-bandida koʻrsatilgan holatida nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlikning birinchi guruhi muddatsiz belgilanadi.
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslar klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvlarsiz ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda, nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi.
Bunday holatlarda 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda nogironlik 18 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 10-ILOVA
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shahar, tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash tartibini belgilaydi.
2. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi kasb faoliyatini amalga oshirish layoqati yoʻqotilishini baholashdan kelib chiqib mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarni koʻrikdan oʻtkazish sanasida foizlarda belgilanadi.
3. Kasb kasalliklari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan kasalliklar roʻyxati asosida belgilanadi.
4. Jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi TIEK tomonidan kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
2-bob. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilashning umumiy qoidalari
5. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi jabrlanganga mehnatda mayib boʻlganda va/yoki kasb kasalligiga chalingandan oldingi kasbiy faoliyatni bajarishni davom ettirish imkonini beradigan layoqatlar, psixofiziologik imkoniyatlar va sifatlar, ayni oʻsha mazmunda va oʻsha hajmda hisobga olingan holda, yoxud malaka pasayganligi, bajariladigan ish hajmi va odatdagi, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida va boshqa sharoitlarda mehnat ogʻirligi kamayishi hisobga olingan holda mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligiga duchor boʻlganlik oqibatida sogʻliqqa shikastning oqibatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va 5 foizdan 100 foizgacha darajada belgilanadi.
6. Takroran mehnatda mayib boʻlishda yoki yangidan paydo boʻlgan kasb kasalliklarida kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi umuman olganda 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas va:
koʻrikdan oʻtkazish paytida kasalliklarning har biri boʻyicha alohida, kasalliklar bir xodimning yoki turli xodimlarning ishi davrida boʻlganligi yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar belgilanadi;
kasalliklar oqibatlari jabrlanganning kasbiy bilimlari va uquvlari hisobga olingan holda uning takroran mehnatda mayib boʻlishdan oldingi kasb faoliyatini bajarish layoqatiga taʼsiriga qarab belgilanadi;
oldingi mehnatda mayib boʻlganlikdan oldingi kasbda kasbiy mehnat layoqatini tiklash boʻyicha jabrlanganni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga bogʻliq boʻlmagan holda yangi aniqlangan kasallik oqibatida nogironlik guruhi ogʻirlashtirilganda nogironlik sababi “umumiy kasallik” deb belgilanadi, oldin aniqlangan kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi esa bemorning koʻrikdan oʻtish kunidagi holatiga asosan qayta koʻrib chiqiladi.
Reabilitatsiya chora-tadbirlari natijasiga koʻra “mehnatda mayib boʻlish” yoki “kasb kasalligi” sababi bilan belgilangan nogironlik guruhi yengillashganda (qisman reabilitatsiya) nogironlik sababi oʻzgartirilmaydi.
7. Quyidagilarning tahlili:
klinik-funksional mezonlar;
kasb faoliyatining xususiyati (malakasi, ish sifati va hajmi, uni bajarish layoqati);
toifalar jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini ekspertizadan oʻtkazishning asosiy metodologik prinsiplari hisoblanadi.
8. Klinik-funksional mezonlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mehnatda mayib boʻlganlik va kasb kasalligining xususiyati va ogʻirligi;
mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan patologik jarayon kechishi xususiyatlari;
organizm funksiyalari buzilishlarining xususiyati (turi) va darajasi (kuchli ifodalangan buzilishlar, ifodalangan buzilishlar oʻrtacha buzilishlar va yengil buzilishlar);
klinik, reabilitatsiya va klinik-mehnat prognozi, shuningdek, psixofiziologik imkoniyatlar.
9. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilashda mehnat faoliyatiga boʻlgan layoqat cheklanishiga olib keladigan jabrlanganning organizmi funksiyalari buzilishining namoyon boʻlishi hisobga olinadi.
10. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilashda mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligidan keyin jabrlanganning odatdagi yoki maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida oʻzining oldingi kasbi boʻyicha ishni toʻliq hajmda bajarish layoqati hisobga olinadi.
11. Malaka pasayishining koʻp karraligi ushbu kasb faoliyati uchun belgilangan tarif-malaka razryadlari, darajalar, toifalar hisobga olingan holda belgilanadi.
12. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi ishlarning murakkabligi koeffitsiyenti kamayishi hisobga olingan holda malaka pasayishi darajasiga qarab belgilanadi.
13. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilashda ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlari darajalari hisobga olinadi.
3-bob. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash
14. Agar jabrlanuvchida mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida organizm funksiyalari kuchli ifodalangan buzilishlarda kasb faoliyatiga, shu jumladan, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida kasb faoliyatiga layoqat toʻliq yoʻqotilganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 100 foizi belgilanadi.
15. Quyidagi organizm funksiyalarining kuchli ifodalangan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 100 foiz yoʻqotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) quyi paraplegiya; kuchli ifodalangan tetraparez, triparez, spastik tip yoki gipotoniya boʻyicha mushak tonusi oshgan holda paraparez, mustaqil harakatlanish mumkin boʻlmagan, muskul kuchi yaqqol pasayishi namoyon boʻlgan (1 ballgacha) oyoqlarning barcha boʻgʻimlarida faol harakatlar minimal hajmi bilan (5,0-6,0 daraja) gipotoniya, elektromiografiya (keyingi oʻrinlarda — EMG)ning III tipi — potensialning tez-tez tebranishi, elektromiogrammaning tez-tez yuz beradigan ossillyatsiyali baravariga otilgan” normal tuzilishining buzilishi (aniq namoyon boʻlgan parez (nimfalaj); EMGning IV tipi — funksional yuklamalar holatida toʻliq bioelektrik sukut (qoʻl-oyoq falaji);
b) barcha boʻgʻimlarda faol harakatlarning eng kam hajmi bilan har ikki qoʻlning kuchli ifodalangan buzilishlar boʻlgan nimfalaji (yelka nimfalaji — 5,5 — 10 daraja, tirsak nimfalaji — 4,3 — 7,7 daraja, bilak-kaft nimfalaji — 5,5 — 8,5 daraja); bosh barmoqni zid qoʻyishning yaqqol namoyon boʻlgan cheklanishi (bosh barmoqning distal falangi ikkinchi barmoq oʻzagiga yetadi), barmoqlarni musht qilib bukish (barmoqlarning distal falanglari 5 — 8 sm masofada kaftga yetmaydi); qoʻllarning mushak kuchi pasayishi (1 ballgacha); qoʻllar asosiy funksiyalarining buzilishi: yirik va mayda buyumlarni tutib olish va ushlab olish mumkin emasligi, faqat yordamchi funksiya saqlangan — buyumlarni ushlab turish va qisish;
v) vestibulyar-miyacha buzilishlari: kuchli ifodalangan buzilishlari boʻlgan turgʻun, dinamik ataksiya; III daraja aylanishdan keyingi nistagma 120 sekunddan ortiq davom etadigan vestibulyar qoʻzgʻaluvchanlik giperrefleksiyasi, 130 sekunddan ortiq davom etadigan III daraja kalorik nistagma;
g) qoʻl panjasida barcha barmoqlar boʻlmasligidan boshlab qoʻl choʻltoqligi bilan birgalikda har ikki oyoqning amputatsion choʻltoqligi (protezlanmagan);
d) III daraja nafas yetishmasligi, III daraja qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas qisishi, 1 minutda nafas olish tezligi 30 va undan ortiq, dastlabki daraja tiklanmagan holda uncha koʻp boʻlmagan jismoniy zoʻriqishdan keyin nafas olish 1 minutda 10 — 15-marta kuchayishi, kuchli ifodalangan buzilishlari boʻlgan sianoz, tinch holatda yordamchi nafas olish muskullari qatnashishi, aniq namoyon boʻlgan taxikardiya — minutiga 130-marta va undan ortiq urish, epigastral pulsatsiya, jigarning kattalashishi, periferik shish, oʻpka hayotiy sigʻimining zarur ekanligidan 50 foizgacha pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilyatsiyasi — 50 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 180 foizgacha koʻpayishi, Tiffno indeksining 40 foizdan kamga pasayishi va kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 20 foizgacha kamayishi, oʻpka gemodinamikasi buzilgan holda oʻng qorinchalar miokardining qisqartirish layoqati pasayishi);
e) kuchli ifodalangan buzilishlar boʻlgan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi koʻradigan koʻzning amalda yoki mutloq koʻrligi: koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan — 0,03-0, koʻrish maydoni 0-10 darajaga teng (qayd etish nuqtasidan meridian boʻylab periferik chegaralar va/yoki markaziy yoki paramarkaziy quyiladigan skotoma); koʻrish layoqatining kuchli ifodalangan buzilishlar natijasida pasayishi yoki koʻrmaslik, elektrofiziologik tekshirishlar (keyingi oʻrinlarda — EFT) nuqson koʻrsatgichlari — 300 mkA yoki aniqlanmaydi, oʻzgaruvchanlik 20 Gs. dan kam yoki mavjud emas, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi bir sekundda 20 dan kam (meʼyor 45 Gs. dan yuqori) yoki mavjud emas — har qanday ishni bajarishga monelik boʻlganda;
j) tos organlari funksiyalarining kuchli ifodalangan buzilishlari (siydik, najas tutmaslik).
16. Agar jabrlanuvchi organizm funksiyalarining ifodalangan buzilishlari oqibatida kasbiy mehnatni faqat maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin boʻlsa, unga kasbiy mehnat layoqatining 70 foizdan 90 foizgacha yoʻqotilishi belgilanadi.
Bunda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasi maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida ishlarni bajarishda malaka pasayishi darajasiga qarab belgilanadi.
