334-modda. Jarimani undirish
Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-749-son) · Sana: 02.02.2022 · Amalda
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismidagi “adliya organlari” degan soʻzlar “davlat xizmatlari markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismidagi “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni” degan soʻzlar “adliya organini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan toʻldirilsin:
