Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2021-yil 21-dekabrdagi VI-38-71-3-49-K/21-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (VI-39-2-3-49-K/22-son)
10.01.2022
Xalq deputatlari Zarbdor tumani kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasi hamda 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan 2022-yil uchun Zarbdor tumanida belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2022-yilga yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2021-yil 16-noyabrdagi “Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2022-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-29-75-3-0-K/21-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2021-yil 21-dekabrdagi VI-38-71-3-49-K/21-sonli qarorining 1-2-ilovalariga oʻzgartirish kiritilsin.
3. Bunda, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi, yuqorida 1-2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi koʻrsatib oʻtilsin.
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Q. Nurmatov, tuman hokimligi moliya boʻlimi (B. Ahmedov), tuman davlat soliq inspeksiyasi (B. Qulmatov)larga 2022-yildagi budjet-soliq siyosatidagi oʻzgarishlar, soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror “Zarbdor” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Q. Nurmatov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Z. RUZIYEV
Zarbdor t.,
2022-yil 10-yanvar,
VI-39-2-3-49-K/22-son
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022-yil 10-yanvardagi VI-39-2-3-49-K/22-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar
T/r Hududlar Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan 1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi, mln. soʻmda Koeffitsiyent (0,5 dan 2,0 gacha) Yer soligʻining stavkasi 2022-yil uchun (mln.soʻmda) 1. “Mustaqillik” MFY 33,35 0,94 31,3 2. “Oybek” MFY 33,35 0,94 31,3 3. “Nurobod” MFY 33,35 0,94 31,3 4. “Tinchlik” MFY 33,35 0,94 31,3 5. “Oqbuloq” MFY 33,35 0,94 31,3 6. “Ravot” MFY 33,35 0,94 31,3 7. “Navoiy” MFY 33,35 0,94 31,3 8. “Yangixayot” MFY 33,35 0,94 31,3 9. “Lalmikor” MFY 33,35 0,94 31,3 10. “Tozaurugʻ” MFY 33,35 0,94 31,3 11. “Yangiobod” MFY 33,35 0,94 31,3 12. “Sharq yulduzi” MFY 33,35 0,94 31,3 13. “Shodlik” MFY 33,35 0,94 31,3 14. “Taraqqiyot” MFY 33,35 0,94 31,3 15. “Doʻstlik” MFY 33,35 0,94 31,3 16. “Navroʻz” MFY 33,35 0,94 31,3 17. “Adirobod” MFY 33,35 0,87 29,0 18. “Toshkesgan” MFY 33,35 0,87 29,0 19. “Yangikent” MFY 33,35 0,87 29,0 20. “Nurafshon” MFY 33,35 0,87 29,0 21. “Andijon” MFY 33,35 0,87 29,0 22. “Oqar” MFY 33,35 0,87 29,0 23. “Navbahor” MFY 33,35 0,87 29,0 24. “Yoshlik” MFY 33,35 0,87 29,0
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022-yil 10-yanvardagi VI-39-2-3-49-K/22-son qaroriga 2-ILOVA
Jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv.metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar
T/r Hududlar Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi, soʻmda Koeffitsiyent (0,5 dan 2,0 gacha) Yer soligʻining stavkasi 2022-yil uchun (soʻmda) 1. “Mustaqillik” MFY 291,2 0,93 271,54 2. “Oybek” MFY 291,2 0,93 271,54 3. “Nurobod” MFY 291,2 0,93 271,54 4. “Tinchlik” MFY 291,2 0,93 271,54 5. “Oqbuloq” MFY 291,2 0,93 271,54 6. “Ravot” MFY 291,2 0,93 271,54 7. “Navoiy” MFY 291,2 0,93 271,54 8. “Yangixayot” MFY 291,2 0,93 271,54 9. “Lalmikor” MFY 291,2 0,93 271,54 10. “Tozaurugʻ” MFY 291,2 0,93 271,54 11. “Yangiobod” MFY 291,2 0,93 271,54 12. “Sharq yulduzi” MFY 291,2 0,93 271,54 13. “Shodlik” MFY 291,2 0,93 271,54 14. “Taraqqiyot” MFY 291,2 0,93 271,54 15. “Doʻstlik” MFY 291,2 0,93 271,54 16. “Navroʻz” MFY 291,2 0,93 271,54 17. “Adirobod” MFY 291,2 0,89 260,00 18. “Toshkesgan” MFY 291,2 0,89 260,00 19. “Yangikent” MFY 291,2 0,89 260,00 20. “Nurafshon” MFY 291,2 0,89 260,00 21. “Andijon” MFY 291,2 0,89 260,00 22. “Oqar” MFY 291,2 0,89 260,00 23. “Navbahor” MFY 291,2 0,89 260,00 24. “Yoshlik” MFY 291,2 0,89 260,00