Quyidagi hollarda:
a) ilgari malakali ishni odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida bajargan jabrlanuvchi mehnatning faqat nomalakali turlarini maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin boʻlsa, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 90 foizi belgilanadi;
b) jabrlanuvchi kasbiy bilim va koʻnikmalarni hisobga olgan holda maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali ishni bajarishi mumkin boʻlsa, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 80 foizi belgilanadi;
v) jabrlanuvchining maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi kasb boʻyicha ishni bajarishi mumkin boʻlsa, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 70 foizi belgilanadi.
17. Organizm funksiyalarining quyidagi ifodalangan buzilishlari boʻlganda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining 70 — 90 foizi belgilanishining klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) har ikki oyoqning ifodalangan buzilishlari boʻlgan nimfalaji, tetraparez, triparez, oyoqning barcha boʻgʻimlarida — tos-son boʻgʻimlarida (20 darajagacha) tizza boʻgʻimlarida (10 darajagacha), boldir-oyoq panjasi boʻgʻimlarida (6-7 darajagacha), faol harakatlar aniq namoyon boʻlgan amplituda cheklanishi bilan spastik tip yoki muskul gipotoniyasi boʻyicha mushak tonusi aniq namoyon boʻlgan oshishi bilan birga gemiparez; oyoqlarning muskul kuchi aniq namoyon boʻlgan holda pasayishi (2 ballgacha), aniq namoyon boʻlgan varusli, ekvin-varusli oyoq panjasi deformatsiyasi; oyoq panjasi aniq halpillab turgan holda spastik, paretik, peroneal odim tashlash; qoʻshimcha tayanch (qoʻltiqtayoq) bilan harakatlanish;
b) qadam tashlash biomexanikasining ifodalangan buzilishlari boʻlganda — 100 metrga yurishda qadamlar sonining 204 — 226-martagacha koʻpayishi (meʼyor 80 — 120 qadam), keng qadam tashlash uzunligi 2,5 — 3,6 sekundgacha koʻpayishi (meʼyor 1,0 — 1,3 sekund), qadam tashlash surʼatining 1 daqiqada 29 — 46 qadamgacha kamayishi (meʼyor 80 — 100 qadam), yurishning bir maromdaligi koeffitsiyentining 0,52 — 0,58 gacha pasayishi (meʼyor 0,94 — 1,00), harakatlanish tezligining 1 soatda 1,0 kilometrgacha pasayishi (meʼyor 1 soatda 4-5 km.); muskul bioelektrik faolligi buzilganligi ifodalangan buzilishlari boʻlgan holda EMGning II tipi — tinch holatda va funksional yuklamalarda aniq ritm bilan “fassikulyatsiyalar” tipidagi past chastotali potensiallar;
v) har ikki qoʻlning ifodalangan buzilishlari boʻlgan nimfalaji, barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon boʻlgan (barmoqlarning distal falanglari 3-4 sm masofada kaftga yetmaydi), qoʻllarning asosiy funksiyasi buzilgan holda 10 — 20 daraja doirasida faol harakatlar hajmi bilan qoʻl boʻgʻimlari kontrakturasi: mayda buyumlarni ushlab turish, yirik buyumlarni uzoq vaqt va mustahkam ushlab turish mumkin emasligi, EMG — II tip;
g) vestibulyar-miyachaning ifodalangan buzilishlari (tinch holatda bosh aylanishi, boshning ogʻir va tez-tez — bir oyda 4 va undan ortiq marta aylanishi), II-III daraja spontan nistagma, statika va harakatlar muvofiqlashtirilishining aniq namoyon boʻlgan buzilishi, yordamchi vositalar (hassa, qoʻltiqtayoq) yordamida harakatlanish, aylanishdan keyingi II-III daraja nistagma 85 — 120 sekund, II-III daraja kalorik nistagma (110 — 130 sekund) davom etgan holda vestibulyar qoʻzgʻaluvchan giperrefleksiya;
d) son yoki boldirning turli darajalardagi amputatsion choʻltoqligi, oyoq nuqsoni bilan boldirning har ikki suyagi soxta boʻgʻimlari, 140 darajadan ortiq egish mumkin boʻlmagan holda bukish kontrakturasida tizza boʻgʻimlarining funksional noqulay holati, tosning kuchli ifodalangan buzilishlari boʻlgan nuqsoni va oyoqning 10 santimetrgacha funksional kaltaligi bilan bukish 150 darajagacha yoki oyoqni 165 darajadan ortiq egish cheklangan holda tos-son boʻgʻimining funksional noqulay holatida oyoqlarning nuqsonli joylashishi, harakatlar hajmi 30 darajadan ortiq boʻlmagan aniq namoyon boʻlgan kontraktura yoki funksional noqulay holatdagi boʻgʻimlar ankilozi;
e) II daraja nafas olish yetishmovchiligi, II bosqich qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas olish tezligi minutiga 21 — 29-marta, jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligining minutiga 12 — 16-martaga koʻpayishi, ifodalangan buzilishlar boʻlgan sianoz, uncha kuchli boʻlmagan jismoniy yuklama vaqtida nafas olishda yordamchi nafas olish muskullarining qatnashishi, yurak urishlari tezligi minutda 100 — 129 zarb, uncha katta boʻlmagan periferik shishlar, oʻpka hayotiy sigʻimining zarur boʻlgandan 50 — 55 foizgacha pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilyatsiyasi 5 — 54 foizgacha, harakatning 1 daqiqadagi hajmi 150 foizgacha koʻpayishi, Tiffno indeksining 54 — 40 foizgacha pasayishi, kisloroddan foydalanish koeffitsiyentining 28 foizgacha pasayishi, oʻpka gemodinamikasi buzilishi qoʻshilgan holda oʻng qorinchalar miokardi qisqartirish qobiliyatining pasayishi);
j) ifodalangan buzilishlar boʻlgan sensor buzilishlar: yagona yoki yaxshi koʻradigan koʻzning yaxshi koʻrmasligi yuqori darajai 0,08 — 0,04 ga teng boʻlgan yoki undan kam korreksiyali koʻrish oʻtkirligi, koʻrish maydoni — 50 darajaga teng boʻlgan yoki undan kam boʻlgan periferik chegaralar, biroq 10 darajadan keng boʻlgan va (yoki) yagona markaziy skotomalar, koʻrish layoqati — aniq namoyon boʻlgan pasayish, EFT nuqson koʻrsatkichlari — 200-300 mk. A nuqson, oʻzgaruvchanlik 20 — 35 Gs, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi — 20 — 35 p/son.;
z) tos aʼzolari funksiyalarining ifodalangan buzilishlar boʻlgan buzilishi, siydik chiqarish va siydik chiqaradigan yoʻl boʻylab siydik chiqishi hissi qistamasligi, sistometriyada siydik pufagi sigʻimi detruzor gipotoniyasida 500 — 600 ml., qoldiq siydik — 400 ml. gacha, detruzor gipertoniyasida sigʻim — 20 — 30 ml.; defekatsiyaning uzoq vaqt kechikishi — 5 sutkagacha; anal refleks, monometriyada sfinkter tonusi va bosim pasaygan, tashqi sfinkterning anal kanalida — 10 — 15 mm. simob ustuni, ichki sfinkterning anal kanalida — 16 — 25 mm. simob ustuni (meʼyor 35 — 62 mm. simob ustuni).
18. Jabrlanuvchi:
odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malakaning oʻrtacha buzilishlar boʻlgan pasayishi bilan yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda kasbiy mehnatni bajarsa;
organizm funksiyalarining oʻrtacha buzilishi oqibatida kasb faoliyatini davom ettirish layoqatini yoʻqotgan boʻlsa, biroq odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali kasb faoliyatini davom ettira olsa, kasbiy mehnat layoqatining 40 foizdan 60 foizgacha yoʻqotilishi belgilanadi.
19. Bunda jabrlanuvchi malakasining pasayishi darajasiga, ishlab chiqarish faoliyati hajmiga yoki mehnat ogʻirligi toifasiga qarab organizm funksiyalari oʻrtacha buzilishli jabrlanuvchilarga kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining quyidagi darajalari belgilanadi:
a) jabrlanuvchida:
kasb boʻyicha ishni bajara olsa, biroq malaka toʻrt tarif razryadiga pasaysa;
kasbiy bilimlar, uquv va malakalardan foydalangan holda ishni bajara olsa, biroq malaka toʻrt tarif toifasiga pasaysa;
ish razryadi ogʻirlikning toʻrt toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni bajarishi mumkin boʻlgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 60 foiz yoʻqotilishi;
b) jabrlanuvchida:
kasb boʻyicha ishni malakaning uch tarif razryadiga pasaygan holda;
kasb boʻyicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda (0,5 stavkaga);
malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi ogʻirlikning uch toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin boʻlgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 50 foiz yoʻqotilishi;
v) jabrlanuvchida:
kasb boʻyicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda;
kasbiy bilimlar, uquvlar va malakalardan foydalangan holda ishni, biroq malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;
kasb boʻyicha ishni malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;
malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi ogʻirlikning ikki toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin boʻlgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 40 foizga yoʻqotilishi belgilanadi.
