Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (64-son)
08.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga qaratilgan reyting koʻrsatkichlari shakllanishida foydalaniladigan maʼlumotlar haqqoniyligini hamda tizimni yanada shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
64-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 64-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash
MEZONLARI*
T/r Guruh mezoni Mezonlar Koʻrsatkichlar 1. Kadrlar siyosati Salohiyat Tashkilot rahbarining mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga egaligi 2. Muhandis-texnik xodimlar soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha) 3. Sifat nazorati xodimlari soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha) 4. Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha) 5. Baxtsiz hodisalar 6. Malaka Ishchilarning bevosita soha boʻyicha 5 yil ish stajiga ega boʻlganlari soni 7. Moliyaviy koʻrsatkichlar Samaradorlik Realizatsiya qilishdan tushgan sof tushum (QQS bilan) 8. Jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlagan xodimlar soni (soʻrov yuborilgandan keyin oxirgi 12 oy uchun) 9. Toʻlov layoqati Xodimlarning oʻrtacha ish haqi (soʻrov yuborilgandan keyin oxirgi 12 oy uchun) 10. Foyda soligʻi toʻlangunga qadar foyda (yillik) 11. Aktivlar oʻsish holati 12. Davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi (har bir yili uchun 1 ball 10 yil 10 ball) 13. Soliq qarzi (soʻrovnoma yuborilgan sanadagi baholash sanasiga, qarzi minus 5 jarima ball) 14. Soliq xavfi darajasi (soʻrovnoma yuborilgan sanadagi baholash sanasiga) 15. Rentabellik Oxirgi 3 yilda rentabellik darajasi (soʻrov yuborilgandan keyin oxirgi 3 yillik) 16. Raqobatbardoshligi Mustaqil nazorat Xalqaro ISO 9001 sertifikatiga egaligi (certificate_ISO_9001) 17. Xalqaro ISO 45001 sertifikatiga egaligi (certificate_ISO_45001) 18. Xalqaro ISO 14001 sertifikatiga egaligi (certificate_ISO_14001) 19. Milliy ISO 9001 ISO 45001 ISO 14001 sertifikatiga egaligi 20. Ish tajribasi Qurilish sohasidagi tajribasi Pudrat shartnomasiga muvofiq oʻz vaqtida topshirilgan obyektlar soni (oʻz vaqtida topshirilmagan har bir obyekt uchun minus 1 jarima ball) 21. Qonuniylik Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan berilgan va bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar ijrosini taʼminlamaslik holatlari (har bir holat uchun minus 1 jarima ball) 22. Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 99-moddasi boʻyicha jarimaga tortilganlik holati (har bir holat uchun minus 1 jarima ball) 23. Muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan metall prokati xarid qilganligi (har bir obyekt uchun) 24. Qurilish-montaj ishlari yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilganlik holati (har bir holat uchun minus 5 jarima ball) 25. Moddiy-texnik baza Oʻziga tegishli mashina va mexanizmlar Yuk avtomashinasi 26. Avtokran (balonda yuradigan) 27. Avtokran (temir zanjirda yuradigan) 28. Minorali kran 29. Yuk koʻtaradigan mashina 30. Bir kovushli ekskavator 31. Gusenitsali kran, ekskavator-kran 32. Traktordagi buldozer 33. Ogʻir yuk tashiydigan pritsep (treyler) 34. Avtomobilda yuradigan kran 35. Yuk va yukpassajirli koʻtargich 36. Avtogidrokoʻtargich 37. Inventar va koʻchma beton qorishmasini aralashtiradigan qurilma 38. Bir kovushli yuk ortgich 39. Kichik qurilish mexanizmlari (perforator, drel, elektr bolgʻa, torkret pushka, sirkulyar arra, trambovka va shu kabi boshqa qurilish-sayqallash mashinalari), asbob-qurollarni taqsimlash koʻchma punkti, gidrotoʻqmoq
* Istiqbolda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash mezonlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi bilan kelishgan holda kiritilishi belgilab qoʻyilsin.”.