20. Organizm funksiyalarining quyidagi oʻrtacha buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 40 — 60 foiz yoʻqotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) har ikki oyoqning oʻrtacha nimfalaji, tetraparez, triparez, gemiparez, son muskullarining 5 — 7 santimetrga gipotrofiyasi bilan monoparez, boldir — 4-5 santimetrga, spastik tip yoki muskul gipotoniyasi boʻyicha mushak tonusi oshishi, oyoqlarning barcha boʻgʻimlarida — tos-son muskullarida (15 — 20 darajagacha), tizza muskullarida (16 — 20 darajagacha), boldir-oyoq panjasi boʻgʻimlarida (14 — 18 darajagacha) faol harakatlar amplitudasi oʻrtacha cheklangan holda; muskul kuchining oʻrtacha pasayishi (3 ballgacha), oyoq panjasi kamroq yoki oʻrtacha boʻshashgan holda spastik, paretik, peroneal qadam tashlash; baʼzan qoʻshimcha tayanchdan (hassadan) foydalangan holda harakatlanish;
b) yurish biomexanikasining oʻrtacha buzilishi — 100 metrga yurishda qadamlar sonining 170 — 190 qadamgacha koʻpayishi, katta qadamning 2,0-3,0 sekundgacha koʻpayishi, 1 minutda yurish surʼatining 50 — 60 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti — 0,82 — 0,75 gacha pasayishi, harakatlanish tezligining 1 soatda 2,0 kilometrgacha oʻrtacha pasayishi;
v) bioelektrik faollikning oʻrtacha buzilishi — 25 foizdan ortiq doirada, biroq meʼyordan 70 foizdan kam;
g) qoʻllarning oʻrtacha parezi:
faol harakatlar amplitudasining yelka boʻgʻimida (35 — 40 daraja), tirsak boʻgʻimida (30 — 45 daraja), bilak-kaft boʻgʻimida (30 — 40 daraja) cheklangan holda gemiparez;
qoʻl muskul kuchining oʻrtacha pasayishi (3 ball), qoʻl panjasi bosh barmogʻi zich qoʻyilishining cheklanishi (katta barmoqning distal falangi 4 barmoqning asosiga yetadi), barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon boʻlgan (barmoqlarning distal falanglari 1-2 sm masofada kaftga yetmaydi), mayda buyumlarni ushlash qiyinlashadi;
EMG — qoʻl muskullari bioelektrik faolligi amplitudasining meʼyorning 25 — 75 foizi doirasida oʻrtacha pasayishi;
d) yelka boʻgʻimi kontrakturasi harakatlar hajmi 30 — 90 daraja hajmida, tirsak boʻgʻimi — 80 — 130 daraja, bilak-kaft boʻgʻimi 120 — 130 darajada (bukish kontrakturasi va kontrakturasi — 200 — 220 daraja); funksional foydali holatda boʻgʻimlar ankilozi; mayda buyumlarni ushlash qiyinlashgan holda birinchi barmoqni istisno qilganda qoʻlning uch barmogʻi yoʻqligi;
e) oʻrtacha vestibulyar-miyacha buzilishi:
bosh, tana holati keskin oʻzgarganda, transportda yurishda bosh aylanishi;
I yoki II darajali spontan nistagma;
oʻrtacha statodinamik buzilishlar (Romberg pozasida, yurishda gandiraklash, tovon-tizza probasida yanglishish;
aylanishdan keyingi nistagma 50 — 80 sekund, kalorik nistagma — 90 — 110 soniya davom etgan holda vestibulyar qoʻzgʻaluvchan giperrefleksiya;
j) oyoq-qoʻlning amputatsion choʻltoqligi (son, boldir, har ikki oyoq panjasi Shopar, Lisfrank boʻgʻimi darajasida), tos-son boʻgʻimi, boldir boʻgʻimining oʻrtacha bukish yoki yoyish kontrakturasi; boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi boʻgʻin kontrakturasi (ekvinus oyoq kafti); oyoqning 5 — 7 santimetrga kaltaligi; funksional qulay holatda boʻgʻimlar ankilozi — tos-boldir boʻgʻimida bukish burchagi 160 — 170 daraja doirasida, tizza boʻgʻimida — 70 — 180 darajada, boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi boʻgʻimda — 95 — 100 darajada;
z) I-II A daraja nafas yetishmasligi (oʻrtacha jismoniy zoʻriqishda nafas qisishi, oʻrtacha jismoniy yuklamadan keyin sianozning kuchayishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 20-martagacha, 5 minut mobaynida birlamchi darajagacha tiklangan holda jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligi 1 minutda 12 — 16-martaga tezlashishi, oʻpkaning hayotiy sigʻimi zarur boʻlganidan 56 — 69 foizgacha oʻrtacha pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilyatsiyasi — 55 — 58 foizgacha, nafas olishning 1 daqiqadagi hajmi 142 — 148 foizgacha koʻpayishi, Tiffno indeksining 74 — 55 foizgacha, kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 36 — 44 foizgacha pasayishi, 1 daqiqada kislorod yutilishi 277 — 287 ml.), I-II A bosqich qon aylanishi buzilishi (uncha kuchli boʻlmagan taxikardiya (1 daqiqada 90 — 99-marta urish), oʻpka gemodinamikasi buzilgan holda oʻng qorinchalar miokardi qisqartirish layoqatining oʻrtacha pasayishi belgilari);
i) oʻrtacha sensor buzilishlar: koʻrish analizatori funksiyalari buzilishi — yaxshi koʻrmaslikning oʻrtacha darajasi: koʻrish maydoni 0,09 — 0,2 korreksiyali boʻlgani holda yagona koʻz yoki yaxshi koʻradigan koʻzning koʻrish oʻtkirliligi pasayishi — periferik chegaralar 40 darajadan kam, biroq 20 darajadan keng, koʻrish layoqati oʻrtacha pasaygan, EFT nuqson koʻrsatkichlari — 100 — 150 mkA, oʻzgaruvchanlik 30 — 35 Gsdan 40 — 43 Gs.gacha, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 30 — 35 p/soniyadan 40 — 43 p/soniyagacha; eshitish pasayishining aniq namoyon boʻlishi: soʻzlashuv nutqining 0,75 — 1,5 metrgacha qabul qilinishi, eshitish nuqsoni — 61 — 80 dsb., nutq tushunarligi nuqsoni 80 — 90 dsb.;
k) tos aʼzolari funksiyalarining oʻrtacha buzilishi:
siydik pufagi toʻlishini his etmaslik, sistometriyada siydik pufagi sigʻimi detruzor gipotoniyasida 500 — 400 ml., qoldiq siydik — 100 ml. dan ortiq, detruzor gipertoniyasida — 20 — 125 ml.;
defekatsiyaning uzoq vaqt kechikishi — 3-4 sutkagacha;
sfinkter yetishmovchiligi — gazlar ushlab turilmasligi, anal refleks pasaygan, anus va sfinkterning qisqarishlari zaiflashgan, manometriya tashqi sfinkter bosimining oʻrtacha pasayishini aniqlaydi — 16 — 25 mm. simob ustuni, ichki sfinkterniki — 26 — 40 mm. simob ustuni.
21. Jabrlanuvchi, agar u odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malaka oʻrtacha yoki yengil holda, yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda, yoxud jabrlanuvchining ish haqi pasayishiga olib kelgan mehnat sharoitlari oʻzgarganda, yoki uning kasbiy faoliyatini bajarish oldingiga qaraganda koʻproq tigʻizlikni talab qilgan holda kasbiy mehnatni bajara olsa, unga kasbiy mehnatga layoqatning 5 foizdan 30 foizgacha yoʻqotilishi belgilanadi.
22. Bunda malaka darajasi malaka, ishlab chiqarish faoliyati hajmi yoki mehnat ogʻirligi toifasi pasayishi darajasiga qarab organizm funksiyalari yengil buzilishlari boʻlgan jabrlanuvchiga kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishining quyidagi darajasi belgilanadi:
a) kasbiy mehnatga layoqatning 30 foiz yoʻqotilishi — quyidagi hollarda, agar jabrlanuvchi:
bir tarifikatsiya razryadiga past malakali kasb boʻyicha ishni;
ish razryadi ogʻirlikning bir toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni;
kasbiy faoliyat hajmi yengil buzilishlar boʻlgan holda kasb boʻyicha ishni (ishlab berish meʼyori oldingi yuklamaning 1/3 qismiga pasayishi) bajarishi mumkin boʻlgan hollarda;
b) kasbiy mehnatga layoqatning 20 foiz yoʻqotilishi — agar jabrlanuvchi ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/5 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin boʻlgan hollarda;
v) kasbiy mehnatga layoqatning 5 — 10 foiz yoʻqotilishi — agar jabrlanuvchi kasb boʻyicha ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/10 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin boʻlgan hollarda.
23. Organizm funksiyalarining quyidagi yengil buzilishlari kasbiy mehnatga layoqatning 5 — 30 foiz yoʻqotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) yengil buzilishli paraparez, tetraparez, gemiparez, son va boldir muskullari gipotrofiyasi 1,5 — 2,0 sm boʻlgani holda (boʻshashgan parez) oyoq monoparezi, barcha boʻgʻimlarda harakatlarning toʻliq hajmi bilan muskul kuchining pasayishi (4 ballgacha), yurish biomexanikasining yengil buzilishi — 100 metrga yurishda qadamlar sonining 150 — 160 qadamgacha koʻpayishi, katta qadam uzunligining 1,5 — 1,7 sekundgacha koʻpayishi, 1 minutda yurish surʼatining 64 — 70 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti 0,85 — 0,90 gacha pasayishi, 1 soatda harakatlanish tezligining 3,0 km. gacha pasayishi; bioelektrik faollik tebranishlari EMG amplitudasiga meʼyorning 25 foizigacha yengil buzilishi;
b) muskul kuchining bir yoki har ikki qoʻl boʻlimlarida 4 ballgacha pasaygan, boʻgʻinlarda faol harakatlar toʻliq hajmda va qoʻl panjasining asosiy funksiyasi — buyumlarni ushlab olish va ushlab qolish saqlangan holda yelka, yelkaoldi muskullari gipotrofiyasi 1,5 — 2,0 sm boʻlgani holda (boʻshashgan parez) bir yoki har ikki qoʻlning uncha kuchli boʻlmagan parezi; EMGga — qoʻl muskullari bioelektrik faolligi amplitudasi meʼyorning 25 foizgacha yengil buzilishi;
v) yelka, tirsak, yoki bilak-kaft boʻgʻimlarining yengil kontrakturasi; qoʻl panjasining asosiy funksiyasi saqlanib qolgan holda birinchi barmoqni istisno qilgan holda qoʻlning bir-ikki barmogʻi yoʻqligi;
g) yengil vestibulyar-miyacha buzilishlari:
vaqti-vaqti bilan paydo boʻladigan bosh aylanishi;
baʼzan I darajali spontan nistagma;
d) yengil statodinamik buzilishlar (Romberg pozasidagi nobarqarorlik), aylanishdan keyingi nistagma 50 — 80 soniya, kalorik nistagma 80 — 90 soniya davom etgan holda vestibulyar qoʻzgʻaluvchan giperrefleksiya;
e) oyoq boʻgʻimlarining yengil kontrakturasi: boldir-panja boʻgʻimida 100 darajagacha burchakka yozish oyoq panjasi ekvinus holatida boʻlgani holda (bukish kontrakturasi), 80 darajagacha burchakka bukish — tovon panja (yozish kontrakturasi);
j) I daraja nafas yetishmasligi, I bosqich qon aylanishi buzilishi (ancha kuchli jismoniy zoʻriqishda, tez yurishda nafas qisishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 daqiqada 16 — 20 gacha meʼyor doirasida, jismoniy yuklamadan keyin 1 minutda nafas olish tezligining 10 — 12-martaga koʻpayishi — 3 minut mobaynida boshlangʻich darajagacha tiklangan holda tananing 10-marta choʻkka tushishi yoki tananing oldinga tomon egilishi, jismoniy yuklamadan keyin sianozning keskin boʻlmagan kuchayishi, oʻpka hayotiy sigʻimining zarur boʻlganning 80 — 90 foizgacha uncha koʻp boʻlmagan pasayishi, oʻpkaning maksimal ventilyatsiyasi — 60 — 74 foizgacha, nafas olish bir minutlik hajmining 130-40 foizgacha koʻpayishi, 1 minutda 260 — 270 ml. gacha kislorod yutilishi, oʻng qorinchalar miokardi kompensator giperfunksiyasi belgilari);
z) yengil sensor buzilishlar:
koʻrish analizatori funksiyalari buzilishi — yagona yoki eng yaxshi koʻradigan koʻz yomon koʻrishining kichik darajasi, korreksiya 0,3 dan ortiq boʻlgan holda koʻrish oʻtkirligi, koʻrish maydoni — periferik chegaralar meʼyorida yoki maydon 40 darajagacha qisqargan, koʻrish layoqati meʼyorida, EFT nuqson koʻrsatkichlari — 80 mkAdan 100 mkAgacha, oʻzgaruvchanlik 40 Gs.dan ortiqdan — 43 — 45 Gs.gacha, miltillab koʻrinish qoʻshilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 40 p/soniyadan ortiqdan — 43 — 45 p/soniyagacha; eshitishning oʻrtacha pasayishi, soʻzlashuv nutqini 2-3 metrgacha qabul qilish, shivirlagan nutqni — 0,5-0 metrgacha qabul qilish, oʻrtacha eshitish nuqsoni — 41 — 60 dsb., nutq tushunarliligi nuqsoni — 50 — 70 dsb.;
i) tos organlari funksiyalarining yengil buzilishi: siyish qistashini his etishning sust namoyon boʻlishi, sistometriyada siydik pufagi sigʻimi 200 — 250 ml., qoldiq siydik — 50 ml. gacha;
defekatsiyaning kechikishi — 2-3 sutka mobaynida;
gazlarning tutilmasligi, anal refleks pasaygan, sfinkter tonusi pasaygan, monometriya tashqi sfinkter bosimi pasayishini aniqlaydi — 22 — 33 mm. simob ustuni, ichki sfinkterniki — 41 — 58 mm. simob ustuni.
24. Navbatdagi qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda kasbiy mehnatga layoqatning yoʻqotilishi darajasi jabrlanuvchini tibbiy va kasbiy reabilitatsiya qilish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Izoh: qisqartma soʻzlar:
1. EFT — elektrofiziologik tekshirishlar;
2. EMG — elektromiografiya;
3. Tiffno indeksi — nafasni birdaniga kuchli chiqargandagi sigʻimi oʻpka hayotiy sigʻimiga boʻlgan nisbati. (sogʻlom odamda 75 — 85%);
4. Detruzor — siydik qopining giper va gipotoniya holatdagi bosimi.
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
KASB KASALLIKLARI ROʻYXATI
1. Zaharli kimyoviy moddalar taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
1.1. Nafas olish aʼzolarining zahar taʼsirida zararlanishi:
1.1.1. Rinofaringolaringit;
1.1.2. Yuqori nafas yoʻllari shilliq pardalarining yalligʻlanishi;
1.1.3. Burun parda devorining teshilishi;
1.1.4. Traxeit;
1.1.5. Bronxit (barcha shakllari);
1.1.6. Pnevmoskleroz.
1.2. Zaharli anemiya.
1.3. Zaharli gepatit.
1.4. Zaharli nefropatiya.
1.5. Asab tizimining zararlanishi:
1.5.1. Polinevropatiya;
1.5.2. Ensefalopatiya;
1.5.3. Nevrozsimon holat.
1.6. Koʻzlarning zahar taʼsirida zararlanishi:
1.6.1. Katarakta;
1.6.2. Konyuktivit;
1.6.3. Keratokonyuktivit.
1.7. Suyaklarning zahar taʼsirida zararlanishi:
1.7.1. Osteoporoz;
1.7.2. Osteoskleroz;
1.7.3. Jagʻ suyaklarining nekrozi.
1.8. Teri kasalliklari:
1.8.1. Epidermoz;
1.8.2. Kontaktli dermatit;
1.8.3. Fotodermatit;
1.8.4. Onixiya;
1.8.5. Paranixiya;
1.8.6. Zaharli melanodermiya;
1.8.7. Yogʻli follikulitlar;
1.8.8. Ekzema.
1.9. Metall va ftoroplastli (teflonli) bezgak.
2. Sanoat aerozollari va changlari taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
2.1. Pnevmokoniozlar:
2.1.1. Silikoz;
2.1.2. Silikatozlar;
2.1.3. Metallokoniozlar;
2.1.4. Aralash changdan paydo boʻladigan pnevmokoniozlar va boshqalar;
2.1.5. Giperseziluvchan pnevmonitlar.
2.2. Biossinoz.
2.3. Kasb bilan bogʻliq surunkali bronxitlar (noqulay ob-havo sharoitlari bilan bogʻliq barcha changli, zaharli-changli shakllari): noobstruktiv, obstruktiv, astmatik.
2.4. Yangidan paydo boʻlgan oʻsmalar.
3. Fizik omillar taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
3.1. Ionlovchi nurlanish taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
3.1.1. Nur kasalligi:
3.1.1.1. Ogʻir nurlanish kasalligi;
3.1.1.2. Surunkali nurlanish kasalligi.
3.1.2. Mahalliy nurlanish (ogʻir va surunkali).
3.2. Noionlovchi nurlanishlar taʼsiridan paydo boʻladigan kasalliklar:
3.2.1. Vegeto-qon tomirlari distoniyasi;
3.2.2. Astenik sindrom;
3.2.3. Asteno-vegetativ sindrom;
3.2.4. Gipotalamik sindrom.
3.3. Lazerli nurlanish bilan toʻqimalarning mahalliy shikastlanishi:
3.3.1. Terining kuyishi;
3.3.2. Koʻz muguz pardasining shikastlanishi;
3.3.3. Koʻz toʻr pardasining shikastlanishi.
3.4. Tebranish kasalligi.
3.5. Koxlear nevrit (neyrosensor karlik).
3.6. Qoʻlning vegetativ-sensor (angionevroz) yoki sensomotor polinevropatiyasi.
3.7. Elektrooftalmiya.
3.8. Katarakta.
3.9. Dekompression (kesson) kasalligi va uning asoratlari.
3.10. Qizib ketish:
3.10.1. Oftob urishi;
3.10.2. Tomir tortishishi sindromi.
3.11. Past harorat taʼsirida paydo boʻladigan kasalliklar:
3.11.1. Obletirillovchi endarteriit;
3.11.2. Vegetativ-sensor polinevropatiyasi.
3.12. Onixodistrofiya, mexanik epidermiozlar (omozolellik va boshqalar).
4. Alohida aʼzolar va tizimlarning jismoniy zoʻriqishi va toliqishi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar:
4.1. Koordinatorli nevrozlar, shu jumladan, pischiy spazm.
4.2. Periferik asab tizimi kasalliklari:
4.2.1. Mono- va polinevropatiya, shu jumladan, qoʻllarning kompression va vegetativ-sensor polinevropatiyasi;
4.2.2. Boʻyin va bel-dumgʻaza reflektor sindromlari (neyrotomir, miotonik, neyrodistrofik);
4.2.3. Boʻyin-yelka, bel-dumgʻaza radikulopatiyasi;
4.2.4. Boʻyin-yelka, bel-dumgʻaza radikulomiyelopatiyasi;
4.3. Tayanch-harakatlanish apparati kasalligi:
4.3.1. Yelka oldi va yelka kamari surunkali miofibrozlari, tendovaginitlar;
4.3.2. Stenozlovchi ligamentozlar, stiloidozalar (tirsak va yelka) epikondilozlari;
4.3.3. Funksiyalar buzilgan holda periartrozlar (yelka-kurak, tirsak, tizza, aynan oʻsha lokalizatsiyaning deformatsiyalovchi osteoartrozlari); bursitlar, aseptik osteonekrozlar.
4.4. Bachadon, moylik devorlarining tuban siljishi va tushishi.
4.5. Oyoqlardagi tomirlarning varikoz kengayishi, yalligʻlanishi (tromboflebit) va trofik oʻzgarishlar asorati.
4.6. Ovoz apparatlarining zoʻriqishidan paydo boʻladigan kasalliklar:
4.6.1. Surunkali laringit;
4.6.2. Vazomotorli monoxordit;
4.6.3. Ovoz burmalari tugunlari (“xonandalar tugunchalari”);
4.6.4. Ovoz burmalarining kontaktli yaralari;
4.6.5. Fonosteniya.
4.7. Uzoqni yaxshi koʻrmaslikning kuchayishi.
4.8. Oʻpka emfizemasi.
4.9. Nevrozlar.
5. Biologik omillar natijasida kelib chiqadigan kasalliklar:
5.1. Xodimlar ish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan yuqumli va parazit kasalliklar:
5.1.1. Sil kasalligi;
5.1.2. Brutsellyoz;
5.1.3. Manqa kasalligi;
5.1.4. Kuydirgi;
5.1.5. Kana ensefaliti;
5.1.6. Ornitoz;
5.1.7. Sut sogʻuvchilar tuguni;
5.1.8. Toksoplazmoz;
5.1.9. Virusli gepatit;
5.1.10. Teri mikozi;
5.1.11. Rozenbax erizepiloidi;
5.1.12. Qichitma, qoʻtir;
5.1.13. Sifilis-zaxm.
5.2. Disbakterioz, teri va shilliq pardalar kandidomikozi, visseral kandidoz.
5.3. OIV kasalligi (OITS) — tibbiyot xodimlari hamda sogʻliqni saqlashning boshqa xodimlariga ular xizmat vazifalarini ado etishi chogʻida yuqqan boʻlsa.
6. Allergik kasalliklar:
6.1. Konyuktivit.
6.2. Rinit, rinofaringit, rinofaringolaringit, rinosinusit.
6.3. Bronxial astma.
6.4. Astmatik bronxit.
6.5. Ekzogen alveolit.
6.6. Dermatit, ekzema, toksikodermiya.
6.7. Kvinke shishi, eshakem, anafilaktik shok.
6.8. Zaharli-allergik gepatit.
6.9. Markaziy va periferik asab tizimi zararlanishi va boshqalar.
7. Ish joyida kanserogen moddalar taʼsirida paydo boʻladigan yangi oʻsmalar:
7.1. Teri oʻsmasi (giperkeratozlar, epiteliomalar, papillomalar, saraton, leykokeratozlar).
7.2. Ogʻiz boʻshligʻi va nafas olish aʼzolarining oʻsmasi.
7.3. Jigar oʻsmasi.
7.4. Oshqozon raki.
7.5. Leykozlar.
7.6. Buyrak, qovuq oʻsmasi (papillomalar, saraton).
7.7. Suyak oʻsmasi.
Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilashning klinik-funksional mezonlari
T/r Klinik-funksional mezonlar Mehnat layoqati yoʻqotilishi fondi I. Markaziy va periferik asab tizimi 1. Bosh suyagi (bosh miya) jarohatining ogʻir turgʻun asoratlari — pastki paraplegiya, kuchli ifodalangan tetraparez, triparez, mushaklar tonusining spastik tipda oshishi yoki gipotoniya bilan kechuvchi paraparez, oyoqlardagi barcha boʻgʻimlarda faol harakatlar hajmining minimal darajada boʻlishi bilan mushaklar kuchining keskin ifodalangan pasayishi (1 ballgacha), mustaqil harakat qila olmaslik, ikkala qoʻlning kuchli ifodalangan parezi barcha boʻgʻimlarda faol harakatlar hajmining minimal darajada boʻlishi bilan, vestibulyar-miyacha buzilishlari, barcha barmoqlar yoʻqligidan boshlab qoʻl choʻltoqliklari bilan birgalikdagi ikkala oyoq amputatsion choʻltoqliklari, nafas yetishmovchiligining III darajasi, qon aylanish yetishmovchiligining III darajasi, kuchli ifodalangan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi koʻruvchi koʻzning amaliy yoki absolyut koʻrmasligi: koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,03-0, koʻrish maydoni 0 — 10 gradusga teng); 90 — 100 2. Bosh suyagi (bosh miya) jarohatining turgʻun ifodalangan, darajadagi asoratlari — qoʻl va oyoqlar kuchi va harakat hajmining buzilishi, koordinatsiya buzilishi, giperkinezlar, ifodalangan tonus buzilishi, epileptik xurujlar, xotira, intellektning ifodalangan pasayishi, koʻngilchanlik; 70 — 90 3. Bosh miya chayqalishi (kontuziyasi)dan keyingi qoldiq asoratlar — bosh miya nervlarining organik zararlanishi, davolanishdan keyingi turgʻun oʻrta ifodalangan rezidual holatdagi postkommotsion nevroz, gormonal disfunksiya, moddalar almashinuvining buzilishi, siyrak paroksizmal sindromlar, vestibulyar krizlar, siyrak epileptik xurujlar, sezgi aʼzolari faoliyatining buzilishlari — hid, taʼm bilish 40 — 60 4. Miya chayqalishidan keyingi yengil darajadagi asoratlar (miya qutisi suyaklari butunligining buzilmaganligi bilan), yengil obyektiv belgilar bilan kechuvchi: burun-lab burmasining silliqlanishi, koʻz yoriqlarining har xilligi va boshqalar 5 — 30 5. Qoʻl-oyoqlar funksiyasining buzilishi bilan kechuvchi orqa miya, yoki uning pardalari jarohati asoratlari va tos aʼzolari funksiyasining buzilishi: yengil darajada 5 — 30 oʻrtacha darajada 40 — 60 ifodalangan darajasi 70 — 90 kuchli ifodalangan darajasi 90 — 100 6. Harakat faoliyatining buzilishi, teri sezuvchanligining oʻzgarishi, mushaklar atrofiyasi bilan kechuvchi periferik nervlar jarohati asoratlari: yengil darajada 5 — 30 oʻrtacha darajada 40 — 60 ifodalangan darajasi 70 — 90 kuchli ifodalangan darajasi 90 — 100 II. Koʻrish aʼzolari 7. Koʻrish oʻtkirligi pasayganda mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi quyidagi jadval asosida aniqlanadi: Oʻng koʻzda Chap koʻzda 1,0 0,9 0,8 0,7 0,6 0,5 0,4 0,3 0,2 0,1 0,09dan past 0,03-0,0 Mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi 1,0 0 5 5 5 5 10 10 15 20 25 30 40 0,9 5 5 5 5 10 10 15 15 20 30 30 40 0,8 5 5 5 10 10 15 15 20 25 30 35 40 0,7 5 5 10 10 15 15 20 20 25 35 35 45 0,6 5 10 10 15 15 20 20 25 30 35 40 45 0,5 10 10 15 15 20 20 25 30 35 35 40 45 0,4 10 15 15 20 20 25 30 30 35 35 40 50 0,3 15 15 20 20 25 30 30 35 35 35 40 55 0,2 20 20 25 25 30 35 35 35 40 45 50 60 0,1 25 30 30 35 35 35 35 35 45 50 55 60 0,09 dan past 30 30 35 35 40 40 40 40 50 55 55 70 — 90 0,03-0,0 40 40 40 45 45 45 50 55 60 60 70 — 90 100 Izoh: Koʻrish oʻtkirligining 0 dan 0,03 pasayganligi toʻliq koʻrlik bilan tenglashtiriladi. 8. Akkomodatsiya falajligi: bitta koʻzda 15 ikkala koʻzda 35 9. Bir nomli gemianopsiya (oʻng va chap yoki yuqori va pastki) 35 10. Koʻruv maydonining konsentrik torayishi: bitta koʻzda koʻrish maydonining 60 gradusgacha torayishi 10 koʻrish maydonining 30 gradusgacha torayishi 20 koʻrish maydonining toʻliq yoki 5 gradusgacha torayishi 40 ikkala koʻzda koʻrish maydonining 60 gradusgacha torayishi 20 koʻrish maydonining 30 gradusgacha torayishi 45 koʻrish maydonining toʻliq yoki 10 gradusgacha torayishi 100 11. Ptoz (qovoq tushishi) va boshqa falajliklar: Bitta koʻzda ifodalangan darajasi (qorachiqning yarmigacha bekilishi) 10 kuchli ifodalangan darajasi (qorachiqning toʻliq bekilishi) 20 Ikkala koʻzda ifodalangan darajasi 25 kuchli ifodalangan darajasi 50 12. Koʻz yorigʻining yumilishiga toʻsqinlik qiluvchi qovoqlar defekti: Bitta koʻzda ifodalangan darajasi 10 kuchli ifodalangan darajasi 20 Ikkala koʻzda ifodalangan darajasi 30 kuchli ifodalangan darajasi 60 13. Koʻz harakatiga toʻsqinlik qiluvchi qovoqlarning toʻliqsiz bitishi: bit?a koʻzda 15 ikkala koʻzda 35 14. Pulsatsiya qilayotgan ekzoftalm: Bitta koʻzda oʻrta darajasi 20 ifodalangan darajasi 30 kuchli ifodalangan darajasi 40 Ikkala koʻzda oʻrta darajasi 30 — 40 ifodalangan darajasi 60 — 70 kuchli ifodalangan darajasi 80 — 90 15. Jarohatdan soʻnggi surunkali konyuktivit: ikkala koʻzda 10 III. Eshitish aʼzolari 16. Eshitish pasayganda mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi quyidagi jadval asosida aniqlanadi: Oʻng quloq eshitish holati Chap quloq eshitish holati Eshitish meʼyorda Eshitishning oʻrtacha darajadan pasayishi (1 metrdan koʻp boʻlmagan masofadan pichirlab gapirish) Eshitishning kuchli darajada pasayishi (pichirlab gapirish 0) Toʻliq karlik Eshitish meʼyorda 0 5 10 15 Eshitishning oʻrtacha darajadan pasayishi (1 metrdan koʻp boʻlmagan masofadan pichirlab gapirish) 10 15 20 25 Eshitishning kuchli darajada pasayishi (pichirlab gapirish 0) 10 20 30 35 Toʻliq karlik 15 25 35 55 17. Oʻrta quloqning mezotimpanit tipida surunkali yiringli yalligʻlanishi 15 18. Shu turdagi epitimpanit yoki granulyatsiyali, xolesteatomli asoratlangan epitimpanit 25 19. Vestibulyar faoliyatning obyektiv buzilishi: yengil darajasi 5 — 30 oʻrtacha darajasi 40 — 60 ifodalangan darajasi 70 — 90 kuchli ifodalangan darajasi 90 — 100 20. Bitta quloq suprasining yoʻqligi 10 Ikkala quloq suprasining yoʻqligi 20 IV. Yuqori nafas yoʻllari, nafas aʼzolari 21. Burunning toʻliq yoki qisman yoʻqotilishi 20 22. Burun orqali nafas olishning buzilishi (burun suyaklari sinishi, suyaklar bitishi va boshqalar oqibatida): yengil darajada 10 oʻrtacha darajada 20 ifodalangan darajasi 25 kuchli ifodalangan darajasi 30 23. Burun yondosh boʻshliqlarining yiringli kasalligi 25 24. Afoniya (ovozning yoʻqolishi) 25 25. Xiqildoq faoliyatining buzilishiga olib keluvchi jarohati: yengil darajasi 10 — 20 oʻrta darajasi 30 — 40 ifodalangan darajasi 50 — 60 kuchli ifodalangan darajasi 60 — 70 26. Nutq aʼzolari va tovush boylamlari jarohati oqibatida nutq yoʻqolishi 40 27. Nutq qiyinlashuvi 15 28. Koʻkrak qafasining jarohati oqibatida uning harakati cheklanishi (qovurgʻa sinishi, chandiqlar) : yengil darajasi 10 oʻrta darajasi 15 ifodalangan darajasi 30 kuchli ifodalangan darajasi 40 29. Koʻkrak qafasining kuchli ifodalangan deformatsiyasi. 40 30. Jarohatdan keyingi plevritning turgʻun qoldiq asoratlari, oʻpkaning nafas harakati kamayishi, oʻpkaning sogʻ qismiga oʻtishi oqibatida oʻpka yuzasining kamayishi, oʻpkaning osilib qolishi va boshqalar yengil darajada 20 oʻrtacha darajada 30 ifodalangan darajasi 60 kuchli ifodalangan darajasi 70 31. Oʻpka toʻqimasi va plevraning surunkali kasalliklari, zararlanish darajasiga qarab 25 — 100 V. Qon aylanish aʼzolari 32. Yurak, uning pardalarining va qon tomirlari organik kasalliklari — funksiyasining buzilish darajasiga qarab 25 — 100 VI. Ovqat hazm qilish aʼzolari 33. Ogʻiz torayishi, yuqori va pastki jagʻning jarohati, soʻlak fistulasi hosil boʻlishi oqibatida funksional buzilishlar: yengil darajada 10 oʻrtacha darajada 30 ifodalangan darajasi 50 kuchli ifodalangan darajasi 60 — 70 34. Tish tushishi (baxtsiz hodisa roʻy bergan vaqtda yoki bevosita jarohatdan keyin zudlik bilan tishlarni sugʻurib tashlash zarur boʻlganda): 2 tadan 3 ta tishgacha yoki bitta kurak tish 5 4 tadan 8 ta tishgacha 10 8 ta tishdan ortiq 15 — 20 35. Ovqat hazm qilish aʼzolari jarohati va kasalligi oqibatida ovqat oʻtkazishning buzilishi va ozgʻinlik (qiziloʻngach torayishi, surunkali peritonitlar, jigar kasalliklari, oʻt qopi olib tashlanganligi va h.k.) 25 — 100 36. Baxtsiz hodisa oqibatidagi laparotomiyadan keyingi holat (ichki aʼzolar jarohatlanmaganda) 15 37. Baxtsiz hodisa oqibatida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni talab qiladigan churra siqilishi asoratlari 25 — 50 VII. Qon yaratish aʼzolari 38. Taloq olib tashlanishi 40 VIII. Siydik-tanosil tizimi 39. Buyraklarning surunkali kasalligi — buyraklar funsiyasining buzilishiga qarab 25 — 100 40. Buyrak jomi va siydik yoʻllari surunkali kasalliklari 15 — 40 41. Bitta buyrak olib tashlanganligi 50 42. Buyrakning patologik harakatchanligi 15 43. Siydik-tanosil aʼzolari sohasidagi jarohat oqibatida siydik ajralishining buzilishi: yengil darajada 15 oʻrtacha darajada 30 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 50 44. Siydik oqmalari 50 IX. Teri qoplamasi va mushaklar 45. Yuzni xunuk qiluvchi chandiqlar 10 46. Kuyish asoratlari va har xil jarohatlar oqibatida keng tarqalgan chandiqlar paydo boʻlishi, mushaklar yirtilishi va mushaklar chetlarining tortilib ketishi va boshqalar 10 — 50 X. Tayanch va harakatlar tizimi Umurtqa pogʻonasi 47. Umurtqa pogʻonasining jarohati oqibatida umurtqa pogʻonasi harakatining cheklanishi yengil darajasi 30 oʻrta darajasi 40 ifodalangan darajasi 60 kuchli ifodalangan darajasi 70 Tos 48. Tos suyaklari jarohati (tos suyaklari sinishi, qov, dumgʻaza-yonbosh birlashmasi yorilishi va b.) oqibatida funksiyasining buzilishi: yengil darajasi 15 oʻrta darajasi 30 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 Qoʻl Mehnat layoqatining yoʻqotilish foizi oʻng qoʻl chap* qoʻl Bosh barmoq 49. Tirnoq falangasi yumshoq toʻqimalar defekti 10 5 50. Tirnoq falangasi yoʻqligi 15 10 51. Tirnoq falangasi va asosiy falanganing yarmi yoʻqligi 20 15 52. Ikkala falanganing yoʻqligi 25 20 53. Ikkala falanga va kaft suyagining yoʻqligi 30 25 54. Kaft-barmoq yoki kaft usti-kaft boʻgʻimi harakatsizligi 15 10 55. Falangalararo boʻgʻim harakatsizligi 10 5 56. Qaysidir ikkita boʻgʻimning harakatsizligi 20 15 57. Uchta boʻgʻimning harakatsizligi 30 25 58. Bosh barmoqda harakat cheklanganligi 10 5 59. Bosh barmoq kontrakturasi: ifodalangan darajasi 20 15 kuchli ifodalangan darajasi 30 25 Koʻrsatkich barmoq 60. Tirnoq falangasi yumshoq toʻqimalar defekti 5 5 61. Tirnoq falangasi yoʻqligi 10 5 62. Tirnoq va oʻrta falanganing yoʻqligi 15 10 63. Barcha uchta falanganing yoʻqligi 20 15 64. Barcha uchta falanga va kaft suyagining yoʻqligi 25 20 65. Kaft-barmoq boʻgʻimi harakatsizligi 15 10 66. Birinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi 10 5 67. Ikkinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi 10 5 68. Kaft-barmoq va birinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi 20 15 69. Kaft-barmoq va ikkinchi falangalararo yoki birinchi va ikkinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi 15 10 70. Barcha boʻgʻimlar harakatsizligi 25 20 71. Koʻrsatkich barmoqda harakat cheklanganligi 10 5 72. Koʻrsatkich barmoq kontrakturasi: ifodalangan darajasi 15 10 kuchli ifodalangan darajasi 25 20 Oʻrta, toʻrtinchi yoki beshinchi barmoq 73. Tirnoq falangasining yoʻqligi 5 5 74. Tirnoq va oʻrta falanganing yoʻqligi 10 5 75. Ushbu barmoqlardan bittasining yoʻqligi 10 10 76. Ushbu barmoqlardan bittasining kaft suyagi bilan birgalikda yoʻqligi 15 10 77. Kaft-barmoq yoki birinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi 10 5 78. Ikkinchi falangalararo boʻgʻim harakatsizligi 5 5 79. Kaft-barmoq va ikkinchi falangalararo yoki birinchi va ikkinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi 10 5 80. Barcha boʻgʻimlar yoki kaft-barmoq va birinchi falangalararo boʻgʻimlar harakatsizligi 15 10 81. Ushbu barmoqlardan bittasida harakat cheklanganligi 5 5 82. Ushbu barmoqlardan bittasining kontrakturasi: ifodalangan darajasi 10 5 kuchli ifodalangan darajasi 15 10 Izoh: Yagona chap qoʻlning jarohatlanishi oʻng qoʻlning jarohatlanishiga tenglashtiriladi. Bitta qoʻldagi bir nechta barmoqlar 83. Bitta qoʻlda ikkita barmoq yoʻqligi: a) bosh va koʻrsatkich barmoq 50 40 b) bosh barmoqni oʻrta barmoq, yoki toʻrtinchi, yoki beshinchi barmoq bilan 40 35 v) koʻrsatkich barmoqni oʻrta barmoq, yoki toʻrtinchi, yoki beshinchi barmoq bilan 35 25 g) oʻrta barmoqni toʻrtinchi barmoq, yoki beshinchi barmoq bilan, yoki toʻrtinchi barmoqni beshinchi barmoq bilan 20 15 Izoh: ikki va undan ortiq barmoqlarda tirnoq va oʻrta falangalarning yoʻqligi shu barmoqlarning toʻliq yoʻqligiga tenglashtiriladi 84. Bitta qoʻlda uchta barmoq yoʻqligi: a) bosh va koʻrsatkich barmoqni oʻrta barmoq bilan, yoki toʻrtinchi, yoki beshinchi barmoq bilan 60 50 b) bosh va oʻrta barmoqni toʻrtinchi yoki beshinchi barmoq bilan, yoki bosh barmoqni toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar bilan 50 40 v) koʻrsatkich va oʻrta barmoqni toʻrtinchi yoki beshinchi barmoq bilan, yoki koʻrsatkich barmoqni toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar bilan 45 35 g) oʻrta barmoq, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar 30 25 85. Bitta qoʻlda toʻrtta barmoqlar yoʻqligi: a) bosh va koʻrsatkich barmoqni boshqa ikkita barmoqlar bilan 65 55 b) bosh, oʻrta, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar 60 50 v) koʻrsatkich, oʻrta, toʻrtinchi va beshinchi barmoqlar 55 45 86. Bitta qoʻlda barcha barmoqlar yoʻqligi 75 60 87. Bitta qoʻlda barcha barmoqlar harakatsizligi 65 55 88. Bitta qoʻlda barcha barmoqlarda harakat cheklanganligi 35 20 89. Bitta qoʻlda barcha barmoqlar kontrakturasi: ifodalangan darajasi 50 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 50 Kaft 90. Kaft yoʻqligi 75 70 91. Bilak-kaft boʻgʻimida harakat cheklanganligi: yengil darajasi 15 10 oʻrta darajasi 20 15 ifodalangan darajasi 25 20 92. Bilak-kaft boʻgʻimi harakatsizligi 35 30 93. Kaft suyaklarining sinishi oqibatida panja va barmoqlar funksiyasining buzilishi: yengil darajasi 10 5 oʻrta darajasi 20 15 ifodalangan darajasi 25 20 kuchli ifodalangan darajasi 30 25 Bilak 94. Bilak yoʻqligi 80 70 95 Tirsak boʻgʻimida harakat cheklanganligi: yengil darajasi 15 10 oʻrta darajasi 20 15 96. Tirsak boʻgʻimining toʻgʻri burchak o?tida bukilgan holdagi harakatsizligi 45 40 97. Tirsak boʻgʻimining oʻtkir burchak ostida bukilgan yoki oʻtmas burchak ostida yozilgan holatdagi harakatsizligi 50 45 98. Tirsak va bilak-kaft boʻgʻimlari harakatsizligi 55 45 99. Tirsak boʻgʻimi oʻynoqiligi 60 50 100. Tirsak va bilak-kaft boʻgʻimlarida harakat cheklanganligi 30 25 101. Bilakning pronatsion yoki supinatsion harakatining cheklanganligi: ifodalangan darajasi 15 10 kuchli ifodalangan darajasi 25 20 102. Bilak va tirsak suyaklarining soxta boʻgʻimi 50 40 103. Bilak suyaklaridan bittasining soxta boʻgʻimi 35 30 Yelka 104. Yelka yoʻqligi 80 70 105. Yelka boʻgʻimi harakatsizligi 60 50 106. Yelka boʻgʻimi oʻynoqiligi 65 50 107. Yelka suyagining soxta boʻgʻimi 65 50 108. Yelka boʻgʻimida harakat cheklanganligi: yengil darajasi 15 10 oʻrta darajasi 25 20 ifodalangan darajasi 35 30 kuchli ifodalangan darajasi 60 50 109. Oʻmrov yoki kurak suyagining sinishi oqibatida funksiyaning buzilishi: yengil darajasi 10 5 oʻrta darajasi 20 15 ifodalangan darajasi 30 25 kuchli ifodalangan darajasi 35 30 110. Yelka suyagining odatlangan chiqishi 25 20 Izoh: yelka suyagi boshchasining odatlangan chiqishida mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi baxtsiz hodisa sugʻurtalangan xodim bilan tuzilgan sugʻurta vaqti tugamagan davrda kuzatilganda aniqlanadi. Odatlangan chiqish qaytalanishida mehnat layoqatining yoʻqotilish darajasi aniqlanmaydi. 111. Ikkala qoʻl yoki panja yoʻqligi 100 Oyoq Barmoqlar 112. Bosh barmoq tirnoq falangasining yoʻqligi 5 113. Bosh barmoq yoʻqligi 10 113. Bosh barmoqning kaft suyagi yoki uning bir qismi bilan birgalikda yoʻqligi 15 115. Boshqa barmoqlardan bittasining yoʻqligi 5 Izoh: bitta yoki ikkita barmoqda tirnoq falangasining yoʻqligi (bosh barmoqdan tashqari), shuningdek, koʻrsatilgan barmoqlar funksiyasining buzilishi ushbu barmoqlardan birining yoʻqligiga tenglashtiriladi. 116. Bitta oyoqda barcha barmoqlar yoʻqligi 25 117. Bitta oyoqda barcha barmoqlar bilan kaft suyaklarining distal boshchasining yoʻqligi 50 Oyoq panjasi 118. Oyoq panjasining har xil qismidan yoʻqligi — boldir-oshiq boʻgʻimidan kaft-kaftoldi boʻgʻimigacha 60 119. Oyoq panjasining kaft-kaftoldi boʻgʻimi sohasidan yoʻqligi 40 120. Boldir-oshiq boʻgʻimining funksional qulay holatdagi (toʻgʻri burchak ostida) harakatsizligi 30 121. Boldir-oshiq boʻgʻimining boshqa holatdagi harakatsizligi 45 122. Boldir-oshiq boʻgʻimining oʻynoqiligi 45 123. Boldir-oshiq boʻgʻimida harakat cheklanganligi: yengil darajasi 15 oʻrta darajasi 20 ifodalangan darajasi 25 kuchli ifodalangan darajasi 30 124. Kaftoldi suyaklari hamda tovon suyagi sinishi asoratlari: yengil darajasi 10 oʻrta darajasi 20 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 125. Kaft suyaklari sinishi oqibatida statikaning buzilishi yoki doimiy ogʻriqli sindrom bilan 5 — 15 Boldir 126. Boldir yoʻqligi 70 127. Tizza boʻgʻimining yozilgan holatdagi (180 gradus burchak ostida) harakatsizligi 45 128. Tizza boʻgʻimining bukilgan holatdagi harakatsizligi 50 129. Tizza boʻgʻimi oʻynoqiligi 60 130. Tizza boʻgʻimida harakat cheklanganligi: yengil darajasi 10 oʻrta darajasi 20 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 131. Boldir suyaklari sinishi oqibatida oyoq funksiyasining turgʻun buzilishi yengil darajasi 10 oʻrta darajasi 20 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 — 70 132. Boldirning surunkali yiringli jarayoni oqibatida bitmayotgan oqma yoki yaralar borligi: yengil darajasi 10 oʻrta darajasi 20 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 — 70 133. Boldir suyaklarining bitmayotgan sinigʻi (soxta boʻgʻimi) 60 134. Katta boldir suyagining bitmayotgan sinigʻi (soxta boʻgʻimi) 50 Son suyagi 135. Son yuqori uchligidan yoʻqligi 90 136. Son oʻrta yoki pastki uchligidan yoʻqligi 80 137. Chanoq-son boʻgʻimining yozilgan holatdagi (180 gradus burchak ostida) harakatsizligi 50 138. Chanoq-son boʻgʻimining bukilgan holatdagi harakatsizligi 60 139. Chanoq-son boʻgʻimida harakat cheklanganligi: yengil darajada 30 oʻrtacha darajada 40 140. Son suyagi sinishi oqibatida oyoq funksiyasining buzilishi yengil darajasi 20 oʻrta darajasi 30 ifodalangan darajasi 40 kuchli ifodalangan darajasi 60 — 70 141. Son suyagining bitmayotgan sinigʻi (soxta boʻgʻimi) 60 — 70 142. Oyoq jarohatidan keyingi tromboflebit, limfa aylanishining buzilishi va boshqalar yengil darajasi 10 oʻrta darajasi 30 ifodalangan darajasi 50 kuchli ifodalangan darajasi 60 Izoh: oyoq-qoʻllarning toʻliq falajligi ularning yoʻqligiga tenglashtiriladi. Shuningdek, oyoq-qoʻllardagi boʻgʻimlarda koʻplab jarohatlar (ankilozlar, keskin ifodalangan kontrakturalar), surunkali yaralar oqibatida jarohatlangan oyoq-qoʻlni ishlata olmaslik, amputatsiyadan keyin suyakning toʻliq yopilmaganligi uning toʻliq yoʻqligiga tenglashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 11-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, nogironligi boʻlgan shaxs (bola)larni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini elektron shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi (keyingi oʻrinlarda — RYATD) — tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan, nogironligi boʻlgan shaxs uchun maqbul reabilitatsiya choralari majmui boʻlib, ushbu choralar organizmning buzilgan yoki yoʻqolgan funksiyalarini, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxs mehnat faoliyatining ayrim turlarini bajarish qobiliyatini tiklashga, kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiya choralarini amalga oshirishning ayrim turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari hamda tartibini oʻz ichiga oladi;
tibbiy reabilitatsiya qilish — nogironligi boʻlgan shaxslar aʼzolarining hamda organizmi tizimlarining buzilgan va (yoki) yoʻqolgan funksiyalarini saqlab qolishga, qisman yoki toʻliq tiklashga qaratilgan tibbiy xizmatlar majmui;
kasbiy reabilitatsiya qilish — nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga yoʻnaltirishga, kasbga oʻqitishga va ishga joylashtirishga, shuningdek ularning boy berilgan kasbiy bilimlari, mahorati va koʻnikmalarini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish — nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyati cheklanganligini yengib oʻtishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, ijtimoiy maqomini, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish, mustaqil yashash imkoniyatlarini tiklashga, shuningdek, ularni jamiyatda oilaviy hayotning odatiy sharoitlariga qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
jismoniy reabilitatsiya qilish — nogironligi boʻlgan shaxslar organizmining buzilgan yoki vaqtincha yoʻqolgan funksiyalarini hamda ularning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga boʻlgan qobiliyatini jismoniy tarbiya va sport hamda parasport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish);
abilitatsiya qilish — jamiyat hayotiga moslashtirish uchun organizmning yoʻq boʻlgan (tugʻma) va (yoki) rivojlanmagan funksiyalarini shakllantirishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, pedagogik, psixologik jihatdan tuzatish va boshqa tuzatish chora-tadbirlari majmui;
abilitatsiya qilish boʻyicha xizmatlar xavf guruhidagi bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy, psixologik va pedagogik jihatdan tuzatish xizmatlarini, shuningdek, boshqa tuzatish xizmatlarini oʻz ichiga oladi;
bajaruvchi tashkilotlar — davolash-profilaktika muassasalari, reabilitatsiya markazlari, aholi bandligiga koʻmaklashuvchi markazlar va RYATDda tibbiy, kasbiy, ijtimoiy, jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya tadbirlarining bajaruvchilari etib belgilangan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;
qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar.
3. Nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ni RYATD davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola)larni reabilitatsiya qilishning maqsadi ularga toʻlaqonli hayot tarzini yuritish hamda oʻz huquqlari va potensial imkoniyatlarini amalga oshirish imkonini beradigan ijtimoiy maqomini, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishga va kasbiy faoliyatning har xil turlariga oid qobiliyatini tiklashdan iboratdir.
4. RYATD nogironligi boʻlgan shaxs (bola) uchun tavsiya xususiyatiga ega. Ushbu shaxs reabilitatsiya chora-tadbirlarining u yoki bu turidan, shakli va hajmidan, shuningdek, dasturni amalga oshirishdan butunlay voz kechishga haqli.
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola) (yoki uning qonuniy vakili) RYATDdan butunlay voz kechgan yoki dasturning ayrim qismlari amalga oshirilishidan voz kechgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, dasturning bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
5. Bajaruvchi tashkilotlar, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan RYATDni bajarishda reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda izchillik va uzluksizlik, oʻtkazilgan chora-tadbirlarning samaradorligini doimiy kuzatib borish va nazorat qilish taʼminlanadi.
II. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish tartibi
6. Reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda TIEK mutaxassislari tekshirib koʻrilayotgan shaxs (bola)ga (yoki uning qonuniy vakiliga) reabilitatsiya tadbirlarining maqsadini, vazifalarini, bashorat qilinayotgan natijalarni, tibbiy va ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini tushuntirishi shart.
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola) uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazilganidan keyin oʻn kun ichida nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Ekspertiza” moduli) orqali shakllantiriladi.
7. 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaga RYATD rasmiylashtirilganda qonuniy vakili haqidagi maʼlumotlar ham kiritiladi.
TIEK mutaxassislari RYATDni tuzishda nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ni Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-son Qonunida nazarda tutilgan huquqlari toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
8. RYATDni elektron shakllantirish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
reabilitatsion ekspert diagnostikasini oʻtkazish;
reabilitatsiya potensialini aniqlash;
reabilitatsiya bashoratini baholash;
bajaruvchi tashkilotlarni koʻrsatgan holda nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ga maishiy, ijtimoiy, jismoniy va kasbiy faoliyatni bajarishda buzilgan qobiliyatini tiklash (shakllantirish) (toʻliq yoki qisman) yoki uni kompensatsiya qilish imkonini beradigan reabilitatsiya yoki abilitatsiya tadbirlarini, texnik vositalar va xizmatlarni belgilash.
9. RYATDni elektron shakllantirish nogironligi boʻlgan shaxs (bola)larga davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga taqdim etilgan yoʻllanmada koʻrsatilgan tibbiy reabilitatsiya boʻyicha tavsiya etilgan choralarni, nogironligi boʻlgan bolaga psixologik-pedagogik reabilitatsiya choralari, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning tekshirish natijalari boʻyicha xulosasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
10. Reabilitatsiya ekspert diagnostikasining murakkab turlarini qoʻllash talab qilinadigan hollarda nogironligi boʻlgan shaxs (bola) RYATDni toʻldirish va unga tuzatishlar kiritish uchun TIEK tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlariga (keyingi oʻrinlarda — RM), Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi davolash-profilaktika va diagnostika muassasalariga belgilangan tartibda yuborilishi mumkin.
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ga (yoki uning qonuniy vakiliga) elektron shakllantirilgan RYATDga muvofiq uni tibbiy, kasbiy, ijtimoiy, jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya qilish uchun tegishli boʻladigan tadbirlar, texnik vositalar va xizmatlar rejasini aniqlash maqsadida u qaysi bajaruvchi tashkilotga murojaat qilishi tushuntiriladi.
11. Elektron shakllantirilgan RYATD nogironlik guruhining belgilangan davrida amalda boʻladi.
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola) (yoki uning qonuniy vakili) elektron shakllantirilgan RYATDni rad etgan taqdirda, TIEK tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi, nogironligi boʻlgan shaxs (bola) (yoki uning qonuniy vakili)ning yozma rad etish xati (yoki rad etganligi haqidagi dalolatnoma) “Ekspertiza” moduliga kiritiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola) (yoki uning qonuniy vakili) RYATDga rozi boʻlmagan taqdirda, u TIEKning yuqori muassasalariga, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir.
12. Bajaruvchi tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxs (bola) murojaat qilgan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda elektron shakllantirilgan RYATDga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxs (bola) ni tibbiy, kasbiy, ijtimoiy, jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya qilish uchun tegishli boʻlgan tadbirlarni, texnik vositalar va xizmatlarni aniqlashi va RYATDda qayd etishi, reabilitatsiya qilishning bajaruvchi tashkilotlarini, shakllari va muddatlarini koʻrsatishi shart.
Bajaruvchi tashkilotlar oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ning RYATDda aks ettirilgan tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya qilish boʻyicha tavsiyalarga qoʻshimcha yoki tuzatish kiritish huquqiga ega.
14. RYATDda belgilangan chora-tadbirlar TIEK tomonidan bajaruvchi tashkilot etib belgilangan muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Bajaruvchi tashkilotlar maʼmuriyati oʻz faoliyatidan kelib chiqqan holda nogironligi boʻlgan shaxs (bola) (yoki uning qonuniy vakili) murojaatidan soʻng 3 kun ichida RYATDda koʻzda tutilgan reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishda, mahalliy hokimiyat va tashkilotlar bilan birgalikda, huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi.
16. Reabilitatsiya tadbirlarini bajarish muddati tavsiya etilgan muddatdan oshmasligi kerak.
17. Bajaruvchi tashkilotlar RYATDda belgilangan tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ekspertiza” moduliga oʻzlarining axborot tizimlari orqali yuboradi.
18. RYATDning bajarilishi TIEK tomonidan nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ni keyingi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqtida yakuniy baholanadi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
19. Nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ga RYATDda tavsiya etiladigan tadbirlarni elektron shakllantirish, uning monitoringini olib borish va uni bajarish natijalarini baholash yuzasidan javobgarlik TIEKga yuklanadi.
20. Bajaruvchi tashkilotlarning rahbarlari RYATD tadbirlarini bajarish monitoringini olib borish uchun shaxsan javobgardirlar.
21. Nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ga RYATDni ishlab chiqish va bajarish masalalari boʻyicha paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxs (bola)ni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi
20 ____ yil “_____” ____________dagi _________-son koʻrik dalolatnoma ________-son RYATDTibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi __________________________ №________________________Familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________________________________________Jinsi: erkak, ayol. Tugʻilgan sanasi ________________________________________________________Doimiy (vaqtinchalik) yashash manzili _____________________________________________________________________________________________ telefoni _______________________________________Nogironlik guruhi Nogironlik sababi_______________________________________________________________________________________Nogironlik belgilangan muddat 20____yil “____”________________gachaTakroran koʻrikdan oʻtkazish 20 ____ yil “____” ________________Tibbiyot muassasasining nomi _____________________________________________________________№ _________Tibbiy reabilitatsiya qilish:Tiklash terapiyasi (Medikamentoz terapiya, fizioterapiya, refleksoterapiya, fitoterapiya, massaj)_______________________________________________________________________________________Rekonstruktiv jarrohlik______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (turi)Tavsiya qilingan protez-ortopedik moslamalar_______________________________________________________________________________________ (turi)Tavsiya qilingan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari_______________________________________________________________________________________ (turi)Oʻzgalar parvarishiga muhtojligi:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar roʻyxatida:
a) I boʻlimning 1-kichik bandidagi “nogiron” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) II boʻlimda:
nomidagi “nogironlarga” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-kichik bandidagi “nogironlar” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-kichik bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilaridagi “nogironlarga” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-kichik bandning birinchi xatboshidagi “nogiron” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “nogironlar” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “nogiron” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻttiz beshinchi xatboshidagi “nogironlarning” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) V boʻlimda:
nomidagi “nogironlarning” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “nogironlarga” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) 2-bandning “b” kichik bandidagi “nogironiga” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxsga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus taʼlim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlarining III bandiga izohlarda:
a) 1-kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “nogiron” soʻzi “nogironligi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
https://neolex.uz/uz/laws/law-5852492
